1-topshiriq. Quyidagi test topshiriqlarini mustaqil bajaring.
1. “Faqat guruhlar markazidagi birliklar aniq. So‘z turkumlari chegarasidagi oraliq birliklar esa hamisha u yoq-bu yoqqa tebranib turadi. Ana shu noaniq, xira va tebranib turuvchi holat tilshunosning diqqatini ko‘proq o‘ziga jalb etmog`i lozim”. Fikr kimga tegishli?
A. F.de Sossyurga C. U.P.Pavlovga
B. L.V.Sherba D. F.Engelsga
2. So‘zlar qaysi tasnifi jihatidan o‘zgaruvchi va o‘zgarmas leksemalarga ajratiladi?
A. morfologik tasnif C. sintaktik tasnif
B. semantik tasnif D. leksik tahlil
3. “Adyektivatsiya” atamasining izohi to‘g`ri berilgan qatorni toping.
A. otlashish C. olmoshlashish
B. sifatlashish D. ravishlashish
4. Oraliq so‘zlarga nimalar kiradi?
A. bog`lovchi, ko‘makchi, yuklama
B. so‘z-gaplar
C. taqlid so‘zlar
D. olmosh, taqlid
5. O‘zgarmas leksemalar berilgan qatorni toping.
A. o‘qimoq, kitob, chiroyli
B. yarq-yurq, bilan, olma
C. hatto, kabi, milt-milt
D. tuzuk, besh, uxlamoq
6. Dildor Nizomjonga ko‘rinmaslikka harakat qilardi.
Ushbu gapda bo‘lishsizlik shaklidagi so‘z qanday so‘z hisoblanadi?
A. sof fe’l C. sifatdosh shakli
B. ravishdosh shakli D. harakat nomi
7. 1. U devordan irg`ib tushdi. 2. Qattiq tovushdan cho‘chib tushdi.
Har ikkala gapdagi “tushdi” fe’lini izohlang.
A. birinchi gapda mustaqil, ikkinchi gapda ko‘makchi fe’l
B. birinchi gapda ko‘makchi, ikkinchi gapda mustaqil fe’l
C. har ikkala gapda mustaqil fe’l
D. har ikkala gapda ko‘makchi fe’l
8. Shaxs-son va zamonni ko‘rsatmaydigan fe’l shakli ….
A. ravishdosh shakli C. sifatdosh shakli
B. harakat nomi D. bo‘lishli fe’l
9. Jahli chiqib yurmasin tag`in.
Berilgan gapdagi fe’l maylini aniqlang.
A. buyruq-istak mayli C. ijro mayli
B. shart mayli D. maqsad mayli
Do'stlaringiz bilan baham: |