O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
SOTSIAL CHEGARALANGAN SO'ZLAR
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- ESKIRGAN SOZLAR
SOTSIAL CHEGARALANGAN SO'ZLAR
Ma’lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so'zlarga sotsial chegaralangan so'zlar deyiladi. Masalan, «otarchi»lar doirasida qo'llaniladigan so'zlar: yakan - pul, danap - qiz bola; temir yo'l kuzatuvchilari doirasida qo'llaniladigan so'zlar: qaychi - taftishchi, kolxoz - chiptasiz yo'lovchi. Bunday so'zlar argolar deb yuritiladi. Ayrim argolar umumtil leksikasidan olinadi. Bunday vaqtda mazkur so'zlar umumtildagiga nisbatan boshqa ma’noda qo'llaniladi. Masalan, qaychi so'zi umumtil leksikasida qirqishga mo'ljallangan asbob ma’nosini, temiryo'l kuzatuvchilari nutqida taftishchi ma’nosini bildiradi. Shuningdek, ayrim tabaqa vakiliari tilida faol ishlatiladigan leksemalar ham uchrab turadi, bular jargonlar deyiladi. Masalan, olampanoh, volidayi muhtarama, padari buzrukvor, manzirat qilmoq va hokazo. Yuqoridagilardan tashqari qo'llanilish doirasi chegaralangan so'zlarga eskirgan so'zlar, yangi paydo bo'lgan so'zlar (neologizmlar), atamalar, kasb-hunarga doir so'zlar ham kiradi. Ular lingvistik adabiyotlarda nofaol lug'at nomi bilan ham ataladi. ESKIRGAN SO'ZLAR Eskirgan so'zlar tilimizning ma'lum davrida qo'llanib, hozirgi kunda foydalanilmay- digan so'zlardir. So'zlaming eskirishi ikki xil yo'l bilan amalga oshadi: So'z o'zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Bunday so'zlarga tarixiy so'zlar yoki istorizmlar deyiladi. O'zbek tilida tarixiy so'zlaming juda katta guruhi mavjud: 1.kasb-hunar, amal-mansab, unvon nomlari: sulton, xon, qul, darvesh, amin, zakotchi, jallod, chorakona boshqalar; 2) maktab, maorifga xos tushunchalaming hamda hujjat nomlari: mulla, xalfa, abjad, j haftiyak, vasiqa, vaqf, manzar va boshqalar; 3) harbiy tushunchalarn- ing nomlari: shamshir, sadoq, sovut, sarboz, navkar va boshqalar; 4) oziq-ovqat nomlari: ko'mach, zog'ora, tutmoch, yorma va boshqalar; 5) o'lchov va pul birliklarining nomlari: botmon, qadoq, miri, paqir, ar- jin, tanob, dahsarva boshqalar; 6) urug1 nomlari: barlos, qipchoq, jaloyir, kenagas, chigil, yag'mo, arlat va boshqalar. Tarixiy so'zlarga misollar: 1. Mingboshining bir o‘ziga yetti yuz bog' beda, bir toy bergani ma’lum. 2. Ellikboshi beto'xtov aminga xabar qiimoqchi bo'lib ketdi. 3. Tilmoch tortiqni oldi va beto'xtov pristavga yaxshilab tushuntirishni va'da qildi. 4. Ahmad xalfaga g'azab bilan qaradi. 5. Tarix muzeyida paranji, chachvon, charx, chig'iriq ham bor ekan. So'z eskiradi, tushuncha saqlanadi va boshqa so'z bilan nomlanadi. Ularga arxaik so'zlar deyiladi. Masalan: cherik (askar), o'kush (ko'p), talim (bir qancha) singari so'zlar ham bugungi kunda qo'llanilmaydi. Tilda yangi va eskirgan so'zlar sinonimik qatorni tashkil qiladi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, oraz, uzor sinonim so'zlar qatoridagi oraz va uzor so'zlari yuz so'ziga sinonim bo'lgan arxaik so'zlardir. Arxaik va tarixiy so'zlar, qo'shimchalar badiiy hamda ommaviy uslublarni hosil qiladi. Ular yozma adabiyotda tarixiy davmi tasvirlash uchun, uslubiy ma’noda esa asar qahramonini ta’riflash, uning eskilikka moyiiligini ko'rsatish, mazax, kulgu mazmunida qo'llanadi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR 1 -mashq. AQahhoming«Jonfig‘on» hikoyasidan olingan parchani o'qib, eskirgan va zamonaviy so'zlami toping va izohlang. Malohatxon Jonfig'on izvoshchilikdan haydalgan yili, mahalladagi aktiv ayollarning himoyasi ostida, erining qarshiligiga qaramay, rayon sovetiga farrosh bo'lib ishga kirgan ekan, o'qibdi, hademay savodi chiqibdi, bir yil-bir yarim yildan keyin hatto majlislarda dokladchiga: «O‘rtoq, sizga savolim bor»1; - deydigan bo'libdi. Rayon sovetining shofyori Timchenko degan ayoi uning sog'iomligiga, kuchiga, abjiriigiga, ayniqsa, zehniga qoyil bo'lib yurar ekan, bir kuni uyga chaqirib, «Sen shofyor bo'lgin, nima yordam kerak bo'lsa beraman», - debdi. Malohat ham shunday bir narsani orzu qilib yurar ekan, darrov ko'nibdi. Shundan keyin Timchenko uni birmuncha vaqt shofyorlar kursiga tayyorlabdi, oqibatda kirgizib ham qo'yibdi. Jonfig'on avvallari uning niyatiga, o'qishga «notavon ko'ngil... orzuga ayb yo‘q» degan nazar bilan qarab yurar ekan, bir vaqt qarasaki, Malohat kursni bitirib, gruzovoy minib yuribdi! Jonfig'on bunga ham ko'nikibdi - «ha, endi, minsa minibdi-da, shu ham martabami, mashinani o'zi o'ylab chiqariptimi» deb o'ziga tasalli beribdi, biroq Malohat ikki yilda uch marta mukofotlanibdi. Jonfig'on mukofotni o'z gazi bilan o'lchagani uchun bunga ham uncha parvo qilmabdi. 2-mashq. Dehqonchilik kasbiga oid eskirgan so'zlaming ostiga chizing. Dehqonchilik kasbiga oid dalaga qo'sh chiqarish bilan bog'liq «shoxmaylar» marosimi alohida quvonch va tantana bilan nishonlanadi. Odatda, dalaga qo'sh chiqarish kunini qishloqdagi tajribali dehqon (oqsoqol) belgilab bergan. Shoxmaylar dushanba, chorshanba va juma kunlaridan biriga to'g'ri kelishi lozim bo'lgan, chunki bu kunlar dehqonlar tasavvurida baxt, omad keltiradigan kunlar hisoblangan. Asosan, qo'sh chiqarish Navro'z kunlari boshlangan/ ammo yerlar pishib yetilsa, ob-havoga qarab Navro'zga qadar ham o'tkazilgan. Shoxmaylar tantanalariga to'q-farovon joylarda qishloqning barcha ahli tayyorgartik ko'rgan: har bir xonadon turli taomlar tayyorlagan, non-u qatlama, patiriar yopilgan, bo'g'irsoq va po'ssiqlar pishirilgan. Marosim o'tkaziladigan joy supurilib-sidirilib, sholcha, kigiz-u gilamlar to'shalib, dasturxonlar yoyilgan, unga tayyorlangan taomlar tortilgan. Qishloq ahli to'plangach, oqsoqol yaxshi tilaklar bilan duo-fotiha qilib, pishirilgan narsalar aholi orasida tarqatilgan. Shundan so'ng qo'sh chiqarish uchun maxsus boqilib turgan ho'kizlardan biri olib chiqilgan va o'tgan yilgi hosilning oxirgi tutamidan tayyorlangan kulcha qishloqning barcha mo'tabar qariyalari va boshqa ishtirokchilariga hir parchadan sindirib berilgan. Kulchaning bir bo'lagi tanlab olingan ho'kizga ham yedirilgan. Nihoyat, ko'z tegmasin deb ho'kizlaming shoxiga zig'ir yog'i surtilgan, ins-jinslardan va yovuz ruhlardan pok bo'lsin deb isiriq tutatilgan. Dastlab qo'shni qishloqning eng hurmatli oqsoqoli qo'sh bilan kuchi yetguncha toq marta haydab, keyin o'tgan yilgi hosilning oxirgi tutamidan olingan bug'doydan irimiga haydalgan yerga bir necha hovuch sepgan. Mazkur marosimdan so'ng barcha dehqonlar ho'kizlarini yetaklab uyga qaytganlar (I.Jabborov). Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling