O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
ADABIY TIL HAQIDA MA’LUMOT. ADABIY TIL SHAKLLARI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
ADABIY TIL HAQIDA MA’LUMOT. ADABIY TIL SHAKLLARI
Har kuni radio va teievideniye orqali turli axborotlarni eshitganingizda, gazeta va jumallar o'qiganingizda, siz mansub bo'lgan qishloq yoki shahar aholisi gaplashayotgan tilning radio, teievideniye, matbuot tilidan ma’lum farq qiladigan tomonlarini payqaysiz. Bundan ko'rinadiki, hozirgi o'zbek tilimiz adabiy til va mahalliy xalq shevalarini o'z ichiga oladi. Tarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo'ysunuvchi, so'zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat’i nazar, barchasi uchun umumiy bo'lgan til adabiy til sanaladi. Adabiy til har qanday tilning oliy shakli sanaladi va lug'at tarkibining boyligi, grammatik qurilishiningj tartibga solinganligi, qat'iy me'yorlarga amal qilishi, uslubning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu jihatdan adabiy til xalq shevalariga qarama-qarshi qo'yiladi. Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o'zida namoyon qilgan til shakli mahalliy shevalar hisoblanadi. Shevalar shu xususiyatlari bilan boshqa hududga mansub shevalardan, ayni paytda, adabiy tildan farq qiladi. Adabiy til xalq shevalaridan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Demak, adabiy til xalq shevalaridan uzilgan til emas. Adabiy til xalq shevalari negizida so'z ustalari tomonidan umumlashtirish, qat'iy me’yorlarni ishlab chiqish yo'li bilan hosil qilinadi. Hozirgi o'zbek adabiy tili ko'proq qarluq, qisman qipchoq va o'g'uz shevalari negizida vujudga kelgan. Qarluq shevasi vakillari ko'proq Farg'ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlari va ulaming atroflaridagi hududlarda istiqomat qilishadi. Shuningdek, bu sheva vakillarini Markaziy Osiyoning bir qancha joylarida, xorijiy mamlakatlarda ham uchratish mumkin. Har bir ziyoli o'zi mansub bo'lgan hudud tili xususiyatlaridan qutulib, adabiy tilda gapirish ko'nikmasiga ega bo'lmog'i lozim. Masalan, ashi, kevotti, kelutti, kelopti, oka, aqa-baqa singari shakllarni nutqda qo'llash so'zlovchida nutq madaniyatining shakllanmaganidan dalolat beradi. Adabiy til yozma va og'zaki shakllarga ega bo'ladi. Harflar vositasida yozma ravishda bayon qilinuvchi adabiy til yozma adabiy til sanaladi. Masalan, gazeta- jurnallar tili, ish qog'ozlari tili va boshqalar. Tovushlar vositasida og'zaki ravishda bayon qilinuvchi adabiy til shakliga og'zaki adabiy til deyiladi. Masalan, radio, teievideniye orqali uzatiluvchi suxandon yoki jumalist nutqi va hokazo. Adabiy tilning rivojlanishida badiiy asarlarning xizmati katta, chunki adabiy til me’yorlarining shakllanishida adabiyotning ta’siri kuchli bo'ladi. Shunga qaramay, adabiy til bilan badiiy til bir narsa emas. Badiiy tilda adabiy til bilan birgalikda turli shevalarga yoki kasb-hunarga mansub personajlar nutqi ham ishtirok etadi. Badiiy til (badiiy nutq), adabiy tilning og'zaki so'zlashuv uslubi, publitsistik uslub, rasmiy uslub singari uslublardan biri, ya’ni badiiy uslub sanaladi. Ko'rinadiki, adabiy til badiiy tildan kengroq tushuncha bo'lib, badiiy tilni ham o'z ichiga oladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling