O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


Gap tarkibidagi so'zlar ham ma’no tomondan, ham grammatik tomondan o'zaro bog'lanadi


Download 0.61 Mb.
bet85/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

Gap tarkibidagi so'zlar ham ma’no tomondan, ham grammatik tomondan o'zaro bog'lanadi.
Biz morfoiogiya bo'limida o'rgangan kelishik, egalik, son, shaxs-son qo'shimchalari, shuningdek, ko'makchi va bog'lovchilar sintaksisda so'zlami o'zaro bog'lash uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda gapdagi so'zlar tartib va ohang yordamida ham o'zaro bog'lanadi. Masalan, Oq paxtaiar ochildi, Terayiik quvnab-quvnab. Bu gapda oq va paxtaiar so'zlari bir-biri bilan so'z tartibi orqali bog'langan.
Har bir gap biror maqsad-mazmunni ifodalaydi. Og'zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo'ladi. Ohang, ayni vaqtda, gaplarni bir-biridan ham ajratib turadi.
Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so'z (Kuz. Tong.) yoki so'z birikmalari- ni tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr-maqsad anglashiladi: Ko'm-ko'k dala. G'arbiy chegaralardan biri.
Ayni bir sodda gapning ohangini o'zgartirish orqali ba'zan uch xil mazmun ifodalash mumkin:
Buvijonim keldilar. — xabar
Buvijonim keldilar! - his-hayajon
Buvijonim keldilar? - so'roq
Yozma nutqda ana shu ohangga qarab bir gap oxiriga yo nuqta, yo so'roq, yo undov belgisi qo'yiladi.


GAPNING IFODA MAQSADIGA KO'RA TURLARI. DARAK GAPLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Har bir gapda ma'lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So'zlovchi biror narsa, voqea-hodisa haqida xabar qiladi yoki o'ziga noma'lum bo'lgan narsa va voqea-hodisalar to'g'risida ma’lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish bo'yicha buyruq-xitobni bildiradi. Gapiar ana shu maqsadlariga ko'ra turiicha quriladi: o'ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo'lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi. So'zlovchining so'zlash maqsadiga xoslangan gap turlariga gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari deyiladi.
Ifoda maqsadiga ko'ra gapiar: 1) darak gapiar, 2) so'roq gapiar, 3) buyruq gapiar, 4) istak gaplarga bo'linadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling