O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


Download 0.61 Mb.
bet62/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
mashq. «Salomatlik» ensiklopediyasidan afoniya (30-bet), nutq (296-bet), oliy nerv faoliyati (314-bet) so'zlariga berilgan izohlami o'qing. Ular haqida fikr yuriting.
Namuna:
Afoniya (yunoncha a - inkor qo'shimcha va phoni - ovoz) - shivirlab gapirish qobiliyati saqlangan holda ovoz chiqmay qolishi. A. turli kasalliklar: hiqildoq, nerv sistemasi, shuningdek, organiznining umumiy kasalliklari belgisi bo'lishi mumkin. Chin, paralitik, funksional va spastik A. farq qilinadi.
Ovoz boylamlarining yetarii yumilmasligi va tebranmasligi bilan bog'liq kasalliklarida (yallig'lanish, rak va hokazo) chin A. ro'y beradi. Hiqildoq nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi, nerv kasalliklari paralitik A. ga sababchi bo'lishi mumkin.
Odatda, miya yarimsharlarida ovoz boylamlarini harakatlantiruvchi nerv mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qo'rqish va b. natijasida funksional A. yuzaga keladi.
Halqum va hiqildoq shilliq qavatiga o'yuvchi kimyoviy moddalaming ta'sir etishi spastik A. ga sabab bo'ladi (30-bet).
mashq. «Uy-ro‘zg‘or ensiklopediya»sidan ism qo'yish (206 - 208-betlar), kutubxona (248 - 249-betiar), elektr asbob (500-bet) so'zlarini namunadagidek ko'chirib yozing. Bu haqda fikr yuriting.
Namuna:
Dessert - dasturxonga issiq ovqatdan so'ng tortiladigan shirin taomlar (kisel, kompot, krem va boshqalar), ho'l mevalar, konditer mahsulotlari. Dessert uchun maxsus idishlardan foydaianiladi (dessert iikop, dessert qoshiq, pichoq va shu kabilar) (167-bet).
mashq. «U kim? Bu nima?» bolalar ensiklopediyasidan olingan parchani o'qing. Qomusiy lug'atlarda nimalarga e’tibor berilar ekan? Shu haqda o'ylab ko'ring.
Samolyot.
Odamlar asiiar bo'yi osmonga ko'tarilish va balandga uchishni orzu qilganlar. Texnika taraqqiyoti tufayli odamlarning bu orzusi ro'yobga chiqdi. 1884 - 1885-yillarda rus dengiz zobiti A. Mojayskiy birinchi uchish moslamasini yaratdi va o'zi yasab, sinovdan o'tkazdi. Uning samolyoti, albatta, hozirgi zamonning qudratli mashinalaridan keskin farq qiladi.
mashq. «U kim? Bu nima?» bolalar ensiklopediyasidagi Samarkand maqoiasidan keltirilgan parchani o'qing. Unda nimalarga e’tibor berilganligini ayting.
Qadimiy madaniyat markazlaridan bin Samarqand 2500 yildan ortiqroq tarixga ega. Arxeologik qazilmaiardan ma’lum bo'lishicha, Samarqand dastlab Siyob daryosi sohilida qad ko'targan. U So'g'diyona (So'g'd) davlatining poytaxti bo'lib, so'g'dcha Smarakansa (ulug' shahar) deb yuritilgan. Yunonlar uni Marokanda deb atashgan...

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling