O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


ORFOEPIYA (TALAFFUZ) VA IMLO


Download 0.61 Mb.
bet37/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

ORFOEPIYA (TALAFFUZ) VA IMLO
Talaffuz va imlo bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Adabiy til qonuniyati asosida to'g'ri yozish qanchalik muhim bo'lsa, to'g'ri talaffuz qilish ham shunchalik zarur. Ammo so'zning talaffuzi bilan yozilishi doim mos kelavermaydi. Buni tovushlarning so'zda- gi o`rni va o'zaro ta’siri bilan izohlash mumkin. To'g'ri talaffuz me’yorlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limiga orfoepiya (yunoncha orfo - to'g'ri, epos - so'zlamoq, nutq) deyiladi. To'g'ri yozish me’yorlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limiga orfografiya (yunoncha orfo - to'g'ri, grafo - chizmoq) deyiladi.


UNLI TOVUSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI
A (a) harfi lablanmagan, til oldi, keng unli tovushni ifodalaydi. Bu unli yumshoq o'zakdagi til orqa k, g va boshqa til oldi undoshlari bilan yonma-yon kelganda old qator ochiq tovush sifatida aytiladi: aka, man, olam, kalla, gala kabi.
Lekin chuqur til orqa q, g‘, x undoshlaridan so'ng kelganda orqa qator unlidek aytiladi va asliga muvofiq yoziladi: qand, qarz, g'aliz, xamir, xat kabi.
A (a) harfini to'g'ri yozishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
-bahor, zamon, palov, tamom kabi so'zlarda a unlisi o ga moyil aytilsa ham a yoziladi;
-mutolaa, mudofaa, manfaat, taalluqli, taajjub kabi so'zlarda cho'ziq talaf­fuz qilinadi va a yoziladi;
-disk, bank, tank, stolb kabi rus tili orqali o'zlashgan so'zlarning oxiri qo'sh undosh bilan tugagani uchun, o'zbek tilida bu so'zlarga a qo'shib aytiladi va shunday yoziladi: diska, banka, tanka, stolba;
-xavf, gavda, navbat, vafo, varaq kabi so'zlarda v undoshi bilan yonma-yon kelganda o ga moyil aytilsa ham, asliga ko'ra a yoziladi;
-ayrim ruscha o'zlashma so'zlarda ya undoshi a aytiladi va yoziladi: sentabr, oktabr, flaga kabi.
O (o) harfi lablangan, til orqa keng unli tovushni ifodalaydi. Yondosh tovushlardan qat'i nazar, so'zlarning barcha bo'g'inlarida kelib, cho'ziq unli sifatida talaffuz qilinadi va asliga ko‘ra yoziladi: ona, bobo, nom, havo, oq, qoramol kabi. O‘zlashma so'zlarda u yoki o' bilan o o'rtasida aytilsa ham, o tarzida yoziladi. Masalan: opera, bolt, nota, rol, tok (elektr) kabi.
Bunday so'zlarning urg'usiz bo'g'inlarida o unlisi i kabi talaffuz qilinsa ham, o yozila­di: traktor, direktor, ekspeditor, kartoshka kabi.
Qo'shimchalar qo'shilishi natijasida o tovushi imlosiga oid quyidagi o'zgarish- larga diqqat qiling: parvo, avzo so'zlariga egalik qo'shimchasi qo'shilganda bir y to­vushi qo'shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoyingiz, parvoying, parvoyi, avzoyimiz, avzoyingiz, avzoyi kabi.
Fe’l asosli so'zlardan ot yoki sifat yasovchi -v, -q, -qi qo'shimchalari a unlisi bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda a tovushi o tarzida aytiladi va shunday yoziladi: sina + v-sinov, sayla + v-saylov, tara + q- taroq, sayra + qi- sayroqikabi.
I (i) harfi lablanmagan, til oldi, yuqori tor unli tovushni ifodalaydi. I tovushi tilak, bir, tish, dil kabi so'zlardagi qisqa i unlisi o`rnida; mohir, shoir, ilmiy, adabiy, lirika kabi so'zlarning urg'uli bo'g'inidagi cho'ziq i o`rnida; qish, qir, g'ilof, xizmatchi, xil kabi so'zlarda chuqur til orqa q, g‘, x tovushlari bilan yonma-yon keladigan qisqa va qattiq i unlisi o`rnida va rus tilidan o'tgan vimpel, bilina, vishka, richag kabi so'zlardagi ruscha bi unlisi o`rnida yoziladi.
So'z o'zagining ochiq bo'g'inida i, e, a unlilaridan bin kelsa, keyingi yopiq bo'g'inda i yoziladi. Masalan: bilim, iliq, etik, beshik, sariq, vakil kabi.
Arab-fors va rus tilidan o'zlashgan bir bo'g'inli so'zlarning qo'sh undoshlari o'rtasida qisqa i talaffuz etilsa-da, ammo yozilmaydi. Masalan: fikr, ilm, ufq, matn, litr kabi.
E (e) harfi lablanmagan til oldi, o'rta keng unli tovushni ifodalaydi. So'ztarkibidagi o'rniga qarab turficha aytiladi va yoziladi:
-so'z boshida yopiq bo'g'inda i ga moyil aytilsa ham, e yoziladi: ehtimol, eshik, ehson, ertak kabi;
-so'z boshida ochiq bo'g'inda, ikki undosh orasida qisqa aytiladi va doim e yoziladi: erta, meva, sezgir, tepki kabi;
-so'z boshida tutuq belgisidan oldin cho'ziqroq va i ga moyil aytiladi va e yoziladi: e’zoz, e’tibor, e’lon, e’tiqod kabi.
U (u) harfi lablangan, til orqa, yuqori tor unli tovushni ifodalaydi.
Quyidagi holatlarda u unlisi i tovushiga moyilroq aytilsa ham, u yoziladi:
-oldingi bo'g'inlarida a, o, u unlilaridan biri bo'lgan va shundan so'nggi yopiq bo'g'in boshidagi v tovushidan keyin: qovun, ovul, tovuq, soyuq, tarvuz, quvur, chu- vur-chuvurkab\;
-birinchi bo'g'inida u bo'lgan so'zlarning ikkinchi bo'g'inida: uzun, uzum, chum- chuq, tushuncha, yulduz, yutuq, yumush kabi;
-birinchi bo'g'inida u bo'lgan so'zlarning keyingi ochiq bo'g'ini q yoki g‘ bilan bosh- lansa: bug'u, urg‘u, uyqu, tuyg‘u, yog'du kabi;
-tarkibida u bo'lgan bir bo'g'inli so'zlarning oxirgi ikki undoshi o'rtasida u aytilsa ham, yozilmaydi: umr, uzr, rukn, hukm kabi.
O‘ (o‘) harfi lablangan, til orqa, o'rta keng unli tovushni ifodalaydi. So'zning ochiq bo'g'inlarida nisbatan kengroq, yopiq bo'g'inlarida esa torroq talaffuz qilinadi. Masalan: so'lim, qo'riq, to'plam, ko‘krak kabi.
O‘ (o') unlisi, asosan, so'zning birinchi bo'g'inida uchraydi: o‘t, ko‘l, ko‘za, ojar, to‘lqin kabi.
Ko'pgina so'zlarning birinchi bo'g'inida o' kelsa, ikkinchi bo'g'inida i yoziladi: do'ppi, ko'prik, to'qimoq, so'zlik kabi.
Rus tili orqali o'zlashgan tort, tok, kubok, bochka, nota kabi so'zlardagi o unlisi o'zbekchada o‘ ga moyil aytilsa ham, asliga ko'ra o yoziladi. Lotin yozuviga asoslangan alifbomizda mo'tabar, mo'tadil, mojiza kabi so'zlarda o' unlisidan keyin tutuq bel­gisi qo'yilmaydi, ammo o' cho'ziqroq talaffuz qilinadi.
Misollar.
1.Manfaat, matbaa, mutolaa, mudofaa, murojaat, mutaassib, taajjub, taalluq, taas- sub, taassurot, taassuf.
2.Faoliyat, faol, maorif, jamoa, ziroat, badiiy, shoir, shuaro, baobro', inshoot, ma- jmua, memuar, nainki, vakuum, voqea, doimo, doimiy, dialog, fojia, mushoira.
3.Osmon, tog', soy, oftob, havo, bronza, botanika, fonetika, vokzal, futbol, globus, o'rikzor, revizor, televizor, inkuhator, ekvator, stabilizator, attor, gavda, gavjum, davlat, davr, javlon, javob, kavush, kamol, muomala, muaallaq.
4.Azm, aysh, arz, aft, aql, badnafs, bahs, boks, bazm, bayt, brak, vazn, vahm, vaqf, gips, globus, dafn, dahr, jazm, jalb, janr, jahl, jahd, jips, juft, irq, zehn, zikr, zulm, zulf, karch, kaft, kasr, kasb, keks, kibr, mayl, mehr, mashq, lutf, nasr, naqsh, metr.
5.Burun, butun, bujur, buzruk, buzuvchi, guruch, guruh, durust, jujun, zuhur, kunjut, kukun, kunduz, nufuz, surqv, tutun, tushuncha, tumshuq, uzum, uchun, tuzum, chum- chuq, quduq, quruq, g'urur, g'ulu, huzur, hukumat, xushnud.
Arab-fors tilidan o'zlashgan so'zlarda unli tovushlar yonma-yon va qo'shaloq holda kelishi mumkin. Adabiy talaffuz va imlo me’yoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai, io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Masalan:
a) soat, taom, maosh, muallim, muattar, saodat, muallif, tabiat, faoli­yat, faol, jamoa, itoat, shoir, majmua, memuar, voqea, doimo, mushoira;
b) badiiy, inshoot, matbaa, mudofaa, murojaat.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling