O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
So'z urg'usining ahamiyati
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
- TOVUSH O‘ZGARISH HODISALARI
So'z urg'usining ahamiyati:
1) nutqda so'zlarning talaffuz me’yorini belgilab beradi; 2) shaklan teng kelib qolgan so'zlarni talaffuziga ko'ra bir-biridan farqlashga yordam beradi: yangi (sifat) - ySngi (ravish); 3) teng kelib qolgan so'z shakllarini bir-birdan farqlashga yordam beradi: Biz o'quvchimiz (bu yerda -miz qo'shimchasi kesimlik shakli) — bizning o'auvchimiz (bu yerda -miz qo'shimchasi egalik shakli). MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR 1-mashq. Quyida berilgan so'z bo'g'inlarining talaffuziga e’tibor bering. Qaysi bo'g'in boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilishini aniqlang. Bo-lalar, mak-tab-ga, so‘z-la-di. 2-mashq. Quyida berilgan so'zlar nimasiga ko'ra bir-biridan farqlanadi? ot fe’l tug-ma tug-ma ol-ma ol-ma ko'z-lar ko'z-lar so'z-lar so'z-lar 3-mashq. Gaplarni bir-biriga solishtiring. So'z ma’nolarining urg'uga ko'ra farqlanayotganiga diqqat qiling. Chin inson birovga yaxshilik ko'zlar. Ko'zlar inson qalbining oynasidir. Bog'lar yil sayin ko'payib bormoqda. Balki endi arqonni mahkamroq bog'lar. 3. O'zbek qizlariga atlas ko'ylak juda yarashadi. Geografiya o'qituvchimiz darsga atlas olib kirdi. 4-mashq. Quyida keltirilgan gaplardagi tagiga chizilgan so'zlarning urg'usini qo'yib ko'chiring. 1.Derazamning oldida bir tup O'rik oppoq bo'lib aulladi. (H. Olimjon) 2.Texnik ishlar shuncha ko'payib ketdiki, bosh qashishga vaqt yo'q. 3.Masal, asosan, epik asar turlaridan bo'lib, unda kishilar xarakteriaa xos xususiyatlar hayvonlar va o'simliklarga ko'chiriladi. 4.Ey hurmatli, arzimni bir tinglasalar, Mening hech bir gunohim yo'q. Menga g'azab qilmasalar. 5. Olma eksa bog'iga har kim. Mehmoniga ol, ye, demasmi? «Olma» mening mehmondo'stxalqim Odatiga yot so'z emasmi? 6. Qani, ayt, maqsading nimadir sening, Nega tilkalavsan bag'rimni ohang, Nechuk kerak bo'ldi senga ko'z yoshim, Nechun kerak rubob, senga shuncha g'am. Jahonda ikki dilbaming biri sensan. biri Laylo, Jahonda ikki oshiqning biri menman. biri Majnun. 5-mashq. Quyidagi so'zlarning qaysi bo'g'iniga urg'u tushayotganligiga diqqat qiling, ularning talaffuzidagi o'ziga xosliklarga e’tibor bering. Ziyoli, mustamlakachilik, mansabparast, korxona, brokerlik, anjuman, telefaks, iqtisodiy, anhor, moviylik, o'zbilarmonchilik, vatanparvar, yaltiroq, huzurbaxsh, nashriyot, mag'lubiyat, qardoshlarcha. 6-mashq. Berilgan so'zlarni urg'usiga ko'ra uch guruhga ajratib yozing. 1) Urg'u birinchi bo'g'inga tushgan so'zlar 2) Urg'u ikkinchi bo'g'inga tushgan so'zlar 3) Urg'u uchinchi bo'g'inga tushgan so'zlar Radio, kofe, traktor, albatta, balki, suzma, adolat, dabdaba, muqaddas, samimiy, fonetika, kelajak, tushuncha, ammo, lekin, zeroki, afsuski, hatto, men-da, sen-chi, ishchi, doim, biroq, bari, hamma, kimdir, qandaydir, nimagadir, akustika, alloma, kafedra, kafolat, sintez, hamisha, aksincha, sintagma, vafodor. 7-mashq. Urg'uning o'zgarishi bilan ma’noda farq bo'ladigan so'zlarni aniqlang va ular ishtirokida gaplar tuzing. Tortma, akademik, o'qituvchimiz, atlas, surma, etik, qo'llar, ko'zlar, yo'llar, qatlama, qaynatma, bolada, ishchi, bog'lar, belcha, ishlar, qishloqcha, qizcha, texnik, tugma, olma, gulsiz, bolagina, bolasiz. TOVUSH O‘ZGARISH HODISALARI Nutq jarayonida tovushlami ketma-ket keltirish yo'li bilan turli xil ma’noli birliklami hosil qilamiz. Masalan, t-o-sh, b-o-sh, q-o-l. Yuqoridagi so'zlar tarkibidagi tovushlar alohida-alohida emas, balki uzluksiz talaffuz qilinadi, so'zlar uzluksiz talaffuz qilinganda uning tarkibidagi bir tovush hali to'liq talaffuz qilinmay turib nutq a'zolari ikkinchisiga tayyorlanib turadi. Natijada tovushlar zanjiri vujudga keladi. Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida turli fonetik o'zgarishlar ro'y beradi. Masalan, oq so'zi asosiga -gach qo'shimchasinl qo'shsak, asos oxiridagi chuqur til orqa q dan so'ng til orqa g undoshi kelib chuqur til orqa tovushidan til orqa tovushiga birdaniga o'tishi qiyinlashadi. Talaffuz noqulayllgi vujudga keladi. Ana shu noqulaylikni bartaraf qilish, qulaylikka erishish uchun ikkinchi tovush ham chuqur til orqa tovushiga aylantiriladi. Solishtiring: oqqach, ekkani kabi. Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o'zaro ta’siri natijasida o'zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqli. O'zbek tili agglyutinativ til sanaladi. Agglyutinativ tilning muhim xususiyatlaridan biri shuki, so'zga qo'shimchalar qo'shilganda ham so'zning tovush tarkibi o'zgarmaydi. Masalan, keldim so'zida kel asosiga -di va -m qo'shimchalari qo'shilganda hech qanday fonetik o'zgarish bo'lmagan. Lekin ayrim so'zlarda qo'shimcha qo'shilishi natijasida so'zning tovush tarkibi o'zgaradi. Masalan, qiyin + a = qiyna - tovush tushgan; ong + la = angla - tovush almashgan; is,+q = issiq - tovush ortgan. Bu esa o'zbek tilida ham flektiv til alomatlari mavjudligidan darak beradi. Asosga qo'shimchalar qo'shilishi natijasida so'zning tovush tarkibi o'zgarishiga fuziya yoki fleksiya deyiladi. Demak, yuqoridagi qiyna, angla, issiq so'zlarida fuziya (fleksiya) kuzatilgan. Fuziya tovush o'zgarishi bo'lib, so'z asosida, qo'shimchada, asos va qo'shimchada bo'lishi mumkin. Masalan, son + a = sana - asosda fuziya bo'lgan; tilak + ga = tilakka - qo'shimchada fuziya bo'lgan; so'roqqa = so'ra + q + ga- asos va qo'shimchada fuziya bo'lgan. O'zbek tilida fuziyaning tovush tushishi, tovush ortishi va tovush almashishi kabi turlari uchraydi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling