O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


ERGASHGAN QO'SHMA GAPLARNING SODDA GAPLAR BILAN MA’NODOSHUGI


Download 0.61 Mb.
bet93/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

ERGASHGAN QO'SHMA GAPLARNING SODDA GAPLAR BILAN MA’NODOSHUGI
Tarkibida ko'rsatish olmoshi mavjud bo'lgan ergashgan qo'shma gapiar tegishli sodda gapiar bilan ma'nodosh bo'la oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo'lagi o'miga qo'yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin. Masalan: 1. Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi - Ko'p o'qigan ko'p biladi.
Shuni bilingki, kengga keng, torga tor dunyo - Dunyoning kengga keng, torga torligini biling. 3. Eshitdimki, kecha kelibsiz- Kecha kelganingizni eshitdim. 4. Yaxshi odatingiz shuki, barvaqt turasiz - Yaxshi odatingiz barvaqt turishdir. 5. Qachon so'rasangiz, dar- rov javob beradi - So'ragan vaqtingizda darrov javob beradi. 6. Kim testni bir daqiqada yechsa, 5 ball oladi - Testni bir daqiqada yechganlar 5 ball oladi. 7. Shunday ish qilingki, pushaymonlik keltirmasin - Pushaymonlik keltirmaydigan ish qiling. 8. Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan - Oila a’zolari bir-biri bilan ittifoq ekanini sezdim. 9. Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin - Men siz ishonch bildirgan kishini sherik qilib olishim mumkin. 10. Shunga xursandmizki, bolalar o'z yo'lini topib ketishdi - Bolalar o'z yo'lini topib ketishganiga xursandmiz. 11. Kim ko'p bilsa, u kamgap bo'ladi - Ko'p bilgan kamgap bo'ladi. 12. Tilagimiz shuki, hammangiz el xizmatiga kamarbasta farzandlar bo'linglar - Tilagimiz hammangiz el . xizmatiga kamarbasta farzandlar boiishingizdir. 13. Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug'roq ne’mat yo'q - Dunyoda tinchlikdan ulug'roq ne’mat yo'qligini biling. 14. Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson yengib oladi - Mustaqil fikr yuritmaganni boshqalar oson yengib oladi.
Juda muhim. Havola bo'lakli qo'shma gaplarni doimo sodda gapga aylantirish mumkin, chunki qo'shma gapning ergash gap qismi bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshining umumiy mavhum ma'nosini konkretlashtirish, izohlash vazifasini bajaradi. Shuning uchun ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi o'rniga qo'yish fiiumkin bo'ladi. Natijada ergash gap bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi bajargan gap bo'lagi vazifasini bajaradi. Qo'shma gap esa sodda gapga aylanadi.
Masalan, Kim mehnatdan qochmasa, unga tole kulib boqadi - Mehnatdan qoch- maganga tole kulib boqadi; Shunga aminmanki, ertamiz bugungidan porloqroq bo'ladi
Ertamiz bugungidan porloqroq bo'lishiga aminman.
Juda muhim. Ko'rinadiki, bir axborotni ikki xil gap - sodda va qo'shma gap orqali ifodalash mumkin.
Garchi gapning bu ikki turi bir xil mazmun ifodalash jihatidan umumiylikni tashkil stsa ham, lekin ular ma'noni ta’kidlash, uslubiy xoslanish jihatidan farq qiladi. Havola bo'lakli qo'shma gapiar ko'proq kitobiy uslubga xos va sodda gaplardagiga nisbatan ma’no ta’kidlangan bo'lsa, sodda gapiar uslubiy betaraflik xususiyatiga ega bo'ladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling