O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


ATAMALAR - TERMINLAR - ISTILOHLAR


Download 0.61 Mb.
bet70/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

ATAMALAR - TERMINLAR - ISTILOHLAR
Atamalar ma’lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash uchun ma’nosi maxsuslashtirilgan so'z yoki so'z birikmalaridir.
Atamalar quyidagicha hosil qilinadi:
Umumxalq tilida mavjud bo'lgan so'zlaming ma’nosini maxsuslashtirish yO'li bilan hosil qilinadi. Masalan, matematikada ildiz tushunchasi umumxalq tilidagi ildiz tushunchasidan farqlanadi. Yoki qosh so'zi duradgorlik kasbida ham umumxalq tilidagi «odamning yuz qismida ko'z kosasidan tepada yoysimon shaklda o'sib chiqqan yung» ma’nosidan boshqa tushunchani ifodalaydi. Hoi, sifat, ega, ot, ildiz kabi atamalar shu yo'l bilan hosil qilingan.
Boshqa tillardan ilmiy tushunchalar uchun atama olish orqali hosil qilinadi. Bular faqat shu fan sohasidagina ishlatilib, umumxalq tilida ishlatilmaydi. Masalan, fonema, valentlik, element, sinu§, kosinus, kasr, musbat, manfiy va hokazo.
Atamalarni imkon qadar milliylashtirish, tilimizning ichki imkoniyatlaridan atamalar yaratishda unumli foydalanish (kichik korxona, jamoa xo'jaligi, tad- birkor, qo'shma korxona kabi), shu bilan birga, iqtisodiy-siyosiy, ilmiy-texnik taraqqiyotimizga doir yangi tushunchalarni ifodalovchi chet tilidan kirib kelgan atamalarni ham zarur hollarda qabul qilish (kompyuter, fermer, dizayn) hozirgi atamashunosligimizning bosh tamoyili hisoblanadi. Shuning uchun xalq o'rtasida keng iste’molda bo'lgan radio (ovoznigor emas), aeroport (tayyoragoh emas), institut (oliygoh emas), avtobus (ko'pkursi emas), telefon (durovoz emas), samolyot (uchoq emas) kabi atamalar tilimizda saqlab qolindi.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


mashq. 179.8-yili yaratilgan Muhammad Xoksoming «Muntaxab ul-lug‘at» asarida astronomiya, matematika, musiqashunoslik, adabiyot faniga oid atamalar berilgan. Ulami daftaringizga ko'chiring, ma’nolarini izohlang.
Sath, vatar, mintaqa, xatti ustuvo (ekvator); ag'oni, nag'ma, surud, «Hijoz», «Ajam», «lroq», nag'amot, musiqa, navo, ohang, bad’e, tashbeh, ramz, radif, fasohat, majoz, nazm, hijo, she’r.
mashq. Huquqshunoslikka oid atamalarni izohi bilan ko'chiring, yozilishiga diqqat qiling,
Amnistiya, arbitraj, arxiv, audit, bankrot, brifing, vaucher, viza (ruxsatnoma), grant, deklaratsiya, demokratiya, dividend, dotatsiya, investitsiya, interpol, kadastr, kvorum, kvota, kongress, konstitutsiya, lizing, magistr, okrug, patent, reglament, sanatsiya, sanksiya, tender, terror, ekstremizm.
mashq. Matnni o'qing, atamalarni topib ularni izohlang.
Vodorodning ishlatilishi uning kimyoviy xossalariga asoslangan. Undan kislorod bilan birikkan paytida ko'p issiqlik chiqadi. Shu bois vodoroddan motor yoqilg'isi sifatida foydalaniladi. Metallami qirqish va payvandlash ishlarida ham u faol qo'llaniladi. Vodorodning metallmas moddalar: xlor va azot bilan birikishi reaksiyasi asosida sanoatda xlorid kislota va ammiak ishlab chiqariladi. Ammiakdan, o'z navbatida, nitrat kislota olinadi.
mashq. Tarixfanida ishlatiladigan atamalar va ulaming izohlariga e’tibor bering. Shu fan doirasida ishlatiladigan yana qanday atemalami bilasiz?
Arxeologiya (qadimshunoslik) - qadimgi odamlar yashagan joylarda qazish ishlari olib borish natijasida yashash manzilgohlari va topilgan buyumlarni o'rganadigan fan.
Etnografiya - xalqlaming kelib chiqishi, urf-odatlari, bayramlari va shu kabilarni o'rganuvchi fan.
Antropologiya - odamning qiyofasini suyak qoldiqlariga qarab o'rganuvchi fan.
mashq. Adabiyotshunoslikka oid atamalarni belgilab, ularga izoh bering.
Adabiyot uch turdan iborat. Birinchi turga she’riyat, ikkinchi turga nasr, uchinchi turga dramaturgiya kiradi. She’r, masal, ballada, doston kabi asarlar she’riy turga kiradi. Hikoya, qissa, roman nasr sanaladi. Teatr sahnasi uchun yozilgan asarlar esa dramaturgiyani tashkil qiladi.

KASB-HUNARGA DOIR SO‘ZLAR -KASBIY ATAMALAR


Kasbiy atamalar - ma’lum kasb-hunar egalari ishlatadigan so'zlar. Yozuvchilar badiiy asarlarda qahramonning mehnat faoliyatini ko'rsatish uchun uning kasb-hunariga oid so'zlardan ham foydalanadilar. Andaza, angishvona, bichiqchi, chok, qiytim, qiyqindi kabilar tikuvchilik kasbiga doir so'zlardir. Mahsido'z kosiblar nutqidan parcha: Shonlar, har xil siniq-miniq qoliplar, charm rezgisi, shirach kosa, mahsi ichiga yopishtiriladigan eski lattalar va hokazo do'konxona yuzini tutgan. Katta osma lampa tutabroq yonganidan do'konxonada is va qurum hidi bilan to'lgan havo darrov dimoqqa urar edi. Ustaning shogirdi - o‘n to'rt yashar Yo'ldosh - deraza oldida o'tirardi: shon qirqilgan, bo'yi bir qarich kelar-kelmas tayyor mahsilami (Shokir ota bachkanado'z edi) siliiq yog'och bilan kuchi boricha ishqalab, so'ng qora gul surkab ularga pardoz berardi.
Bo'zchilar nutqidan parcha: Safar aka mokiga yangi naycha joylab, yana ishga urindi. Ichkarida charx toblab naycha solish bilan mashg'ul to'xtabibi ko'ylak yengini iplik o'rishchalar bilan to'ldirib chiqdi. Gap-so'zsiz o'rishchalarni eski to'ppiga ag'darib, bo'shagan naychalarni yig'ib oldi.
Safar bo'zchi oshdan so'ng ishxonasiga chiqdi. Dastgoh yonidagi qora chiroqni yoqib, o'rishdagi uzuqlarni uladi, aymashgan iplami yechdi, chigallari yozib tarog'ladi, og'zi bilan oxor burkib, yana taradi va eng so'ng quritish uchun o'rishni yelpidi. O'rish to'qishga rostlangandan keyin eski do'ppidagi naychaga solingan iplami (arqoqni) olib dastgohga tushdi, tig' va gulani orqaga surib, mokini rostladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling