O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


UYUSHGAN BO'LAKLARNING SHAKLLARI VA ULARDA TENG BOG‘LOVCHILARNING QO'LLANILISHI


Download 0.61 Mb.
bet89/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

UYUSHGAN BO'LAKLARNING SHAKLLARI VA ULARDA TENG BOG‘LOVCHILARNING QO'LLANILISHI
Navoiy
Men Bobuming asarlarini sevib o'qiyman.
Mashrab
Esda saqlang: Uyushgan bo'laklarning xarakterli xususiyati shundaki, ular bir xil grammatik shaklda bo'ladi.
Bu grammatik shakllaming qo'llanilishi ikki xil:
Grammatik shakllar uyushgan bo'laklarning har birida takrorlanadi:
Yam-yashil vohalarga, Badiiy lavhalarga, She’riy sarlavhalarga Boy
ekansan, Farg'ona.
Bunday vaqtda uyushgan bo'laklarning har biri ta’kidlangan bo'ladi.
Grammatik shakllar uyushgan bo'lakning eng oxirida qo'llanilib, hammasi uchun tegishli bo'ladi:
Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo'lishdi.
Bunday vaqtda sanalayotgan bo'laklarning har qaysisi ta'kidlanmaydi, balki sanab ko'rsatiladi.
Esda saqlang: Uyushgan bo'laklar o'zaro teng bog'lovchilar, bog'lovchi vazifasidagi yordamchi so'zlar [ham, -u (-yu), na... na... yuklamalari, bilan ko'makchisi) va sanash ohangi yordamida bog'lanadi.
Uyushgan bo'laklar biriktiruv bog'lovchisi bo'lgan va, hamda, bog'lovchi vazifasidagi bilan yordamida bog'langanda ular ko'pincha takrorlanib keladi. Masalan: Adol bilan
o ‘yinchi Sora; Asal bilan quvnoq Ruxsora... Bunday vaqtda uyushgan bo'laklar orqali shaxs, predmetlarning guruh-guruh ekani ifodalanadi.
Ana shunday ma'no ifodalanganda va, hamda, bilan bog'lovchilari bir-biri bilan erkin almashinib keladi.
va, hamda, bilan bog'lovchilari ikkidan ortiq uyushgan bo'laklar tarkibida bir marta qo'llansa, uyushiq bo'laklarning oxirgi juftligi orasida keladi va sanashning tugallanganini bildiradi: Bog'imizda o'rik, shaftoli, gilos va olmalar bor.
Uyushgan bo'laklar ikki a'zodan iborat bo'lib, biriktiruv munosabatini bildirsa, bu a’zolar o'rtasida va, bilan, -u (-yu) bog'lovchilari ishlatiladi. Qiyoslang: Bir sevgikim, jon berur tanga, Faqat Zaynab-u Omonlarga xos. Bu yerda Zaynab-u Omonn Zaynab va Omon, Zaynab bilan Omon deb ishlatish mumkin.
Uyushiq bo'laklar otlar bilan ifodalanganda va, hamda, bilan o'zaro almashinadi. Fe’llar bilan bog'langanda esa va, hamda, -u (-yu) o'zaro almasha oladi, lekin va c rniga bilanm qo'yib bo'lmaydi. Qiyoslang: keldi va ketdi - keldi-yu ketdi.
Uyushiq bo'laklar o'zaro sanash ohangi yordamida bog'lanib, ulardan har birining ma'nosi ta’kidlanganda har bir bo'lak oxirida ham, yuklamasi qo'llaniladi: Sen ham, u ham farishta emas.
Uyushgan bo'laklar o'zaro ayiruv munosabatida bo'lganda ular o'rtasida yo, yoki, yo-yo, ba’zan-ba’zan, dam-dam singari bog'lovchilar qo'llaniladi. Masalan, yo kitob, yo ruchka olaman.
Esda saqlang: Yo, yo-yo, yoki bog'lovchilari uyushgan bo'laklardan birini tasdiqiab, ikkinchisini esa inkor etib bog'laydi.
Masalan: Yo kitob, yo ruchka olaman gapida kitob olsa, ruchka olmaydi, ruchka olsa, kitob olmaydi.
Ba’zan-ba’zan, dam-dam, goh-goh kabi bog'lovchilar yordamida bog'langanda esa uyushgan bo'laklarning navbatma-navbatligi ifodalanadi. Qiyoslang: Goh o'ynaydi, goh yig'laydi. Ana shunday ma’no ifodalanganda ba’zan-ba’zan, dam-dam, goh-goh kabi bog'lovchilar bilan o'zaro almashinib keladi.
Uyushgan bo'laklar o'zaro zidlik munosabatida bo'lganda ular o'rtasiga zidlov bog'lovchilari (ammo, lekin, biroq) qo'yiladi. Masalan: Hammasini tinglardim, ammo o'xshashini topmasdim aslo.
Na... na... uyushgan bo'lakli gapning kesimi tasdiq shaklida bo'lganda ham, inkor shaklida bo'lganda ham qo'llanaveradi. Agar uyushiq bo'lakli gap kesimi tasdiq shaklda bo'lsa, na... na... uyushgan bo'laklami o'zaro bog'lash va gapni inkor gapga aylantirish vazifasini bajaradi. Aksincha, gapning kesimi inkor shaklida bo'lsa, na... na... uyushgan bo'laklami o'zaro bog'lash va ulaming ma'nosini ta’kidlash vazifasini bajaradi.
Qiyoslang: Na Salim, na Karim keldi- Na Salim, na Karim kelmadi.

UYUSHIQ KESIM


Kesimning uyushishi (uyushiq kesimli gap) - gap tarkibida ikki va undan ortiq atov birliklari (so'z, ibora, so'z birikmalari) bilan ifodalangan kesim bo'lib, kesimni shakllan- tiruvchi vositalar faqat keyingi kesim tarkibida ifodalanib, barchasiga aloqador bo'lgan ko'p kesimli gap. Uyushiq kesimlar bitta bajaruvchiga - egaga aloqador bo'lishi zarur hali yelpig'ichini izlagan, hali deraza tabaqalarini ochgan bo'ldi.
Siz a'lochi va jamoatchisiz - uyushiq kesim.
Siz a'lochisiz va jamoatchisiz - qo'shma gap.
Biz harbiy uchuvchi va vatan posbonlari bo'lamiz- uyushiq kesim.
Biz harbiy uchuvchi bo'lamiz va vatan posbonlari bo'lamiz - qo'shma gap.
Shakllangan, ya’ni kesimlik shakllari (tasdiq, inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolari)ga ega kesim alohida bir hukmni ifodalaydi, muayyan gap markazini tashkil eta oladi. Shuning uchun ikki va undan ortiq shakllangan kesimli gapiar qo'shma gapiar sanaladi.

UYUSHIQ EGA


Bir sodda gap tarkibida birdan ortiq ega qator kelishi mumkin. Sodda gap kesimiga bir xil munosabatda bo'lib, sanash ohangi bilan aytiluvchi birdan ortiq eganing ket- ma-ket kelishi uyushiq ega hisoblanadi. Uyushiq egalar bir-biri bilan sanash ohangi yoki bog'lovchilar orqali bog'lanadi: Bu yeming ob-havosi, iqlimi va sharoiti yaxshi edi. Siz bilan biz oddiy haqiqatni tushunmagan ekanmiz. Bir necha qo'sh ho'kiz, ot, omoch- bo'yinturuqlar ham shular nomiga yozildi. Pulemyot, miltiqlarning ovoziga xotin-xalaj, bola-chaqalarning yig'isi, dod-voyi qo'shilib ketdi.
Mashq. Ko'chiring. Uyushgan egalarni toping, ular qaysi so'z turkumi bilan ifoda- langanini ustiga yozing.
Bular orasida muloyimlari ham, bezbetlari ham, shirinso'zlari ham, to'nkamijozlari ham bo'lardi. 2. Mardonaga nisbatan uyg'ongan nafrat va zulm o'ti azob otashidan ustun keldi. 3. Dard xurujidan xoli bo'lganida Mahmud akasining ko'ziga qaraboq noxushlik hamda ko'ngilsizlik yuz berganini anglarmidi... 4. Hozir ayni damda shu zulm va adovat tikanlari ilk nishona mevasini berdi 5. O'choqqa chiqishga ijozat berilgani haqidagi xabar aytilganiga qadar ham Orzubek va Chuvrindi shu xildagi gaplarni ga­pirib o'tirishdi. 6. Adang ham, men ham yana o'n yil yashaymizmi, yuz yilmi, baribir, bir kuni o'tamiz. 7. Aqlli odam, esli odam hech qachoh adashmaydi. 9. Kesakpolvon bilan yigit yarim soatlardan keyin chiqishdi. 10. Turkistondan imon uzoqlashdi; oqibatda mustahkam bir davlatning yarmini Urusiya va Xitoy egallab oldi. Hozirgi har ikki davlat- ning qizil bayroqlari musulmon laming qoni va joni ila qizarmishdir. 11. Qani edi o'sha a^rlarga qaytilsa-yu, xorazmiylar, beruniylar, temurlar yetishib chiqsa.

UYUSHIQ HOL


Bir xil mazmun-munosabati (yo tarz, yo o'rin, yo payt va hokazo munosabatlarni) bir necha holning o'zaro sanash ohangi bilan teng bog'lanib kejishi uyushiq hoi deyiladi. Masalan: Tomlardan, ivigan devorlardan bug' ko'tarila boshladi. Qush goh ko'tarilib, goh pasayib bir joyda uchib turibdi. Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan qay- tishda ham uni qo'liga olar, suyar edi.
Uyushiq hollar turli turkumdagi, turli shakldagi so'zlar bo'lishi mumkin, lekin, albatta, bir xil mazmun-munosabatga ega bo'lishi shart. Qiyoslang:
Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. - Bu gapda ravishdosh (shovqin solib) va sifat (tinch) bilan ifodalangan hollar uyushgan.
U dam hazil bilan, dam jiddiy so'rardi. - Bu gapda ot (hazil bilan) va sifat (jiddiy) ifodalangan hollar uyushgan.
Podsho goh kulib, goh jiddiy, goh o'y bilan quloq solardi. - Bu gapda ravishdosh (kulib), sifat (jiddiy) va ot (o'y bilan) ifodalangan hollar uyushgan.
Bir sodda gap tarkibida yonma-yon, qator kelgan bir necha payt holi hamma vaqt uyushiq bo'lavermaydi. Masalan: U kecha ertalab biznikiga kelib ketdi gapida ikkita payt holi (kecha, ertalab) bor. lekin ular uyushiq emas: bundagi ertalab holi kecha holi ma’nosidagi paytni chegaralab, aniqlashtirib beradi.
Mashq. Uyushiq bo'lakli hollarni ko'chirib yozing.
U ko'chadan kiyimlari yirtilib, titilib kirdi. 2. Bu gapni eshitgach da’vogarlar bir-bir- lariga mo'ltillab, javdirab qarab qolishdi. 3. Bola qo'rqib chinqirib uyg'ondi. 4. Maktab- larda, oliy o'quv yurtlarida kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor berilmoqda. 5. Yosh yigit-qizlarimizning ishda, turmushda, oila va jamoa orasida o'z o'rnini topolmaslik holatlari ulaming jamiyatda o'z qadrini yo'qotishiga olib keladi. 6. Shahar ko'chalarida, bog'larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi. 7. Adang ham, men ham yana o'n yil yashaymizmi, yuz yilmi, baribir, bir kuni o'tamiz. 8. Jamiyatning moddiy hayoti qanchalik yuksak taraqqiy etgan bo'lsa, u ma’naviy madaniyatning boy, sermazmun bo'lishiga shu darajada ta'sir qiladi. 9. Milliy qadriyatlarimizning mazmuni va mohiyatini chuqur, batafsil o'rganishga harakat qilaylik. 10. Roziya buvi inqillab, sinqillab, bir amallab yetib keldi.

UYUSHIQ TO'LDIRUVCHI


Gapdagi ikki va undan ortiq to'ldiruvchi bir xil ma’noni (shaxsni yoki narsani) bildirib, bir xil shaklda (kelishik shaklida yoki ko'makchilar bilan) kelsa va sanash ohangiga ega bo'lsa, ular uyushiq to'ldiruvchilardir. Taram-taram olmalami, asl nashvatilar- ni, po'sti yupqa luchchak shaftolilami aytmaysizmi? Har xil ma’noni bildirgan, turli shakllarda kelgan to'ldiruvchilar uyushiq bo'lavermaydi. Masalan: Bu daftami senga oldim gapidagi daftami va senga to'ldiruvchilari uyushmagan. Chunki ulaming biri (daftami) narsa-buyum ma'nosini, ikkinchisi (senga) atalganlik ma'nosini ifodalaydi.
Mashq. O'qing. Uyushib kelgan to'ldiruvchilami toping, qanday ifodalanganiga va bog'langanligiga e'tibor bering.
1. Insonlar ongida ona tabiatga mehr, yer, suv, olovni e’zozlash ustuvor bo'lgan.
Olgan bilim va tajribangiz, odob-axloq, kasb-hunar bobidagi kamolingiz faqat yax- shilikka, bunyodkorlikka buyursin, avvalo. O'zingizga, butun el-yurtimizga baxt-u sao- dat keltirsin. 3. Respublikamiz maktablari o'quvchi hamda o'qituvchilarini darsliklar va o'quv qo'llanmalari bilan ta’minlashni ko'ngildagidek yo'lga qo'yaylik. 4. Qizlar urchuq bilan charxda ip yigirish, mato to'qish, liboslar tikishni ham bilishlari lozim («Avesto»).
Yurtni balo-qazodan himoya eta oladigan o'g'lonlarga, yaxshi kelajak, porloq hayotni ravshan ko'z bilan ko'ra oladigan pok niyat avlodlarga olqishlar bo'lsin («Avesto»). 6. «Avesto»da yigitlar kurash tushishni, chavandoz bo'lishni, mol boqa olishni, chorvani yirtqich hayvon va qaroqchilardan muhofaza qila bilishni o'rganishlari shartligi aytiladi.
Ona Vatanga muhabbat, xalq, millat birligi, uning kelajak istiqboli, hayot farovonligi va tinchligini dildan jo'shib kuyladilar (Gazetadan).
UYUSHIQ ANIQLOVCHILAR
Narsa-buyumlarning bir turdagi belgilarini bildirgan birdan ortiq aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilardir. Masalan: Bog'imizda oq, qizil, pushti gullar ochildi.
Shuningdek, bir narsa-buyumning turli belgilarini bildirgan birdan ortiq sifatlovchilar ham uyushiq aniqlovchilar sanaladi. Masalan: Chaqaloq kichkina, dumaloq va oppoq qo'llarini cho'zib menga talpinar edi.
Uyushiq aniqlovchilar o'zaro sanash ohangi bilan teng bog'lanadi va aniqlanmishga baravar tobe bo'ladi.
Qaratqich aniqlovchilar uyushib kelganda ulardagi -ning qo'shimchasi ba’zan barcha bo'laklarda saqlanadi, ba’zan esa oxirgi aniqlovchiga qo'shiladi, u oldingitariga ham taalluqli bo'ladi. Masalan: To'lqinning, Ozodaning va Shoiraning ukalari bog'chada tarbiyalanadilar- To'lqin, Ozoda va Shoiraning ukalari bog'chada tarbiyalanadilar.
Mashq. Ko'chiring. Gaplardagi uyushiq aniqlovchilami toping. Nutqda qanday ahamiyati borligini tushuntiring'
1. U to'qayzorda sassiq alaflarning, qamishlarning, gulni payhon qiluvchi to'ng'izlarning ko'pligidan ajablanmaydi. 2. Ikki kundan so'ng uning xonasiga hali yigirmaga to'lmagan qiz bilan yoshi ellikdan oshgan, odrni kiyingan, qotmadan kelgan ayol kirib keldi. Lining sho'xligi, o'yinqaroqligi bilinib turibdi. 3. Sochlari jingalak, rangi oq-sariqqa moyil, ko'zlari o'tkir boquvchi tabib yigit: «Nima gap? Qayeringiz og‘riyapti?»
deb ham o'tirmay, avval Zaynabnlng ikki kaftini ko'rdi, tirnoqlarini ohista ezdi, so'ng bilak tomirini ushlab, boshini quyi eggancha, nimanidir ziyraklik bilan tinglayotganday jim qoldi. 4. Bevaning, ayniqsa, tirnoqqa zor bevaning zorli, g'amli ohlariga tun qanday chidar ekan, zamin-u samo qanday chidar ekan?



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling