O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
KO'RSATISH OLMOSHLI ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- NISBIY SO‘ZLI ERGASHGAN QOSHMA GAPLAR
- HAVOLA BOLAKLI GAPLAR
KO'RSATISH OLMOSHLI ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR
Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gapiar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo'ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Ba’zan bu bo'lak qo'llanmasligi ham mumkin, ammo uning o'rni bilinib turadi. Misollar: 1. Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. 2. Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar past bo'ladi. 3. Aybingiz shuki, juda ko'ngilchansiz. 4. Odam borjg, odamlaming naqshidir, odam borki, hayvon undan yaxshidir. NISBIY SO‘ZLI ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR Ergash gap tarkibida qo'llanuvchi kim/ nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so'roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo'lib keluvchi shu, o'sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo'llangani, biri ikkinchisini taqozo etgani uchun nisbiy so'zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Misollar: 1. Kim harakat qilsa, u baraka topadi. 2. Kimnina ko'nali ochiq bo'lsa, unina el o'rtasidagi martabasi ulug' bo'ladi. 3. Siz Hindistonda neniki ko'rgan bo'lsangiz, shularning hammasini jam etib bir kitob yozmog'ingiz darkor. 4. Qalandarov yugurdagini «Eshonhoy!» deb chaqirganda, Saida qanchalik xursand bo'lgan bo'lsa, hujrani ko'rib shunchalik ta’bi tirriq bo'ldi. 5. Qayerda ahillik bo'lsa, o'sha verda yutuq bo'ladi. 6. VVm chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o'shaniki (kesim) bo'ladi. 7. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko'rsang, Tangri ham seni shunchalik (hoi) yaxshi ko'radi. 8. Nima ro'zg'orga kerak bo'lsa, dadam o'shani (to'ldiruvchi) bozordan keltiraverar edi. 9. Kjm birovga choh qazisa, unina fanialovchi) o'zi yiqiladi. 10. Qaverda ish to'g'ri yo'lga qo'yilgan bo'lsa, o'sha verda (hoi) rivojlanish bo'ladi. 11. Kimki boshqalarga rahm-shafqat qilmasa, unaa (to'ldiruvchi) ham hech kim rahm-shafqat qilmaydi. HAVOLA BO'LAKLI GAPLAR Qo'shma gap tarkibida faqat ergash gapgina bosh gapga ma'lum bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanib qolmaydi. Ko'pincha bosh gap tarkibida ham ergash gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo'lishiga ishora (havola) qiladigan ko'rsatish olmoshlari ishtirok etadi. Ergash gap shu olmoshining ma’nosini izohlaydi, uning ma’nosiga teng keladi. Masalan: Shunday odamlar borki, odamlarning naqshidir. Toleyim shuiki, Vatanda bir guliston tanladim. Kim ko'p kitob o'qisa, o'sha ko'p biladi. Havola bo'lakli qo'shma gapiarda havola bo'lak qanday gap bo'lagi vazifasida kelsa, ergash gap ham shunday gap bo'lagi nomi bilan yuritiladi. Esda saqlang: Yuqoridagi gapiarda shunday, shuiki, o'sha bo'laklarining mazmuni ergash gap orqali izohlanadi. Ular ergash gapga ishora qiladi. Shuning uchun bunday bo'laklar havola bo'laklar sanaladi. Bunday bo'laklar qatnashgan qo'shma gapiar esa havola bo'lakli qo'shma gapiar deyiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling