O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.SHAXS-SON SHAKLLARI
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
mashq. Quyidagi matnni o'qing. Uning nima sababdan publitsistik uslubga kiritilganini izohlang. MILLIY MAFKURANING NEGIZI Siyosiy tutqunlik og'ir, lekin milliy o'lim millatning butkul halokatidir. O'zbek xalqi o'tgan asrda chorizm istilosi tufayli siyosiy tutqunlikka tushdi, biroq milliy qiyofasini yo'qotmadi. Ana shu milliy qiyofamizdan bugungi siyosiy mustaqilligimiz o'sib chiqdi, chunki ma’naviyat siyosiy ozodlikka chorlayveradi. Prezidentaytganidek: «Jamiyatimiz mafkurasi. xaiqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin». Milliy mafkuramizning negizlaridan biri - tilga bo'lgan munosabatimizdadir. Til - millat vakillarini mustahkam birlashtiruvchi, tutib turuvchi belbog'. Demak, bu ramziy belbog'njng kuchi, qudrati siz-u bizning ona tilimizga bo'lgan munosabatimizga bog'liqdir. Mafkura bo'lmasa, odam, jamiyat, davlat o'z yo'lini yo'qotishi muqarrar. Qayerdaki mafkuraviy bo'shliq vujudga kelsa, o'sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin. Mafkura sohasida bo'shliq vujudga kelishiga aslo yo'l qo'yib boimaydi. Inson uzluksiz ravishda ezgulikka yo'g'rilgan ruhiy, ma’rifiy va ma'naviy ozuqa olib turmasa, bularning o'rnini yot ta’sirlar ishg'ol etadi. Milliy mafkura millatning tub manfaatlarini nazariy asoslab berishga va himoya qilishga da’vat etilgan, uning bosh vazifasi ham shudir. Bizning istiqlol mafkuramiz asriy milliy qadriyatimizga, yangi vujudga kelgan va kelayotgan xalqimizning bugungi va kelajakdagi manfaatlarini ifodalaydigan fikrlarga - xalq tafakkuriga asoslanishi lozim (Albrohimov). mashq. Maktubni o'qing, publitsistik uslubga xos o'rinlarni topib, ularni izohlang. Siz ham biron-bir asar qahramoniga shunday maktub yozishga harakat qilib ko'ring. TURSUNBOYGA AYTAR SO'ZLARIM! (Said Ahmadning «Ufq» romanidagi Tursunboyga maktub) Qishloqning bir xonadortida «chiroq yoqildi», ya’ni Jannat xola va Ikromjon tog'a o'g'il ko'rdilar. O'g'lining ismini Tursunboy deb atashdi. Samimiy odamlar xonadonida yoqilgan chiroq siz edingiz, Tursunboy! Siz yoshligingizdan ishyoqmas, dangasa, qo'rqoq bo'lib o'sdingiz. Qarang, katta yigit bo'lib ham qolibsiz. Afsuslar bo'lsinkim, Jahon urushi bo'lib qoldi. Sizni ham urushga chaqirtirishdi. Ota-onangiz ko'plar qatori yakka-yu yolg'izini Vatan himoyasiga yubordilar. Ular: «O‘g‘limiz jang qilib xalqimni ozod, yurtimni obod qiladi», - deb orzulagan edilar. Ammo, ammo... Ota-ona orzusi osmonga havodek uchib ketdi. Orzulari og'zida qoldi. Siz urush qiyinchiliklariga dosh berolmay qochib ketdingiz, so'ngra qishloqning chetida, to'qayzorlar orasida berkinib yurdingiz. Buni onangizdan boshqa hech kim bilmas edi. Bechora Jannat xola... Har kuni o'y-xayoli, hayoti to'qayzorda bo'lib qoldi. Otangizdan berkitib ovqat olib kelar edi. Buni o'zgalar bilib qolishidan juda-juda qo'rqar edi. Sizga maktub bitmoqdaman-u, xayolimga quyidagi misralar kelaveradi. Jannat xola zorlanayotganga o'xshaydi, nazarimda: Chakka o'tgan eski tomga o'xshayman, Ko'zimdan yomg'irtar to'kilar tinmay. Bu yprug' dunyoda bormi, bilmayman, O'z o'g'lin yo'liga intizor menday... (M.Yusuf) Kunlar o'tdi... Onangiz xastalana boshladi, chunki uni vijdon azobi qiynar edi. Faqat sizni o'ylar edi. Kunlardan bir kuni ona sizga og'riyotganini aytdi, siz bu gapga parvo ham qilmadingiz, qo'lidan ovqatni olib hayvonlarcha ovqat yeyardingiz. Ha, siz faqat o'zingizni, qomingizni o'ylar edingiz. Siz to'qayzordasiz... Ana shunday kunlaming birida ko'chadan tobut ko'tarib yig'i bilan mahalla-ko'yingiz, qarindosh-urug'laringiz, padaringiz Ikromjon ota o'tib borar edi. Yuragingiz sezdi, tobut ichidagi sizning mushfiqqina onangiz Jannat xola edi. Yuragingizni g'am-alam bosdi, chunki shunda siz: «Endi menga kim ovqat olib keladi», deya alam chekdingiz. O'shanda ham o'zingizni o'yiadingiz. Onaizorga ozgina bo'lsa ham achinmadingiz-a?! Nahotki, onangizni tuproqqa qo'yib kelishga ham yaramagan bo'lsangaz? Yo'q! Sizni odam bolasi deya olmayman. Tursunboy! Bir umr vijdon azobida qiynaiishingizni xayolingizga keltirdingizmi? Shu payt sizni haqoratlagim keldi. Yo'q! Yo'q! Unday demayman, chunki har bir qilayotgan ishimizning oxiratda javobi bor-ku axir! Sizni yuraksiz, dilsjz, zabonsiz, bir quriyotgan daraxtga qiyoslayman, xolos. mashq. Matnni o'qing, publitsistik uslubga xos bo'lgan ko'tarinkilik, ifodalilikka diqqatqiling. TEMUR BOBOGA MUROJAAT! Tun yozib yubordi qora zulfini, majnuntol belanchakni tebrab ohista, qurbaqa-yu chigirtkalar boshlaydi alia. Parquv bulutlarga boshini qo'yib hilol uxlayotir shirin, beozor. Go'zal kanizaklar - hadsiz yulduzlar uning tegrasida qurishar davra. Sokiniik ko'rpasin yopinib olib mizg'iyotirzamin tinch va osuda... Faqat mening bezovta qalbim uyqu to'riariga ilinmaydi hech. Ichki tug'yonlarim bo'g'zimdan toshib sizga xat bitmoqqa tutaman qalam. Siyohimning rangi etmasin hayron, siyohdonga dilim qonin ezgilab to'kdim. Dil so'zlaring ne deysizmi? Eshiting, bobo! Siz tikiagan Turonzamin hali-hanuz turadur, og‘a-ini turkiyingiz bir-birini suyadir. Biri o'zbek, biri tojik, biri qirg'iz, turkmandir, bir-biriga xuddi tog'a, og'a-ini, singiidir. Bobojonim, axir, ayting, orzuyingiz shul emasmi, tomirimda oqayotgan turkiy degan qonmasmi? Siz yaratgan ko'hna bino, qarang, qanday ko'rkamdir. Bir-biriga do'stiasharkan o'g'tonlaringiz, bobo, yurtning, elning kelajagi guilab, yashaydi obod. Qaytib keldi elga insof, vijdon hamda e'tiqod, go'yo qora zulmat ichra balqib chiqdi nur, oftob. Eriarida mardlik mo'l-ko'i, ayolida nazokat, farzandlari bari baxtli, yurtda ko'pdir haiovat. Tinglang, bobo. O'g'lonlari yurtim deya uyg'onsin, qaibimda erk ataluvchi o'chmas oioviar yonsin, yog'iylaming ko'zi chiqib, soqolini silasin, qabrdan ham qo'llab turgan qo'ling yaxshi deyariar, fido bo'iay, jonim bobo, qo'llab turing o'zingiz. ijobat bo'lur, bilaman, sizning har duoyingiz... ...Vaqt oxirlab qolibdi, qalamim ham tolibdi. Otayotgan tong misol yorug' bo'lsin kelajak, pok ruhingiz qo'iiasin, farzandingiz kutajak (D.Jo'rayeva). BADIIY USLUB. Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo'l bilan tinglovchiga estetik ta'sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgi- sidir. Badiiy uslubning o'ziga xos xususiyati shundaki, unda adabiy tilning barcha imkoni- yatlarini o'z ichiga olish bilan birga o'zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik bir- liklar, bugungi kundalik iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so'zlar ham personajiar nutqi orqali ishlatilaveradi. Badiiy uslub o'quvchida estetik zavq uyg'otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro'yob- ga chiqqan nutq ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifa bajarish)dan tashqari o'quvchiga ta'sir qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi. Badiiy uslub uchun obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir. Badiiy uslubdan boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida chegaralangan. Badiiy uslub, ulardan farqli ravishda, inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Shuning uchun unda ilmiy uslubning ham, publitsistik uslubning ham, so'zlashuv uslubining ham, rasmiy uslubning ham elementlari namoyon bo'laveradi. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta'sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalami qo'llashi yoki o'zi yangilarini yaratishi mumkin bo'ladi. Shuning uchun bu uslubda yo- zuvchilar mavjud so'zlami obrazli ishlatishdan tashqari o'ziga xos so'z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon etishga xizmat qiladi. Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko'lami, ijod usuli, po- etik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko'ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o'ta qamrovli va boy nutq ko'rinishidir. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. - Tollarning ko'm-ko'k soch popukiari qizlaming mayda o'rilgan kokillariday seikiliab tushmoqqa boshiadi. Muz tagida loyqaianib oqqan suvlaming namii yuzlari kuldi. Martning oxirgi kunlari. Ko'k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko'yga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanda bahor kel- ganidan bexabar, hanuz g'aflatda yotgan o't-o'lanni, qurt-qumursqani uyg'otgan, avvaigidan ham yorug'roq, avvalgidan ham issiqroq shu'la sochayotganday tuyuladi. mashq. A.Qahhorning «O‘jar» hikoyasidan olingan parchani o'qing. Badiiy uslubning o'ziga xos xususiyatlari haqida gapiring. Hozir, hozir! - dedi. - Suyar! Ho Suyar! Bu yoqqa chiq, o'g'lim! E, yotganmiding! Mayii, bu yoqqa o'tir. Bizga bir narsani hal qilib ber: Saltikov katta yozuvchimi, Shedrin katta yozuvchimi? Suyar goh otasiga, goh Zargarovga qarar va hayron edi. Yo'q, siz savolni noto'g'ri qo'ydingiz, - dedi Zargarov. - Bunday: Saltikov ilgari o'lganmi, Shedrin? Ikkovi bitta odam-ku! - dedi Suyar nima ekanini bilolmay. Zargarov qiyqirib kuldi, chapak chaldi va bunga ham qanoat qilmay o'rnidan turib o'yinga tushdi. Qutbiddinov do'q urdi: Saltikov bilan Shedrin-a? Kim aytdi senga? O'zim bilaman, kitobda bor. Kitobda bor? Shaxmatni ko'proq o'yna, itvachcha! Qutbiddinov bola bechorani ko'p urishdi... Suyar yig'lab yubordi... Anchadan keyin Suyar kattakon bir kitob ko'tarib chiqdi. Mana, - dedi portretni ko'rsatib, - mana, Saltikov-Shedrin! mashq. Chistonlarnio'qing, ular asosida she’riy asarlarning o'ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuriting. Yana qanday she’riy janriami bilasiz? Misollar keltiring. U nima, og'zi bor, ammo tishi yo'q, Og'ziga ne tushsa qiyar, ishi yo'q. Barmoqni tekkizar bo'lsang og'ziga, Changalin soladi, hech qo'rqishi yo'q. Katta tuya - dumi yo'q, Ovqat uchun g'ami yo'q. Daryodan suv ichadi, Odamga rizq sochadi. U nadirkim doimo davron kezar, Barcha olam ichra sargardon kezar. Yo'q qarori, bir umrg'ayratdadir, Elga rizq bermoq uchun hikmatdadir (A.So‘fiyev). mashq. Mahmudxo'ja Behbudiyning «Padarkush» dramasidan olingan parchani o'qing. Dramatik janming o'ziga xos xususiyatlari hiaqidd fikr bildiring. D o m I a: - Shariat ilmi va zaruriyati diniya bilmoq uchun boyvachchani o'qutmak, albatta, sizga lozimdur. Boy: - Shariat ilmini o'qutmakni lozim bilmayman, chunki ani mufti yo imom va muazzin qilmoqchi emasman. Azbaski, davlatim anga yetar. D o m I a: - Zaruroti diniyaga na dersiz? Boy: - Men o'zum besh vaqt nomozni keraklik duolari ilabilurman. O'zum o'rgatur- man. D o m I a: - Xat va savodga na dersiz? Holbuki, savodi yo'q odam hech nimaga yaramaydur. B o y: - Bu fikringiz g'alat, chunki meni savodim yo'q, bovujUd, shul shahrimizni katta boylaridandurman va har ishni bilurman. D o m I a: - Siz ilgari zamonda bir navi ila boy bo'lubsiz, ammo endi boy bo'lmoq nari tursun, faqat ro'zg'or o'tkarmak uchun ilm kerak... mashq. She'mi o'qing, uslubiy xossalarini aniqlang. Badiiy uslubning o'ziga xos xususiyatlarini toping. BOBUR DARDI Boshlab keldi bu yoqlarga oyoqlarim, Qaytib ona tuprog'imga ketolmadim. Farg'onada qolmish do‘st-u o'rtoqlarim, Qaytib ular visoliga yetolmadim, Amudaryo, suvlaringdan o'tolmadim... Qorlar erir bu daryolar oqar toshib, Ketgim kelar ona yurtga tog'lar oshib, Lekin dushman yo'lim to'sgay doim shoshib, Ona diyor, visolingga yetolmayman, Amudaryo, suvlaringdan o'tolmayman... Dushmanlarning qo'li uzun zamon bo'ldi, Ona yurtim yov qo'lida tamom bo'ldi. Tashlab chiqdim - bu ishim ko'p yomon bo'ldi, Qaytib endi u yoqlarga yetolmayman, Amudaryo, suvlaringdan o'tolmayman. Vafo qilmay jafo qildi do‘st-u yorim, Hind-afg'onga boshlab keldi nomus, orim, Qaytmoq uchun garchi ko'pdir ixtiyorim, Lekin ortga qaytolmayman, ketolmayman, Amudaryo suvlaringdan o'tolmayman... (Abdulhay Sobirov) ILMIY USLUB. Ilmiy uslub daliliy ma'lumotnomalar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (ta’rif-qoidalar)ga ega bo'lish, atamalarning keng qo'llanilishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi. Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o'ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub sanaladi. Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo'linadi: 1) sof ilmiy uslub; 2) ilmiy-om- mabop uslub. Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilar uchun mo'ljallanadi. Shu bois bu uslubda fanning ma’lum sohasiga doir atamalar keng qo'llaniladi. Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. Ma'lum fan sohasiga doir atamalar qo'llanilsa ham, lekiri bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi uchun izohlanadi. Sof ilmiy uslubning o‘zi ham fan tarmoqlari bo'yicha bir-biridan farq qiladi. Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas. Tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish, turli xil formulalar, shakliy ifodalar orqali ilmiy xulosalarni bayon etish kuchli bo'ladi. Ilmiy uslub obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma’lumotlarning xolis, umum- lashgan xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko'radi. Kitobxonning his-tuyg‘ulariga emas, ongiga ta'sir etadi. Ilmiy uslubda so'zlar o'z ma’nosida qo'llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmuni- ni ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo'laklar, kirish so'z va iboralar, shuningdek, qo'shma gaplardan ko'proq foydalaniladi. Sof ilmiy uslubga misollar. Tobe so'zning hokim so'z talabiga ko'ra ma’lum kelishik qo'shimchalari yoki ko'makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi. Atomlar kimyoviy bo'linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil top- gan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt; barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Ilmiy-ommabop uslubga misol: ...Tovushdoshlikning ma’no bilan singishib ketgan oliy namunalarini Navoiy asarlarida ko'rish mumkin. Masalan, shoir «Xamsa»sining Nizomiy Ganjaviyga bag'ishlangan qismlaridan birida: Gapja ganjurikim chekib ko'p ranj, Qo'ymish erdi jahonda besh ganj, - deydi. Bu baytda «ishtiqoq» deb atalgan san’at ham bor. «lshtiqoq» so'zining badiiy termin bo'lishiga uning grammatik ma'nosi asos bo'lgan. So'z yasalishi ishtiqoq deyiladi. Shunga asosan gapda bir o'zakdan yasalgan so'zlami keltirishni «ishtiqoq» deb ataganlar. RASMIY USLUB. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo'lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida, ya’ni davlat arboblari o'rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslaming ariza, tilxat, ishonch qog'ozi singari ish yuritish qog'ozlarida qo'llaniladi. Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo'linadi: Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi). Idoraviy-devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tar- jimayi hoi, ishonchnoma, dalolatnoma); diplomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar). Rasmiy uslub deyarli yozma , shaklda ro'yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo'ladi. Bunday uslubd tilning ikki vazifasi: axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da'vat etish, axborot o'z aksini topadi. Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o'ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o'ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe'llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma'lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi. Rasmiy ish qog'ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo'ysunadi. Rasmiy uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq va barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning ham o'ziga xos lug'aviy va grammatik xususiyatlari mavjud: so'zlar o'z ma'nosida qo'llanadi, ko'pchilikka ma'lum bo'lgan ayrim qisqartma so'zlar ishlatiladi, har bir sohaning o'ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Masalan, sud ishida jinoyat, hukm, qonurr, maktab ish qog'ozlarida maktab direktori, direktor o'rinbosari, sinfrahbari kabi so'z va birikmalar ishlatiladi. Rasmiy uslubda ko'pincha darak gaplardan; qaror, buyruq, ko'rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Shuningdek, bu uslubda gap bo'laklari odatdagi tartibda bo'lishiga rioya qilinadi. Tayyor nutq formulalari (shu asosida, shunga ko'ra, ma'lum qilamizki,... biz, quyida imzo chekuvchilar,... ga asosan (muvofiq),... uchun,... dan keljb chiqib,... sharti bilan, ... berilsin,... taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-axborot xarakterida bo'lishi- ni, so'zlaming bir ma'noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalaming bo'lmasligini, fe'lning majhullik va buyruq-istak shakllari, qo'shma gap turlarining keng qo'llanilishini talab qiladi, til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi. Ish yuritish hujjatlari qo'llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko'ra to'rt guruhga bo'linadi: Tashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo'riqnoma, nizom, shartnoma va boshqalar) Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko'rsatma, farmoyish). Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimai hoi, tilxat, tushuntirish xati, e'lon va boshqalar). Xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar). Ish yuritish hujjatlarining har bir turi o'ziga xos nutqiy qoliplarga ega. Masalan, xizmat yozishmalarida quyidagi qoliplar ko'proq uchraydi: «Sizga ...ni ma'lum qilaman(miz)» bildiraman(miz), eslataman(miz) ...ga rozilik bildiradi, kafolat beradi, qarshi emas yoki farmoyish hujjatlarda gap kesimlari «... tayinlansin», «topshirilsin» kabi majhul nisbat, III shaxs, buyruq maylidagi fe'llar orqali ifodalanadi. ISHONCH QOG'OZI Men, Urganch akade'mik litseyining 2-bosqich talabasi O.OIIoberganov, menga litsey tomonidan ajratilgan mukofot pulini sinfdoshim A.Do'simovning olishi uchun ishonch bildiraman. A.Do‘simovning tug'ilganligi haqidagi guvohnomasi Ns TN 5891346. (imzo) O.OIIoberganov 2009-yii 8-fevral . mashq. Quyidagi reklama matnini o‘qing. Uning tili va uslubi ustida ishlang. AZIZ HAMYURTLAR! Agar Andijonning eng xushhavo va xushmanzara go'shasi bo'lmish Bog‘ishamolga sizning yo'lingiz tushsa, albatta, «Bir zumda» oshxonasiga kirib o'ting. Bu yerda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy taomlar, qulay shart-sharoitlar va yuqori darajada ko'rsatilayotgan xizmatimiz sizga, so'zsiz, manzur bo'ladi. Qolaversa, go'zal O'zbekistonimizning mashhur kishilari bilan bir piyola choy ustida suhbatda bo'lishingiz mumkin. Ko'nglingiz ko'tarilib, kayfiyatingiz a’lo bo'lishiga shak-shubha yo'qdir. Shu bilan birga, «Bir zumda» oshxonasida tavallud kunlaringizni, nikoh kechalarini va boshqa turli tantanalami o'tkazishingiz mumkin. Biz sizni kutamiz, sizga xizmat qilganimizdan mamnunmiz. Manzilimiz: Bog'ishamol dahasi «Bir zumda» oshxonasi. Telefonlarimiz: 24-88-09,93-34-77. Aziz mehmonimiz bo'ling! USLUBIY TAHLIL TARTIBI Matnni diqqat bilan o'qib chiqish. Dialogik yoki monologik nutq ekanligi. Qanday so'zlar qo'llanganligi: faqat betaraf so'zlar; betaraf va kitobiy so'zlar (kitobiy so'zlardan namunalar ko'rsatish); d) adabiy bo'lmagan qatlamlarga oid so'zlar bo'lsa, namunalar ko'rsatish. Tasviriy-ta’siriy vositalar. Matnning sintaktik xususiyati. Qaysi uslubda ekanligi. Uslubiy tahlil namunasi: Uslubiy tahlil uchun matn YOMG'IR Yomg'ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog'ini. Tomchining diametri 0,5 - 0,6 mm bo'ladi. Yomg'ir bulutlardagi mayda suv zarralarining qo'shilib yiriklashuvidan hosil bo'ladi. Yomg'ir ikki xildir jala yomg'ir, shivalama yomg'ir. Jala yomg'ir to'p-to'p bulutlardan yog'adi, ko'p vaqt o'tmay to'xtaydi, tomchilari yirik bo'ladi. Shivalama yomg'ir esa qat-qat bulutlardan surunkasiga uzoq muddat shivalab yog'adi, uning tomchilari mayda. Shivalama yomg'iming yog'ish miqdori - intensivligi soatiga 0,25 mm gacha, jala yomg'imiki esa 100 mm gacha bo'lishi mumkin. Tahlil namunasi «Yomg‘ir» matni - monologik nutq. Betaraf so'zlar va meteorologiya faniga oid atamalar bor: atmosfera yog'ini, bulut, jala yomg'iri, shivalama yomg'ir, yomg'irning intensivligr, matn ko'proq ikki bosh bo'lakli sodda gaplardan iborat, ilmiy uslub. s MORFOLOGIYAGA KIRISH So'zlaming borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning atash ma’nolari yoki lug'aviy ma’nolari, so'zning atash ma’nosini o'rganuvchi bo'lim esa leksikologiya deb ataladi. So'zlar atash ma’nosi bilan birga ma’lum grammatik ma’no va uni ifodalovchi shakl- ga ham ega bo'ladi. Masalan, olmalami so'zi «mevali daraxt* va «olma daraxti mevasi* ma’nolari bilan birga «ko‘plik», «kelishik» ma'nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi ko'plik shakli (-lar) hamda kelishik shakli (-ni)ga ega. «Mevali daraxt* va «olma daraxti mevasi* ma’nolari bu so'zning atash ma’nosi, qolgan ma’nolar esa grammatik ma’nolari sanaladi. Har qanday grammatik ma’no ma’lum grammatik shakl orqali ifodalanadi. Gramma- tik ma’nolarni ifodalovchi vositalar grammatik shakl hisoblanadi. Masalan, kitoblarim- ni so'zida uchta grammatik shakl, ya'ni grammatik qo'shimcha mavjud: -lar, -im, -ga\ bu grammatik qo'shimchalar orqali ko'plik ma’nosi (-lar qo'shimchasi orqali), egalik ma’nosi (-im qo'shimchasi orqali), kelishik ma’nosi (-ga qo'shimchasi orqali) ifodalanib, ular grammatik ma’nolar sanaladi. So'zlaming grammatik ma’nolari va ulami ifodalovchi grammatik shakllami o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi morfoiogiya deyiladi. Morfoiogiya yunoncha morphe - shakl, logos- so'z, ta’limot so'zlaridan olingan bo'lib, so'z shakllari haqidagi ta’limot demakdir. Ko'rinadiki, leksikologiya bilan morfoiogiya o'rtasida uzviy aloqa mavjud. Har ikkisida so'z o'rganiladi. Ular so'zning qaysi tomonini o'rganishi bilan farqlanadi. Leksikologiya so'zning atash ma'nosini, morfoiogiya esa uning grammatik ma’nosini va bu ma’nolami ifodalovchi vositalami o'rganadi. Qadimda morfoiogiya atamasi - sarf, sintaksis atamasi - nahv deb atalgan. Sarf-u nahv atamasi esa grammatika atamasini bildirgan. Grammatika so'zi grek tilidan olingan bo'lib, aharf o'qish va yozish san’ath, «harf» ma’nolarini bildiradi. Grammatika atamasi tilning morfologik va sintaktik qurilishi hamda bu qurilishni o'rganadigan tilshunoslikning bo'limi ma’nolarida qo'llaniladi. Demak, grammatika tilshunoslikning morfoiogiya va sintaksis bo'limlarini o'z ichiga oladi. MORFEMIKA (SO‘Z TARKIBI). YETAKCHI MORFEMA (ASOS) Nutqimizdagi so'zlar bir xil shaklda emas. Nutq talabi bilan ular turli xil qo'shim- chalarni qabul qiladi, o'zgaradi, turfa ma’nolami ifodalash uchun xoslanadi. So'zlaming eng kichik ma’noli qismlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limiga morfemika deyiladi. Morfemika morfemalami o'rganuvchi bo'limdir. Morfema esa ifoda qilinishi jihatidan tovushdan keyin turadigan semantik-morfologik birlik bo'lib, so'zning eng kichik ma'noli qismi hisoblanadi. Morfema so'zning qayta bo'linmaydigan eng kichik ma’noli qismi sifatida leksik ma’noni ham, grammatik ma’noni ham anglatadi. Leksik ma'no anglatish yoki anglatmasligiga ko'ra morfemalar 2 ga bo'linadi: Yetakchi morfema - asos. 2. Ko'makchi morfema - qo'shim- cha. Masalan, bilimdonlikdan so'zidagi morfemalami aniqlash uchun uni asos va qo'shimchalarga ajratamiz: bil-im-don-lik-dan. Demak, bu so'zda 5 ta morfema bor: 1 ta yetakchi morfema (bil) va 4 ta ko'makchi morfema (-im, -don, -lik, -dan). So'zlami morfemalarga ajratishda ulaming hozirgi tilimizda leksik yoki grammatik ma’no anglata olishi e’tiborga olinadi. Ajratilmoqchi bo'lgan qism hozirgi tilimizda ma'no anglatmasa yoki boshqa so'zlar tarkibida ham kela olmasa uni morfema deb bo'lmaydi. Shunga ko'ra morfemalaming chegarasini aniqlash turli so'z tarkiblarini qiyoslash orqali amalga oshiriladi. Masalan, gulchilarso'mi gul-chi-lar deb morfemalarga ajratish- ga asos shuki, asos deb olingan gul so'zi mustaqil leksik ma’no ifodalaydi, keyingi gulchi- gul ekish bilsn shug'ullanuvchi shaxs ma’nosini bildiruvchi so'zning yasalishi- ga asos bo'lib turibdi, turli so'zlar tarkibida kela oladi: gulchi, gulzor, guidon, gulla kabi; -chi ko'makchi morfema bo'lib, boshqa so'zlarda ham shaxs oti yasaydi: ishchi, terimchi, xizmatchi kabi; -lar ham ko'makchi morfema bo'lib boshqa so'zlarda ham ko'plik ma’nosini bildirishga xizmat qiladi: bolalar, kitoblar kabi. Asos (yetakchi morfema) so'zda, albatta, ishtirok etadigan, so'zning asosiy ma'nosini ifodalaydigan, leksik ma'no anglatadigan, mustaqil qo'llana oladigan qismi, ya’ni so'zning tub ma'noli qismidir. Yetakchi morfema so'z yasovchilar uchun ham, shakl yasovchilar uchun ham asos bo'la oladi. Masalan, suvli, sersuv, suv- chi, suvdon, suvsiz tarkibli so'zlarda suv morfemasi so'z yasovchilar uchun asos bo'lgan; suvda, suvimiz, suvlar, suvni so'zlarida esa shakl yasovchilar uchun asos bo'ladi. Asos so'zning leksik ma’nosini bildiruvchi asosiy qism bo'lganligi uchun yetakchi morfema, qo'shimchalar shu asos bilan birgalikda, shu asos orqali qo'llan- gani uchun ko'makchi morfema deb nomlanadi. Asosda qo'shimchalar qo'shish natijasida turli xil ma'nolar yuzaga chiqariladi. Masalan: tin - ch, tin - ish, tin - ch - lik, tin - im - siz, be - tin - im kabi so'zlaming asosi «tin» so'zidir, lekin qo'shimcha qo'shil- ishi bilan ma'no o'zgarib bormoqda. Ayrim so'zlar tarixiy taraqqiyot natijasida o'zining tub - asos qismini o'zgartirishi, boshqacha shaklga kirishi mumkin. Yomg'ir (yom-g'ir), ko'mir (ko'm-mir), olg'a (ol(d)-ga) kabi so'zlami asos va qo'shimcha qismga ajratib bo'lmaydi. Turkiy tillarda ko'pincha asos birinchi bo'lib keladi. Masalan: video - chi, tadbirkor, toy - choq kabi. Bir asosdan yasalgan so'zlar asosdosh sanaladi: fikniosh, fikrij, ham- fikr, fikran singari. Asosdosh so'zlar tarkibida, albatta, so'z yasovchi qo'shimchalar bo'lishi kerak. Esda saqlang: asosdosh so'zlami aniqlashda asosning bir xilligiga e’tibor berish kerak. Masalan: toshloq, toshsiz, toshqin so'zlaridan toshloq va toshsiz so'zlari asosdosh, chunki ulaming asosi tosh - qattiq jism bo'lib, toshloq toshi ko'p bo'lgan joy, toshsiz - toshga ega emaslik ma’nolarini bildiradi; toshqin so'zining asosi esa toshmoq fe'li bo'lib, toshish xususiyatiga egalik ma'nosini bildiradi, shuning uchun toshloq va toshsiz so'zlari bilan asosdosh emas. Ba'zi hollarda oldin ham qo'shimcha qo'shilishi mumkin. Masalan: bexabar, nodavlat, serhashamat, bama’ni. Bunday qo'shimchalar, asosan, sifat turku- mida uchraydi. Biror narsaga egalikni (badavlat, baquvvat, serfarzand, serqat- nov) yoki ega emaslikni (beibo, behayo, noo'rin, nomard) bildiradi. KO'MAKCHI MORFEMALAR (QO'SHIMCHALAR) Qo'shimchalar (ko'makchi morfemalat) - mustaqil qo'llana olmaydigan, asosga qo'shilib unga yangi yoki qo'shimcha ma’no yuklaydigan, shuningdek, so'zlami bog'lashga xizmat qiladigan qism. Ular so'z tarkibida asosdan keyin kelib, so'zning leksik va grammatik ma’nolarini shakllantiradi. Qo'shimchalar vazifasiga ko'ra ikki xil bo'ladi: So'z yasovchi morfemalar (qo'shimchalar). Shakl yasovchi morfemalar (qo'shimchalar) SO'Z YASOVCHI MORFEMALAR (qo'shimchalar) - asosga qo'shilib yangi ma’no hosil qiluvchi qo'shimchalar. Masalan, oq asosiga -la qo'shimchasining qo'shilishidan «oq rangga kiritish» ma'noli yangi so'z yasalgan. So'z yasovchi qo'shimcha qo'shilishi natijasida yangi tushuncha hosil bo'ladi. Masalan: gul - o'simlik, gulchi - shaxs, gulzor - o'rin-joy nomi, guidon - idish, narsa. Demak, bu so'zlarda gul asosiga qo'shilgan -chi, -zor, -don qo'shimchalari yangi tushunchalarni hosil qilgan. Lekin yasalgan barcha so'zlar gul asosi bilan bog'liqdir: gulchi-gu\ ekish yoki sotish bilan shug'ullanuvchi shaxs, gulzor- gul o'sadigan joy; guidon - gul solish uchun mo'ljallangan idish. Tilning imkoniyatlari shu darajada boyki, oz vositalar bilan cheksiz tushunchalarni, xilma-xil axborotlami ifodalash mumkin. Yangi-yangi tushunchalarni ifodalashda ilgari tilimizda mavjud bo'lgan so'zlarga ko'makchi morfemalami qo'shib yangi so'z hosil qilish usuli keng qo'llaniladi. Ana shunday usul bilan yangi so'z hosil qilish so'z yasalishi sanaladi. Ko'makchi morfemalar qo'shish yo'li bilan yangi so'z yasalishi doimo ikki qismning bo'linishini talab qiladi: So'z yasashga asos qism. Yasovchi qism. Yasovchi qismni tashkil etgan morfemalar so'z yasovchi morfemalar deyiladi. Masalan, terim so'zi ter so'ziga -im so'z yasovchi qo'shimchasini qo'shish orqali hosil qilingan. Terimchi so'zi esa terim so'ziga -c/7/ qo'shimchasini qo'shish bilan yasalgan. Demak,birinchi so'zda yasovchi asos ter, ikkinchi so'zda esa terimdtr. Ya'ni terim so'zi uchun ter so'zi yasalish asosi, terimchi so'zi uchun terim so'zi yasalish asosi, terimchilik so'zi uchun esa yasalish asosi terimchi so'zi hisoblanadi. Har bir yasalgan so'zning ma'nosi yasalish asosi bilan bog'liq bo'ladi. Terim so'zi ter- terish bilan bog'liq; terimchi so'zi esa terim bilan bog'liq, ya’ni terim bilan shug'ullanuvchi shaxs ma’nosiga ega; terimchilik so'zi esa terimchi bilan bog'liq, ya’ni terimchilik jarayonini bildiradi. Ishchi, ishla so'zlarining yasalish asosi bir xil, chunki ishchi so'zi uchun ham, ishla so'zi uchun ham yasalish asosi ish so'zidir. Bir asosdan hosil bo'lgan so'zlar so'z yasalish uyasini tashkil etadi. Suvchi so'zi «suv quyish bilan shug'ullanuvchi shaxs» ma’nosini, temir- chi so'zi «temir bilan ish ko'ruvchi shaxsn, toshloq utoshga serob joy» ma’nosini bildiradi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, yasovchi morfema asosida yangi yasalgan so'z yasashga asos bo'lgan so'zning ma’nosiga asoslanadi, uning ma’nosi bilan bog'liq bo'ladi. Agar yasalgan so'z bilan yasashga asos qism o'rtasida ana shunday bog'lanish bo'lmasa, yasama so'z hisoblanmaydi. Qiyoslang tepki «tepishga xoslangam so'zi tep so'zi bilan mazmunan boglanadi, lekin tulki, eski so'zlarini tul va ki, es va ki qismlarga ajratib bo'lmaydi, chunki tulki va eski so'zlari, tul- «beva», es-«aql», «xotira» so'zlari bilan maz- muniy bog'lanmaydi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TOPSHIRIQ Berilgan so'zlami morfemalarga ajrating. Namuna: so'roq so'zi so'ra + q ga ajraladi, chunki so'roq oti so'rash harakati bilan bog'liq; buloq so'zi bula + q ga ajraimaydi, chunki buloq oti bulash harakati bilan bog'liq emas. Taroq, yonoq, qaynoq, quvnoq, mudroq, qochoq, qoloq, yotoq, siniq, chiziq, tariq, baliq, tiniq, sariq, to'liq, zoriq, zo'riq, yo'liq, terim, tinim, bilim, so'lim, qo'nim. So'z yasovchi morfemalar (qo'shimchalar) qo'llanishiga ko'ra ikkiga bo'linadi: unumsiz yasovchilar; unumli yasovchilar. Unumsiz yasovchilar bugungi kunda so'z yasashdan to'xtagan qo'shimcha- lardir. Bularga -a: tuna; -sa: suvsa; -ka: iska; -bon: bog'bon: -vul: qorovul: -chil: dardchil: -ag'on: chopaa'on. -sil: yo'qsil kabi qo'shimchalar kiradi. Unumli qo'shimchalar bugungi kunda ham so'z yasashda qatnashayotgan qo'shimchalardir. Eng unumli fe’l yasovchi qo'shimcha -la: ishja; eng unumli ot yasovchi qo'shimcha -chi: pavnetchi: eng unumli sifat yasovchi qo'shimcha -li: suvli, -siz: gulsiz kab. So'z yasovchi morfemalar (qo'shimchalar) tarkibiga ko'ra sodda va murakkab bo'ladi.'. Sodda qo'shimchalar faqat bir qo'shimchadan tuziladi. Murakkab qo'shimchalar es? .tarkibida birdari orttq qo'shimcha bo'lsa ham, tarkibiy qismlarga ajralmaydi. Qiyoslang: gul-chi-lik so'zi tarkibidagi -chi va -lik qo'shimchalaB sodda qo'shimchalar hisoblanadi; dehqonchilik so'zi tarkibidagi -chilik qo'shimchasi murakkab qo'shimcha hisoblanadi, chunki bu qo'shimcha -chi va -lik qo'shimchalarigB ajralmaydi. Agar -lik qo'shimchasidan oldingi qism mustaqil qo'llansa, qo'shimcha -chi va -lik qo'shimchalariga ajraladi va sodda qo'shimcha hisoblanadi: gukhi-lik, choy* < xona-chi-lik, g'alla-chi-lik, baliq-chi-lik kabi. Agar -lik qo'shimchasidan oldingi qism mustaqil qo'llanmasa, -chilik qo'shimchasi tarkibiy qismlarga ajralmaydi va murakkab qo'shimcha hisoblanadi: mardikor-chUik, qul-chilik, oz-chilik, sherik-chilik kabi. Ishlab so'zidagi -la qo'shimchasi ham sodda qo'shimcha hisoblanadi, saharlab, ertalab, tonnalab, kilolab so'zlaridagi -lab qo'shimchasi murakkab qo'shimcha hisoblanadi, chunki u -la va -b qo'shimchalariga ajralmaydi. Qiyoslang: gul-chj-Uk - sodda qo'shimcha (chunki o'zbek tilida gulchi degan so'z bor); yo'q-chilik - murakkab qo'shimcha (chunki o'zbek tilida yo'qchi degan so'z yo'q); ish-la-b - sodda qo'shimcha (chunki o'zbek tilida ishla degan so'z bor); tonna-lab - murakkab qo'shimcha (chunki o'zbek tilida tonnala degan so'z yo‘q); tayyor-la-n - sodda qo'shimcha (chunki o'zbek tilida tayyorla degan so'z bor); faxr-lan - murakkab qo'shimcha (chunki o'zbek tilida faxrla degan so'z yo'q); : bosh-la-sh - sodda qo'shimcha (chunki o'zbek tilida boshla degan so'z bor); yordam-lash - murakkab qo'shimcha (chunki o'zbek tilida yordamla degan so'z yo'q). Bog'dorchilik, odamgarchilik, qiyinchiiik, yog'ingarchilik so'zlari tarkibida ham murakkab qo'shimchalar mavjud. SHAKL YASOVCHI MORFEMALAR (qo'shimchalar) - asosga qo'shilib ' uning ma'nosiga qo'shimcha ma’no yuklash yoki o'zi qo'shiiayotgan so'zni boshqa so'zga bog'lash vazifasini bajaruvchi qo'shimchalar. Ular yangi so'z yasamaydi, so'zlar- ni grammatik jihatdan shakllantirib, grammatik ma’nolar ifodalaydi. Masalan, -lar qo'shimchasi gul asosiga qo'shilib, uning ma'nosidan boshqa yangi ma’no yasamay^ di, gulning birdan ortiqligini bildiradi. Yetakchi morfemalarga qo'shilib, yangi so'z hosil qilmaydigan, so'zning turli xil shakllarini vujudga keltiradigan\ morfemalar shakl yasovchi morfemalar deyiladi. Ular asosga qo'shilib uning; ma’nosiga qo'shimcha ma'no yuklash yoki o'zi qo'shiiayotgan so'zni boshqa so'zga bog'lash vazifasini bajaradi. Masalan, yaxshig/na, Zamiraxon, ukamni va hokazo, Shakl yasovchi morfemalar grammatik qo'shimchalar hisoblanadi; chunki ular grammatik ma’no ifodalashga xizmat qiladi. So'z yasovchi morfemalar grammatik qo'shimcha hisoblanmaydi, chunki ular grammatik ma'no ifbdalamaydi. Bizning nutq so'zlashimiz uchun so'zlaming o'zigina yetarli emas. Gapda so'zlami bir-biriga bog'lashda, turli xil grammatik ma’nolami ifodalashda shakl yasovchi morfemalarning o'rni beqiyos. Masalan, Bolalar tor\gda maktabga jo'nashdi gapini grammatik qo'shimchalar-1 siz aytib ko'raylik; bola, tong, maktab, jo'na. Bu so'zlar orqali fikr ifodalab bo'lmaydi. Demak, fikr ifodalash uchun so'zlar ma'lum grammatik shakllarbilan shakllanishi kerak. Bolalar so'zidagi -lar qo'shimchasi ko'plik ma'nosini, tongda so zidagi -da qo'shimchasi payt ma’nosini, maktabga so'zidagi -ga qo'shimchasi yo'nalish ma’nosini, jo'nashdi so'zidagi -sh qo'shimchasi bajaruvchining ko'pligini, -di qo'shimchasi o'tgan zamon ma’nosini ifodalagan. Bunday grammatik ma’nolarni Ifodalash shakl yasovchi qo'shimchalar zimmasidadir. Shakl yasovchi qo'shimphalar sintaktik munosabatni bildifish-bildirmasligiga ko'ra 2 ga bo'linadi: 1. Sintaktik munosabatni bildirmaydigan morfemalar-lug`aviy hakl yasovchi qo'shimchalar. 2.Sintaktik munosabat bildiradigan morfemalar - sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar; LUG'AVIY SHAKL YASOVCHILAR. O‘qigach so'zidagi -gach morfema- si o'qi so'ziga qo'shilib undan. yangi so'z ham yasamaydi, bu so'zni boshqa so'zga bog'lash uchun ham xizmat qilmaydi. Shuning uchun u lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha hisoblanadi. Yetakchi morfemaga qo'shilib undan yangi so'zyasamaydigan va o'zi qo'shilgan so'zni boshqasiga bog'lash uchun xizmat qilmaydigan shakl yasovchi morfemalarga lug'aviy shakl yasovchi morfemalar deyiladi. Lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar asosga qo'shilib uning ma'nosiga qo'shimcha ma'no yuklaydi, leksik' nfia'noni biroz o'zgartiradi. Masalan: kitoblar (kitobliai- cha turibdi, lekin kitoblar soni ko'payib aoldi). kattaroa {kattaliaicha turibdi, lekin kattalik darajasi me’yordan kamayib qoldi), qizcha (qizligi- cha turibdi, lekin yoshi kichik ekariligi ifodalandi), Salimaxon (Salima- ligicha turibdi, lekin so'zlovchining unga nisbatan hurmati ifodalandi) kabi. Lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalaming so’z yasovchi qo'shimchalardan farqi shundaki, so'z yasovchi qo'shimchalar leksik nfa'noni tubdan o'zgartiradi, lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar leksik ma’noni biroz o'zgartiradi. Qiyoslang: gul - 6‘sim- lik, gulcfii - shaxs, bunda o'simlik nomini bildiruvchi gul sd'ziga -chi so'z yasovchi qo'shimcha qo'shilishi natijasida o'simlik tushunchasi o'miga shaxs tushunchiasi paydo bo'ldi, ya’ni yangi tushuncha bildiruvchi so'z paydo bo'ldi; gul so'ziga -lar lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha qo'shilsa, o'simlik tushunchasi o'zgarmaydi, faqat uning soni ko'p ekanligi ifodalanadi, ya'ni leksik ma’no biroz o'zgaradi: gul - gullar. LUG'AVIY SHAKL YASOVCHILAR OTLARDAGI LUG'AVIY SHAKL YASOVCHILAR: 1) –lar- grammajuk ko'plikni bildiruvchi qo'shimcha: kitoblar: 2) -cha- otlardagi kichraytirish va erkalash shakli: kitobcha: 3) -gina - otlardagi erkalash va achiqish shakli: bolaainam: 4) -loq (-aloq) - otlardagi. kichraytirish ya erkalash shakli: bo'taloq. gizaloq: 5) -choq - otlardagi kichraytirish va erkalash shakli: tovchog: 6) -chak - otlardagi kichraytirish va erkalash shakli: kelinchak: 7) -xon - otlardagi hurmatlash va erkalash shakli: otaxon: 8) -jon - otlardagi hurmatlash va erkalash shakli: oyijon; 9) -kay - otlardagi kichraytirish va erkalash shakli: bolakav. SIFATLARDAGI LUG'AVIY SHAKL YASOVCHILAR: -ish - sifatlardagi ozaytirma daraja shaklini yasaydi: ko'kish: -(i)mtir - sifatlardagi ozaytirma daraja shaklini yasaydi: qoramtir. ko'kimtir: -roq - sifatlardagi ozaytirma daraja shaklini yasaydi: qoraroq: -gina - sifatlardagi ozaytirma daraja shaklini yasaydi: yaxshigjna. SONLARDAGI LUG'AVIY SHAKL YASOVCHILAR: -ta - sonlardagi dona son shaklini yasaydi: ikkita; -tacha - sonlardagi chama son shaklini yasaydi: beshtacha: -tadan - sonlardagi taqsim son shaklini yasaydi: uchtadan: -lab - sonlardagi chama son shaklini yasaydi: o'nlab: -larcha - sonlardagi chama son shaklini yasaydi: minalarcha: -ov - sonlardagi jamlovchi son shaklini yasaydi: to'rtov; -ala - sonlardagi jamlovchi son shaklini yasaydi: uchala: -ovlon - sonlardagi jamlovchi son shaklini yasaydi: beshovlon. FE’LLARDAGI LUG'AVIY SHAKL YASOVCHILAR: -(i)l - o'zlik va majhul nisbat shakli: bezaldi, ko'rjldi; -(i)n - o'zlik va majhul nisbat shakli: bezandi, ko'rindi; -(i)sh - birgalik nisbat shakli: o'qishdi, yozishdi; -t - orttirma nisbat shakli: o'qit; -dir - orttirma nisbat shakli: kuldir; -tir - orttirma nisbat shakli: ektii; -sat - orttirma nisbat shakli: ko'rsat: -ir - orttirma nisbat shakli: pishir; -ar - orttirma nisbat shakli: chiqar; -iz - orttirma nisbat shakli: tomjz; -kaz - orttirma nisbat shakli: o'tkaz: -qaz - orttirma nisbat shakli: tutqaz: -g‘az - orttirma nisbat shakli: to'la'az: -qiz - orttirma nisbat shakli: votaiz: -g‘iz- orttirma nisbat shakli: turgjz; -giz — orttirma nisbat shakli: yurgjz; -(i)sh - harakat nomi shakli: o'qish. vozish: -moq - harakat nomi shakli: kelmoq: -mak - harakat nomi shakli: avtmak: -(u)v - harakat nomi shakli: o'quv, yozuv; -gan(-kan, -qan) - sifatdosh shakli: kelgan, ekkan. chiooan: -(a)yotgan - sifatdosh shakli: o‘qivotaan: vozavotaan: -(a)r - sifatdosh shakli: oqar daryo; -(a)ydigan - sifatdosh shakli: o'qivdiaan. vozadiaan: -ma - fe'lning bo'lishsiz shakli: kelma: -(a)y - ravishdosh shakli: yoza-yoza, o‘qiy-o‘qiy; -gancha(-kancha, -qancha) - ravishdosh shakli: kelgancha, ekkancha. chiqqan cha: -guncha(-kuncha, -quncha) - ravishdosh shakli: kelauncha. ekkuncha. chiqquncha: -gach(-kach, -qach) - ravishdosh shakli: kelaach. ekkach. chiqqach: -gani(-kani, -qani) - ravishdosh shakli: kelgani, ekkani. chiqqani: -masdan - ravishdosh shakli: bilmasdan: -mayin - ravishdosh shakli: bilmavin: -maslik - harakat nomi shakli: bilmaslik: -la - ish-harakatning davomiyligi va kuchliligini bildiradi: ishqaja; -kila - ish-harakatning davomiyligi va kuchliligini bildiradi: turtkiia: -g‘ila - ish-harakatning davomiyligi va kuchliligini bildiradi: ezg'ila: -g‘i - ish-harakatning davomiyligi va kuchliligini bildiradi: to'zgi; -ka - ish-harakatning davomiyligi va kuchliligini bildiradi: surka; -(i)msira - ish-harakatning kuchsizligini bildiradi: kulimsira. yia'lamsira: -(i)nqira - ish-harakatning kuchsizligini bildiradi: tutanqira. SINTAKTIK SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR - MUNOSABAT SHAKLLARI Kitobim, kitobni so‘zlarida kitob so'ziga qo'shilgan -im va -ni morfemalari o‘zi qo'shilgan so'zni boshqa so'zga bog'lash uchun xizmat qiladi. So'zga qo'shilib uning ma’lum morfologik shaklini ko'rsatuvchi va boshqa so'zga bog'lash uchun xizmat qiluvchi shakl yasovchi morfemalarga sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar deyiladi. Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar munosabat shakllari deb ham yuritiladi. Munosabat shakllari jami 6 ta: uchtasi ismlarda va uchtasi fe’llarda. Ismlarning munosabat shakllariga egalik, kelishik, kesimlik shakllari kirsa, fe’llarning munosabat shakllariga shaxs-son, zamon, mayl qo'shimchalari kiradi. Egalik va kelishik qo'shimchalari turlovchi qo'shimchalar ham deyiladi. So'zlaming egalik va kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishiga esa turlanish deyiladi. Kitobim. kitobda so'zlari turlangan, chunki 1-so‘zda egalik qo'shimchasi, 2-so‘zda kelishik qo'shimchasi bor. Shaxs-son qo'shimchalari tuslovchi qo'shimchalar ham deb nomianadi. Fe’llarning shaxs-son qo'shimchalarini qabul qilib o'zgarishiga tuslanish deyiladi. Bordirn, borasan. keldik, vozsin so'zlari tuslangan, chunki ular shaxs-son qo'shimchalarini qabul qilgan. ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI I. KELISHIK SHAKLLARI
II. EGALIK SHAKLLARI
III. KESIMLIK SHAKLLARI
FE’LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI ZAMON SHAKLLARI
II.MAYL SHAKLLARI
III.SHAXS-SON SHAKLLARI I. TUSLANISH SHAKLI
II. TUSLANISH SHAKLI
III TUSLANISH SHAKLI
MORFEMALARNING AGGLYUTINATIV TABIATI O'zbek tili morfologik jihatdan agglyutinativ tillar qatoriga kiradi. Agglyutinativ tillar quyidagi xususiyatlari bilan flektiv tillardan ajralib turadi: qo'shimchalar so'zga asosdan keyin qo'shiladi: gul + zor = gulzor, bor + a + man = boraman kabi; nechta grammatik ma’no bo'lsa, ulami ifodalovchi shuncha grammatik shakl qo'llaniladi. Esda saqlang: grammatik shakl grammatik qo'shimchalardir, grammatik ma'no esa grammatik qo'shimchalar orqali ifodalangan ma’nodir. Masalan, kitoblarimga so'zida 3 ta grammatik shakl bor: -lar, -im, -ga\ 3 ta grammatik ma’no bor: ko'plik (-lar orqali ifodalangan), egalik (-im orqali ifodalangan), kelishik (-ga orqali ifodalangan); grammatik shakllaming chegarasi bir-biridan aniq ajralib turadi. Masalan, bor- dim so'zida -di o'tgan zamon qo'shimchasidan so'ng -m shaxs-son qo'shimchasi qo'shilgan. Flektiv tillarda esa so'zning asosi va qo'shimchalarini bir qarashda ajratib bo'lmaydi. Masalan, shuur so'zidan she’r so'zi yasalgan, she’r so‘zidan esa shoir (she’r yozuvchi) yasalgan, shoir so'zining ko'plik shakli shuaro, she’r so'zining ko'plik shakli ash’or. Bu so'zlaming hammasi uchun asos shuur so'zi ekanligi ko'rinib turmaydi; grammatik ma'noning ko'payishi bilan so'zning grammatik shakllari ham chap- dan o'ngga qarab cho'zilib boradi. Masalan: bor+ ma (bo'lishsizlik shakli) + y (kelasi zamon shakli) + man (shaxs-son shakli) = bormayman\ grammatik qo'shimchalaming qo'shilishi so'zning fonetik tarkibini o'zgartirmaydi. Masalan: tin + ch + lik = tinchlik, bola + lar + ingiz + dan = bolalaringizdan kabi. Lekin ayrim so'zlarda qo'shimcha qo'shilishi natijasida so'zning tovush tarkibi o'zga- radi. Masalan: sust + ay = susay (tovush tushishi), so'ra + q = so'roq (tovush almashishi), u + ga = unga (tovush ortishi) kabi. Bu esa o'zbek tilida ham ba'zi so'zlarda flektiv til elementlari mavjud ekanligini ko'rsatadi. Qo'shimcha qo'shilishi natijasida so'zning tovush tarkibi o'zgarishiga fuziya (fleksiya) deyiladi. Bexabar so'zida agglyutinativ til xususiyati buzilgan, chunki so'z yasovchi be- qo'shimchasi asosdan (xabar) oldin qo'shilgan, o'yna so'zida ham agglyutinativ til xususiyati buzilgan, chunki asosga -a qo'shimchasi qo'shilishi natijasida so'z asosida tovush tushishi ro'y bergan: o‘y[n +a = o'yna. Qo'shimcha qo'shilishi bilan ba’zan asosda quyidagi tovush o'zgarish ro'y berishi mumkin. Tovushtushadi:past + ay-pasay,sust + ay-susay, o'rin +a-o‘ma kabi. Tovush almashadi: ong + la- angla, sort + a - sana, quvna + q - qu- vnoq kabi. Tovush orttiriladi: u + ga - unga, shu + da - shunda, bu + dan - bunday kabi. ASOSGA QO'SHIMCHALARNING QO'SHILISH TARTIBI O'zbek tilida ko'makchi morfemalar, ya’ni qo'shimchalar yetakchi morfemaga undan keyin kelib ulanadi. Masalan: zamon - dosh zamondosh - lar zamondoshiar - im zamondoshlarim - ga So'zning ma’noli qismlari ma’lum tartibga ega. Asosga avval so'z yasovchi qo'shimcha, so'ng lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha, eng oxirida esa sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar qo'shiladi. Ulaming joylashishi quyidagicha bo'ladi: Asosiy tartib: asos + so'z yasovchi qo'shimcha + lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha + sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha Masalan: kitob - xon - lar - ga so'zida kitob - asos, -xon — so'z yasovchi qo'shimcha, -lar- lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha, -ga - sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha. Asosga so'z yasovchi qo'shimcha, shakl yasovchi qo'shimchalar ikkitadan qo'shilsa, ular ketma-ket ulanadi, yuqoridagi tartib buzilmaydi. Masalan: mulk-dor-lik, bil-im - li, jo'sh - qin - lik, ko‘k-ish - roq, ket -a — yotir - man, sinf - dosh - lar - im- dan, bor - a - yotgan - ingiz - ni, varaq - la -sh- ni kabi. Forscha so‘z yasalish qolipi: so'z yasovchi qo'shimcha + asos Ba’zi sifatlarda sifat yasovchi old qo'shimchalar asosdan oldin keladi. Masalan: ser-suv, no - to'g'ri, be - ma’ni, ba T davlat kabi. Bu qo'shimchalar old qo'shimchalar deyiladi va so'zga asosdan oldin qo'shiladi. Ular o'zbek tiliga fors-tojik tilidan o'zlashgan. Old qo'shimchalarga be-, bo-, ba-, ser-, no-, bad-, bar- qo'shimchalari kiradi: bexabar, boxabar, basavlat, serunum. noo'rin, badfe’l. barkamol. Nodon so'zi asos va qo'shimchaga ajratilmaydi, chunki o'zbek tilida don so'zi mustaqil qo'llansa ham, nodon so'zida ifodalagan ma’noni bera olmaydi, shuning uchun bu so'z o'zbek tiliga tayyor holda o'zlashgan tub so'z hisoblanadi. Arabcha so'z yasalish qolipi: asos + so'z yasovchi qo'shimcha Otlarda -ot, -at qo'shimchalari, sifatlarda -iy, -viy qo'shimchalari, ravishlarda -an qo'shimchasi o'zbek tiliga arab tilidan o'zlashgan. Bu qo'shimcha faqat arabcha so'zlarga qo'shilib, yangi so'z yasaydi. Demakki, so'z ham, yasovchi qo'shimcha ham arab tilidan o'zlashgan. Bu qolipdagi so'zlami asos va qo'shimchaga ajratishda e'tiborli bo'lish kerak. Agar so'zning asosi o'zbek tilida mustaqil qo'llansa, asos va yasovchi qo'shimchaga ajratiladi: oila - viy, kamol- ot, inson - iy- at, majbur- an, vijdon - an, devor - iy kabi. Agar so'zning asosi o'zbek tilida mustaqil qo'llanmasa, u holda asos va so'z yasovchi qo'shimchaga ajratilmaydi, tub so'z sifatida qaraladi: siyosat, siyosiy, madaniy, ma’naviy, nabotot, ma’nan kabi. .O‘zgargan tartib: asos + lug'aviy shakl yasovchi+so'z yasovchi Ba’zi yasama ot va sifatlarda so'z yasovchi qo'shimchadan oldin lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchaning kelishi kuzatiladi. Masalan: ist - t - ma, isi - t - kich, qayna -1 - ma, maqta - n - choq, yashir -in- cha, ye - yish - li kabi. Shuni unutmaslik kerakki, bunday yasalish qolipida so'z yasovchi qo'shimchalardan oldin keladigan lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar, asosan, fe’l turkumida uchray- digan nisbat va fe’lning vazifa shakllari hisoblanadi. O'zlik, majhul, orttirma nisbat qo'shimchalari so'z yasovchi qo'shimchalardan oldin qo'shiladi. Masalan: O'zlik nisbati: maqta - n - choq, yashir - jn - cha, kuy — in — ehak kabi. Majhul nisbat: qur — i!—ma, qaz — il—ma. yon — H — g‘i, yoq — i! — g'i, qo‘l - la - n ma kabi. Orttirma nisbat: isi — t—ma, isi — t—kich, ko‘r - sat - ma, ko'r -sat- kich, ko'r - aaz- ma, sovi—t —gich, muz—la—t—gich, ili-t-ma, ivi—t—ma, qaqsha-1-qich, qayna -1 - ma, bos - tir - ma, o‘ch - it - g'ich, qisqa - r -1 - ma, ko'p - ay -1 - ma, tarqa-1- makabi. Fe’lning vazifa shakllaridan sifatdosh va harakat nomi qo'shimchalari so'z yasovchi qo'shimchalardan oldin qo'shiladi. Masalan: Sifatdosh: yet - ar - li, zerik-ar-li, qiziq—ac—li, es—la—gan—lik, ayt-ar-li kabi. Harakat nomi: ye - yjsh - li, o'qi — sh — li kabi. Ba’zi so'zlarda asos + so'z yasovchi + lug'aviy shakl yasovchi + so'z yasovchi ko'rinishi kuzatiladi. Masalan: es - la - gan - lik, qisqa - t -1 - ma, ko'p - ay -1 - ma, muz — la — t—gich kabi. O‘zgargan tartib: asos + sintaktik shakl yasovchi + so'z yasovchi Masalan: o'z - i - cha, o'z - im - cha, atrof — da — gi, uy — da — gi kabi. Birinchi, ikkinchi so'zlarda -i, -im - egalik qo'shimchalari, 3-, 4-so‘zlarda esa -da kelishik qo'shimchalari bo'lib, ular sintaktik qo'shimchalar hisoblanadi va so'z yasovchi qo'shimchalardan oldin qo'shilgan. Umuman olganda, asosga qo'shimchalaming qo'shilishida o'ng qo'l qoidasiga rioya qilinadi, ya'ni qo'shimchalar asosga ketma-ket chapdan o'ngga qarab qo'shilib boradi. OLD QO'SHIMCHALAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI O'zbek tili asrlar davomida arab, fors-tojik hamda rus tillari bilan O'zaro aloqada yashab keldi. Buning natijasida tilimizga o'sha tillarga xos yasalmalar va so'z yasalish qolipi ham o'zlashdi. Shulardan biri old qo'shimchali so'zlar va old qo'shimchalar hisoblanadi. Ular tilimizga fors-tojik. tilidan kirgan bo'lib, asosan, sifat turkumida uchraydi. Bular quyidagilar: ba-: batafeil, badavlat, bahaybat; be-: bexavotir, beg'ubor, befarosat; no-: noumid, noqulay, norozi; ser-: sergap, serzavq, serhosil. Shuningdek, kam qo'llanuvchi badfe’l. badiahl. badnafs. xushxabar. xushro'y, xushvaqt, hamfikr. hamshahar. hamsuhbat singari so'z yasalishi holatlari ham mavjud. ba-, ser- qo'shimchalari, asosan, otga qo'shilib asosdan anglashilgan belgi-xusu- siyatning me’yordan ortiq, ko'p ekanligini bildirsa; be-, no- qo'shimchalari xuddi shu narsalarga egamaslikni anglatadi. Qiyoslang: baquvvat, serma'no - behavo. noo'rin. Mazkur qo'shimchalar -li, -siz, -dor qo'shimchalari bilan sinonimik munosabatda bo'ladi. Masalan: badavlat - davlatli beqiyos - qivossiz. noo'rin - o'rinsiz. sertashvish - tashvishli. Ba’zi so'zlarda mazkur qo'shimchalami sinonimlari bilan almashtirib bo'lmaydi. Masalan: Nomard (mardsiz tarzida ishlatib bo'lmaydi) bo'lib ko'pga kirguncha mard bo'lib o'lgan yaxshi. Serdaraxt (daraxtli tarzida ishlatib bo'lmaydi) qishloqni sel olmas. be- qo'shimchasini ba'zi so'zlarda -siz qo'shimchasi bilan mutlaqo almashtirib bo'lmaydi. O'zaro sinonim bo'lgan bu qo'shimchalar qo'shilganda so'zlaming lug'aviy ma’nosi o'zgarib ketadi. Masalan: bebosh - boshsiz. bechora - chorasiz kabi. QO'SHIMCHALARDA SHAKLDOSHLIK Shakldoshlik nafaqat leksemalarga, balki qo'shimchalarga ham xos xususiyat sanaladi. Qo'shimchalaming ayrimlari ifodalanishiga ko'ra aynan bir-biriga o'xshasa ham, mazmun-mohiyati bilan keskin farqlanadi. Shakli bir xil, vazifasi har xil qo'shimchalarga shakldosh qo'shimchalar deyiladi. Masalan, -in qo'shimchasi ot, sifat, ravish yasaydi (ot, sifat, ravish yasaganda so'z yasovchi qo'shimcha vazifasini bajaradi), fe'lning o'zlik va majhul riisbatini(fc’\ nisbatini yasaganda lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha vazifasini bajaradi) yasaydi. ot sifat ravish fe’l nisbati tiqin to'lin ostin-ustin ilin yig'in erkin birin-ketin ko'rin chaqin yashirin qishin-yozin qilin Bunday qo'shimchalar o'zbek tilida ko'plab uchraydi. -ma, -chi, -li, -dor, -ch, -(i)sh, -ar, -ik, -ish, -qin, -choq, -(a)y, -siz kabi qo'shimchalami bunga misol qilib keltirish mumkin. Shakldosh qo'shimchalar quyidagi ko'rinishlarda uchraydi: So'z yasovchilar doirasida, ya’ni so'z yasovchi qo'shimcha so'z yasovchi qo'shimcha bilan shakldoshlik hosil qiladi: qalamdon (ot) - qadrdon (sifat) toshqin (ot) - jo'shgjn (sifat) tepjg (ot) - kechkj (sifat) qatlama (ot) — bo'g'nia (sifat) o'rog (ot) - qo'rqog (sifat) yoshlik (ot) - qishjjk (sifat) yuzsjz (sifat) - so'zsjz (ravish) yugurik (sifat) - ko'rik (ot) - birik (fe'l) sinjg (sifat) - chizjg (ot) - zorig (fe’l) yona'in (ot) - oza'in (sifat) sezgi (ot) - kuzgi (sifat) tarog (ot) - tarqog (sifat) tutatgi (ot) - sayrogi (sifat) yutug (ot) - yumuq (sifat) quvonch (ot) - tinch (sifat) suyanchiq (ot) - qiza'anchiq (sifat) biljm (ot) - ayrim (sifat) So'z yasovchi qo'shimcha so'z shakli yasovchi qo'shimcha bilan shakldosh bo'ladi: kelinchak (erkalash, hurmatlash shakli) - erinchak (sifat yasovchi) gapirma (fe’lning bo'lishsiz shakli) - burma (sifat yasovchi) yuzlab (chama son shakli) - haftalab (ravish yasovchi) qizcha (kichraytirish shakli) - erkakcha (ravish yasovchi) Bamoxon (hurmat shakli) - kitobxon (ot yasovchi) do'sti (egalik qo'shimchasi) - boyi (fe’l yasovchi) Har qanday holatda so'z shakli yasaydi: oaish (ozaytirma shakli) - keljsh (harakat nomi) otam (egalik shakli) - ko'rdim (shaxs-son shakli) ukang (egalik shakli) - hording (shaxs-son shakli) Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling