O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
-Shakliy tamoyil yoki yozuv
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-Farqiash tamoyili.
- TUTUQ BELGISINING VAZIFALARI
- ASOS VA QOSHIMCHALAR IMLOSI
3-Shakliy tamoyil yoki yozuv. Boshqa tillardan kirgan so'zlar qanday yozilgan bo'lsa, shu shakl saqlanadi: ustol emas, stol; tanka emas, tank; rektir emas, rektor kabi.
4-Tarixiy-an’anaviy tamoyil yoki yozuv. Bunga ko'ra, so'zlar tarixan qanday yozilgan bo'lsa, bugungi kunda ham shunday yoziladi. Masalan: Germaniya - Olmoniya, Yevropa - Ovro'pa. Ba’zi so'zlarning bir necha xil ko'rinishda yozilishi ham shu yozuvga asoslanadi: kaptar - kabutar, badtar - battar, masjid - machit, obro' - obro'y, gado - gadoy, o'tirish - o'ltirish, podsho - podshoh, gazmol - gazlama, shosupa - shohsupa, odob - adab, berk - bekik, hayqirish - ayqirish, ajdar - ajdarho - ajdaho, shohi - shoyi kabi. 5-Farqiash tamoyili. Bu tamoyil so'z ma’nolarining tutuq belgisi va urg'u yordamida farqlanishini tushuntiradi: sa’va - sava, san'at - sanat kabi. IMLO QOIDALARI Yozuv har bir xalqning ma’naviy boyligi, yuksak madaniyatga erishganligining o'ziga xos ko'rinishi sanaladi. So'zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdillikka, ma’naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma’noda har bir xalq o'z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga tatbiq etadi. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956- yili tasdiqlangan. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboga mos imlo qoidalarining tas- diqlanishi davr talabiga aylangandi. Shu maqsadda O'zbekiston Respubiikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 24-avgustda 339-sonli «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tas- diqlash haqida* qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo'lib, quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi. 1.Harflar imlosi: unlilar imlosi (1 - 7-bandlar); undoshlar imlosi (8 - 32-bandlar). 2.Asos va qo'shimchalar imlosi (33 - 37-bandlar). 3.Qo’shib yozish (38 - 50-bandlar). 4.Chiziqcha bilan yozish (51 - 56-bandlar). 5.Ajratib yozish (57 - 65-bandlar). 6.Bosh harflar imlosi (66 - 74-bandlar). 7.Ko'chirish qoidalari (75 - 82-bandlar). TUTUQ BELGISINING VAZIFALARI 1.A’lo, ra’no kabi so'zlarda unlidan keyin kelib, uning cho'ziqroq talaffuz qilinishini talab etadi. 2.San’at, in’om singari so'zlarda tutuq belgisi unlidan oldin qo'yiladi va unlining undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi. 3.Is’hoq, as’hob kabi so'zlarda «s» va « h» undoshlarini «sh» harf birikmasidan farqiash uchun ishlatiladi. 4.San’at - sanat, sa’va - sava, qal’a - qala, she'r - sher, ta’na - tana, a'yon - ayon, ma’tal - matal, ta’qib - taqib, da'vo - davo kabi so'zlarda so'z ma’nosini farqlaydi. 5.Mo'tadil, mo'jiza, mo'tabar kabi so‘zlardagi tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi. ASOS VA QO'SHIMCHALAR IMLOSI 1.a unlisi bilan tugagan fe'llarga -v, -q, -qi qo'shimchalari qo'shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla - saylov, qayna - qaynoq, sayra -sayroqi. Shuningdek, o'qi - o'quvchi, sovi - sovuq, to'qi - to'quvchi so'zlarida i unlisi u ga aylanishi mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling