O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


AVVAL O'YLA, KEYIN SO'YLA


Download 0.61 Mb.
bet59/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

AVVAL O'YLA, KEYIN SO'YLA
Jamiyat a'zolari o'zaro munosabatlarda so'zlashish odobiga qafiy rioya qilishlari zarurligi ta'kidlanadi. Kishi aytadigan har bir so'zi (gapi)ni avval o'ylab olishl, so'ngra so'zlashi lozim. O'ylamay aytilgan so'z kishini ko'pchilik oldida (jyalib qolishiga, hatto fojeiy ahvolga tushishiga sabab bo'lishi mumkin. «So‘zni ko'ngilda pishqarmaguncha tilga kelturma va har nekim ko'ngilda bor tilga surma» (Navoiy).
Variantlari: «O‘ylamaguncha so‘ylama», «Ko‘p o'yla, oz so‘yla», «O‘n qatim o'yla, bir qatim so‘yla», «Dilda pishir, tilda gapir», «O‘ynab gapirsang ham o'ylab gapir», «Tez so'zlagan tez pushmon bo‘lar» va hokazo.
mashq. Gaplarni o'qing. Ularda ilgari surilgan g'oya haqida fikr yuriting. Matallami belgilang.
Aql aqldan quvvat oladi. Ahmoqning aqli - to'pig'ida. Davlat bitar, bilim tugamas. Go’zallik - ilm-u ma’rifatda. Tirmashgan tog'dan oshar. Yurti boyning o'zi boy. Eldan ayrilguncha jondan ayril. Ari zahrini chekmagan bol qadrini bilmas. Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. Yigit husni mehnatda. Kiyimning yangisi yaxshi, do'stning -eskisi. Dono bilan nodon bitta buloqdan suv ichmas. Teran daryo tinch oqar. Ilm - tubsiz quduq. Yolg'onning umri qisqa. Do'stlik - barcha_boylikdan afzal... Sabr tog'ni yiqitar. Marddan ot qolur, nomarddan - dod. Hunar oshatar, mehnat yashnatar. | Ko'klam - mehnat bilan ko'rkam. Kumushdek ter to'ksang, gavhardek dur olasan. ;


HIKMATLI SO'ZLAR - AFORIZMLAR
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalqning turmush tajribasiga \ tayanib ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa, obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so'zlar (aforizmlar) deyiladi.
Masalan:
Odami ersang demagil odami
Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami (Alisher Navoiy).
Dehqoni boy yurt qudratli bo'lur,
Qudratli yurtning dehqoni boy bo'lur (Islom Karimov).
Shuningdek, aforizmlarga hadislar, shoir va mutafakkirlaming, alloma va davlat ar- boblarining purma’no so'zlari kiradi. Hikmatli so'zlar (aforizmlar) barqarorlik, mazmuniy yaxlitlik, takroriylik (ya'ni nutqda doimo bir xil tuzilishda quyma holda takrorlanish) bel- gilariga ko'ra boshqa barqaror birliklar bilan umumiylik kasb etsa ham, aniq muallifining borligi bilan ulardan farqlanadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling