3-topshiriq. Quyidagi jadvalda mustaqil va nomustaqil fe’llarga xos xususiyatlar berilgan,ularni to‘g’ri joylashtiring.
Mustaqil fe’l
|
Nomustaqil fe’l
|
biror so‘zni boshqarib yoki biror so‘z tomonidan boshqarilib keladi
|
lug‘aviy ma’no asosidagi harakatni ifodalaydi
|
har qanday harakat bajaruvchi bilan ham bog‘lanadi
|
harakat zamon bilan bog‘lanishi mumkin
|
bevosita lug‘aviy ifodali harakat ma’nosiga ega emas
|
zamonli va zamonsiz fe’lni farqlaymiz
|
mohiyat e’tibori bilan uchga: yordamchi fe’l;
ko‘makchi fe’l;
to‘liqsiz fe’lga bo‘linadi.
|
fe’l nisbatlari kategoriyasiga ega
|
fe’l mayli kategoriyasiga ega
|
tuslangan va tuslanmagan fe’lni farqlashni taqozo qiladi.
|
fe’l va fe’l bo‘lmagan so‘zningи zamonini ko‘rsatadi
|
gapda biror bo‘lak vazifasida keladi
|
|
|
4-topshiriq. Matnni o‘qing. Matndagi so‘zlarni turkumlarga ajrating.
Yetti pirlardan biri
(Xoja Mahmud Anjir Fag`naviy)
Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy – Vobkent tumaniga qarashli Anjir Fag’ni qishlog’ida tug’ilib, shu yerda vafot qilganlar. Bu qishloqning hozirgi nomi Anjirbog’dir. Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy ilmi qol va ilmi holni Hazrat Xoja Orif Revgariydan o‘rgangan. Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy qabrlari ustida yangi maqbara, maqbara yonida hovuz va jome masjidi qurildi. Ushbu joy obod ziyoratgohga aylangan. Bu zoti sharif XIII asrda yashab o‘tganlar. Manbalarda yozilishicha, Olloh taolo Xoja Mahmudga ko‘plab karomatlarni ato etgan ekan. Ul zoti sharif zarurat bo‘lganda ulkan qush shakliga kirib ucharkanlar va kerakli manzilga bir zumda yetib borarkan. Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy 1286-yil vafot qiladilar va u kishini tug’ilgan qishloqlarida dafn qiladilar. Sho‘rolar zamonasida Xoja Mahmud ziyoratgohlari qarovsiz, xarob edi. Istiqlol sharofatidan yurtimizdagi boshqa ziyoratgohlar qatorida Hazrat Mahmud Fag`naviy majmualari ham obod etildi. Bu yerda yangi darvozaxona, maqbara, jome masjid, quduq, hovuz, katta bog` barpo qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |