5-topshiriq. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
Tasnif nima? Uning mohiyatini nima tashkil qiladi?
Leksemalarning qaysi qirralari orqali tasniflar hosil qilish mumkin?
Ma`noviy belgisiga ko‘ra so‘zlar qanday turkumlanadi?
Leksemalar morfologik tasnifga ko‘ra necha tipga ajratiladi? Ular qaysilar? Har birini izohlang.
Leksemalar sintaktik tasnifida ko‘proq ularning qaysi jihatlari inobatga olinadi?
O‘zbek tilshunosligida fe`l so‘z turkumining tutgan o‘rni haqida qanday tushunchangiz bor?
Nima uchun olmosh taqlidlardan so‘ng o‘rganiladi?
So‘z-gaplarnining qanday ko‘rinishlari bor?
Taqlidlar nima uchun mustaqil so‘z turkumlari qatoridan o‘rin olgan?
GLOSSARIY
O'zgaruvchi so'zlar – morfologik kategoriyalar (son, egalik, kelishik, nisbat, qiyoslash, subyektiv munosabatlar, kesimlik, o'zgalovchi) ning qo'shimchalarini qabul qila oladi. O'zgarmas so'zlar – bunday qo‘shimchalarni qabul qila olmaydi.
Gap bo'lib keladiganlar – undov, modal, tasdiq va inkor, taklif so'z – gaplar.
Gap bo'lagi bolib keladiganlar – hamma mustaqil so'zlar fe'l, ot, sifat, son, ravish, taqlidlar, ishora so'z olmoshlar.
Sintaktik aloqa vositasi bo'lib keladiganlar – ko'makchi, bog'lovchi, yuklama.
So'z-gaplar – nutqda boshqa so'zlar bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o'zi mustaqil gap bo'lib kela olish qobiliyatiga ega, ya'ni ajralish xususiyatiga ega.
Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Madrahimov I. Oʻzbek tilida soʻzning serqirraligi va uni tasniflash asoslari: filol. fan. nom. diss. avtoref. – Toshkent, 1994.
2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
3. Замонавий ўзбек тили. Морфология. Дарслик.– Тошкент: Мумтоз сўз, 2008.
4. Abuzalova M., Toirova G. Hozirgi oʻzbek tili (Morfologiya). Oʻquv qoʻllanma. Toshkent, 2019.
5. Eltazarov J. Oʻzbek tilida soʻz turkumlarining oʻzaro aloqasi va koʻchishi. filol. fan. dokt. ... diss. – T., 2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |