O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
AFFIKS ANTONIMLAR - ANTONIM QO'SHIMCHALAR
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
AFFIKS ANTONIMLAR - ANTONIM QO'SHIMCHALAR sifat turkumida so'z yasovchi qo'shimchalar doirasida kuzatiladi. Asosdagi narsaga egalik ma'nosini bildiruvchi sifat yasovchi qo'shimchalar: -li, -dor, ser-, ba-, bo- qo'shimchalari asosdagi narsaga ega emaslik ma’nosini bildiruvchi -siz, be-, no- qo'shimchalari bilan antonimlik munosabatida bo'ladi: gull] - aulsiz; boxabar - bexabar.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR 1-mashq. Quyida berilgan so'zlami ikki guruhga ajratib ko'chiring: 1.Sinonimlar. 2.Antonimlar. Katta-kichik, taom-ovqat, yaxshi-yomon, qisqa-uzun, yuz-chehra, xafa-xursand, qorong'i-yorug', botir-qo'rqmas, keksa-mo'ysafid, kambag'al-bechora, urush-tinchlik, istamoq-qidirmoq, issiq-sovuq, halol-harom, tovush-ovoz, mehnatkash-ishchan, falak-osmon, tirik-o'lik, kiyim-libos, kun-tun, pishiq-xom, bosh-kalla, halak-halok, so'zladi-gapirdi, xat-xabar. 2-mashq. Berilgan maqollami ko'chiring. Antonimlaming ostiga chizing. 1. Birlashgan daryo bo'lur, tarqalgan irmoq bo'lur. 2. Bolali uy - bozor, bolasiz uy - mozor. 3. Bor maqtansa topilur, yo'q maqtansa chopilur. 4. Do'st achitib gapi- rar, dushman - kuldirib. 5. Yomonning yaxshisi bo'lguncha yaxshining yomoni bo'l. 6. Yo'g'on cho'ziladi, ingichka uziladi. 7. Kam gapirsang ko'p eshitasan. 8. Oyoq kiyiming tor bo'lsa, dunyoning kengligidan ne foyda. 9. Emi er qilgan ham xotin, qaro yer qilgan ham xotin. 10. Qo'y birterining ichida necha ozib, necha semiradi. 11. Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 12. Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt. 3-mashq. Gaplarni o'qing, zid ma’noli so'zlami aniqlab, ularni izohlab bering. Do'st achitib gapiradi, dushman f- kuldirib. 2. Baxtiyor oqni qora- dan ajratadigan bo'lib qoldi. 3. Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda. 4-mashq. Quyidagi so'zlaming zid ma’noli juftlarini topib, ular ishtirokida so'z birikmalari tuzing va daftaringizga yozing. Oz-..., qalin-..., ulkan-..., kepg-..., tinchlik-..., yer-..., kun-... 5-mashq. Berilgan zid ma'noli so'zlaming qanday so'z turkumlariga mansub ekanligini aniqlang. Mehnatsevar-dangasa, kelmoq-ketmoq, yolg'onchi-rostgo'y, ost -ust, toza-iflos, qisqa-uzun, urush-tinchlik, kulmoq- yig'lamoq. 6-mashq. Avval o'lchov-hajmni bildirgan zid ma’noli so'zlami, keyin paytni bildirgan zid ma’noli so'zlami topib, gapiar tuzing. Kecha - kunduz, yo'g'on - ingichka, katta - kichik, avval-keyin, ozg'in- semiz, ilgari-hozir, baland-past, tonggi-tungi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling