3. LUG'AVIY SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR QO'SHILISHI NATIJASIDA TOVUSH TUSHISHI
Ayir, qayir fe’llaridan o'zlik yoki majhul nisbat shakli yasalganda fe'l asosidagi tor unli (i) tushib qoladi:
ayir + il = ayril qayir + il = qayril
Unli bilan tugagan sonlardan -ov, -ovlon, -ala qo'shimchalari yordamida jamlov- chi son yasalganda son asosida tor unli (i) tushishi kuzatiladi: ikki+ ov (-ala, -ovlon) = ikkala, ikkov, ikkovlon olti + ov (-ala, -ovlon) = oltala, oltov, oltovlon yetti + ov (-ala, -ovlon) = yettala, yettov, yettovlon
4. YETAKCHI VA KO'MAKCHI FE’LLAR HAMDA TO'LIQSIZ FE’LLARDA TOVUSH TUSHISHI:
Edi, ekan, emish, emas to'liqsiz fe’llari yetakchi fe’llar bilan birga qo'llanganda, to'liqsiz fe'lning birinchi bo'g'inidagi o'rta keng keng unli (e) tushib qoladi:
kelgan §mas - kelganmas, borgan emish - borganmish, borar edi - borardi, borar ekan - borarkan kabi.
Yetakchi fe’l a bilan tugagan bo'lsa, ko'makchi fe’l o bilan boshlansa, yetakchi fe’l asosidagi a unlisi tushib qoladi:
ayta oladi -aytoladi, yeta olmadim - yetolmadim kabi.
5. TALAFFUZDA TOVUSH TISHISHI:
Qator undosh bilan tugagan so'zlarda talaffuzda qator undoshlardan blrl tushib qoladi, lekin yozuvda, albatta, yoziladi:
go'sht > go'sh, xursand > xursan, Toshkent > Toshken, dastyor > dasyor kabi.
TOVUSH TUSHISHIGA DOIR MISOLLAR:
1. Malika opaning ikkala o'g'li shaharda o'qib, ulg'ayib, yana bag'riga qaytdi (ikki+ ala = ikkala, o'g'il + i = o'g'li, ulug' + ay = ulg'ay, bag'ir + i = bag'ri -4 ta so'z).
2. Oltovlon ola bo'lsa, og'zidagin oldirar; To'rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini indirar (olti + ovlon = oltovlon, og'iz + i = og'zi - 2 ta so'z).
3.Singlimning hozirgina yig'lab turgan o'g'li bag'rida uxlab qoldi (singjl + im = singlim, yig'i + la = yig'la, o'g'il + i = o'g'li, bag'ir + i = bag'ri - 4 ta so'z).
4. Ayrim rotalami o`rnidan ko'chirish haqida og'zaki buyruq berildi (ayir+im = ayrim, o'rin + i = o'rni, og'iz + aki = og'zaki, buyur + uq = buyruq - 4 ta so'z).
Do'stlaringiz bilan baham: |