O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Download 0.76 Mb.
bet10/118
Sana31.01.2024
Hajmi0.76 Mb.
#1817561
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118
Bog'liq
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)

2. Ichki ziddiyatlik. Lisoniy birlikning umumiy lisoniy ma`nosi ontologik ziddiyatli, qarama-qarshilikli - turli tabiatli tomonlarning birlashidan iborat bo‘lgan dialektik butunlikdir.U hamisha serqirradir.
3. Ko‘p qatorlik. Lisoniy birlik ontologik ziddiyatli tabiati bilan boshqa lisoniy birliklar bilan bir necha oppozitiv qatorga (munosabatlarga) - har bir qirrasi bilan alohida-alohida siralarga - paradigmalarga kiradi. Shuning uchun uning umumiy lisoniy ma`nosi bir necha oppozitiv siralardagi (paradigmalardagi) differensial belgilarining yig`indisi, mohiyatiga ega bo‘ladi.
4. Oraliq uchinchi. Lisoniy birliklardagi qarama-qarshi ma`no va vazifalar, paradigmalardagi bir-birini inkor etuvchi birliklar zid tomonlarni o‘z ontologik tabiatida birlashtiuvchi hodisa (birlik)da birlashadi va ikki qarama-qarshilik orasida birlashtiruvchi vosita - oraliq uchinchi mavqeyida bo‘ladi.Tabiatan istagan lisoniy birlik oraliq uchinchi mohiyatiga egadir.
O‘STda lisoniy tizim yaxlitlikda partonimik (butun-bo‘lak) munosabatlarga, lekin lisoniy yaruslar izchil gipero-giponimk
(jins-tur) aloqalariga asoslanishi g`oyasi ilgari suriladi. Unda an`anaviy sinomiya, antonimiya kabi munosabatlar doirasi ancha cheklangan bo‘lib, graduonimiya, giponimiyaga keng o‘rin berilgan.
Lisoniy birlikning asosiy turlari sifatida fonema, morfema, leksema va qolip (model) ajratilib, modellarning morflogik (lug`aviy shakllar yasash, sintaktik shakllar yasash), derivatsion (sodda va qo‘shma so‘z yasash), sintaktik (nominativ birliklar - so‘z birikmalari hosil qilish modellari, kommunikativ birliklar - gap hosil qilish modellari) turlari farqlanadi. Morfologik-derivatsion-sintaktik modellar o‘zaro iyerarxik munosabatlarda turgan sanaladi. Bu modellar hosilalarining lisoniy birlaklarga o‘tishi va lison xazinasini muttasil to‘ldirib borishida ixtososlashish-soddalanish-tublanish bosqichlari ajratiladi.
O‘STning leksikologiya, morflogiya, sintksis, qiyosiy tipologiya sohalarida amalga oshirgan ishlari M.Qurbonova va H.Ne`matovlarning maxsus islarida tahlil etilgan va umumlashtirilgan5.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling