O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti
Download 0.76 Mb.
|
O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Holat fe’llari.
II. Nutq fe’llari gapirish harakati bilan bog‘liqdir. Bunday fe’llar inson faoliyati bilan aloqador bo‘ladi.
a) gapirmoq (sinonimlari - so‘zlamoq, aytmoq, demoq) Elchibek jonliroq gapira boshlaganini o‘zi ham payqadi (A.Mux.); b) bidirlamoq - Voy, bidirlamay qolgur! (H.G‘.); d) to‘ng‘illamoq – U rasta bo‘lgan o‘spirin tovushi bilan to‘ng‘illadi (A.Q.); e) g‘o‘ldiramoq (g‘uldiramoq) – Ayol nimalarnidir g‘uldirab ketdi (A.Q) kabi. Ushbu fe’llarning salbiy xarakterga ega bo‘lgan variantlari ham mavjud: vaysamoq, valdiramoq, vaqillamoq, javramoq va boshqalar. Bularda ezmalik qilish, keragidan ortiq gapirish semalari mavjud. Ushbu nutq fe’llarining analitik shakli ham uchraydi: bag‘illab berdi javob bermad bobillab berdi. III. Holat fe’llari. Inson tabiatiga xos bo‘lgan jismoniy, ekspressiv – ruhiy holatlar o‘ziga xos xarakterga ega. Holatlarni to‘rtga bo‘lishimiz mumkin: a) ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog‘liq); b) tashqi holat (xursandlik, darg‘azablik… bilan bog‘liq); d) jismoniy holat (sog‘lomlik, betoblik, kuchlilik, zaiflik… bilan bog‘liq); e) ijtimoiy holat (boylik, kambag‘allik… bilan bog‘liq fe’llar). Ruhiy - psixologik holat fe’llari, asosan, insonga xos bo‘lib, o‘y - xayol, eslash, unutish, dard - alam tortish, achchiqlanish, kuyish… bilan bog‘liqdir. Bular, asosan, turg‘un va frazeologik iboralar bilan beriladi va, shuningdek, ushbu fe’llar miya (o‘y, tafakkur), yurak (ko‘ngil) bilan bog‘liq bo‘lib, xuddi shu so‘zlarning o‘zi ham nutqda ba’zan ishtirok etadi. Bunday fe’llar yangi dastur va darsliklarda (maktablar uchun) tafakkur fe’llari deb berilgan: O‘yga tolmoq ~ o‘yga cho‘mmoq O‘ylab - o‘ylab o‘yiga yetolmaslik Xayoli qochmoq Eslamoq – yodiga olmoq Ko‘z o‘ngiga keltirmoq Ko‘nglidan o‘tkazmoq Esiga tushmoq Esidan chiqmoq Ko‘ngliga tugib qo‘ymoq. Bular, ko‘pincha, kishining ichki ruhiy olami bilan bog‘liq bo‘ladi. Tashqi holat bilan bog‘liq holat fe’llariga quyidagilarni kiritish mumkin: Gangimoq Esini yo‘qotmoq Dong qotib qolmoq Kuyunmoq Tutoqmoq Asabiylashmoq Tajang bo‘lmoq Xunob bo‘lmoq. Tajang bo‘lmoq, xunob bo‘lmoq fe’llarida ko‘proq ko‘chma ma’no o‘z ifodasini topgan. Bu holat fe’llarining kuchaytiruvchi shakllari ham mavjud: Xit qilib yubormoq Ichiga solib yurmoq. Holat fe’llarini ifodalovchi iboralar ham mavjud: Ichini it tirnaydi Ichiga chiroq yoqsalar ham yorimaydi Dili namozshom bo‘ldi va boshqalar. Kishining tashqi, obyektiv ta’sir, hayotiy qiyinchiliklar yoki betoblik, jismoniy jihatdan dard, alam holatini turli fe’llar, fe’lli birikmalar, frazeologizmlar bilan ifodalash mumkin: Dardini tortmoq(ayriliq dardini tortmoq) Azob chekmoq ~ iztirob chekmoq ~ alam chekmoq O‘rtanmoq Qaqshab o‘tirmoq Jigari ezilmoq ~ bag‘ri ezilmoq Achchiq sharbatini tortmoq va boshqalar. Ijtimoiy holat fe’llari kishilar hayotining iqtisodiy jihatdan o‘zgarishi bilan aloqador bo‘lgan fe’llarni qamrab oladi: boyimoq, qashshoqlashmoq… Yasamoq, qurmoq, bunyod etmoq, hosil bo‘lmoq, chizmoq, yozmoq, barpo qilmoq, arralamoq, parchalamoq, sayqal bermoq, randa qilmoq, sindirmoq, yemoq, o‘chirmoq… kabi natijali faoliyat fe’llari va o‘ylamoq, xayol surmoq, hukm chiqarmoq, o‘yga botmoq, ko‘z oldiga keltirmoq kabi tafakkur fe’llari ham mavjud. Bular sodda va qo‘shma holatda bo‘ladi. Fe’l stilistikasini o‘rgangan olima M.Sodiqova bu o‘rinda munosabat fe’llarini berib, ularni guruhlarga ajratadi: 1.Ijobiy xarakterdagi munosabat fe’llari; 2.Salbiy xarakterdagi munosabat fe’llari. Birinchi guruhga-erkalamoq, aldamoq, yaxshi ko‘rmoq, maftun bo‘lmoq, rom etmoq, yon bosmoq, o‘rtaga tushmoq, rahmi kelmoq, xushomad qilmoq, e’zozlamoq, parvona bo‘lmoq kabilarni kiritgan. Bular bir qaraganda holat fe’llariga o‘xshab ketadi. Ammo kontekstda (matnda) o‘ziga xos uslubiy xususiyat kashf etadi:U bolalarini sog‘inib qolgan ekanmi, ertadan kechgacha erkalab ardoqlaydi. Ikkinchi guruhga-beti qursin, battar bo‘lsin, xudo olsin, qorasi o‘chsin, ordona qolsin, baloga uchragur, juvonmarg bo‘lgur kabilar kiritilgan. Bunday fe’llarda, ko‘pincha, “-sin” va “-gur” shakllari ko‘p uchraydi. Bu guruh fe’llariga urishish, jerkish, do‘q- po‘pisa qilish bilan bog‘liq fe’llar xosdir. Munosabat fe’llarining uslubiy, fonetik xususiyatlari alohida o‘rganiladigan tadqiqot manbaidir. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nutqda fe’llar juda ko‘p uchraydi. Ularning qo‘llanishdagi shakli, qurilish jihati xilma-xil. Yana shuni qayd etish kerakki, o‘zbek tilida holat fe’llari ancha chuqur va mufassal o‘rganilgan. R.Rasulov ishida holat fe’llari va ularning leksik - semantik guruhlari aniqlanilgan. Turkiy tildagi holat fe’llarining o‘timlilik - o‘timsizlik tabiati chuqur tahlilga tortilgan [2;4]. Darajalanish hodisasi fe’lning ayrim ma’noviy guruhlariga ham xosdir.Buni quyidagi fe’llar doirasida kuzatish mumkin: 1. Pichirlamoq, shivirlamoq, ming‘illamoq, so‘zlamoq, baqirmoq, dodlamoq. 2. Yo‘nalmoq, odimlamoq, yurmoq, chopmoq. 3. So‘ramoq, iltimos qilmoq, yalinmoq, yolvormoq, o‘tinmoq. Fe’llar o‘ziga xos yasalish sistemasiga ega. Tilimizdagi fe’llar, asosan, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. Yasash asosiga qo‘shilib yasama fe’llar hosil qiluvchi affikslarning so‘z yasash darajasi turlicha. -la, -lan, -lash, -lashtir, -(a)/r,-(a)y kabi affikslar mahsuldor bo‘lib, juda ko‘p miqdorda fe’l yasashga xizmat qiladi. 1. -la affiksi quyidagi qoliplarda yangi leksema hosil qiladi : [ot+la] – ishla, gulla, tuzla, bog‘la; [sifat+la] – qorala, tekisla, tezla, tozala; [ravish+la] – qaytala, hozirla…; [olmosh+la] – sizla, senla; [taqlid+la] – gumburla, dukurla… ; [undov+la] – dodla, voyvoyla, tufla…. -lan, -lash, -lashtir kabi murakkab affikslar – [ot, sifat, son, +lan] –zavqlan, ajablan, ikkilan…; [ot, sifat, son+lash] –salomlash, tezlash, birlash…; [ot+ lashtir] –rejalashtir(moq), gazlashtir (moq), ekranlashtir(moq)… –turli ma’nolarga ega bo‘lgan fe’llar yasaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan affikslar orqali yasalgan fe’llarni ma’no jihatidan guruhlash mushkul, chunki tilimizdagi ovqatlanmoq, kasallanmoq, foydalanmoq, to‘lqinlanmoq; ahdlashmoq, qiyinlashmoq, oydinlashmoq kabi yuzlab fe’llarning har biri rang-barang ma’nolarni o‘zida voqelantiradi. 3. -r/ar, -y/ay affikslari [sifat+r/ar], [ot,sifat +y/ay] qolipida biror belgini qabul qilish ma’nosini ifodalalovchi fe’llar yasaydi. Chunonchi, qisqar (moq); pasay (moq), toray (moq), kuchay (moq)…. 4. Fe’l yasovchi -a, -illa, -sira, -k/ik, -q/iq, -ira, -i kabilar kamunum affikslar sanaladi va [ot, sifat,taqlid +a] –sana, o‘yna, qiyna, ata, bo‘sha, shildira, yiltira; [taqlid+illa]-chirsilla, chirqilla, mo‘ltilla, guvilla, likilla; [ot, olmosh+sira]- suvsira, gumonsira, hadiksira, sensira, manmansira, sizsira; [ot, sifat, son+k/ik]-ko‘zik (moq); kechik(moq), birik (moq); [sifat+q/iq] - zo‘riq (moq,) zoriq (moq); [taqlid+ira] - yaltira, miltira, qaltira; [ot, sifat+i]–changi (moq), boyi (moq), tinchi (moq) qolipidagi fe’llarni yasashga xizmat qiladi. Affiksatsiya usuli bilan fe’ldan fe’l yasalmaydi. Kompozitsiya usuli bilan, ma’lumki, [fe’l++fe’l]-olib bermoq, aytib ketmoq, sotib kelmoq, sotib bermoq, olib qochmoq, sakrab turmoq; [ot+fe’l]-ta’zim qilmoq, bashorat qilmoq, isbot etmoq, kasal bo‘lmoq, fikr qilmoq, zikr etmoq; [sifat+fe’l]-xursand bo‘lmoq, shod etmoq, xafa qilmoq, obod qilmoq, juft bo‘lmoq, zada bo‘lmoq kabi qo‘shma fe’llar yasaladi. Fe’l nisbatlari o‘zbek tilshunosligida ancha mufassal tavsiflangan. Fanimizda fe’l nisbatlariga bag‘ishlab yozilgan S.Ivanov, S.Mamatqulov, H.Ne’matov, F.Saidov, S.Sultonsaidova, U.Tursunov, S.Ferdaus, E.Fozilov, A.G‘ulomov, A.Hojiyev va boshqalarning tadqiqotlarida nisbat shakllari mufassal o‘rganilgan. Umumturkiyshunoslik adabiyotida fe’l nisbatlari masalasi N.A.Baskakovning qoraqalpoq tiliga bag‘ishlangan tadqiqotida, E.Sevortyanning fe’l so‘z yasalishiga bag‘ishlangan katta monografiyasida, A.Sherbakning turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasiga bag‘ishlangan qator ishlarida tahlil qilingan. Fe’l nisbatlari deganda nima tushuniladi? Formal (shakliy) yo‘nalishda fe’l o‘zaklaridan keyin, yasama fe’llarda esa fe’l yasovchi qo‘shimchadan keyin o‘zak-negizga qo‘shilib keladigan -t,-iz,-ir,-ar,-sat,-dir(-tir),-l(-il),-n(-in),-sh(-ish) kabi qo‘shimchalar nisbat shaklini yasovchilar va shunday qo‘shimchali hosilalar fe’l nisbatlari deb aytiladi. Chunonchi, Yuvmoq ishlamoq to‘qimoq Yuvdirmoq ishlatmoq to‘qitmoq Yuvilmoq ishlanmoq to‘qilmoq Yuvinmoq Yuvishmoq ishlashmoq to‘qishmoq Ushbu paradigmada fe’llar nisbat paradigmasini yuzaga chiqargan. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling