Holat fe’llari. Inson tabiatiga xos bo‘lgan jismoniy, ekspressiv – ruhiy holatlar o‘ziga xos xarakterga ega.
Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
2. Замонавий ўзбек тили. Морфология. Дарслик.– Тошкент: Мумтоз сўз, 2008.
3. Abuzalova M., Toirova G. Hozirgi oʻzbek tili (Morfologiya). Oʻquv qoʻllanma. Toshkent, 2019.
4. Muhammedova S. Oʻzbek tilida harakat fe’lining semantik va valentlik xususiyati. filol. fan. dokt. ... diss. avtoref. – Toshkent, 2007.
5. Abuzalova M. Yuzta fe’l qaysi lug‘atlarda izohlangan? // OʻTA, 2001 y. №1.
MAVZU: OT. SIFAT. SON.
Reja:
1. Ot turkumi va uning UGMsi.
2. Kichraytirish, erkalash, shaxsiy munosabat shakllari.
3. Sifat va uning UGMsi.
4. Asliy va nisbiy sifatlar. Asliy sifatlarning daraja, kuchaytirma va ozaytirma shakllari.
5. Sifatning ma'noviy guruhlari va yasalish qoliplari.
6. Son, uning UGMsi, lug‘aviy shakllari.
7. Numerativ (o‘lchov) so‘zlar. Otlarni numerativ so‘z sifatida voqelantiruvchi qoliplar (sanoq son + hajm, makon, zamon, miqdor v.q. otlar + sanalish) (bir qop bug‘doy).
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
Otning lug‘aviy shakllari, son paradigmasi, [-lar] shaklining UGM si, [-lar] shaklining XGMlari, [0] shaklining UGMsi, [0] shaklining XGMlari, kichraytirish shaklining UGMsi, kichraytirish shaklining XGMlari, shaxsiy munosabat shakllari, ot lugaviy shakllari va uning nutqiy voqealanishi, son , sonnig UGMsi, sodda son, takror son, sanoq son, chama son, jamlovchi son, kasr con, dona son, taqsim son, tartib son, hisob (numerativ) so‘zlar, sonning gapdagi vazifasi, sonlarda ma`no torayishi, sondan yasalgan turkumlar.
Kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lib, yakka shaxs, narsa nomlarini, bir turdagi jonli va jonsiz narsa - buyum, voqea-hodisa, harakat -holatlarning umumiy nomlarini atab keladigan so‘zlar ot turkumiga kiradi. Ot morfologik jihatdan o‘ziga xos morfologik paradigmalarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |