O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


Download 0.61 Mb.
bet32/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

4-mashq. Gaplarni daftaringizga ko'chiring. Qaysi so'zlarda tovush o'zgarishi hodisasi ro‘y berayotganini toping.
1.Qornimga emas, qadrimga yig'layman. 2. Odamning ko'ngli nozik.
3.Oltovlon ola bo'lsa, og'zidagin oldirar, to'rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini undirar. 4. Koinotga sig'mas kuching bo'lsa ham, zaiflarga ozor berma.
5-mashq. Quyida berilgan so'zlarning shakllanishida qanday tovush o'zgarishlari sodir bo'lganligini aniqlang.
Ayrim, bo'yni, buyrug'i, sovuq, sochig'i, tekka, ekkan, yig'loqi, buyruq, qomi, og'zaki, anglovchan, yashovchan, o'rnash, sayroqi, ikkovi, o'yna, sanoq, etigi, yamoq, taroq, issiq, achchig'i, yashar, o'ynoqi, o'lchov, oltovlon.
6-mashq. Gaplardagi ajratilgan so'zda qanday fonetik o'zgarishlar bo'lganligini aniqlang.
1.O'vnab gapirsang ham, o'ylab gapir. 2. Xalq botir o'g'lonlarini hech qachon unutmaydi. 3. Og'zaki nutq qisqa va ifodali bo'lishi kerak. 4. Qizcha erkalanib opasining bo'vnidan mahkam quchdi. 5. Bolaning ko'nali o'ksimasin deb, yumshoq o'rindiaaa o'tqazdi. 6. So'roq qilingan kishining ayblarini sanab berdik. 7. Sog'lom va zehnli bola hayotda aivnalmavdi. 8. So'z bilan o'vnovchilardan vuraaim bezillaydi.
Senina tug'ilgan shahrinadan ayrilmasliainani bilardim. 10. Meniki-seniki deb tor- tishib, necha marta burni aonadi hamki, oa'zini tiyolmavdi.
O'ZBEK ALIFBOSI

1. Aa

2. Bb

3. Dd

4. Ee

5. Ff

6. Gq

7. Hh

8. li

9. Ji

10. Kk

11. LI

12. Mm

13. Nn

14. Oo

15. Pd

16. Qa

17. Rr

18. Ss

19. Tt

20. Uu

21. Vv

22. Xx

23. Yy

24. Zz

25. O‘o‘

26. G‘g‘

27. Sh sh

28. Ch ch

29. Ng ng

’ tutuq belgisi

Biz nutqimizni yozma ravishda ham bayon qilamiz. Bunda yozma nutq harflar ketma-ketligidan tashkil topadi. Fonemaning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi.
Harflar fonemalarning yozuvdagi aksi, tasviri, belgisidir. Shuning uchun har bir tilda harflar shu tilning fonemalariga qarab olinadi. Bir fonemaga bir harfni to'g'ri keltirishga harakat qilinadi.
Harflami xotirada yaxshi saqlash va lug'at tuzishda ma’lum izchillikka amal qilish maqsadida harflar muayyan tartibda joylashtiriladi.
Harflarning ma'lum tartibda joylashuviga alifbo deyiladi. Alifbo so'zi arab yozuvidagi birinchi va ikkinchi harflarning - alif va bo (be) nomlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan. Hozirgi o'zbek alifbosi lotin yozuviga asoslanganligi tufayli yangi o'zbek alifbosi deyiladi. Lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosida har bir unli fonema alohida-alohida harflar orqali ifodalangan bo'lsa, undoshlar fonemalarda ikki harf orqali ifodalash hollari uchraydi: sh, ch, ng kabi.
O'zbek alifbosidagi ba’zi harflar so'z yasovchi, sintaktik shakl yasov­chi va lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha vazifasini ham bajaradi.
O'zbek alifbosidagi 9 ta tovush so'z yasovchi vazifasini ham bajaradi: a, i, k, m, q, r, t, y, ch.
Shulardan 2 tasi unli tovushlar bo'lib, a va / tovushlaridir. Masalan:
-a: tun + a = tuna;
i: boy + i = boyi.
7 ta undosh tovush esa so'z yasovchi vazifasini bajaradi: k, m, q, r, t, y ch.
Masalan:
-m: to'pla + m = to'plam;
-q: so'ra + q = so'roq;
-r: qisqa + r = qisqar;
-t: to'la +1 = to'lat;
-y: qora + y = qoray;
-ch: tin + ch = tinch.
13 ta tovush shakl yasovchi qo'shimcha vazifasini ham bajaradi: a, b, i, k, I, m, n, r, t, y, v, sh, ng.
Shulardan 2 tasi unli tovush bo'lib, a va / unlilaridir. Masalan:
-a (lug'aviy va sintaktik shakl yasovchi): yoz + a = yoza (olmoq);
i (sintaktik shakl yasovchi): kitob + i = kitobi.
11ta undosh tovush esa shakl yasovchi vazifalarini ham bajaradi: b, k, I, m, n, r, t, y, v, sh, ng. Masalan:
-b (lug'aviy shakl yasovchi): o'qi + b = o'qib;
-k (sintaktik shakl yasovchi): keldi + k = keldik;
-I (lug'aviy shakl yasovchi): o'qi +1 = o'qildi;
n (lug'aviy shakl yasovchi): beza + n = bezan;
-m (sintaktik shakl yasovchi): keldi + m = keldim;
-t (lug'aviy shakl yasovchi): isi +1 = isit;
-y (lug'aviy va sintaktik shakl yasovchi): o'qi + y = o'qiymiz;
-v (lug'aviy shakl yasovchi): sayla + v = saylov;
-sh (lug'aviy shakl yasovchi): o'qi + sh = o'qish;
-ng (sintaktik shakl yasovchi): keldi + ng = kelding.
Yuqorida keltirilgan tovushlardan ko'plari omonim qo'shimchalar ham hisoblana­di. Unlilardan a va i qo'shimchalari so'z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar doirasidagi grammatik omonimlami hosil qiladi.
K va m qo'shimchalar) so'z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo'shim­chalar doirasidagi grammatik omonimlami tashkil etadi. T qo'shimchasi so'z yasov­chi va lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar doirasidagi; y qo'shimchasi esa so'z yasovchi, lug'aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar doirasidagi; I, n, sh qo'shimchalari faqat lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar doirasidagi; ng qo'shimchasi esa faqat sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar doirasidagi grammatik omonimlami hosil qiladi.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling