O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
-topshiriq. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 0.76 Mb.
|
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun Maqola tahlili Nofiza Vohidova MUOSIR O‘ZBEK SUBSTANSIAL TILSHUNOSLIGI
- Substansiallik.
3-topshiriq. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Formal va formal-funksional tilshunoslik orasidagi farq nimadan iborat? 2. O‘zbek tilshunosligining dialektik taraqqiyoti deganda nimani tushunasiz ? 3. S.N. Ivanovning tilshunoslikdagi xizmati nimada ? 4. Lisoniy birlikning zotiy tabiati nimada ? 5. “Oraliq uchinchi” qonuni nima ? 6. Lisoniy tizimning pog’onali qurilishi til birliklarining qanday bog’lanishidan iborat ? 7. Zot va tajalli tushunchalarini izohlang ? 8. Til hodisalariga zotiy yondashuv tushunchasining izohi. 9. “Aning zotig‘a hech kim aqli yetmas” misrasi mazmunini lisoniy birlik talqiniga tatbiq qilishga urinib ko‘ring. 10. Tildagi UMIS va AHVOning xususiyatlari haqida gapiring. 11. Lison-nutq munosabati xususida nimalarni bilasiz? Mustaqil o‘zlashtirish uchun Maqola tahlili Nofiza Vohidova MUOSIR O‘ZBEK SUBSTANSIAL TILSHUNOSLIGI Hozirgi o‘zbek substansial tilshunosligi (O‘ST)1ning rivojlanishi Buxoroda bir necha yil ishlagan leningradlik turkolog professor Sergey Ivanov (1922-1999) nomi bilan bog`liqdir. O‘zbek fanida bu yo‘nalishdagi ilk tadqiqot S.Ivanovning 1959 yilda Leningradda Leningrad universiteti nashriyoti e`lon qilgan 158 betli "Очерки по синтаксису узбекского языка (форма на -ган и ее производные)" asaridir.Keyingi yillarda olim bu ishida boshlagan tadqiqiqotlarini o‘zining bir qator maqolalarida chuqurlashtirdi va doktorlik dissertatsiyasida umumlashtirdi2. O‘STning keyingi taraqqiyoti va hozirgi kunda O‘zbekistonda ommalashishi S.Ivanovning shogirdi 1961-77 yillarda Leningard tilshunosligi ta`limini ko‘rgan buxorolik olim Hamid Ne`matov va u yaratgan lingvistik maktab bilan bog`liq3. O‘zbekiston mustaqilligigacha (1991) O‘ST fandagi bir oqim bo‘lib qoldi va uning keng ommalashishiga imkoniyat yo‘q edi, chunki SSSRda ta`lim tizimining yagonaligi butun Ittifoq bo‘yicha ilmiy talqinlarning birxilligini talab qilardi; grammatik talqinlar rus va milliy tillardagi ta`limgohlarda bir xil edi. O‘STning talqinlari esa rasmiy rus tilshunosligidan keskin farq qiladi, shuning uchun u davrda ta`lim tizimiga tatbiq etilishi mumkin emas edi. 1991-yildan keyin o‘zbek tilshunosligi, jumladan, o‘zbek tilini ona tili sifatida maktab va oliygohlarda o‘qitish mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tdi; o‘zbek tili bo‘yicha maktab va oliygoh programmalari O‘ST talqinlari (Interpretesion) asosuda tuzildi4, bu yo‘nalishning ommalashishiga asos bo‘ldi. O‘STning o‘zagini Praga strukturalizmdagi (funksional lingvistikadagi) lison-nutq, lisoniy birlik-nutqiy birlik tushunchalarini dialektikaning umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) va yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat ( YAHVO) kategoriyalari mazmuniga muvofiq talqin qilish tashkil qiladi. Shu sababli O‘STning bosh tamoyili lingvistik tadqiq jarayonida (- lisoniy birlik tabiatini oshish va talqin etishda -) dialektik tahlil usullaridan onglilik va izchillik bilan foydalanishdan iboratdir. Dialektika shakl va mazmun aloqadorligini tan olgan holda mazmunga ko‘proq e`tobor qaratgani sababli O‘STda fonetika-fonologiyada N.Trubetskoy-R.Yakobson-A.Reformatskiy tadqiq tamoyillari asosan saqlanib, tilning mazmun bilan bog`liq sathlari - leksika, morfologiya va sintaksis tadqiqi yetakchilik qiladi. O‘STda tilshunoslikning eng asosiy tushunchalari til~lison~meyor~nutq quyidagicha tushuniladi: Til - sof insoniy qobiliyat va imkoniyat..U tafakkurni shakllantirishga (kodlashtirishga), xotirada qat`iy sistemaga tizib saqlashga, axbotrotni uzatish va qabul qilishga imkoniyat beruvchi eng nuhim (birlamchi) insoniy ijtimoiy-ruhiy bevosita va bilvosita kommunikatsiya vositasidir. Til lison~me`yor~nutq ning dialektik butunligidan iboratdir. Unda bosh ichki ziddiyat atash (nominativ) va ifodalash (ekspressiv) vazifalarning dialektik birligidadir. Lison UMIS tabiatli lisoniy birliklarning serqirra, ko‘pqavatli sathlaridan tashkil topgan barqaror, tashqi muhit ta`siriga o‘ta sezgir, o‘zgarish, rivojlnish va moslashish immanent qobiliyatini o‘z ichida mujassamlashtirgan murakkab qurilishli iyerarxik sistemasidir. Me`yor lisonning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil bo‘lib lisoniy imkoniyatlardan - sinonimik qatorlardan, lisoniy birliklarning dublet, allovariant va variantlari, sohaviy birliklaridan har birining voqelanish o‘rinlari va xususiyatlarini belgilaydi. Nutq lisonning me`yor elagidan o‘tgan muayyan moddiy (yozma, og`zaki, tasviriy /imo-ishora, signal v.h./ shakllaridan birida) voqelanishidir. Lisoniy birliklar dialektik tabiatini ochish va ularni tavsiflashda O‘ST sustansiallik, ichki ziddiyatlik, ko‘p qatorlik, oraliq uchinchi asosiy tamoyilariga tayanadi. Bu tamoyillar O‘STning metodologik asosini tashkil etganligi sababli ularning har birini alohida ko‘rib o‘tamiz: 1. Substansiallik. Lisoniy birlik nutqda voqelantiruvchi barcha ma`no va vazifalarini o‘zida ontologik mujassamlashtirgan, yashirgan deb olinadi. Nutqda hech bir narsa yaratilmaydi,balki lisoniy birlikdagi imkoniyat faqat yuzaga chiqariladi, xolos. Shuning uchun tilshunoslik oldida lisoniy birlik voqelanishidagi nutqiy alohidaliklarni umumiy lisoniy ma`noga (allgemeine Sprachbеdeutung) birlashtirish va lisoniy imkoniyat sifatida ongda va lisoniy tizimda mavjud bo‘lgan bu ma`noni nutqda muayyan ko‘rinishlarda voqelantirish yo‘llarini o‘rganish vazifasi turadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling