55. Fe`lga xos bo‘lmagan belgi qaysi qatorda berilgan?
A. Tuslanadi.
B. Zamonga ega.
C. Vazifadosh shakllari mavjud.
D. Mayl ko‘rsatadi.
E. Barcha javoblar to‘g`ri.
56. Fe`l yasovchi qo‘shimchalarni toping.
A. –lan, -siz, -iy.
B.- i, -sira, -ay.
C. –l, -il. –t.
D. –gan, -qan ,- kan.
57. Yumush fe`llari berilgan qatorni toping.
A. So‘zladik, gapirdik, qaynadi.
B. O‘yladik , esladik, keldingmi?
C. Ishladi, yuvdik, pishirdilar.
D. Kelsam, bormoq, yurgan.
58. Bizlar ood va obod vatan barpo etmoqchimiz. Ushbu gap ichida kelayotgan fe`lning qaysi maylda ekanligini aniqlang.
A.Ijro maylida
B. Shar maylida
C. Buyruq- istak malida.
D. Maqsad maylida
59 . Tursun, To‘xtasin, Ko‘paysin kabi fe`llarga qaysi qatorda to‘g`ri ta`rif berlgan?
A. Buyruq- istak maylidagi fe`llar
B. Fe`ldan hosil qilingan otlar
C. Fe`lning bosh shakllari
D. Fe`lning vazifadosh shakllari
2-topshiriq. Berilgan gaplar ichidan bo‘lishsiz fe’llarni toping.
1. Bahor borliqqa o‘z sepini yoyib ulgurgani yo‘q.
2. Oyni etak bilan yopib bo‘lmas.
3. Zo‘rni ko‘rib tan berishni o‘rganing.
4. Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston.
5. Inson sirligicha qolaveradi, ammo odamzod bir-birini anglab yetmaguncha, olam tinch, dunyo farovon bo‘lmaydi. ( S.Mo‘min)
6. Bo‘lmasa ishq ikki jahon bo‘lmasin, ikki jahon demaki jon bo‘lmasin. (Navoiy)
3-topshiriq. Quyidagi she’riy parchalardan fe’llarni ma’no guruhiga ko‘ra ajrating. Do‘stlaring ko‘p bo‘lsa
Do‘stlaring ko‘p bo‘lsa, dushman shart emas,
Do‘stona sotishar siringni olib.
Yo‘q, ular atayin qilmaydilar qasd,
Do‘stona burashar birovlar solib.
Biri o‘zagingga soladi bolta,
Bir cho‘ntagingga tushadi sekin.
Do‘sting mehr bilan urar har holda,
Do‘sting yig’lamsirab so‘yadi lekin.
Jon do‘sting joningga doim xaridor,
Non do‘sting oshiqdir dasturxoningga.
Yana dil og’rig’i-do‘sti nodon bor,
Chumchuq chaqiradi sepgan doningga.
Yuzma-yuz qolganda hammasi a’lo,
Ikkov suhbat qursang –suhbati jonon.
Sen dushman borligin unutma aslo,
Do‘stlik san’atini egalla, inson.
(Iqbol Mirzo )
Do'stlaringiz bilan baham: |