O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Download 0.76 Mb.
|
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)
Daraxt nima uchun kerak?
a) soya soladi; b) meva beradi; v) yog`och beradi... Mana shu vazifalar daraxtning mazmun tomonidir, ya`ni vazifasi. Nutqiy hosilalarning mazmuni turli nutqiy sharoitda qanchalik xilma - xil bo‘lmasin, ma`lum bir lisoniy umumiylik ma`nosining tajallisidir. Masalan, bir oddiy piyola ham ichish quroli, ham o‘lchov andazasi, ham aylana chizish mumkin... Lekin piyolaning umumiy mazmuni-choy yoki boshqa suyuqlik ichish uchun mo‘ljallangan o‘zbek milliy ro‘zg`or buyumi. Ongimizda piyola mana shunday yashaydi. Chunki "nutqdagi xususiy ma`nolar lisondagi umumiy ma'nolarning tajallisi" [1,11;]. Umumiy ma`no ma`lum bir fonema, morfema, leksemaning paradigmadagi o‘rni,mavqeidan ochiladi. Masalan, leksemalardagi umumiy ma`no shu leksemaning o‘zi munosabatdosh bo‘lgan leksemalar qatoridan anglashiladi. "Ota" leksemasi ongimizda quyidagi paradigmada yashaydi va UGMsi o‘shandan ochiladi: /bobo/: /buvi/ /ona/ : /ota/ /bola/: /nevara/ Ushbu paradigmadan "ota" so‘zining UGMsi kelib chiqadi: birinchi avlod, bevosita qon-qarindosh, katta, erkak. Leksemalardagi UGMni semema deyishadi. Demak, umumiylikning mohiyati ma`lum bir umumiylikni o‘ziga o‘xshash va farqli umumiyliklar bilan munosabatidagina ochilishi mumkin. Sh. Shahobiddinova ishida XGM va UGMlar atroflicha talqin qilingan. Jumladan, son kategoriyasi shakllarining XGM va UGMlari. [-lar] ning XGMlari: a) ko‘plik - Unda shirin - shirin bananlar bor (Sh. Yul.); b) jamlik - ishchilar sinfi - ishchi sinfi; d) bog`liqlik va o‘xshashlik - Avvalgi sarvigullar o‘qishni tugatishdi. (Sh. Yul.); s) taxmin - Soat beshlarda keldi; e) kuchaytirilgan ma`no - Tillarimga ko‘cholmaydi bo‘g`zimdagi azobim... (U. Azimov). [o] shakl XGM lari: a) jamlik - Gadoning dushmani gado bo‘ladi (A.O.); b) ko‘plik - Majlisga yigirma kishi keldi (aniq ko‘plik); U qishloqda uch - to‘rt kun qoldi (noaniq ko‘plik); d) birlik ifodalash - bunda ko‘rsatish olmoshlari, "bir" so‘zi ko‘proq ishtirok etadi: Ushbu yodgorlikka murojaat qilar ekanman, mening maqsadim bitta... (O.Matjon). Demak, son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni ko‘rsatish mumkin: [-lar] UGMsi─bo‘linuvchan/ bo‘linmas sifat va noaniq miqdor ifodalash. [o] UGMsi ─ bo‘linmas va aniq/ noaniq miqdor ifodalash. Bo‘linuvchanlik-bo‘linmaslik deganda, quyidagini tushunish kerak: har bir xususiylik alohidalik ekanligini ko‘rib o‘tdik. "Qovunlar" degan so‘zshakli bir necha qovunlarni atab keladi."Qovunlar" so‘zshakli bir to‘plamni ifodalaydi va u bir necha alohidaliklarga bo‘linadi. "Ahmadlar" deganda Ahmad va unuing o‘rtoqlari, oilasi... tushuniladi. Ya`ni Ahmadlar bir to‘plamni ifodalaydi va bu to‘plam bo‘linuvchan. "Suvlarni stolga qo‘ydi" deganda kola, mineral suvlar... tishuniladi. "Toshkentlarni kezib chiqdi" so‘zshakl Toshkentni bo‘lib beryapti, tumanlari hisobga olingan. "Tillarimga ko‘cholmaydi bo‘g`zimdagi azobim" misrasida til, gap, so‘z, og`iz ajratib berilgan. Shuning uchun "ishchi sinfi" va "ishchilar sinfi"; "o‘qituvchi odati" va "o‘qituvchilar odati" kabi so‘z birikmalarida birlik va ko‘plik son ma`nolari yaqinlashsa ham, orasida nozik farq bor. "Ishchilar"da sifatiy bo‘linuvchanlik sezilib turadi. Birlik sonda yaxlitlik ma`nosi ko‘proqdir. Demak, bir jihatdan birlik va ko‘plik son ko‘plik sonning bo‘linuvchanlikni ta`kidlashi, birlik sonning esa yaxlitlikni ko‘rsatishi bilan qarama-qarshi turadi. Miqdoriy jihatdan esa birlik son birlik, aniq/noaniq miqdorni ifodalay olishi bilan hamisha noaniq miqdoriy ko‘plikni ifodalovchi ko‘plik son shakliga qarama - qarshi turadi. Shuning uchun "Bu kitobni ol", "Stol ustida to‘rt kitob bor", "Kitob - bilim manbai" gaplarida 3 xil ma`no voqelangan: Kitoblar so‘zshakli hech qachon aniq miqdorni ifodalay olmaydi. Quyidagi gaplarni qiyoslang: Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling