O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


PARONIMLAR VA ULARNING USLUBIYATI


Download 0.61 Mb.
bet53/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

PARONIMLAR VA ULARNING USLUBIYATI
Paronimlar talaffuzining o'xshashligi, morfem sostavining qisman yaqinligi tufayli yozuvda, nutqda adashtirilishi mumkin bo'lgan, qofiyalashda, shuningdek, so'z o'yinida ishlatiladigan boshqa-boshqa so'zlardir. Masalan: afzal - abzal, fol - pol, bob - bop, tub-tup.
Abzal - ot-ulovni egarlash yoki aravaga qo'shish uchun zarur asboblaming jami.
Afzal - yaxshi, a’lo, ortiq so'zlarining ma’nodoshi.
Daho - kuchli zehn va iste’dod.
Daha - shahar tarkibidagi ma’muriy birlik.
Amr- buyruq, farmon.
Amir- o'tmishdagi davlat rahbari.
Paronimlar barcha tillarda, jumladan, o'zbek tilining lug'at tarkibida ham ko'p uchraydi. Ayniqsa, fan va texnikaning rivojlanishi, boshqa tillardan turli yan­gi tushunchani bildiruvchi so'zlaming kirib kelishi natijasida o'zlashma so'zlar va o'zbekcha so'zlar orasida paronimlar hosil bo'ladi. Masalan, shtab - shitob, tire-teri, tarif- ta’rif, tambur - tanbur. Bundan tashqari sof o'zbekcha so'zlar tarkibida ham paronim birliklar ko'p uchraydi. Masalan, enlik - ellik, sog'lik-sovliq, quy-qo'y kabi.
Demak, paronimlar a) sof o'zbekcha; b) boshqa tildan o'zlashtirilgan so'zlaming o'zlashma vas of o'zbekcha so'zlar talaffuzining tasodifiy, o'xshashligi, yaqinligi tufayli yuzaga kelgan til hodisasidir. Paronimlardan uslubiy priyom sifatida, ya’ni so'z o'yini tarzida ham foydalaniladi. Afandi bir oshnasi bilan “Farhod va Shirin” spek- takliga tushgan ekan. Bir vaqt Farhod o'z do'stiga “Ey Shopur’ deya murojaat qiladi. Shunda afandining oshnasi: - Ey do'stim, Farhodning ham shofyori bormi? - deb so'rab qolibdi. Qiziqmisiz? - debdi afandi,
shunday buyuk xoqonning farzandi bo‘ladi-yu, shofyori bo'lmaydimi?
Paronimlarni dubletlar va omonimlardan farqlash lozim. Dubletlar ma’nosi bir-biriga teng bo'lgan, ko'pincha, tilga turli davrlarda kirib kelgan o'zlashma so'zlar hisobiga vu- judga keladigan ikki yoki undan ortiq so'zlardir: jimjiloq - chinachoq, go'shanga
chimildiq, baxmal- duxoba - barxit, arqon - arg'amchi, sandal - tan- cha. Bundan tashqari tilimizda bir so'zning tarixiy-an’anaviy tamoyil asosida birdan ortiq variantda yozilishi ham paronimlarga o'xshab ketadi. Lekin ularda ma’no teng bo'lgani uchun paronimlar sirasiga kirmaydi: adab - odob, kaptar - kabutar, badtar- battar, podsho - podshoh, masjid - machit kabi.
Paronimlarning bir qismini jo - joy, kampaniya - kompaniya, so'ngi - so'nggi, otalik-otaliq, borlik-borliq kabi asosdosh so'zlar, ikkinchi qismini esa kashf-kasb, ta’rif-tariff, adib — adib, sof- sop kabi asosdosh bo'lmagan so'zlar tashkil etadi. Lekih har ikki holatda ham paronimlarning yozilishi va talaffuzdagi yaqinligi sezilib turadi.
Paronimlar orfografiya (to'g'ri yozish) va orfoepiya (to'g'ri talaffuz qilish) bilan bog'liq. So'zlaming imlosini yaxshi bilmaslik natijasida paronimlar bilan bog'liq xatolar yuzaga keladi. Masalan: Ziyoda yodsirab ularga qaradi. Bu yerda yodsirab emas, yotsirab bo'lishi kerak edi.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


1 -mashq. Quyidagi so'zlar ma'nosini tushuntiring va ular ishtirokida gap tuzing.
Siqim - sig'im, sirop - serob, sudxo'r - sutxo'r, soliq - solih, so'kmoq - suqmoq, tang - tong, uzuk - uzik, urish - urush, undash - undosh, ana - ona.
mashq. Quyidagi o'zlashma so'zlaming farqini tushuntiring.
Kampaniya - kompaniya, element - aliment, bank - banka, traktor - traktir.
mashq. Aro - ora - oro - orom so'zlari ishtirokida bittadan gap tuzing.
mashq. Quyidagi so'zlaming asosini aniqlang.
Egallamoq - egarlamoq, yonilg'i - yoqilg'i, sudxo'r - sutxo'r.
mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi paronimlarning mos keladiganini qo'yib ko'chiring, kerakli o'rinlarda qo'shimchalar qo'shing.
Bobuming Kobul... topilgan emas. (Darslikdan) Mashina ... tepasiga ko'tarilar ekan, derazadan saiqin shamol urildi. (Said Ahmad) (dovon-devon) 2. Mirzaka- rimboyni Toshkentning to'rt... biladi. (Oybek) O'zbek xalqi ichidan o'nlab... yetishib chiqqan (daha-daho). 3. Ot... shayladi, o'q-anjomin boyladi. (Termalardan) Sizning har bir so'zingiz biz uchun tilladan ... (Oybek) (abzal - afzal).
mashq. Ko'chiring, matndagi paronimlami toping, ma’nolarini izohlang.
Konstitutsiya 6 bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. 2. Ayni biz bop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz. 3. Ulaming tub maqsadini bilib olishimiz kerak. 4. Erta bahorda o'n tup mevali daraxt ko'chatidan ekdik.
UMUMIY XULOSALAR:
Bir turkum doirasida uchrashi mumkin bo'lgan hodisalar.
Ko'p ma’nolilik, omonimlik, sinonimlik, antonimlik, paronimlik.
Faqat bir turkum doirasida uchraydigan hodisalar.
Ko'p ma’nolilik, sinonimlik, antonimlik.
Bir necha turkum doirasida uchrashi mumkin bo'lgan hodisalar.
Omonimlik va paronimlik.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
ONA TABIAT
Qish der: - Kumush qorim borv Qorbobo yasang!
Gulim ko'rkam, - der bahor, - Guldasta yasang!
Yoz der: - Suvim beg'ubor,
Suz baliq misol!
Kuz der: - Mevam, bolim bor,
Bari senga,ol!
Demak, ona tabiat
Bizni der har vaqt!
mashq. She’mi ifodali o'qing.
mashq. Uyadosh so'zlami topib ko'chiring. Nima uchun ulami bir guruhga kirit- ganingizni tushuntiring.
mashq. She’rdan oltita bir ma’noli so'zlami ko'chirib yozing. Nima uchun ulami bir ma’noli deb o'ylayapsiz?
mashq. She’rdagi qish der, kumush qor so'zlar birikmasini qanday tushunishingizni izohlang. Bu tilda qanday hodisa hisoblanadi?
mashq. Bor, yoz, suz so'zlari ishtirokida ikkitadan gap tuzing. Ular gaplarda shakldosh so'zlar bo'lib kelsin.
mashq. Bahor, bol, vaqt so'zlarining ma'nodoshlarini keltiring. Ular ishtirokida gapiar tuzing.
mashq. She'rdagi qaysi so'zlar bilan paronimlar hosil qilish mumkin?
mashq. She’rdagi ko'p ma’noli so'zlami belgilang. Ulami qo'llab, o'z va ko'chma ma’noni ifodalovchi so'z birikmalari hosil qiling.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling