O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


BO‘G‘IN KO'CHIRISH QOIDALARI


Download 0.61 Mb.
bet36/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

BO‘G‘IN KO'CHIRISH QOIDALARI
Bo'g'in ko'chirish bilan bo'g'inga ajratish bitta narsa emas. So'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'inga ajratiladi. Bo'g'in ko'chirish esa yozuvda bir satrga sig'may qolgan so'zlarning keyingi satrga qoida asosida o'tkazilishidir. Qiyoslang: a-ba-diy bo'g'inga ajratish, aba-diy - bo'g'in ko'chirish.
1. Ko'p bo'g'inli so'zning oldingi satrga sig'may qolgan qismi keyingi satrga bo'g'in- lab ko'chiriladi: to'q-son, si-fat-li,
2. So'zning bosh yoki oxirgi bo'g'ini bir harfdan iborat bo'lsa, ular quyidagicha ko'chiriladi:
1) so'z boshidagi bir harfdan iborat bo'g'in yolg'iz o'zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-ba-diy emas, aba-diy;
2) so'z oxiridagi bir harfdan iborat bo'g'in yolg'iz o'zi keyingi satrga ko'chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa.
3. O'zlashma so'zlarning bo'g'inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko'chiriladi:
1) ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko'chiriladi: dia-gram- ma, mono-grafiya;
2) uch undosh yonma-yon kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikkiundosh keyingi satrga ko'chiriladi: silin-drik, kon-trakt.
4. Bir tovushni ko'rsatuvchi harflar birikmasi birgalikda ko'chiriladi: pe-sho-na.
5. Bosh harflardan yoki bo'g'inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko'pxonali raqamlarsatrdan satrga bo'lib ko'chirilmaydi: AQSh, BMT, 16,1994.


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
1-mashq.So'zlarni bo'g'inlarga ajratib daftaringizga ko'chirib yozing.
Ma'lumot, maxsus, ta'kidlamoq, ko'ngilchan, singil, taassurot, taajjub, saodat, taxt,kelingiz, ingliz, gramm, metall, matn, trolleybus, kitobxon, jumalist, daftar, O'zMU, XXI asr, Navro'z - 2001,9-«A» sinf.
2- mashq. Ko'chirish qoidalariga zid ravishda qismlarga ajratilgan so'zlarni belgilang va ulami to'g'rilab daftaringizga ko'chirib oling.
Den-giz, ta-a-lluq-li, ke-tin-giz, o-ta-la-ri, Nam-Du, ko'n-gil, transport, mesh-chan, sa-o-dat, ma’lumot, B-MT, Er-on, a-ka-xon, u-kam, ton-ggi, sanoq-li.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling