O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
TASVIRIY IFODA
Shaxs, narsa-buyum, voqea-hodisalami tasvirlash yo'li bilan bildiradigan so‘z birikmalari tasviriy ifodalar yoki parafrazalar deyiladi. Ular biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o'xshatish orqali tasvirlab ifodalaydi hamda narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi. Tasviriy ifodalar so'zning ma’nosini oydinlashtirish, matnni badiiylashtirish, takrorning oldini olish kabi uslubiy vazi- falarni bajaradi. Masalan: po'lat ot chavandozlari, zangori kema kapitanlari - mexanik-haydovchilar dunyo tomi - Pomir po'lat etak - bunker yashil vodiy - Farg'ona xalq oqsoqoli - Prezident po'lat ot-traktor kumush tola - pilla ekinning qoni - suv zangori olov - gaz alangasi oq oltin toglari - paxta uyumlari ilm kaliti - kitob yashil boylik - o'rmon dala malikasi - makkajo'xoH mo'yqalam sohiblari - rassomlar kino yulduzi - mashhur kino artisti charm qo'lqop ustasi - bokschi hayvonlar podshosi - sher qanotli do'stlar - qushlar Tasviriy ifodalarda ham ma’nodoshlik va shakldoshlik kuzatiladi. Bir so'zning bir necha tasviriy ifodalari bo'lsa, ular ma’nodosh hisoblanadi. Masalan: televizor - zangori ekran, oynayi jahon; bahor — fasllar kelinchagi, uyg'onish fasli kabi. Ba’zan bir tasviriy ifoda bir necha so'z o'mida qo'llanadi. Bunday holda ular shakldosh hisoblanadi. Masalan: aql gimnastikasi - shaxmat va matematika; asr vabosi - OITS va giyohvandlik; qora oltin - neft va ko'mir; bahor elchisi - qaldirg'och va boychechak kabi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Quyidagi tasviriy ifodalami daftaringizga ko'chirib yozing va ularga izoh bering. Mo'yqalam sohibi - Salomatlik posborilari - Charm qo'lqop ustasi - G'azal mulkining sultoni - Hayotimiz qomusi - Oltin boshoq - Ko'zimning nuri - Kumush choyshab - mashq. Gaplarni o'qing. Tasviriy ifodalar orqali nimalar haqlda gap ketayotganini belgilang. Zangori ekran orqali «Qishloqdagi tengdoshim» ko'rsatuvi namoyish etildi. 2. Oq oltin ijodkorlari bu yil ham o'z zimmalaridagi vazifani sharaf bilan bajarishdi. 3. Dalalarga baraka urug'i ekib bo'lindi. mashq. Gaplarni o'qib, tasviriy ifodalami toping, ularga izoh bering. Yaylov bahodiriari qo'zilatish kampaniyasini boshlab yubordilar. 2. Yurtimizga uzoq o'lkalardan qanotli do'stlarimiz uchib kela boshladi. 3. O'zbekiston «qora oltin»i bilan ham dunyoga mashhur bo'lmoqda. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling