O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
SIFAT YASOVCHI QO'SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- -li, -dor, ba-.ser
- Quyidagi yasama sifatlarning yasalishini esda saqlang
SIFAT YASOVCHI QO'SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI
-li, -dor, ba-.ser- qo'shimchalari asosda ifodalangan belglga egalikni bildiradi. Bu qo'shimchalar (-mand qo'shimchasidan tashqari asosda) ifodalangan bel- giga ega emaslikni bildiruvchi no-, -siz, be- qo'shimchalari bilan zid ma'nolidir: suvjj, serunum, badavlat, davlatmand. gi (-ki) qo'shimchasijiavt bildiruvchi otlarga qo'shilib paytga xos belgini bildiruvchi sifatlar yasaydi: kuzgi, qishki; -simon qo'shimchasi o'xshashlik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi: aulsimon. sharsimon: -(v)iy qo'shimchasi xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi: ilmiy, devoriy, oilaviy, samoviy. -ma qo'shimchasi. Fe'lga qo'shilib, harakat natijasini bildiruvchi sifat hosil qiladi: qaynatma (qaynash natijasida hosil qilingan) sho'rva, burama (burash harakati ba- jariladigan) soat kabi. ag'on qo'shimchasi. Fe'lga qo'shilib, belgining ortiqligini ifodalaydi: bilag'on bola, tepag'on ot kabi. -k, -q, -ik, -iq, -uk, -uq, -oq, -ak qo'shimchalari. Fe'lga qo'shilib, harakat natijasini bildiruvchi sifat hosil qiladi: teshik, suzuk, yumuq, ochiq, qochoq, chirik kabi. -kin, -gin, -qin, -gun, -g'un qo'shimchalari. Fe’lga qo'shilib, holat ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi: keskin, qizg'in, ozg'in, sotqin, jo'shqin, tushkun, horg'in kabi. -gir, -kir, -g'ir, -qir, -qur, -g'ur qo'shimchalari. Fe’lga qo'shilib, belgining ortiqligini ifodalaydi: sezgir, olg'ir, o'tkir, keskir, bo'lmag'ur, uchqur kabi. ba-, bo-, ser-, no- qo'shimchalari fors-tojik tilidan kirgan va ularo'zakdan keyin emas, balki oldin qo'shiladi. Shuning uchun bunday qo'shimchalar old qo'shimchalar deyiladi: badavlat, boobro', §grunum, noto'g'ri; -gi (-ki) qo'shimchalari ot va ravishlardan sifat yasaydi: kuzgi, qishki - otdarr, bugungi, dastlabki - ravishdan yasalgan; no- qo'shimchasi sifatdan sifat yasaydi: noto'g'ri. Esda saqlang: -gi qo'shimchasi ko'pincha o'rin-payt qo'shimchasini olgan ot- lardan sifat yasaydi. O'quvchilar shuning uchun bu qo'shimcha bilan sifat yasalishini e’tibordan chetda qoldiradilar: atrofdagi, uydagi, sohasidagi, maktabdagi kabi. Bunday sifatlarga qayerdagH emas, qaysi? deb so'roq beriladi. Uydagi gullar - qaysi? gullar. Uydagi so'zi yasama sifat hisoblanadi. Quyidagi yasama sifatlarning yasalishini esda saqlang: -q: issiq = isi + q, achchiq = achi + q, qiziq = qizi + q, ’ sovuq = sovi + q, quruq = quri + q, qaynoq = qayna + q, quvnoq = quvna + q, mudroq = mudra + q, tarqoq = tarqa + q, iliq = ili + q, oqsoq = oqsa + q, yaltiroq = yaltira + q, porioq = porla + q, titroq = titra + q, shildiroq = shildira + q -k: chirik = chiri + k, chuchuk = chuchi + k -iq: tiniq = tin + iq, siniq = sin + iq, qisiq = qis + iq, to'liq = to'l + iq, bo'liq = bo'l + iq, bosiq = bos + iq, bo'g'iq = bo'g'+ iq, o'siq = o's + iq, cho'ziq = cho'z + iq, oshiq - osh + iq, ortiq = ort + iq, osiq = os + iq, ochiq = och + iq, pishiq = pish + iq, yirtiq = yirt + iq, qavariq = qavar + iq yoyiq = yoy + iq, yopiq = yop + iq, o'yiq = o'y + iq, to'ziq = to'z + iq -ik: o'lik = o'l + ik, so'nik = so'n + ik, egik = eg + ik, yugurik = yugur + ik, bukik = buk + ik -uk: suzuk = suz + uk -uq: yumuq = yum + uq, yuluq = yul + uq, buzuq = buz + uq, uzuq = uz + uq , roq: qoloq = qol + oq, qochoq = qoch+oq, qo'rqoq = qo'rq + oq, baqiroq = baqir+oq , -qj: -spyroqi = sayra + qi, yig'loqi = yjg'la + qi, q'ynpqi, = o'yna + qi, vaysaqi = vaysa + qi -qin: sotqin = sot + qin, to'sqin = to's + qin -qoq: qochqoq = qoch + qoq, tirishqoq = tirish + qoq, urishqoq = urish + qoq, uyushqoq = uyush + qoq, yopishqoq = yopish + qoq, burishqoq = burish + qoq -ri: egri = eg + ri, bukri = buk + ri -qir: chopqir = chop + qir, topqir = top + qir -qur: uchqur = uch + qur -kir: o'tkir = o't + kir, keskir = kes + kir -g‘ir: olg'ir = ol + g'ir, o'zg'ir = o'z + g'ir -g‘in: ozg'in = oz + g'in, so'lg'in = so'l + gin -g‘un: buzg'un = buz + g'un, uyg'un = uy + g'un, tuyg'un = tuy + g'un Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling