O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


Download 0.61 Mb.
bet57/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
mashq. Ko'chiring. Iboralaming ostiga chizing. Ma'nosi qaysi so'zga to'g'ri kelishini ayting.
1. Unga yetib olganimda vujudimni sevinch qoplagan, kutilmagan uchrashuvdan boshim osmonga yetgan edi (O'.Umarbekov). 2. Issiqning va yog'liq ovqatlaming damini kesish uchun hech kim piyoladan, choynakdan qo'l uzmas edi (Oybek). 3. Ba'zan dovon oshishingga ko'zing yetmay, yuraging orqangga tortib ketadi. 4. So'nggi bir-ikki soat ichida yuz bergan bu ikki quvonchli hodisa Rahim Saidovning boshini aylantirib qo'ygan, kim bilandir ulaming o'rtoqlashgisi kelib qolgan edi. 5. Voy, qulog'ingizga tanburchertyapmanmi? Uzukni-da. Qarang, shunaqasi mengajuda yarasharekan (O'. Umarbekov). 6. Tansiq go'yo bo'g'ilganday uh tortdi. Shunday qarindoshlarni ko'kka ko'targan dadasidan xafa bo'ldi u (Oybek). 7. Zokir o'z bo'yniga olgan tashvishining naqadar qiyinligini endi sezdi (P.Qodirov). 8. Ammo Egamberdi mashinaning quli. Tez orada uncha-muncha.mexanikka ham so'z bermay qo'yadi u (Oybek). 9. Bu yoqda Jamol Bo'riboyevday og'aynilari bo'lgan, yulduznl benarvon uradlgan bunaqa odamlardan hayiqmoq kerak (O.Yoqubov). 10. Rabbimning marhamatiga loyiq yashamoq, dunyo noz-ne’matlariga shukur keltilmoq, dard yopishganida sabr-toqatli bo'lmoq, baxtli onlarida es-hushlni yig'ishtirib olmoq chlnakam mo'mlnning fazilatldlr (Gazetadan).
mashq. Keltlrllgan frazeologlzmlarga antonimik juft bo'ladlgan til birliklari tanlang va ular ishtirokida gapiar tuzing.
Yerga urmoq, ichi qora, qo'li egri, pixini yorgan, sirkasi suv ko'tarmaydigan, qildan qiyiq topmoq, terisiga sig'may ketdi, yer bilan yakson qilmoq, ipidan ignasigacha.
mashq. Quyida berilgan frazeologizmlaming har biri ishtirokida alohida-alohida gap tuzing. Ulaming gap mazmunini yuzaga chiqarishdagi o'rnini belgilang.
Hafsalasi pir bo'lmoq, ko'zi ochilmoq, qulog'i tom bitmoq, o'pkasini cho'pga ilgan, oyog'ini qo'lga olmoq, boshi osmonga yetmoq, ko'zi uchib turgani yo'q.
Quyida berilgan gaplardagi frazeologik birikmalarni topib, ma'nosini sharhlang.
1. Arava bo'lsa almisoqdan qolgan, yana sinibdi. 2. Aravani quruq olib qochish evi bilan-da, avval burningni artsang-chi... (S.Abdulla) 3. Ishqilib, baraka topsin, shu doktorlar boshing yostiqqa tekkanda joningga aro kirishadi. 4. Yo'qlab kelibsan, boshim osmonga yetdi. 5. Qizlar har zamonda ishdan bosh ko'tarib bir-biriga gap otishadi (S.Ahmad). 6. Qorasochning dili siyoh bo'lib, birdan xo'rligi keldi (S.Azimov). 1. ...Amalda ishni izdan chiqarib yuboribsiz. 8. Kavushini to'g'rilab qo'yish kerak: qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi (Asqad Muxtor). 9. Hoji xola ko'zi ilinib, endi xurrak ota boshlagan edi. 10. ...Uning ko'zlari qinidan chiqayozdi (Oybek).
mashq. Frazeologik iboralaming sinonimlarini toping, ular ishtirokida gap tuzing.
Boshi ko'kka yetmoq - behad sevinmoq. 2. Yer tagida ilon qimirlasa bilmoq
nihoyatda ziyrak, sezgir. 3. Ichini mushuk tirnamoq - yashirin holda ruhan bezovtalanmoq, tashvishlanmoq. 4. Ko'zini bo'yamoq - aldamoq, laqillatmoq.
Ko'zi to'rt bo'lmoq - intizor bo'lmoq. 6. Tepa sochi tikka bo'lmoq - bir lahzaning o'zida nihoyatda g'azablanmoq. 7. Tomdan tarasha tushganday - qo'qqisdan, kutilmagan holda va qo'pol tarzda. 8. Xamirdan qil sug'urmoq - osonlik bilan, hech qanday qiyinchiliksiz bajarmoq. 9. Tarvuzl qo'ltig'idan tushmoq - umidi puchga chiqib, bo'shashmoq. 10. Ikki oyog'ini tirab turmoq - o'z fikrining amalga oshishini qaysariik bilan talab qilmoq.
mashq. Matnni o'qing. «Tulki qiziga to'y berdi» iborasini izohlang. Yana shu kabi qanday iboralarni bilasiz? Ulami ham izohlashga harakat qiling.
Qor laylaklab-laylaklab yog'di. Qor yerga tushib-tushmay yog'di. Laylakqor taqqa tindi. Yerda qor tugul nam-da bo'lmadi. Qor havosi-da bo'lmadi. O'ynab qo'yay, bundayin havoni oti nima bo'ldi? Qor yog'madi deyin dedim – havoda laylaklab qor o'ynadi. Laylaklab qor yog'di deyin dedim - yerda qordan nishona, bo'lmadi. Dehqon bunday havoni: -Tulki qiziga to'y berdi, - deydi. ,
Kechasi yig'ilishda raisimiz kundalik yaganani so'radi. Yo'l-yo'riqlar berdi. Shunda raisimiz oldida turgan telefon jiringladi. Raisimiz telefonda salom-alik qilgan bo'ldi. /
Gap-so'zidan bildim - raisimiz ideologiya bilan gapirishdi. Ob-havoni gapirishdi. Chaynab-chaynab gapirishdi. Raisimiz sharaqlatib telefon dastasini tashladi. Derazaga qarab lab burdi. - Tavba, - dedi, - ajab vakilamiz bor-da! «Kolxozlaringda qor yoqqan emish, g'o'za nima bo‘ldi?» - deydi. - Qor yoqqan, tulki qiziga to'y berdi desam, «Tulkiyam to'y qiladimi?» - deydi... (Tog'ay Murod. «Otamdan qolgan dalalar»)
mashq. Quyidagi misollardan erkin so'z birikmalari bilan shaklan teng kelib qolgan iboralarni aniqlang va ular ishtirokida gapiar tuzing.
Bosh ko'tarmoq, yetti o'lchab bir kesmoq, jag'ini ochmoq, jilovini bo'sh qo'ymoq, izdan chiqmoq, ikki qulog'i bilan tinglamoq, ipsiz bog'lamoq, yo'l bermoq, yo'l yo'q, kavushini to'g'rilab qo'ymoq, lattasi chiqib qolmoq, mag'zavasi chiqdi, nafas olmoq, og'ziga urmoq, pasttushmoq, sog'ib chiqmoq, tepasida turmoq, chetga tortmoq, etagini qoqmoq, qo'l ko'tarmoq.
mashq. Quyida keltirilgan gapiar tarkibida qo'llangan omonim iboralarni topib, ma'nosini izohlang.
Atrof-tevarakda ko'chani boshiga ko'tarib yurgan bolalarning shovqini tingan.
1.Jamila xola ham Hamida kelgunday bo'lsa, "qizim-qizim'' deb boshiga ko'taradi. 3. So'zni Juman Sariyev oldi. 4. Unsin akasini quchoqlab, har kuni kelishga so'z olib, quvonch bilan chol orqasidan ketdi. 5. Ayol kishiga qo'l ko'tarish erkakning ishi emas. 6. Ovozga qo'yamiz, xohlaganlar “Qarshi”ga qo'l ko'taring. 7. Kun yarmidan og'ganda o'ng qo'lini menga qarab bir cho‘zdi-yu, ko'z yumdi. 8. Nima uchun bu haqiqatdan ko'z yumasiz? 9. Men ham sizday bo'lishga so'z beraman. 10. Kun tartibi tasdiqlangandan keyin, axborot uchun so'z o'rtoq Ubaydullayevga berildi. 11. Keyin pista ko'mir solib, quvuriga mahsi kiydirib, dam berdi.12. ...harsillab qolgan ho'kizlami qo'shdan chiqarib, dam berdi. 13. Gapiraversa, og'zimiz ochilib qolibdi. 14. Na ona, na ota oldida Ahmad haqida og'iz ocholmas edilar.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling