O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


SINTAKTIK SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR QO'SHILI­SHI NATIJASIDA TOVUSH ALMASHISHI


Download 0.61 Mb.
bet30/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

2.SINTAKTIK SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR QO'SHILI­SHI NATIJASIDA TOVUSH ALMASHISHI:
«k» va «q» bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilsa, «k» tovushi «g» tovushiga, «q» tovushi «g'» tovushiga almashadi:
tilak + im = tilagim
qishloq + im = qishlog’im
Ba’zi so'zlar bundan mustasno: nok, chok, park, erk, ishtirok, huquq, ravnaq, ko'rk, idrok, nutq, zavq kabi: nok + im = nokim
«k» va «q» bilan tugagan so'zlarga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi -ga qo'shimcha­si qo'shilsa, qo'shimcha(ko'makchi morfema)da tovush almashishi kuzatiladi:
tilak + ga = tilakka
yaproq + ga = yaproqga
3.LUG'AVIY SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR QO'SHILISHI NATIJASIDA TOVUSH ALMASHISHI:
«k» va «q» bilan tugagan fe’llarga -gan sifatdosh yasovchi qo'shimcha va -gach, -guncha, -gudek, -gancha, -gani ravishdosh yasovchi qo'shimchalar, erkalash va achinish qo'shimchasi -gina, chegaralash qo'shimchasi -gacha qo'shilsa, qo'shim­chada tovush moslashishi kuzatiladi:
ek + gan = ekkan
yoq + gach = yoqqach
tuzuk + gina = tuzukkina
qishloq + gacha = qishloqqacha
«a» va «i» bilan tugagan fe’llardan «-v» qo'shimchasi yordamida harakat nomi yasalganda «a» tovushi «o» tovushiga va «i» tovushi «u» tovushiga almashadi:
sayla + v = saylov
o'qi + v = o'quv
Misollar:
1.Zaynabning yig'lab gapirganini ko'rib uning bu uyda qiynalib yashaganini angladi (yig'i + la = yig'la, qiyin + a = qiyna, yosh + a = yasha, ong + la = angla - 4 ta so'z).
2.Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini angladi (yosh + a = yasha, ong + la = angla, keraklik + i = kerakligi - 3 ta so'z).
IV.TOVUSH MOSLASHISHI – ASSIMILYATSIYA
Assimilatsiya bir tovushning yon tovushga moslashishi, singishi. Progressiv assimilatsiya - oldingi tovushning ta’sirida keyingi tovushning o'zgarishi: ottan (otdan). Regressiv assimilatsiya - keyingi tovushning ta’sirida oldingi tovushning o'zgarishi:
tus- siz (tuzsiz),
yossin (yozsin).
bir + ta = bitta
Shanba, sunbul, manba, tanbal, manmanlik, o‘n bir, ko'rinmasiik kabi so'zlarda tovushlarning hosil bo'lish o'rniga ko'ra moslashishi kuzatiladi. N - til oldi undoshi b va m undoshlaridan oldin kelganda m - lab undoshi tarzida aytiladi: shan­ba - shamba kabi.
Taqsim, maqsad, to'qson kabi so'zlarda hosil bo'lish usuliga ko'ra moslashish kuzatiladi. Q - portlovchi undosh s - sirg'aluvchi undoshning yonida kelganda unga moslashib x - sirg'aluvchi undosh tarzida aytiladi: taqsim - tax- sim kabi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling