O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Download 0.76 Mb.
bet15/118
Sana31.01.2024
Hajmi0.76 Mb.
#1817561
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
Bog'liq
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)

etak-etak paxta ─ miqdoriy ko‘plik;
ayta- ayta charchamoq ─ harakat davomiyligi.
Tilimizda bu usulning to‘liq takror (etak- etak paxta) va qisman takror (qip - qizil, ko‘m- ko‘k, yam - yashil) va tilimizgagina xos bo‘lib, fanda "sadodosh takror" (slova- exo) deb atalgan ko‘rinishi ham keng tarqalgan (mayda- chuyda, she`r-pe’r, kitob -mitob, ko‘k- mo‘k, qizil- pizil).
4. So‘z tartibi - grammatik ma`no anglatishning yana bir vositasi. So‘zlarning gapda ma`lum tartibda oldinma-keyin joylashtirilishi ham grammatik ma`no ifodalash uchun xizmat qiladi. Tilimizda ba`zan shu vosita orqali so‘zning qaysi kelishikda ekanligi aniqlanishi mumkin. Masalan, bunday holatlar xususan poetik nutqda keng uchraydi. So‘z tartibi so‘z birikmalari hosil qilishda yetakchi omillardan biri sanaladi. Chunonchi, keng dalalar (so‘z birikmasi) - Dalalar keng (gap). So‘z tartibi grammatik omili nutqda hamisha ohang bilan birga ish ko‘radi. Shuning uchun yuqoridagi hosilalarning ohangi bir-biridan tubdan farq qiladi. Chunonchi, bir, ikki kitob- bir- ikki kitob birikmalarining ohangi har xildir.
5. Ohang ham grammatik ma`no ifodalashga xizmat qiladi. Bu vosita yordamida
a) gapning turini ajratish mumkin: Imtihon topshirdi. Imtihon topshirdi? Imtihon topshirdi!
b) gap bo‘laklarini ajratish mumkin:
Gulnora, singlim keldi. Gulnora, singlim keldi! Gulnora singlim keldi. Birinchi gapda “Gulnora “va “singlim“ so‘zlari uyushib kelgan bo‘lsa, ikkinchi gapda “Gulnora” so‘zi undalma vazifasida kelgan, uchinchi gapda esa ism ma’nosida kelgan. Ohangning so‘z tartibi, so‘zlarni bir-biriga bog‘lash bilan uzviy aloqadorlikda voqelanishini takroran eslatib o‘tish joiz. Yuqoridagilar buning yorqin dalilidir.
6. Juftlash har xil so‘zlarni – ma’nodoshlarni (baxt-saodat), zid ma’nolilarni (yaxshi-yomon), giponimlarni ulov-(ot-eshak), darajalanuvchilarni (qo‘y-qo‘zi), umumiste`mol arxaizmlarni (bola- chaqa, cho‘pon- cho‘liq) ─ o‘zaro qo‘shish orqali har xil grammatik ma`nolarni ifodalash ham tilimizda anchagina.
Yuqorida sanalgan olti usul tilimizning ichki qurilishiga xos bo‘lgan grammatik ma`nolarni ifodalashning yetakchi usulidir. Shular bilan birga tilimizda juda kam qo‘llaniladigan suppletivizmlar, chunonchi, (men -biz, sen -siz; eski o‘zbek tilida u- alar, anga, anda, ani, aning ), arabcha so‘zlar orqali o‘zlashgan ichki fleksiya usullari mavjud:
Kitob - kutubxona
xabar - axbor
fikr - afkor
ilm - ulum
taraf - atrof va boshqalar.
7. Urg‘u. Dynyo tillarining barchasida grammatik ma`nolarning ifodalanishida urg`u ham ajratiladi. Tilshunosligimizda ham urg`uni shunday vosita sifatida ajratib kelganlar va
tugma (ot) -tugma (fe`l)
yozma (sifat)- yozma (fe`l)
studentsiz (sifat)- studentsiz (kesim)
ximik (sifat) - ximik (ot) kabi so‘zlarning o‘zaro farqlanishini urg`uning turli xil o‘rni bilan bog`laganlar. Lekin urg`uning o‘zbek tilida ma`no farqlash vazifasi munozaralidir. Urg`uning ma`no farqlash vazifasi tilimizda rus tilidan ko‘chirilgan hodisadir. Chunki "Tugmang tushdi" va " Belbog`ni tugmang " gaplaridagi "tugma" so‘zida urg`u har ikki holatda ham "a" tovushiga tushadi.
Hozirgi tilshunoslikda grammatik ma`noni alohida til hodisasi sifatida o‘rganish endi boshlandi. Shu kungacha grammatik ma`no grammatik shaklning bir tomoni sifatida o‘rganilib kelindi. Grammatik ma`noni ifodalashning rang - barang usullarini ko‘rib o‘tgach, biz ayta olamizki, ayni bir grammatik ma`no xilma-xil vositalar bilan ifodalanishi mumkin. Chunonchi, son ma`nosi o‘zbek tilida affiksatsiya /-lar, ya`ni birlik/ko‘plik son shakllari paradigmasi doirasida ko‘rib chiqilgan. Son shakllarining ma`nosi deganda mana shu ikki morfema nazarda tutilgan. Tilimizda son ma`nosining ifodalanishi yana boshqa vositalar orqali ro‘yobga chiqadi.Chunonchi, ko‘plik ma`nosi takror, juft so‘zlar bilan ham, birlik ma`nosi juz`iy reduplikatsiya (takror) yoki so‘z- so‘zsimon (kitob - mitob, non - pon, meva - cheva) bilan ham ifodalanishi mumkin.
Hozirgi fanimizda son ma`nolarining o‘xshashlik va farqli tomonlari, shuningdek, "Kitobni akam uchun oldim" va "Kitobni akamga deb/ atab oldim" kabi hosilalar orasidagi ma’no farqlari deyarli o‘rganilmagan. Ya`ni ayni bir ma`noni turli xil vositalar bilan ifodalash yo‘llari fanimizning o‘rganilmagan muammolari sirasiga kiradi. Bularni tadqiq qilish bugungi kunning vazifasidir.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling