O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Download 0.76 Mb.
|
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)
Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi;
O‘ninchi yil (yillar)da tug`ildi. Shuning uchun birlik sonning umumiy grammatik ma`nosi quyidagicha ko‘rsatilishi mumkin: birlik ─ aniq yo noaniq miqdorni bo‘linuvchan/ bo‘inmas ma`noda berish. Ko‘plik sonning ma'nosi ─ noaniq miqdoriy ko‘plikni bo‘linuvchan sifatda berish. Mana shu umumiy grammatik ma`nolar bilan birlik va ko‘plik morfologik son shakllari til tizimida va ongimizda yashaydi. Bu umumiy ma`nolar nutqda muayyan moddiy shakllarda cheksiz rang-baranglikda voqelanadi. Ko‘rib o‘tdikki, daraxt umumiyligi o‘ta sodda va u "o‘simlik + tana + shox"dan iborat, xolos. Lekin borliqdagi milliard daraxt behad rang - barang. Xuddi shunday ko‘plik sonning ma`nosi "miqdoriy noaniq ko‘plik + sifatiy bo‘linuvchanlik" kabi soddadir. Nutqda esa u milliard xususiy ko‘rinishlarda voqelanadi. Birlik sonining ma`nosi "miqdoriy aniq/noaniq ko‘plik + sifatiy bo‘linmas" kabidir. Lekin yuqorida ko‘rsatilgan UGM nutqda XGM sifatida voqelanar ekan, u umumiylik bilan xususiylik orasida oraliq ma`nolar yotadi. Oraliq ma`nolar xususiy ma`nolar uchun ma`no tiplari, ya`ni "o‘xshash ma`nolar majmuasi", UGM uchun esa "umumiylikning ko‘rinishlari", turlari mavqeida bo‘ladi. Chunonchi, birlik sonning UGMsi "aniq / noaniq va birlik" kabi ma`nolarni o‘z ichiga oladi. Va UGM XGM sifatida voqelanguncha yuqorida ko‘rsatilgan aniqlik, noaniqlik, birlik kabi uch OGM ma`noning biridan o‘tadi. Chunonchi, XGM OGM UGM Bu kitobda birlik aniq/noaniq Uch kitobda aniq sifatiy bo‘linmas Kitobda ko‘plik miqdor shunday yozilgan. noaniq OGM hamisha so‘zning lug`aviy ma`nosi, matn, qurshov bilan aloqador bo‘ladi. Chunonchi, [-lar] ko‘plik sonning umumiy ma`nosi -"sifatiy bo‘linuvchan, miqdoriy noaniq ko‘plik" UGMsi bir necha OGMga ega. Bulardan asosiylari: 1. Bir yoki turli jinsdagi predmetlarning NMK(noaniq miqdoriy ko‘rsatkichi)ni ifodalash (kitoblar, odamlar...); 2. O‘lchanmas moddalarni alohidaliklarga ajratib noaniq miqdoriy ko‘plikni ko‘rsatish (Toshkent suvlari...); 3. Turli tur va jinslardan iborat NMKni ko‘rsatish (yog`lar-sariq yog`, paxta yog`i; ichimliklar-aroq, mineral suv, kola); 4. Narsani yondoshlari bilan birgalikda NMK sifatida ifodalash (Ahmadlar keldi; Toshkentlarni aylandik.); 5. Taxmin ifodalash: 70- yillar; 6. Bo‘linmasni bo‘linuvchan etib ko‘rsatib, ekspressiv ma`no berish (Yuraklarimga to‘kildi). Mana shunday har bir morfologik shaklda XGM, OGM va UGMlar mavjud bo‘ladi. Siz 40 - 80 - yillarda nashr etilgan darsliklarda tanishgan grammatik shakllarning ma`nolari asosan XGM va OGMlardir. UGMlarni ochish bosqichiga o‘zbek tilshunosligi endi ko‘tarilmoqda. Jumladan, ushbu mavzular mana shu UGMlarni ochishga bo‘lgan ilk qadamlardan biridir. Shunday xulosaga kelish mumkinki, UGM til birligining minglab turli xil matnlarda yuzaga chiqadigan va bevosita kuzatishda berilgan xususiy grammatik ma`nolari (XGM)ning umumiy yig`indisi emas, XGMlar negizida yotgan, XGMlarga nisbatan umumiylik vazifasini o‘taydigan ma`nodir. XGMlar bilan UGMlar orasidagi munosabat bilvositadir. Bu ikki bo‘g`inni bog`lovchi ma`no tipi ─ bu OGMdir. Grammatik ma`no, grammatik shakl va grammatik kategoriya grammatikaning eng muhim tushunchalaridir va bular o‘zaro uzviy bog`langan. Grammatik ma`no tilda rang-barang usullar bilan ifodalanadi. Dastlab, grammatik ma`no to‘g‘risida mufassal to‘xtaylik. Grammatik ma`noning tashuvchisi va ifodalovchisi grammatik shakl sanaladi. Tabiatan agglyutinativ va sintetik bo‘lgan o‘zbek tilida qo‘shimchalardan aloqa- munosabat qo‘shimchalari va lug`aviy shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar, asosan, grammatik ma`no ifodalaydi. Masalan, kitobi so‘zshakliga e`tibor bersak. Bu shakldagi -i qo‘shimchasi kitobning qandaydir uchinchi bir shaxsga tegishliligini ifodalasa, "O‘tgan kunlar" kitobi” birikmasida tur va jins nomini o‘zaro bog`lab birikma hosil qilyapti. Shu ma`nolar -i qo‘shimchasida mujassamlangan va shu ma`no ushbu affiksal morfema orqali yuzaga chiqmoqda. Kelishik qo‘shimchalari grammatik ma`no ifodalaydi. Masalan, "Javondagi kitoblardan oldi" gapida –dan qo‘shimchasi ma`lum bir manbadan biror narsa ajralayotganini ifodalasa, "Vijdondan qo‘rqing" gapida -dan vijdon va "qo‘rqmoq so‘zlarini bir-biriga bog`lashga xizmat qilyapti, "Anvar uydan chiqdi" gapida esa Anvar degan shaxsning chiqish joyini ko‘rsatmoqda. Yuqorida keltirgan misollarimizdan shunday xulosaga kelish mumkinki, grammatik ma`no lisoniy va nolisoniy munosabatlarning muayyan shakl(qolip) da mujassamlangan mavhum inikosidir. Chunki, yuqoridagi kitobi so‘zidagi -i qo‘shimchasida, "Javondagi kitoblardan oldi" gapidagi -dan qo‘shimchasida nolisoniy munosabat yotsa, "O‘tgan kunlar” kitobi” birikmasidagi -i va "Vijdondan qo‘rqing" gapidagi -dan qo‘shimchasida sof lisoniy munosabat mujassamlangan. Shuning uchun grammatik ma`no tarkiban murakkab bo‘lib, lisoniy va nolisoniy munosabatlar inikosining birikishidan iboratdir. Fe`l zamonlari ham grammatik ma`no ifodalaydi. Bu zamonlar faqat nutqdagi, matndagi so‘zlarning qaysi zamonga oid ekanini ko‘rsatish bilan chegaralanmay, balki tashqi dunyoda sodir bo‘ladigan voqea va hodisalarning qachon bo‘lib o‘tganini, ya`ni aynan gapirilayotgan vaqtda yoki gapirilayotgan vaqtdan oldin yo keyin sodir bo‘layotganligini ifodalash uchun ham xizmat qiladi: Lola o‘qidi; Lola o‘qiydi; Lola o‘qiyotir. Sifat darajalari ham grammatik ma`no anglatadi. Ular narsa, predmet, hodisalarning borliqdagi nisbiy farqini aks ettiradi: tor/ torroq /eng tor; go‘zal/ go‘zalroq/ eng go‘zal. Mana shunday ma`lum bir shaklda mujassamlangan va tilda ifodalanishi zarur bo‘lgan umumlashgan, lug`aviy ma`no ustidagi ustama ma`no ─ grammatik ma`no sanaladi. Grammatik ma`no aytib o‘tganimizdek, rang-barang usullar bilan ifodalanadi. O‘zbek tilida, jumladan, grammatik ma`nolar quyidagi usullar bilan ifodalanadi: Affiksatsiya. Yordamchi so‘zlar. So‘z tartibi. Takror.
Ohang.
Juftlash. Ichki fleksiya. Urg`u.
Suppletivizm.
Biz bu usullarni tilimizda tarqalganlik doirasiga ko‘ra joylashtirdik. Usullar mohiyati sizga “Tilshunoslikka kirish” kursidan ma`lum. 1. Affiksatsiya tilimizda grammatik ma`noni ifodalashning eng keng tarqalgan usuli bo‘lib, tilimizga xos bo‘lgan grammatik ma`nolarning deyarli barchasi son, egalik, kelishik, hurmat, shaxsiy munosabat, belgi darajasi, harakat, nisbat, tarz (harakatning sodir usuli), bo‘lishli-bo‘lishsizlik (tasdiq-inkor), mayl- zamon, shaxs-son affiks - qo‘shimchalar yordamida ifodalanadi. O‘zbek tilida, asosan, suffikslar, ya`ni o‘zak yoki asosdan keyin qo‘shiladigan qo‘shimchalar ishlatiladi. Tilimizda eroniy tillardan kirgan bir qator be-, bo-, ser-, no-, ba- kabi prefikslar ─ o‘zak va asosdan oldin keladigan qo‘shimchalar ham o‘zlashib qolgan. Lug‘aviy shakl va aloqa - munosabat qo‘shimchalari vositasida yasaladigan shakllar tilshunoslikda s i n t e t i k shakllar deb aytiladi. Chunonchi, kitoblar, akamga, uylarimizda, kelmasaydingiz, yaxshiroq, o‘nta kabi shakllar sintetik shakl sanaladi. 2. Yordamchi so‘zlar. Bular ham grammatik ma`no ifoda qilish uchun qo‘llaniladi. Ko‘makchilar ot, ma’nosi toraygan so‘zlar bilan birga kelib, o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zni boshqa so‘z bilan munosabatga kiritadi: Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz (A.Q.) - holat ma’nosi voqelangan; Telefon orqali gaplashdim –vosita ma’nosi voqelangan; Do‘stlik biz uchun hamisha ilhom va kuch-quvvat manbai bo‘lib kelgan (O‘.U.) – atalganlik ma’nosi voqelangan. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar juda katta guruhni tashkil etib, ko‘makchi, bog`lovchi va yuklamalarning yarim bog`lovchi, yarim ko‘makchi, yarim yuklama kabi turlari mavjud bo‘lib, bunday so‘zlar ham mustaqil, ham yordamchi ma`noga ega. Chunonchi, Ishning boshida Abdurahim turar edi. Yordamchi so‘zlar sifatida o‘zbek tilida juda, eng, bag`oyat, nihoyatda, o‘ta, sal, bir muncha kabi ravishlar ham, olmoq, bermoq, qolmoq, o‘tirmoq, chiqmoq, ketmoq, boshlamoq, bo‘lmoq kabi 40 dan ortiq fe`llar ham keng qo‘llaniladi. Yordamchi so‘zlar vositasida yasalgan shakllar a n a l i t i k shakllar deb ataladi. Tilimizda juda ko‘p holatlarda ayni bir grammatik ma`no sintetik shakl bilan ham, analitik shakl bilan ham ifodalanishi mumkin. Chunonchi, Kitobni akamga (akam uchun /akamga deb / akamga atab/ akamga mo‘ljallab/...)oldim. Takror (reduplikatsiya)- bir so‘zni aynan ikki marta takrorlash sanalib, bunda ham turli grammatik ma’nolar hosil qilinadi: predmetning ko‘pligi, belgining oshirilishi, ma’noning kuchayishi, harakatning takrorlanishi hamda uzoq davom etishi va boshqalar. Chunonchi, Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling