O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
URG'U VA UNING TURLARI
So'z bo'g'inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so'zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etilishiga urg'u deyiladi. Urg'u 2 xil bo'ladi: 1. So'z urg'usi (leksik urg'u). 2.Gap urg'usi (frazaviy urg'u, ma'no urg'usi, logik urg'u, mantiqiy urg'u). So'z bo'g'inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi so'z urg'usi, gap tarkibidagi so'zlardan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi gap urg'usi yoki mantiqiy urg'u deyiladi. Urg'u yordamida nutq ko'rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo'ladi, uni zeriktirmay- di. So'zni so'z sifatida shakllantirish ham urg'uning vazifasiga kiradi. Siz bolaligingiz- da tez aytishlar aytgansiz. Tez aytishlarda bir nafasda ko'proq so'z aytish maqsadida so'zlarga urg'u qo'ymasdan talaffuz qilgansiz. Natijada so'zlar o'zining alohida urg'usini yo'qotadi va so'zlarning ma’nosi ham tushunarsiz bo'lib qoladi. Bundan ko'rinadiki,. so'zlarni tushunishimiz uchun ham ularni alohida-alohida urg'u orqali talaffuz qilishimiz muhim ahamiyatga ega. O'zbek tilida urg'u, asosan, so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi va so'zni gap tarkibida boshqa so'zdan ajratish hamda so'zning fonetik tarkibini uyushtirish vazifasini bajaradi. Urg'u oxirgi bo'g'inga tushmaydigan so'zlar ham mavjud. Masalan: ammo, I6kin, zero, zeroki, h&mma, barcha, bari, bi’zi, batki, albatta, afsuski, dcirvoqe, darhaqiqat, hdzir, aslo, doim, ddimo, hamisha, xuddi, h&tto, hcittoki, zd'rg'a, qanday, tdki, astoydil, ancha, g&rchi va hokazo. Unutmang, bunday so'zlarda ham urg'u barqaror urg'u hisoblanib, qo'shimcha qo'shilishi natijasida oxirgi bo'g'inga ko'chmaydi. Masalan, h£mma so'zida urg'u birinchi bo'g'inga tushadi, hammaga so'zida ham urg'u birinchi bo'g'inga tushadi (garchi unga -ga qo'shimchasi qo'shilsa ham). Turkiy, jumladan, o'zbek tilida urg'u o'rniga ko'ra ko'chib yuruvchi urg'u sanaladi. So'zga qo'shimchalar qo'shilsa, urg'u ham oxirgi bo'g'inga tomon ko'chib boradi. Masalan: o'rik - o'rikzor- o'rikzorlar- o'rikzorlarga. O'zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o'zlashgan so'zlarda urg'u barqaror o'ringa ega. Bu urg'uning o'sha tillardagi ahamiyati bilan bog'liqdir. Masalan: tadbir, monitoring, reklama, tijorat, ma'lum, bahor va hokazo. Bunday so'zlarga qo'shimchalar qo'shilsa ham, urg'u o`rnini o'zgartirmaydi. Masalan, respublika so'zida urg'u ikkinchi bo'g'inga tushgan, respublikamiz so'zida ham (garchi unga -miz qo'shimchasi qo'shilsa ham), urg'u ikkinchi bo'g'inda qoladi yoki xar&kter so'zida urg'u ikkinchi bo'g'inga tushgan, xar&kteriga so'zida ham urg'u ikkinchi bo'g'inda qoladi. So'zda bo'g'inlar ko'payishi bilan urg'u ham oxirgi bo'g'inga ko'chib boradi. Lekin tilimizda urg'u olmaydigan qo'shimchalar ham mavjud. Ular quyidagilar: 1. -ma fe’lning bo'lishsiz shaklini yasovchi lug'aviy shakl yasov- chi qo'shimcha: borma. kelma kabi. Eslatma: ot yasovchi va sifat yasovchi -ma qo'shimchasi bu qo'shimchaga shakldosh bo'lib, ular urg'u oladi. Masalan: yasama so'zida-ma sifat yasovchi bo'lsa, urg'u oxirgi bo'g'inga, -ma fe’lning bo'lishsiz shakli bo'lsa, urg'u ikkinchi bo'g'inga tushadi: yasam£ (sifat) - yasama (fe'l) yoki tortma so'zida -ma ot yasovchi bo'lsa, urg'u oxirgi bo'g'inga, -ma fe’lning bo'lishsiz shakli bo'lsa, urg'u birinchi bo'g'inga tushadi: tortma (ot) - tortma (fe’l) kabi. Qaynatm& (sifat) sho'rva pishdi gapida urg'u -ma qo'shimchasiga tush- sa, Sho'rvani qayn&tma (fe’l) gapida -ma qo'shimchasi urg'usiz qo'shimcha hisoblanadi. Demak, -ma qo'shimchasi 3 o'rinda omonimlik hosil qila oladi. Bu qo'shimchaning urg'u olmaydigan shakli lug'aviy shakl yasovchi sanaladi (Sho'rvani qaynatma - fe’l), urg'u oladigan shakllari esa so'z yasovchi qo'shimchalardir (qaynatma sho'rva - sifat, kichkina tortma - ot). Esda saqlang: qo'llanma, qurilma, qazilma, qurama kabi so'zlarning oxirgi bo'g'ini har doim urg'uli bo'g'in sanaladi. Chunki bu so'zlarning fe’l shakli yo'q: qurilma deb buyruq berib bo'lmaydi. 2. Yuklamalar: -a(ya), -u(yu), -mi, -chi, -da, -ku, -oq(yoq), -gina(kina, -qina), -dir, -ov(yov). Qo'shimcha yuklamalarning ayrimlari so'zga qo'shib, ayrimlari esa so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi, boshqa qo'shimchalardan har doim urg'u olmasligi bilan farqlanadi. Masalan, suv-da so'zida urg'u suv so'ziga tushadi, -da qo'shimchasi yuklama bo'lgani uchun urg'u olmaydi. Oydin-da go'zaldir, kundan-da go'zal. Urug'fngdir, aymog'ingdir, biror og'zi maymog'ingdir. Ulardan ham tonasanmi? Bu osdnmi? Bu osonmi? Eslatma: -gina yuklamasiga shakldosh bo'lgan otlardagi erkalash va achinishni bildiruvchi lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha undan urg'u olishi bilan farqlanadi: Shu qizgina darsga kela olmadi. Bu yerda -gina yuklama, chegaralasff ma’nosini bildiryapti va urg'u qizgina so'zining 1-bo‘g‘iniga tushgan. Shu qizgina darsga kela olmadi. Bu yerda -gina qo'shimchasi otning lug'aviy shakl yasovchisi, achinish ma’nosini bildiryapti va urg'u qizgina so'zining oxirgi bo'g'iniga tushgan. Esda saqlang: -gina, -a, -chi, -da, -oq, -d/ryuklamalari omonimlariga ega, ular o'z omonimlaridan urg'u olmasligiga ko'ra farqlanadi. Qiyoslang: Tuna so'zida -a qo'shimchasi tun so'zidan fe’l yasaydi, urg'u oladi (Bugun blznikida tun&); tun-a so'zida -a qo'shimchasi yuklama, urg'u olmaydi (Qanday ajoyib tun-a!). Gulchi so'zida -chi qo'shimchasi gul so'zidan shaxs oti yasaydi, urg'u oladi (Gulchl gullarni sevib parvarishlaydi); gul-chi so'zida -chi qo'shimchasi yuklama, urg'u olmaydi (Gul-chi, gul ham olib keldingizmi?). Suvda so'zida -da qo'shimchasi o'rin-payt kelishigi qo'shimchasi hisoblanadi, urg'u oladi (Suvda suzdim); suv-da so'zida -da qo'shimchasi yuklama, urg'u olmaydi (Bu ham bir oddiy suv-da). Qochoq so'zida -oq qo'shimchasi qoch so'zidan sifat yasaydi, urg'u oladi (Qoch6q bolani tutdik); keliboq so'zida -oq qo'shimchasi yuklama, urg'u olmaydi (Keliboq ketdi). 3.Kesimlik qo'shimchalari: -man, -san, -dir, -miz, -siz: o'quvchiman. bolasan. insonmiz kabi. Birlik Ko'plik I shaxs Men o'quvchiman Biz o'quvchimiz II shaxs Sen o'quvchisan Siz o'quvchisiz III shaxs U o'quvchidir Ular o'quvchilardir -siz kesimlik qo'shimchasiga urg'u oladigan sifat yasovchi -siz qo'shimchasi shakldosh bo'ladi. Masalan, U bu gaplardan xabarsjz-so'z yasovchi qo'shimcha, urg'u oladi. «Sizsiz yasholmayman» gapidagi -siz qo'shimchasi sifat yasovchi, urg'u oladi; «Ilshonganim sizsiz» gapida -siz qo'shimchasi kesimlik shakli, urg'u olmaydi. Kesimlik qo'shimchalari fe’ldan boshqa so'zlarga qo'shilib, ulami kesim sifatida shakllantiradi va ular morfoiogiya bo'limida ismlarning munosabat shakllari deb nomlanadi. Fe'llarda ham xuddi shunday -man, -san, -di, -miz, -siz qo'shimchalari mavjud bo'lib, ular shaxs-son qo'shimchalari hisoblanadi va bu qo'shimchalar ham urg'u olmaydi, Birlik Ko'plik I shaxs Men o'qiyman Biz o'qlymiz II shaxs Sen o'qiysan Siz o‘qiysiz III shaxs U o'qiydi Ular o'qiydilar Bundan tashqari fe'lning buyruq-istak maylini hosil qiluvchi qo'shimchalar ham urg'u olmaydi: kelain. kelsjfl kabi. 4. Gumon olmoshi yasovchisi -dir kimdir, qachondlr, nimagadLr. Shu o'rinda urg'u olmaydigan -dir qo'shimchalariga to'xtalib o'tamiz: -dir: gumon olmoshi yasovchisi: kimdir (eslatma: -dir qo'shimchasi faqat so'roq ol- moshiga qo'shilib gumon olmoshi yasaydi); -dir: gumon yuklamasi yasovchisi: kelgdngjr (eslatma: -dir yuklamasi so'roq ol- moshlaridan boshqa istalgan so'zga qo'shilib unga gumon ma'nosini yuklaydi. Masalan, Urug'ingdir, aymog'ingdir, Biror og'zi maymog'ingdir. Ulardan ham tonasanmi? Bu osonmi? Bu osonmi?); -dir: kesimlik shakli: Suv hayot manbayidir. Qiyoslang: 1. Kimdir eshikni taqillatdi. 2. Kimdir u? Bu yerda 1-gapdagi -dir qo'shimchasi gumon olmoshi yasovchisi, 2-gapdagi -dir qo'shimchasi kesimlik shakli. Har ikkalasi ham urg'u olmaydi. 5. -ta dona son yasovchisi va -larcha, -tacha chama son yasovchilari: b6shla, o'nlarcha. 6'ntacha. 6. Fe’llardagi -la (so'z yasovchi) + -r (sifatdosh) qo'shimchalarining yig'indisi: guljar (gullaydi), ishlar (ishlaydi) kabi. Eslatma: Bu qo'shimchaga shakldosh bo'lgan otlardagi ko'plikni hosil qiluvchi lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha -lar undan urg'u olish-olmasligiga ko'ra, gapda qanday so'zlar bilan bog'lanishiga ko'ra hamda turli grammatik qo'shimchalarni qabul qilishiga ko'ra farqlanadi. Masalan: Ko'zlir yomonlik k6‘zlar gapida birinchi ko'zlar so'zidagi -lar qo'shimchasi otlardagi ko'plik yasovchi qo'shimcha bo'lgani uchun urg'u oladi, ikkinchi ko'zlar so'zida -lar qo'shimchasi -la so'z yasovchi va -r sifatdosh yasovchi qo'shimclla bo'lgani uchun urg'u olmaydi. 7. Sof ko'makchilar urg'u olmaydi. Bunda urg'u ko'makchidan oldingi so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi: osmon uzra birligida osmon so'zining oxirgi bo'g'iniga tushadi, kitdb haqida birligida kitob so'zining oxirgi bo'g'iniga tushadi. Uchun va bilan ko'makchilarining qisqargan shakllari yuklamalar kabi chiziqcha bilan yoziladi hamda urg'u olmaydi: siz-chun, siz-la kabi. Eslatma: -la bilan ko'makchisining qisqargan shakli va -la fe’l yasovchi qo'shimcha bir-biridan quyidagicha farqlanadi: 1) qanday yozilishiga ko'ra (sizja - qo'shib yozilsa fe’l yasovchi, siz-!a - chiziqcha bilan yozilsa bilan ko'makchisining qisqargan shakli); 2) vazifasiga ko'ra. 8. O‘xshatish ma’nosini bildiruvchi so'z yasovchi -dek, -day, -cha qo'shimchalari urg'u olmaydi. Guldav ochilgan, paxtadek oq, yigitcha kiyin- gan kabi. Zildav zamin darz ketibdi qlldav maysaning dastidan. Eslatma: -cha qo'shimchasi otlardagi kichraytirish-erkalash ma’nosini hosil qiluvchi lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha bilan omonimlik munosabatida bo'ladi. Urg'u olmaydigan -cha qo'shimchasi vazifasiga ko'ra so'z yasovchi qo'shimcha hisoblanadi va kabi, yanglig', singari ko'makchilari bilan erkin almashadi: yigitcha kiyingan yigit kabi kiyingan. Urg'u oladigan -cha qo'shimchasi vazifasiga ko'ra lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha hisoblanadi va kichkina so'zi bilan erkin almashadi: yigitchS - kichkina yigit. So'z urg'usi ma’no farqiash uchun ham xizmat qiladi. Masalan: bog'lcir(ot: bog'lar bahorda yanada go'zallashadi) - bdg‘lar(te'\: u, balki, siz bilan do'stlik rishtasini bog'lar); hozir (ravish: u hozir daladan keldi) - hozir (muhayyo, tayyor: o'roqda yo'q, mashoqda yo'q, xirmonda hozir); yangi (sifat: yangi kiyim) - yangi (ravish: yangi keldi); etik (ot: mening etigim) - etik (sifat: etik - axloqiy me’yorlar); Akademik (ot: bu kishi akademik) - akademik (sifat: akademik litsey); qishloqcha (ot: u kichkina qishloqcha ekan) - qishldqcha (ravish: qishloqqa o'xshagan joy); ahil (inoq) - ahl (a’zo), qo'llar (ot: qo'llar ishlar - tez, mo'jizakor) - qo'llar (fe'l: u kishi bizni ham qo'llar); temir-chi (yuklama) - temirchi (so'z yasovchi), bola-da (yuklama) - bolada (o'rin-payt kelishigi). Shuningdek, so'z urg'usi qo'shma so'zlar va grammatik shakllangan so'zlarda ham turlicha bo'ladi. 1. Tarkibida nim, Och, tim, Jiqqa, lang, to'q, g'irt kabi so'zlar bo'lgan sifatning darajasini ko'rsatuvchi birliklarda urg'u birinchi qismga tushadi: nimpushti, tim qora, lang ochiq kabi. 2. Sifatning orttirma darajasini ko‘rsatuvchi so'zning birinchi bo'g'iniga «p», «m» tovushlarini qo'shib takroriash bilan hosil qilingan birliklarda ham urg'u birinchi qismga tushadi: oppoq, yam-yashil, qdp-qora kabi. 3. Har va hech so'zlari bilan hosil qilingan qo'shma so'zlarda ham urg'u birinchi qismga tushadi: heir kim, hech qanday, hdr qachon kabi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling