O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


KESIM ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR


Download 0.61 Mb.
bet94/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

KESIM ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR
Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap kesim ergash gap deyiladi.
Kesim ergash gap bosh gapga ko'rsatish olmoshi tarkibidagi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Misollar:
Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz.
Toleyim shuiki, jahonda bir guliston tanladim.
Muhammad Yusuf ijodining o'ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o'qiladl, sodda, xalqchil.
Buning natijasi shu bo'ldiki, To'laganning qanshariga musht tushdi.
Keragi shuki, bu miqqiyni ham boqish kerak.
Qizig'i shundaki, shu ko'rinishiga ovozi muloyim edi.
Eng yaxshi yo'l shuki, yaxshi do'st yor-u diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi.
O'tgan ota-bobolaming xulosasi shuki, shirin so'z odamlaming qalbini bog'lovchi zanjirdir.
Qisqa gap shuki, odam so'zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi.
Donolaming o'giti shundayki, so'zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir.
Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qayishmaydi.
Yutug'imiz shundaki, har birxodim o'z vazifasini biladi va uni vijdonan bajaradi.
EGA ERGASH GAPLI QO'SHMA GAP
Bosh gap tarkibidagi ega vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so'zlar (kim - o'sha, nima - o'sha yer) yoki bosh gap kesimi tarkibida qo'llanuvchi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi.
Gap qismlari nisbiy so'zlar yordamida bog'langanda ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
Gap qismlari -ki yordamida bog'langanda esa ega ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
Ba’zan bosh gapning egasi vazifasidagi ko'rsatish olmoshi qo'llanmasligi mumkin, ammo uning o'rni bilinib turadi.
Misollar:
Kim ilm urug'ini sepsa, u ulug‘lik mevasini teradi.
Shu narsa aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibatda qul sifatida kun kechiradi.
Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o'z faoliyatini to'xtatmaydi.
Kim izlansa, u, albatta, maqsadiga yetadi.
Kimki rostgo'y bo'lsa, u el o'rtasida qadr topadi.
Kim erta bahordan dalaga chiqib ter to'ksa, u kuzda mehnatining rohatini ko'radi.
Anvarga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda daraxtlar bir chiziq ustida saf turadi.
Bu savollardan ma'lum bo'ldiki, aybnoma uydirma emas.
Bir narsa aniqki, ahvol yomon.
Kimki taqdirga tan bersa, u hayot to'lqinida g'arq bo'lib ketadi.
Kimki birovga yomonlik qilsa, u shu dunyoning o'zidayoq jazosini ko'radi.
Kimki bardosh bersa, kurashsa, u baxtga yetadi.
Ko'ziga nima ko'rinsa, shu uni qiziqtira boshladi.
Kim devoming narigi tomonida bo'lsa, u omon qoldi.
Shunisi hayajonliki, men uning ko'zlarida zarracha ham yosh ko'rmadim..
Hayot qaysi biriga qattiq tegib ketea, o'shanisi kuchliroq tovush beradi.
TO'LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO'SHMA GAP
Bosh gap tarkibidagi to'ldiruvchi vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma'nosini izohlab keluvchi ergash gap to'ldiruvchi ergash gap deyiladi. Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so'zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo'llanuvchi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi.
Gap qismlari nisbiy so'zlar yordamida bog'langanda ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
Gap qismlari -ki yordamida bog'langanda esa to'ldiruvchi ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
Ba'zan bosh gapning to'ldiruvchisi vazifasidagi ko'rsatish olmoshi qo'llanmasligi mumkin, ammo uning o'rni bilinib turadi. Misollar:
Shu narsani esdan chiqarmangki, odam odam bilan uchrashadi, tog' tog' bilan uchrashmaydi.
Kimki bo'lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.
Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari ko'p o'qqa tutdi.
Bu o'rinda shuni aytish kerakki, qalandarovlarni o'sha davr hayoti yarata bosh­lagan edi.
Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring.
Bilingki, jim turib salomat bo'lish gapirib malomatga qolishdan afzal.
Shundan ehtiyot bo'lingki, birovning ota-onasini haqorat qilgan odam o'zining ota-onasini ham haqoratlagan bo'ladi.
Shuni anglamoq kerakki, ota-ona uchun farzanddan yaqinroq kishi yo'q.
Shuni hamisha yodingizda saqlangki, birovga yolg'on gapirish eng katta gunohdir.
Shuni unutmangki, do'stlar bilan suhbat qurmoq gullar orasida sayr qilmoqdan xushdir.
Asadbek yaxshi bilardi: Jamshiddek yigitni u endi topa olmaydi.
Buni esdan chiqarmang: shu ozod va obod Vatan barchamizniki.
Suyukli yigiti qayerda, mehribon ayachasining holi ne kechur- Dildor hech nima bilmaydi.
Shuni hamisha yoshlar esda tutsin - Mustaqiilik uchun, ozodlik uchun o'zbek xalqi sara farzandlarini qurbon qildi.
Shohga ma’lum qildilarki, navkarlar boshqa bir puldor beklar xizmatiga o'tib ketadi.
Hali kamchiliklarimiz ko'p, bundan ko'z yumib bo'lmaydi.
ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QO'SHMA GAP
Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap aniqlovchi ergash gap deyiladi. Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so'zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo'llanuvchi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi.
Gap qismlari nisbiy so'zlar yordamida bog'langanda ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
Gap qismlari -ki yordamida bog'langanda esa aniqlovchi ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
Ba’zan bosh gapning aniqlovchisi vazifasidagi shunday, shunaqa ko'rsatish olmoshlari qo'llanmasligi mumkin, ammo uning o'rni bilinib turadi. Misollar:
Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.
Kim birovga yaxshilik qilsa, uning obro'yi baland bo'ladi.
Katta arava qaysi yo'ldan yursa, kichik arava ham shu yo'ldan yuradi.
Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.
Bu suvni ichgandan so'ng kim yolg'on so'zlasa, uning qulog'i o'sib ketarmish.
Kim yalqov bo'lsa, uning qo'lida obod yer ham xarob bo'ladi.
Men senga shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham ko'rmagansan.
Kimning quroli bilim bo'lsa, uning kelajagi porloq.
Ayrim muammolar borki, ularni butun jahon xalqlari birgalashib hal qilishi kerak.
Ba’zi kamchiliklarimiz ham yo'q emas: darslarni sababsiz qoldiramiz va qimmatli vaqtimizni bekorga sarflaymiz.
Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo'tabar bo'lsin.
Bu shunday bir daraki, Rahimxon qirq ming askari bilan kelib yo'l topolmay ketgan.
Kimda-kim uni ko'rishga jur'afqilar ekan, uning kallasini oldiraman.
Kimdan xalqqa jabr-zulm sodir bo'lsa, u bizning dushmanimizdir,
Xalq qo'zg'alsa, kuch yo'qdirkim, to'xtatsin, quvvatyo'qkim, xalq istagin yo'q etsin.
HOL ERGASH GAPLI QO'SHMA GAP
Bosh gap tarkibida hoi vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi, sharti, payti, holati, miqdor-darajasi kabilami bildirgan ergash gap hoi ergash gap deyiladi.
Hoi ergash gapiar bosh gapga nisbiy so'zlar, shart mayli shakllari, sabab, shart, maqsad bog'lovchilari, deb so'zi yordamida bog'lanadi.
Hoi ergash gapiar holning ma’no turlariga muvofiq o‘z ichida payt, o'rin, sabab, maqsad, shart, miqdor-daraja ergash gapiar singari bir necha turlarga bo'linadi. Misollar:
tv Oqsoqol qayerda bo'lsa, o'sha joyda ish bir tartibda boradi.
Dutor chalib o'tirsam, tori uzilib ketdi.
Oyna opa xatni oxirigacha o'qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi.
Sizni qo'rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik.
Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding.
Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko'p ediki, so'rab oxiriga yetolmasday ko'rindi.
Qayerda ahillik bo'lsa, o'sha yerda qut-baraka bo'ladi.
8.o`simlikni qanchalik yaxshi parvarish qilsang, shuncha mo'l hosil olasan.
Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo'ladi.
Odamlar ishdan qolmasin deb, marosimni soat besh yarimga tayin etganmiz.
Sizni suvdan o'tkazib qo'ymasam, menga bergan noningiz harom bo'lg'ay.
Mehmonga borsang, mezbonga ko'proq yengNlik keltirishga intil.
Unga tomon qancha yursang, u sendan shuncha uzoqlashadi.
Qayerda janjalli ish bo'lsa, o'sha kishini ro'para qilamiz,
Qay vaqt uyga kirmay, ko'sak chuvib o'tirgan bo'ladi.
Qalb salomat bo'lsa, aql ham, fikr ham salomat bo'ladi.
Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam.
Yana ikki ko'z ham berdim, yov kelganda, ko'rsin deb.
BOG'LOVCHISIZ QO'SHMA GAP
Tarkibida sodda gapiar mazmunan bir-biri bilan bog'liq bo'lib, maxsus bog'lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog'langan qo'shma gapiar bog'lovchisiz qo'shma gapiar sanaladi.
Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul kabi tinish belgilari ishlatiladi.
VERGUL. Qo'shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo'ladigan voqea-hodisalami ifodalasa, ular orasiga vergul qo'yiladi:
Ruboiyni ichida o'qidi, yuzini tabassum qopladi.
Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo'naymiz.
Yana uvlar dahshat shamoli, Ko'kni qora bulut quchadi.
Yigitlar daraxtlaming ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar.
Kuz keldi, yig'im-terim boshlandi.
Yog’ib yubordi-da yomg'ir, nihoyat, osmon dil qulfini zaminga sochdi.
Bulbul sayrar, chumchuq chirqirar, Xabar berar asl zotidan.
Siddiqjon to'xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi.
Sabr biia bog'liq ish ochilur, Ishda oshiqqan ko'p toyilur.
Oyim endi o'rnidan turayotgan edi, eshik shahd bilan ochildi.
Havoochiq, quyosh ning iliq nuri qirov bosgan marzalardan yengil bug' ko'tariladi.
Kechasi shamol tindi, yo'l azobidan horigan kishilar qattiq uyquga ketdilar.
Qishloqlar bir-biriga o'xshamaydi, hammasining o'ziga xos arxitekturasi bor.
Uyning peshtoq shaklida qurilgan uchta tor-tor derazasi yerdan ancha baland ko'tarilgan, derazalaming xira oynalari quyosh nurida rang-barang tovlanadi.
Menga chiroq bermas edilar, sham sotib olishga pulim yo'q edi.
Quyosh tik ko'tarilgan, uning otashi yer yuzini yondirishga qasd qilgandek avjga mingan edi.
Yangi shahar ko'chalari quruq va toza, ilk bahor shamollari yoqimli esadi. Bir vaqt dasturxon yozildi, turli taomlar kirdi.
Sen o'g'limsan, xotining kelinim.
Sultonmurod o'zini chetga olishga tirishdi, xalq toiqini uni surib ketdi.
Yigit qulochkashlab ofitserning kallasiga solmoqchi edi, Ahmadjon qo'lini tutdi.
Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo'ynida uxlab qoladi.
Bora-bora ulaming ham ko'zi ochiladi, past-balandni ajratib olishadi.
Yer tosh qotgan, qor moylanmagan aravaday g‘ichirlaydi.«s<.
Yangi shahar ko'chalari quruq va toza, ilk bahor shamollari yoqimli esadi.
Bir vaqt dasturxon yozildi, turli taomlar kirdi.
1. IKKI NUQTA. Yordamchisiz bog'langan qo'shma gapiar tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikming sababini, natijasini bildirsa yoki keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikmi izohlab kelsa, kesimini to'ldirib kelsa, sodda gapiar o'rtasiga ikki nuqta qo'yiladi (1. Qo'shma gapda ikkinchi qism birinchi qismdan anglashilgan mazmunning ro'y berish sababini ko'rsatadi. 2. Qo'shma gapda ikkinchi qism birinchi qism tarkibidagi otni aniqlaydi):
Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz.
Orzum shul: o'chmasin yongan chirog'ing.
Mening bir jaydari falsafamdirshu: hargiz iltimosga kuning qolmasin.
Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo'llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari timdalandi.
Faqat bitta iltimos: bir bayt o'qiyman, shuni yaxshilab eshiting.
Tilmoch bitta qadam bosib eshikka tomon borarkan, aylanib orqasiga qaradi: keng zal bo'm-bo'sh, xuddi yetimchadek ko'rinadi.
Ko'm-ko'k yopiqli uzun stol ustida sud a’zolaridan birining ko'zoynak qutichasi qolib ketgan; zal o'rtasidagi og'zi ochiq pechdan o'tinning charsillab yongani eshitiladi.
Qayerdadir xo'roz qichqirdi: tong otishi yaqinlashgan.
Urilmoq ham foyda: pishiq bo'lasiz, tajriba hosil qilasiz.
Elning bir so'zi bor: o'zingga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma.
Saida bunga juda suyundi: demak, hisobotyuzasidan bo'ladigan muzokara juda qizg'in tus oladi.
Sizning qilayotgan ishingiz yomg'irga o'xshaydi: har bir tomchi don undiradi.
Choi undan balandroq keldi: men brigadirlikdan tushmayman deb chiqib ketdi.
Choi aqlli odam: unga o'rgatish ham mumkin, undan o'rganish ham mumkin.
Shu fe’llari yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar.
Bulami ko'rib hamma ishondi: Sobirjon bugun, albatta, g'alabaga erishadi.
Shoazim o'ng'aysizlanib yerga qaradi: hozir uning ko'ngliga bahs sig'mas edi.
Uning otasi bir yilda bog'ni yashnatib yubordi: yangi daraxtlar ekdi, go'zal gulzoriar yaratdi.
Bildi ota: foydasizdir qiynamoq.
Xushxabar olib keldim: gamizon yanchildi.
Osmonda na oy va na yulduz ko'rinadi: havo buzuq edi.
Axir, shu qarorga keldilar: bolalami buvimga topshiradigan va akam o'zi bilan shaharga olib ketadigan bo'ldi.
Dam o'tmay Chotqol yonbag'iriaridagi go'zal vohada oqshom o'z husn-jamolini namoyon etdi: shahar va qishloqlarda yulduzsimon elektr chiroqlari ko'zni qamashtirib poriadi.
Bugun havo ochiq: derazalami lang ochib qo'ysa ham bo'ladi.
Suv keldi: giyoh bitmas cho'llar obod bo'ldi.
Borliq jim: har bitta darchada zangori shu’lalar porlaydi.
Elning bir so'zi bor: o'zingga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma.
TIRE. Yordamchisiz bog'langan qo'shma gapiar tarkibidagi sodda gaplaming mazmuni bir-biriga zid bo'lsa, birinchi gapning mazmuni ikkinchi gapning mazmuniga o'xshatilsa, birinChi gap ikkinchi gapdan anglashilgan ish-harakatning paytini yoki shar- tini bildirsa, ular orasiga tire qo'yiladi:
Suv keldi - cho'llarda hayot boshlandi.
Yuragida qanday dard bor - mana bu menga sir.
Hamal keldi - amal keldi.
Qor yog'di - don yog'di.
Yurgan daryo - o'tirgan bo'yra.
To'rt mashina o'g'it yubordik - fermeriarga vaqtida taqsimlansin.
G'animlarduch kelar-jang bo'lar puxta.
Eshakni yoydoq minib bo'lmaydi - yiqilasan kishi.
Ko'z qo'rqoq - qo'l botir.
Vaqting ketdi - baxting ketdi.
Ter to'kildi - dur yetishtirildi.
Birlashgan o'zar- birlashmagan to'zar.
Yurting tinch - sen tinch.
Doston aytdim - kitob bo'ldi.
Egri ozadi - to'g'ri o'zadi.
Biroz qor yog'di - sovuq bo'lmadi.
Kimki mehnatning zo'rini qilibdi - odamning sarasi ana shu.
Suv keldi - nur keldi.
Rais kirib keldi - majlis ochildi.
Said Jalolxon tovush chiqarmay uning o'rniga o'tirdi - u ko'rmadi.
To'g'ri bo'ling - bexavotir bo'lasiz, maqtanchoq bo'lmang - xijolat tortmaysiz.
Men tirikman - o'lja bo'lmaydi otim.
Qirq to'rt so'mdan yigirma yetti so'mni olib tashladik - o'n yetti so'm qoldi.
Bizlar xizmatkor odam - nimani bilaylik, to'ram.
Jismimiz yo'qolur - o'chmas nomimiz.
Xalqimiz abadiy orzusiga erishdi - istiqlolga erishdi.
Jamoamizning yuzi yorug' barcha rejalarimiz oshirib bajarildi, xonadonlar gazlashtirildi, toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Istiqlol keldi - o'zligimizni angladik, qadriyatlarimiz tiklandi.
Ishning ko'zini bil - dala ham obod, choyxona ham.
Ariqlar chiqardik - yovlar quritdi.
NUQTALI VERGUL. Qo'shma gap qismlari mazmunan yaqin bo'lmagan yoki ketma-ket sodir bo'ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish belgilari qo'llangan hollarda nuqtali vergul ishlatiladi:
Xadicha xola boialik chog'idagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan o'pdi, duo qildi; irim qilib o'zi kuzatgani chiqmadi.
Kampirning jig'ibiyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig'irig'ini ko'tarib, vaysagancha, uyiga kirib ketdi.
Ertaga cho'qqini egallaymiz; sovuq qattiq emas, shamol bo'lishi ham kutilmaydi.
Navoiy Husayn Boyqaro qoshiga kirib vaziyatni tushuntirdi; isyonchi valiahdi bilan mustahkam sulh barpo etish kerakligini talab qildi.
U biladi, ishonadi; singlisi o'zi ko'rmasa yoki aniq bilmasa, uydirma-yu mishmish- larga ishonadigan ayol emas.
Qish oxirlamoqda, qorlar erigan, hamma joyda loygarchilik; yo'lda arava tugul, piyoda ham zo'rg'a, qo'rqa-pisa qadam bosadi.
QO'SHMA GAP TURLARINING MA’NODOSHLIGI
Bahor keldi, gullar ochildi. Bahor keldi, shuning uchun gullar ochildi. Bahor keldi va gullar ochildi.
Yuqoridagi darslarda qo'shma gaplaming doimo ikki va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topishi, qo'shma gapni tashkil etgan sodda gapiar uning qismlari ekanligi, ana shu tarkibiy qismlar bir-biri bilan ma’lum bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanishi, qismlari qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanishiga ko'ra qo'shma gaplaming quyidagi uch turga bo'linishi haqida ma'lumotga ega bo'ldingiz: 1) qismlari teng bog'lovchilar yoki bo'lsa, esa so'zlari yordamida bog'langan qo'shma gapiar; 2) qismlari ergashtiruvchi bog'lovchilar yordamida yoki bir qismning kesimi nomustaqil shaklda turgan qo'shma gapiar; 3) qismlari maxsus bog'lovchi vositalarsiz, ohang yordamida bog'langan qo'shma gapiar.
Bulaming birinchi turi bog'langan, ikkinchi turi ergash gapli, uchinchi turi esa bog'lovchisiz qo'shma gap hisoblanishini bildingiz. Esda saqlang. Qo'shma gap qismlari teng bog'lovchilar yordamida ham, ergashtiruvchi bog'lovchi yordamida ham bog'lanmasa, ular bir-biri bilan ohang yordamida bog'lanadi. Ana shunday qo'shma gapiar ohang yordamida bog'langan qo'shma gapiar yoki bog'lovchisiz qo'shma gapiar deyiladi.
Ohang yordamida bog'langan qo'shma gap qismlari o'rtasida turli xil ma’no munosabatlari bo'ladi. Masalan:
Zidlik: Ko'prikni biz qurdik, dushmanlar otdi.
Sabab: Qo‘ng‘iroq chalindi, dars boshlandi.
Payt: Dalasida o'smas tikonlar, chollarida chopmas ilonlar va boshqalar.
Bunday ma'nolar bog'langan va ergash gapli qo'shma gap qismlari o'rtasida ham mavjudligidan xabaringiz bor. Ana shu ma'no umumiyligi asosida bunday qo'shma gapiar o'zaro sinonimik munosabatda bo'ladi. Masalan:
Ko'prikni biz qurdik, dushmanlar o'tdi.
Ko'prikni biz qurdik, lekin (ammo) dushmanlar o'tdi.
Esda saqlang. Yuqoridagi ikkita qo'shma gap qismlari o'rtasida bir xil ma'no munosabati - zidlik (birinchi gap ma’nosi bilan ikkinchi gap ma’nosi o'rtasida zidlik bor) munosabati ifodalangani uchun bu ikki gap bir-biri bilan sinonim sanaladi.
Ular o'rtasidagi farq faqat qo'shma gap qismlari o'rtasida qanday bog'lovchi vosi- taning ishlatilishidadir. Shuningdek, Anorso'yiar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar (H.Olimjon). Bunda qo'shma gap qismlari o'rtasida payt munosabati ifodalangan. Qo'shma gap tarkibidagi ikkita sodda gap bir paytda ro'y berayotgan ikkita voqea-hodisani (birinchisi -Anorning so'zlashi, ikkinchisi - Zaynab qalbining qaltirashi) ifodalaydi. Ikkala qism va bog'lovchisi qatnashmagan holda ohang yordamida ham bog'lanishi mumkin: Anor so'yiar, Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qalti­rar. Bu vaqtda bog'langan qo'shma gap emas, balki bog'lovchisiz, ohang yordamida bog'langan qo'shma gap hisoblanadi.
Juda muhim. Qo'shma gap qismlari o'rtasida sabab-natija (bir sodda gap sa- babni, ikkinchisi esa undan kelib chiqqan natijani bildiradi) munosabati mavjud bo'lsa, unday qo'shma gapiar ergash gapli qo'shma gap shaklida ham, bog'langan qo'shma gap shaklida ham, ohang yordamida bog'langan qo'shma gap shaklida ham ifoda­lanishi mumkin.
Masalan:
Paxtaiar qiyg'os ochildi, terim avjiga chiqdi.
Paxtaiar qiyg'os ochildi, shuning uchun terim avjiga chiqdi.
Paxtaiar qiyg'os ochildi va terim avjiga chiqdi.
Yuqoridagi uchta qo'shma gap sabab-natija umumiy ma’nosi bilan o'zaro sinonimik munosabatda bo'lsa ham, lekin qo'shma gapning qaysi turiga mansubligi bilan bir-biri- dan farq qiladi.
Ko'rinadiki, bir xil ma'noni turli qo'shma gap shakllari orqali ifodalash mumkin. Shuning uchun ulardan nutqda o'rinli foydalana olish nutq madaniyatiga ega bo'lishda katta ahamiyatga ega.
Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari bog'lovchisiz, bog'langan, ergash­gan qo'shma gapiar bilan ifodalanishi mumkin. Shunga ko'ra, ular bir-biriga ma’nodosh bo'la oladi. Masalan:
Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi g bog'lovchisiz.
Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi - bog'langan.
Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi - ergashgan.
Yurt tinch - sen tinch - bog'lovchisiz.
Yurt tinch-u, sen tinch - bog'langan.
Yurt tinch, shuning uchun sen tinch - ergashgan.
MURAKKAB QO'SHMA GAP
Turli bog'lovchi vositalar yordami bilan o'zaro bog'langan uch va undan ortiq gaplaming bir butunligi murakkab qo'shma gap deyiladi.
Murakkab qo'shma gapiar to'rt guruhga bo'linadi: 1) bir necha ergash gapli murak­kab qo'shma gap; 2) bir necha bosh gapli murakkab qo'shma gap; 3) aralash murakkab qo'shma gap; 4) qismlari uyushgan murakkab qo'shma gap.
BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR
Tarkibida ikki va undan ortiq ergash gapiar mavjud bo'lgan gapiar bir necha ergash gapli murakkab qo'shma gap sanaladi.
Reja bajarilsa (1), dasturxon mo'l bo'lsa (2), yor-u do'st, birodarlar qalin bo'lsa (3), tantanalar qishgacha davom etaveradi (hoi ergash gap).
Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar (1), etimni nishtar bilan tilsinlar (2), men sizdan ajralmayman (hoi ergash gap).
Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo'lsin (1), turmushimizfarovon bo'lsin (2), mustaqilligimiz barqaror bo'lsin (3) (to'ldiruvchi ergash gap).
Odamlarimizning huquqiy ongi yuksak bo'lsa (1), har kim o'z haqini tanisa va o'zini o'zi himoya qilishni bilsa (2), demokratik jamiyatga erishgan bo'lamiz (hoi ergash gap).
Kimning bilagida kuchi bo'lsa (1), kim ishning havosini olsa (2), kim qilayotgan ishidan bir nima chiqarishiga ishonsa (3), o'sha zarbdor bo'ladi (ega ergash gap).
Tol ekdik suv bo'yiga, soya-salqin bo'lsin deb (1), g'ayrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb (2) (hoi ergash gap).
Shunday bo'lmog'iga barcha asoslar bor edi, chunki ular bir qishloqda o'sib- ulg'aygan edilar(1), birining asrori unisiga besh qo'lday ayon edi (2) (hoi ergash gap).
To'g'risi shuki, keksa professor unga yoqib qolgan edi (1), uning samimiy maslahatlaridan qoniqadi (2), doim bu odamga munosib bo'lishga tirishar edi (3).
Agar siz yoqtirgan odam sizga mehr-muhabbatini ayamasa (1), e’tibor bilan qarasa (2), bu olam-olam quvonch bag'ishlaydi (hoi ergash gap).
Kun shu qadar isidiki, chumchuqlaming ham ovozi chiqmay qoldi (1), hamma o'zini salqinga oldi (2) (hoi ergash gap).
Hosilimiz mo'l bo'lsa (1), uyimiz donga to'lsa (2), turmush bo'lar farovon (hoi ergash gap).
BIR NECHA BOSH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAP
Tarkibida ikki va undan ortiq bosh gapiar mavjud gapiar bir necha bosh gapli murak­kab qo'shma gap sanaladi.
O'zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug' (1), iqboli balandki (2), ulaming O'zbekistondek jannatmonand yurti bor (hoi ergash gap).
G'anim kelsa, xonumoni kul bo'lur (1), o'z yurtida pachaqlash ma’qul bo'lur (2) (hoi ergash gap)
Boshimda o'ynar qamchilar (1), qon ko'zlarimdan tomchilar (2), bir benavo gul yanchilur (3), ozodkorim kelmasa (hoi ergash gap).
Qo'shnilaring ko'nsa, hammalaring yertaringni qo'shib yaxlit qilinglar (1), bir kunda haydab beraman (2) (hoi ergash gap).
Bu gap kutilmagan bo'lsa ham, Mirhamidxo'janing yoshiga munosib ravishda tarang va tiniq yuzi oqarishdi (1), oq oralagan cho'qqi soqoli xiyol titradi (2) (hoi ergash gap).
Butun dunyoga ma’lumki (1), siz ham unutmangki (2), Orolni saqlab qolish ham- mamizning burchimizdir (ega, to'ldiruvchi ergash gap).
Kimki tez-tez dalalarga chiqib tursa, bahri-dili ochiladi (1), tanasiga quvvat yu- guradi (2) (aniqlovchi ergash gap).
Kimdir mendan zulm emas, mehr topa olsa, bu - mening eng katta yutug'imdir (1), insonlarga tekkan eng katta foydamdir (2) (hoi ergash gap).
Chindan ham odam yurakdan yayrab kulsa, sog'lig'i yaxshilanadi (1), yengil torta- di (2), ruhi tetiklashadi (3), ishtahasi ochiladi (4), umri uzayadi (5).
ARALASH MURAKKAB QO'SHMA GAP
Tarkibida ergashgan, bog'langan, bog'lovchisiz qo'shma gapiar mavjud bo'lsa, aralash murakkab qo'shma gapiar hisoblanadi.
Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan.
Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi.
Akang armiyadan kelsa, issiqxonani ishga solamiz, lekin sen akangga yordam­chi!'k qilasan.
Ko'lga yetib kelsak, birdaniga miltiq gumburiadi va suv yuzida pitirlayotgan ik- ki-uchta o'rdak ko'rindi.
Shuni unutmaki, sen yer farzandlsan va yemi ardoqlash, uni obod qilish sening vazifangdir.
She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir.
Qiz avval qo'rqdi, otasi uning Sidiqjon bilan so'zlashib turganini emas, boqqa tushganini bilsa ham, terisiga somon tiqadi - bu xususda otasining qamchisini ham, jingul ostida pisib yotgan kurk tovuqni ham unutdi.
Har kimning zari bo'lmasa-da, ammo hunari bo'lsa, dunyoda hech birxavf-u xatar bo'lmaydi, shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog'ilozim.
Keyinroq ham ko'zimiz tushib turardi, biroq endi u shunday bir yuksaklikda va qamrovi shu qadar keng ediki, bu kengliklar bizga o'xshash jo'n odamlarning shuuriga sig'masdi.
Bilmaydiki, ishining chatog'i chiqqanida Chorshanbi emas, uning o'zi qochib ketadi, Chorshanbi qurg'ur tagiga suv ketishi bilan mening yohimga yugurib keladi', men uni qutqarib qolaman.
Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygan, qiyofasi ancha keskinlash- gandi va katta ko'zlari dumaloq shakl olgan edi.
Agar kishi o'z hirslaridan ustun tura olsa, u o'zidagi bor nuqsonlarini yo'q qila oladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi.
Hovlida qarindosh-u qo'ni-qo'shnilar ham yurishadi, nariroqda esa doshqozon to'la sumalak qaynaydi, ayollardan kimdir uni kovlab turadi, atrofida ikki-uch kampir choy ichib o'tirishadi, bolalarning qo'llarida esa yog'och qoshiq, galma-gal qozon girdiga yopishardllar.
Insonlik mohiyati baxt-saodatga erishuvdir, inson bu maqsadni o'zining oliy g'oyasi va istagiga aylantirsa, u baxt-saodatga erishadi.
Esida bor: otasi bilan mana shu o'rindiqqa o'tirsa, mototsikl degan qattiq ovoz chiqarib yurib ketdi-yu, nevara qo'rqqanidan otasini mahkam quchoqlab, ko'zlarini yu- mib oldi.
Hirot, tashdan qaraganda, avvalgiday tinch, hamma o'z ishi bilan mashg'ul bo'lganday ko'rinsa ham, lekin kosib-hunarmandlar, dehqonlar hali g'azabdan tushmagan edilar.
Birov sening aybingni yuzingga aytsa, so'zini qaytarma, chunki u sening uchun ko'zgudir; ko'zgu xira bo'lib qolsa, boshqa aybingni ko'rsatadimi?
Umrimning ancha qismi harbiy ishlarda o'tgan, men bu yerda hech qanday qiyinchilik tortmayman, lekin sog'lig'im o'z hukmini o'tkazib turibdi.
QISMLARI UYUSHGAN MURAKKAB QO'SHMA GAP
Bir turdagi uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan gapiar qismlari uyushgan murakkab qo'shma gapiar deyiladi.
Dam qushlar ovozi yangraydi, dam daryoning shovullashi eshitiladi, dam musiqa sadosi jaranglaydi.
Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi.
3.o`zbekning kurashi hamisha halol,
Unda yo'qdir g'irrom, yo'qdir yomonlik,
Doimo do'stlarga tilaydi kamol,
Tilaydi barchaga do'stlik, omonlik (4 ta sodda gap bor).
Avliyolar bosgan tuproq aziz derlar,
Qat-qatidan chiqaverar ekan sirlar,
Hartuproqdan har kun o'tmas axir piriar,
Ko'kragimni hayrat tiklar, Temur bobo. (4 ta sodda gap).
O'sha yillar mashoq terar edik, mol boqardik, g'o'za jo'yakka kultivatsiya yur- glzardik.
QO'SHMA GAPLARNING USLUBIY VOSITALARI
Qo'shma gaplaming o'ziga xos uslubiy vositalari bo'ladi. Bu vositalar orqali voqea-hodisalarning bir paytda yoki ketma-ket ro'y berishi, qiyoslanishi, zid qo'yili- shi, maqsad, sabablari, sharti, natijasi kabi uslubiy ma’nolar ifodalanadi. Bu uslubiy ma’nolar qo'shma gapning har bir turi: bog'lovchisiz, bog'langan, ergash gapli qo'shma gapiarda o'ziga xos vositalar bilan ifodalanadi. Qo'shma gapdagi uslubiy vositalar:
Takror. Ayrim gap bo'laklarining qo'shma gap boshida, o'rtasida, oxirida takrorlanishi: Til-o‘tmish, til-bugun, til - bu istiqbol, Til - ona xalqingdan nurli nishona.'
Antonim so'zlar: Bizni uchrashtirdi sirli bir shodlik, endi ayirmoqda anglab bo'lmas g‘am.
Parallellik (bir xillik): bir xil shakldagi gapiar takrorlanadi: Shabnam tomar, o'rmon shuvullar, bulbullar sayrar.
Ellipsiya ,(gap bo'laklarini tushirish): Of kishnashib topishar, odam - es- lashib.
Ohang. Qo'shma gapni tashkil etgan sodda gapiar orasida ohangning o'zgarishi gapning mazmuniga va uslubiy mazmuniga ta’sir etadi:
Salimjon mashinaga o'tirdi, mashina yurib ketdi- ketma-ket ro'y bergan holat.
Salimjon mashinaga o'tirdi - mashina yurib ketdi - tezda ro'y bergan holat.
Mazmun va uslubdagi o'zgarish yozuvda tinish belgilari bilan ko'rsatilsa, talaffuzda ohang orqali ifodalanadi.
KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAP
So'zlovchi ba’zan o'z nutqida birovning gapini aynan keltiradi. Birovning aynan kelti- rilgan gapi ko'chirma gap, so'zlovchining gapi esa muallif gapi deyiladi. Muallif gapi va ko'chirma gapdan tashkil topgan qo'shma gapga ko'chirma gapli qo'shma gap deyiladi.
Ko'chirma gapli qo'shma gapiar doimo ikki qismdan: muallif gapi va ko'chirma gap­dan tashkil topadi.
Muallif gapi (M) va ko'chirma gap (K) bir-biriga nisbatan turlicha joylashishi mumkin, bunda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi:
M: «K». M: «K?» M: «K!»
Xalqimiz deydi: «Sabr tagi - sariq oltin».
Donodan so'radilar: «Ey donishmand, kishi uchun eng yaxshi narsa nima?»
Aytdi: «Jim turmoq, ortiqcha so'zlami aytmaslik».
Yigitlaming oldiga savol-javob qog'bzini surib qo'yarkan, kulib dedi: «Marhamat, tabarruk qo'llarini qo‘ysinlarl»
M: «K», - m. M: «K?» - m. M: «K!» - m.
Bunday vaqtda muallif gapidan so'ng ikki nuqta qo'yiladi, ko'chirma gap qo'shtimoq ichidan bosh harf bilan boshlanadi. Ko'chirma gap oxiri qo'shtimoq bilan yopiladi va muallif gapining davomi ko'chirma gapdan vergul va tire bilan ajratilgan holda kichik harf bilan boshlanadi.
Ertoyev: «Mayli, mayli, buni keyin gaplashamiz», - dedi kulib.
Xalil bobo nevarasiga girgitton bo'lib: «Hoy bolam, senga nima bo'ldi? A?» - der
edi.
«K», - m. «K?» - m. «K!» - m.
«lntilganga tole yor», - deydi xalqimiz.
«Muqaddas, bulami boshqa odam to'kib ketgan-ku!?» - dedi onasi.
(jV^«K,-m,-k». «K,-m.-K».*«K...-m.-K». «K?-m.-K». «Kf-m.-K».
Bunday vaqtda ko'chirma gap qo'shtimoq ichidan bosh harf bilan boshlanadi. Mu­allif gapi bilan ko'chirma gapning uzilgan joyi vergul va tire bilan ajratiladi. Muallif gapi­dan so'ng ko'chirma gapning qolgan qismi nuqta va tire yoki vergul va tire bilan davom etadi.
«Husayn Voiz Koshifiy Sharqda ma'lum va mashhur shaxs, - deb yozadi Najmiddin Kornilov «Tafakkur karvonlari» asarida. - U Navoiyga bag'ishlab kitob yozgan, uning mehrini qozongan yaqin kishisi, muxlisi, do'sti edi».
«So‘z san’atining qudrati shundaki, - deydi Asqad Muxtor, - u hayotda aynan bo'lmagan narsalarga, hodisalarga jon kirgizib yuboradi».
O‘ZLASHTIRMA GAP
So'zlovchi o'z nutqida o'zgalarning gapidan ikki xil yo'l bilan foydalanadi: o'zganing hech o'zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gapi ko'chirma gap, mazmuni saqlanib, shakli o'zgartirilgan gap o'zlashtirma gap hisoblanadi.
«Qizim, umring uzoq bo‘lsin», - dedi yo'lovchi - ko'chirma gap.
Yo'lovchi qizga umri uzoq bo'lishini tiladi - o'zlashtirma gap.
KO'CHIRMA GAPNI O'ZLASHTIRMA GAPGA AYLANTIRISH
O'zganing gapi ko'chirma gap orqali ham, o'zlashtirma gap orqali ham berilishi mumkin. Bunday vaqtda ko'chirma gap va o'zlashtirma gap ma'nodosh bo'ladi.
Ko’chirma gap quyidagi shakliy o'zgarishlar yo'li bilan o’zlashtirma gapga aylantiriladi:
Darak gap shaklidagi ko'chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga, egasi qaratuvchi aniqlovchiga aylantiriladi,
Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so'zi aytdi so'ziga almashtiriladi.
Muallif gapining egasi o'zlashtirma gap egasi bo'lib gap boshida keladi. Masalan: «Yoshlarimiz istiqboli porloq», - dedi o’qituvchimiz - O'qituvchimiz yoshlarimiz is- tiqbolining porloqligini aytdi.
So'roq, buyruq shaklidagi ko’chirma gapiar darak shakliga aylantiriladi. Masalan: «Salima qanday o'qiyapti?* - deb so'radi onasi - Onasi Salimaning qanday o'qiyot- ganini so'radi.
Ko'chirma gap tarkibida undov, kirishlar tushirib qoldiriladi. Undalma chiqish kelishigidagi to'ldiruvchiga aylantiriladi. Masalan: Do'stim dedi: «Xo‘sh. u holda qanday chora ko‘riladi?» - Do'stim u holda qanday chora ko'rilishini so'radi. «Shoshmang, Ahmadion». - dedi yigit - Yigit Ahmadjondan shoshmasligini so'radi. 4. Egasi II shaxs kishilik olmoshidan ifodalangan bo'lsa, u I shaxs kishilik olmoshiga aylantiriladi. Masalan, Onam dedi: «§en tezda darslaringni tayyorla» - Onam menaa tezda darslarimni tayyorlashim kerakligini aytdi.
Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda ko’chirma gapli qo'shma gap sod­da gap shaklini oladi.
MATN - ENG YIRIK SINTAKTIK BIRLIK
Har qanday og'zaki va yozma nutq parchasi matn (makromatn) hisoblanadi. Matn mikromatnlaming o'zaro mazmuniy va grammatik bog'lanishidan hosil bo'ladi.
Esda saqlang. Bir necha gaplaming o'zaro grammatik va mazmuniy bog'lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo'lgan qo'shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og'zaki nutq parchasi mikromatn hisoblanadi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asar makromatn deyiladi. Masalan, Abdulla Qahhoming «o`g'ri» hikoyasida ishtirok etgan barcha mikromatnlar «o‘g‘irlik» umumiy mavzusi ostida birlashgan.
Matnnmg eng kichik birligi gap hisoblanib, ular matn tarkibida ma'lum bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi. Ularquyidagilardan iborat: bog'lovchilar, bog'lovchi vazifasidagi ayrim so'zlar, takroriy bo'laklar, olmoshlar, sinonimlar.
Karimjon a’lo o'qish va odobi bilan litseyda katta hurmatga ega. U jamoat ishlarida ham faol qatnashadi.
Matn tarkibidagi ikkinchi gap bOshida kelgan u olmoshi birinchi gap tarkibida kelgan Karimjon o'rnida kelib ikkinchi gapni birinchi gapga mazmunan bog'laydi. Shuning uchun u olmoshi matn qismlarini bog'lovchi, ya’ni matn hosil qiluvchi vosita sanaladi.
Mikromatnni hosil qilishda takrorlar eng muhim vositadir, chunki u ham gaplarni bog'lovchi vosita hisoblanadi, ham uslubiy bo'yoqdorlik hosil qiladi.
E’tibor bering:
Olti oykim she'r yozmayman, yuragim zada,
Olti oykim o'zgalarga tilayman omad.
Olti oykim do'stlarim ham pana-panada Iste’dodim so'nganidan qilar karomat (A.Oripov).
Takrorlargap oxirida qo'llanilishi ham mumkin.
Angladimki, olamda Yurt tanho, Vatan tanho,
Band etgan xayolimni Tengsiz shul chaman tanho.
Nokaslar emas, yo'q, yo'q,
Onajonim she’riyat,
Topgan toj-taxtim mening Jonajonim she'riyat (A.Oripov).
IJODIY MATN. INSHO VA UNING TURLARI
Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matn. Ma'lumotnoma matnida bo'lib o'tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot berilgan. Bunday matnda so'zlaming ko'chma ma’nolaridan, tilning badiiy-tasviriy vositaiaridan deyarli foy- dalanilmaydi, voqea-hodisa oddiy va aniq bayon qilinadi. Ijodiy-tavsifiy matn so'zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ulami badiiy-tavsifiy vositalar, dalillar bilan ta'riflash, izohlash ijodiy-tavsifiy matnga xos xususiyatlardan. Ilmiy, publitsistik va badiiy uslublar, shuning- dek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko'rinishlaridir.
INSHO - IJODIY MEHNAT
Insho - ijodiy mehnatning oliy ko'rinishi, murakkab aqliy mehnat jarayoni. U mual- lifdan fikrlarni zarur dalillar asosida mantiqan izchil va badiiy tarzda, grammatik va uslubiy jihatdan to'g'ri izhor etishni talab qiladi. Shuning uchun ma’lum mavzuda insho yozishdan oldin shu mavzuga oid badiiy-hayotiy manbani, unga oid ilmiy adabiyotlarni chuqur o'rganib chiqish, tezis (qisqa ifoda) yaratish, dalillash uchun ko'chirmalami yig'ish, xomaki rejani shakllantirib olish talab qilinadi. Didaktik maqsadlarga ko'ra in- sholar ikki xil bo'ladi: a) ta’limiy insholar; b) sinov insholari.
Ta'limiy insholar sinfda yoki uyda o'quvchi tomonidan yozilib, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to'g'ri bayon qilishga qaratiladi.
Sinov insholari o'rgatilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko'nikma va malakalarni sinash uchun yirik mavzular tugagandan so'ng, choraklar yoki o'quv yili oxirida, olimpiadalarda o'tkaziladi.
Insho arabcha so'z bo'lib, «yaratish», «bino qilish», «qurish» ma’nosini beradi.
Hozirgi tilimizda bu so'zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o'quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan «ijodiy yozma ish» ma’nosida qo'llaniladi.
Insho muallif ma’lum bir mavzu asosida o'z fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik bir asardir. Inshoda muallifning so'z qo'llash mahorati, fikriy, tafakkuriy ko'nikma- si, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo'ladi.
Insho mazmun-mohiyatiga ko'ra 3 turli bo'ladi:
Adabiy mavzudagi insholar.
Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar.
Erkin mavzudagi insholar.
Adabiy mavzudagi insholarga adabiyot darsligida qayd qilingan, o'qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzular asosida yoziladigan insholar kiradi.
Adabiy-ijodiy mavzudagi insholarga adabiyot darslarida o'tilgan ma’lumotlarga o'quvchining ijodiy munosabati (shaxsiy fikrlari) qo'shib ifodalanadigan insholar kiradi.
Erkin mavzudagi insholar adabiyot fani dasturida qayd etilmagan mavzularda yoziladi. Boshqacha aytganda, o'quvchining ma’lum bir maVzuga oid bilimlari, axloqiy- tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi insholar erkin mavzudagi insholardir.
Muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy mavzudagi inshodir. Bunday mavzudagi inshoda biror asar yoki qahramonlar taqdiri tahlil qilinadi.
Adabiy-ijodiy mavzudagi inshoda biror badiiy asar va unda ishtirok etuvchi qahramonlar taqdirini tahlil qilishda o'quvchi o'z mustaqil fikri bilan yondashadi. Ya’ni adabiy-ijodiy inshoda ijodiy fikrlashga katta e’tibor beriladi. Bu insho tunning adabiy mavzudagi inshpdan farqi ham shunda.
Adabiy mavzudagi insholar: 1. A-Qodiriy - tarixiy romanlar ustasi. 2. H.OIimjon - lirik shoir. 3. A.Qahhor - hikoyalar ustasi. 4. «Mehrobdan chayons romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi. 5. «Alpomish» dostonida qahramonlik tasviri.
Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar: 1. Men sevgan adib. 2. «Sen yetim emassan» she’ridan olgan taassurotlarim. 3. Zulfiya - men sevgan shoira.
O'quvchining ma’lum mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dun­yoqarashi, fikr-mulohazalarini aks ettiruvchi insholar erkin mavzudagi insholardir. Erkin mavzudagi insholarda o'quvchining bir mavzu bo'yicha turli fanlardan olgan bilimlari va uning taassurotlari birgalikda ifodalanadi.
Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so'z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi.
Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o'ng chekkasiga yoziladi. Epigraf bo'lgan matndan so'ng (so'roq yoki undov gap bo'lmasa) nuqta qo'yila- di, muallifi qavs ichida yoziladi.
Inshoda epigraf bo'lishini qat’iy talab deb tushunmaslik lozim, u tamoman ixtiyoriydir. Lekin mavzuga va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf bo'lsa, in­shoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifming mahoratini ko'rsatadi.
Insho (insho arabcha so'z bo'lib, «yuzaga keltirish», «yozuv», «ijod» kabi ma’nolarni bildiradi. Insho qoralama (xomaki) va oq nusxalardan iborat bo'ladi! Insho yozish uchun sodda va murakkab reja tuzib olinadi.
Rivoya insho. Biror voqeani izchil tasvir etishda rivoya elementi qo'llaniladi. Hayot- dagi ayrim voqealar, hodisalar, masalan, bayramlar, turli xil marosimlar, safar taassurotlari bunday ko'rinishdagi insholar uchun material bo'lib xizmat qiladi. Rivoya insho yozish uchun insho yozayotgan shaxs voqealami shaxsan boshidan kechirgan yoki eshitgan bo'lishi lozim. Bundan tashqari, o'quvchi voqealami eslashi, rasmlardan foydalanishi ham mumkin.
Muhokama /-insho. Bunday turdagi insholar sinfda o'tkaziladigan bahs, munozara material vazifasini o'taydi. Muhokama inshoda o'quvchidan o'z fikrini asoslash va dalillash maqsadida mantiqqa jiddiy e’tibor berish, mustaqil fikrlash va muhokamada faol ishtirok etish talab qilinadi. Masalan: «Vatanni asrab-avaylash deganda nimani tushu- naman?», «Baxt nima?», «XXI asr insoniyatga nimalar olib keladi?» kabi mavzular.
Tasviriy insho. Bunday insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos belgilar, ularning boshqalaridan farqlari ko'rsatiladi, taqqoslanadi. Emotsionallikni hosil qilish uchun kishilar portreti, manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, o'xshatishlar, sifatlashlar ishlatiladi. Shuningdek, unda oddiy tasvir elementlaridan ham unumli foydalaniladi. Shaxslar va manzaralar ko'z oldiga keltiriiib, ularning timsollari gavdalantiriladi. Tasviriy insholar o'quvchilarning fikrini o'stiradi, ulardagi kuzatuvchanlik qobillyatini rivojlantiradi va yozma nutqni kengaytiradi.
INSHO NAZARIYASI VA AMALIYOTI INSHO HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Savodxonlik darajasini tekshirishning sinalgan usullaridan biri INSHO sanaladi. Shu o'rinda insho va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida biroz to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi. Insho so'zi arabcha bo'lib, «paydo qilish», «ijod», «yuzaga keltirish», «yozuv», «sochma asar», «xat» singari ma'nolarni bildiradi.
Insho quyidagi ikki bosqichni o'z ichiga oladi:
Inshoning qoralama (xomaki) nusxasini tayyorlash.
Uni oqqa ko'chirib yozish.
Inshoning qoralama nusxasi ishning dastlabki bosqichi bo'lganligi uchun unda o'chirilgan, so'zlaming o'rni almashtirilgan, jumlalar tuzatllgan o'rinlarning bo'lishi tabiiy. Qoralama nusxadagi bunday tuzatishlar ish tekshirilayotganda xato hisoblanmaydi va ular hisobga olinmaydi. Insho tekshiruvchi hatto ba’zi bir paytlarda oq nusxadagi jumlalarning g'alizligini aniqlashtirish maqsadida qoralama nusxaga uni solishtirishi, agar unda jumla to'g'ri tuzilgan bo'lsa, oq nusxadagi xatoni hisobga olmasdan ketishi ham mumkin. Bu esa amaldagi qoidalarga muvofiq bo'ladi. Qoralama misxada ham insho uchun reja tuziladi. Fikrlar izchillik asosida, aniq va lo'nda shakllarda bayon qilinadi. Qoralama nusxani haddan tashqari bo'yab, inshoni o'ta e’tiborsizlik bilan yozish maqsadga muvofiq emas.
Xomaki nusxani yozishda quyidagi holatlarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.
INSHONING XOMAKI NUSXASINI TAYYORLASH UCHUN TAVSIYALAR
... ,1. Qaysi mavzu bo'yicha insho yozishingizni puxta o'ylab oling. Nimalar haqida yozish lozimligi ustida bosh qotiring.
Insho mavzusiga oid materiallarni, masalan, yozuvchi, uning hayoti va ijodi, yozgan asarlari, siz insho yozmoqchi bo'lgan asar va uning yozuvchi ijodida tutgan o'rni, asaming mavzusi va g'oyaviy yo'nalishlari, bosh qahramonlari, asardagi voqealar, asar qahramonlarining xarakteri yuzasidan insho yozish uchun birinchi galda kerak bo'ladigan holatlami eslang, so'ngra ulani qog'ozga tushira boshlang.
Insho bo'yicha eng ko'p ishlatiladigan so'zlami yig'ib chiqing.
Insho mavzusini yoritish uchun o'zingizga ma’qul kelgan usulni tanlang.
Insho uchun reja tuzib oling va mazkur reja asosida insho yozishga kirishing.
Insho yozayotganda fikrlarning izchilligiga, insho materiallarining aniq va lo'nda shakllarda berilayotganiga alohida e'tibor berib boring.
Inshoning qoralama nusxasi tayyor bo'lgach, uni diqqat bilan o'qib chiqing. O'qiyotganingizda quyidagi holatlarga e'tibor qiling. Insho mavzusi yetarlicha yoritllganmi? Inshoning mazmuni talabga javob bera oladimi yoki yo'q? Inshoda ortiqcha so'z va gapiar uchramaydimi? Agar shunday so'z va gaplarga duch kelsangiz, ulami insho matnidan chiqarib tashlang, bo'sh ko'ringan o'rinlami to'ldiring.
Inshoning tiliga alohida e’tibor qiling.
Yozganlaringizni oqqa ko'chiring.
Inshoning qoralama nusxasi but bo'lgach, uni oqqa ko'chirish jarayonida amaldagi husnixat qoidalariga va insho yozishnlng o'ziga xos tartibotlariga qat’iy rioya qilish kerak. Inshoning oq nusxasida o'chirilgan va ustiga yozib qo'yilgan joylar bo'lmasligi lozim.
Inshoning sarvarag'iga o'quvchining ism-sharifi yoki unga aloqador bo'lgan so'zlar amaldagi tartib-qoidalar asosida yozib qo'yilishi shart. Insho ustiga turli xil belgilar qo'yilmaydi.
Agar talaba tomonidan maqsadli ravishda yuqoridagi qoidalarga amal qilinmagan bo'lsa, bunday insholarga «qoniqarsiz» baho qo'yiladi.
Insho yozib bo'lingandan so'ng u o'quvchi tomonidan diqqat bilan o'qib chiqiladi va har ikkala nusxa sarvaraq bilan birgalikda o'qituvchiga topshiriladi.
O'quvchilarga belgilab berilgan insho mavzularidan tashqariga chiqish, insho mavzularini o'zboshimchalik bilan o'zgartirish, o'zlari xohlagan mavzu bo'yicha insho yozish huquqi berilmaydi. Inshoni baholash paytida oq nusxadagi mazmun va savodxonlik hisobga olinadi.
INSHO YOZISH UCHUN ASOSIY YO‘L-YO‘RIQLAR
O'quvchilarga insho yozish uchun 4 akademik soatdan iborat vaqt beriladi. Ular mana shu vaqt mobaynida tavsiya qilingan insho mavzularidan birini tanlab, mazkur mavzu bo'yicha o'zlarining fikr va mulohazalarini qoralab olishlari kerak. Qoralama nusxa ustida obdan o'ylab, fikrlar nihoyasiga yetgach, qoralama nusxadagi matnni shoshmasdan, chiroyli yozuv bilan oqqa ko'chirib yozish tavsiya etiladi. Insho mavzusini yoritishda iloji boricha o'rinsiz so'z va iboralardan qochish, mujmal hamda noaniq fikrlami bayon qilmaslik lozim. Sodda va ixcham so'zlardan, gaplardan foydalanish, bayon etilgan fikr-mulohazalarni dalillar bilan isbotlash inshoning qadr-qimmatini oshirishi tabiiy. Inshodagi fikrlar, albatta, xulosalanishi shart.
Aziz o'quvchilar, inshoni yozish paytida quyidagi holatlarga e'tibor berib ketsangiz, bulaming sizga foydasi tekkan bo'lar edi:
Tuzilayotgan jumlalaming lo'nda va aniq bo'lishiga alohida e'tibor berib borish kerak.
Insho mazmuni materiallami bayon qilish uslubi bilan chambarchas bog'liq ekanligini hech qachon unutmang. s
Insho mavzusi bilan bog'liq materiallami bayon qilayotganingizda izchillikka qattiq rioya qiling. Insho mavzusiga aloqador shaxslaming nomlarini, badiiy asarlardan olingan parchalami, tarixiy faktlami, toponimik atamalarni yozishda amaldagi imlo qoidalaridan kelib chiqqan holda ish ko'ring.
Inshoni yuksak savodxonlik bilan yozishga harakat qiling.
Tinish belgilarining ishlatllish o'miga diqqat qiling. Ulaming shakllari aniq va ko'rinarli bo'lsin.
Insho husnixat qoidalariga muvofiq ravishda yozilsin.
Inshoning hajmi 4-5 sahifadan (varaq emas) iborat bo'lsa yetacli. O'ta ixcham shaklda yozilgan yoki mazmuni huda-behuda so'zlar bilan to'ldirib yuborilgan cho'ziq insholar ishning umumiy bahosiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Har qanday insho quyidagi uch bo'limdan iborat bo'ladi. Buni foiz nuqtayi nazaridan quyidagicha ko'rsatish o'rinlidir.
Kirish 10-15% Asosiy qism 70 - 80% Xulosa10-15%
Foiz nuqtayi nazaridan inshodagi qismlar o'rtasida nomuvofiqliklar uchrasa, xususan, kirish va xulosa qismi kepgaytirib yuborilgan bo‘lsa-yu, asosiy qism o'ta torayib qolgan bo'lsa, bu narsa inshoning mazmuniga jiddiy darajada putur yetkazishi mumkin. Inshoni baholayotganda, albatta, ular ham hisobga olinadi.
Insho mavzusi aniqlab olingach, mazkur mavzudan kelib chiqqan holda insho rejasi tuziladi. Tuziladigan reja insho mazmunini o'zida to'la-to'kis ravishda namoyon qilib turmog'i, u izchillik asosida mavzudan chetga chiqmagan holda tuzilmog'i darkor. Insho rejasi tuzib olingandan so'ng mavzuga har tomonlama mos keladigan muqaddima so'z (epigraf) tanlanadi. ' /
Insho boshqalarga xalaqit bermasdan,. umumiy tartib-intizomga qattiq rioya qilgan holda yoziladi.
Tayyor yozilgan, trafaret usulidagi insholardan foydalanishga sira harakat qilmang. Ular sizni adashtiradi, fikrlaringizdan chalg'itadi.
Yuqoridagi aytilganlarga rioya qilsangiz, o'z mulohazalaringizni dadil va qo'rqmasdan bayon etsangiz, sizning yaxshi baho olishingizga biz kafolat beramiz.
INSHO REJASI VA UNGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Reja inshoning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Dengizda ketayotgan kemalar qirg'oqdagi mayoqqa qarab o'zlariga yo'l belgilaganlari singari, insho yozayotgan shaxslar ham ma’lum bir reja asosida o’zlarining fikr va tnulohazalarini qog'ozga tushira boshlaydilar. Yaxshi tuzilgan reja inshoning izchilligini ta’minlaydi, o'quvchi reja asosida qaysi fikrdan keyin qaysinisini bayon qilishni aniq his etib turadi. Har tomonlama o'ylab tuzilgan, o'zida insho mavzusining hamma jihatlarini yaqqol aks ettirib turgan reja yarim insho demak. U inshoning nihoyatda ixcham, lo'nda shakllardagi o'ziga xos ko'rinishidir.
Insho rejasi ikki xil: sodda va murakkab ko'rinishda bo'ladi.
Odatda, erkin va ijodiy mavzulardagi insholar yozilayotganda yoki aniq bir yozuvchining ijodiga baho berilayotganda sodda shakldagi insho rejalaridan foydalaniladi. Bunda rejadagi har bir band ixcham va sodda gaplardan iborat bo'ladi. Sodda shakldagi insho rejasi tuzilayotganda mavzuga har tomonlama mos keladigan materiallardan, xalq maqollaridan va ibratli gaplardan, hikmatli so'zlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Sodda ko'rinishdagi reja namunalarini insho mazmunining nihoyatda ixchamlashtirilgan shakllari deyish ham mumkin, negaki yaxshi tuzilgan sodda rejaldr inshoning yo'nalishi, tarkibiy qismlari, mavzuning izchilligi haqida aniq bir tasavvur berishi turgan gap.
SODDA KO'RINISHDAGI REJA NAMUNALARI
Bunday tipdagi insho rejalaridagi tartib arab raqamlari bilan belgilanadi va ulardan keyin nuqta qo'yiladi.
N amu n a: «Do‘st bilan obod uying...»
Reja:
Do'stlik so'zining ma’nosini men qanday tushunaman?
Do'st boshga kulfat tushganda sinaladi.
Do'stlik, birodarlik insoniyatni taraqqiyotga yetaklaydi.
Sodda ko'rinishdagi insho rejalari tuzilayotganda undagi gapiar tarkibini 1), 2), 3)... shaklida arabcha raqamlar bilan belgilash va ulardan keyin yopiluvchi qavsni qo'yish, shuningdek, ulami a), b), d) tarzida belgilash tavsiya etilmaydi. Tartibni belgilashning eng maqbul yo'li arab raqamlarini qo'yib, ulardan so'ng nuqtani ishlatishdir.
O'quvchilar tomonidan tuzilgan rejalarda undan keyin qanday tinish belgisini ishlatish kerakligi ham haligacha hal etilmagan masalalardan biridir. Sababi, o'quvchilar «Reja» deb yozganlaridan so'ng ba’zan hech qanday tinish belgisini ishlatmaydilar, gohida esa undan keyin nuqta belgisini qo'yadilar. Shuningdek, rejadan so'ng ikki nuqtani ishlatish ham tez-tez uchrab turadi. Shu o'rinda «Mazkur holatning qaysinisi amaldagi qoidalarga to'g'ri keladi?» degan savol paydo bo'lishi turgan gap. Hozirgi o'zbek adabiy tilining imlo qoidalaridan kelib chiqadigan bo'lsak, ya’ni «Sarlavhadan keyin hech qanday tinish belgisi ishiatilmaydi», «Xabar, darak ma’nosidagi atov gaplaming oxirida nuqta qo‘llaniladi» degan qoidalarga asoslansak, har uchala holatda ham to'g'ri va qonuniy yo'l tutgan bo'lamiz. Biz mazkur tavsiyanomamizda «lzoh ma’nosidagi so'zlardan keyin ikki nuqta qo‘yiladi» degan qoidaga rioya qilgan holda reja deb yozgandan keyin ikki nuqta ishlatishni (Reja:) ma’qul ko'rdik. Zero, har qanday reja umumlashtiruvchi so'z, uning ostidagi gapiar esa rejaning izohi, uning maqsadiga bo'ysunuvchi mantiqiy davomidir.
Namunalar:
Mavzu: «Mustaqiliik deganda men nimani tushunaman?»
Reja:
Ozodlik va erk uchun kurashish xalqimizning azaliy xususiyatlaridan biridir.
Mustaqillik bayraming qutlug' bo'lsin, ona O'zbekiston!
Istiqlol va istiqbol.
Mavzu: «Bobumoma - memuar asar»
Reja:
«Bobumoma»ning yaratilish tarixi haqida.
Asa rd ag i tarixiy joylar tasviri.
Tarixiy shaxslarga xos bo'lgan sifatlarning «Boburnoma»da berilishi.
Asarda moziyga aloqador faktlarning bayon etilishi.
«Boburnoma»ning tili haqida.
Mavzu: «Uyg‘un lirikasida ona Vatan madhi»
Reja:
'1. Uyg'un lirikasining g'oyaviy yo'nalishlari haqida.
Uyg'un she’rlarida go'zal ona tabiatimizning tarannum etilishi.
Shoiming asarlarida vatandoshlarimizga xos bo'lgan sifatlarning ulug'lanishi.
Uyg'unning she’riy asarlarida Vatanimiz kuch-qudratining madh qilinishi.
Eslatma: Yuqoridagi mavzular bo'yicha o'quvchining istak-xohishiga ko'ra murakkab
ko'rinishdagi insho rejalari tuzish ham mumkin.
; Insho yozilayotganda sodda ko'rinishdagi insho rejalari bilan bir qatorda insho mavzularining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib murakkab ko'rinishdagi insho rejalari ham tuzilishi kuzatiladi. Bunday tipdagi reja namunalari tuzilayotganda o'quvchilar insho mavzulariga alohida diqqat-e’tibor bilan yondashmoqlari lozim, chunki adabiy-badiiy va adabiy-ijodiy xarakterdagi insholarning aksariyati voqealarga boy, rang-barang timsollar galereyasiga ega, g'oyaviy hamda badiiy jihatdan pishiq-puxta, mukammal asarlarning mazmuniga asoslangan bo'ladi. Bu esa insho yozilayotgan paytda o'ziga xos murakkab vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
MURAKKAB KO'RINISHDAGI REJA NAMUNALARI
Murakkab ko'rinishdagi reja namunalari sodda rejalardan o'zining «Kirish», «Asosiy qism», «Xulosa» tarzida o'ziga xos tarkibiy qismlarga bo'linishi bilan keskin farqlanib turadi. Bundan tashqari, har bir qismning o'zi bo'lakchalarga bo'linib ketishi mumkin. Murakkab rejalarda tinish belgilarining qo'llanilishi ham birmuncha e'tiborni jalb qiladi. Quyidagi murakkab ko'rinishdagi reja namunasiga diqqat qiling.
Mavzu; «Alisher Navoiy lirikasida insonni sevish va adolatparvarlik g'oyasining beri|ishi»
Reja:
Kirish. Alisher Navoiyning lirik merosi haqida ma'lumot.
Asosiy qism:
Alisher Navoiy lirikasining g'oyaviy yo'nalishlari to'g'risida.
Shoir asarlarida chinakam insoniy fazilatlarning ulug'lanishi.
Shoir she’rlarida inson timsoli.
Navoiy asarlarida adolatparvarlik g'oyalarining tarannum etilishi.
Xulosa. Shoir g'oyalari amalda.
Ko'rinib turibdiki, yuqoridagi insho rejalarida tinish belgilarining ishlatiiishi sodda ko'rinishdagi insho rejasiga qaraganda birmuncha murakkabroq.
Murakkab ko'rinishdagi insho rejalari uchun rejaning quyidagi tiplarini namuna sifatida tavsiya qilish mumkin.
Mavzu: «Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanidagi Anvar obrazi»
Reja:
Kirish. Abdulla Qodiriyning nasriy asarlari haqida ma’lumot.
Asosiy qism:
Anvar timsoli orqali ilm olishga ishtiyoqmand, qobiliyatli yoshlar xarakterining berilishi.
Anvar - o'z so'zida sobit turadigan sadoqatli do'st.
Anvar timsolida vafodorlik va pokdomonlik tuyg'ularining ulug'lanishi.
Anvar timsoli yordamida ijtimoiy tuzumdan norozilik kayfiyatlarining berilishi.
Xulosa. Anvar timsolining tarbiyaviy ahamiyati.
Mavzu: «Abdulla Oripov she’riyati va zamonamiz»
Reja:
Kirish. «Abdulla Oripovning she’riy asarlari haqida ma'lumot».
Asosiy qism:
Abdulla Oripovning she’rlarida ona O'zbekiston go'zalliklarining ulug'lanishi;
shoir asarlarida zamondoshlarimiz obrazi;
d) Abdulla Oripov she’rlarida istiqlol mavzusining yoritilishi.
, Xulosa. Abdulla Oripov asarlari bizni hayotni sevishga chaqiradi.
Yuqoridagi insho rejalarining sxemasini quyidagicha ko'rsatish mumkin.
mavzu:« »
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
1.
2.
3.
Xulosa.
Bunda tartib bildiruvchi 1, 2, 3 singari arab raqamlaridan va har bir gapdan so'ng nuqta belgisi qo'yish lozimligini hech qachon unutmaslik lozim.
Agarda «Asosiy qism»dagi bandlaming tartibi a), b), d) kabi harfiy shakllar bilan belgilanib, ulardan keyin yopiluvchi qavs qo'yilsa, shunga muvofiq ravishda gaplaming oxiriga nuqtali vergul qo'yiladi. Oxirgi bandda kelayotgan gap bundan mustasno. Sxemasi:
mavzu:« »
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
a)
b)
d)
Xulosa.
Bundan tashqari, insho rejalari yana ham murakkablashtirilib, «Asosiy qism»dagi arab raqamlari bilan belgilangan har bir band o'z ichida mayda bo'lakchalarga bo'lib yuborilishi mumkin.
Mavzu: «Nodira ijodiga tavsif»
Reja:
I. Kirish. Nodiraning adabiy merosi haqida qisqacha ma'lumot.
[I. Asosiy qism:
Nodira ijodida chinakam insoniy tuyg'ularning ifodalanishi.
Shoira she’rlarida xalqparvarlik g'oyalarining aks ettirilishi.
Nodira - vafodor yor va sevimli ona.
Xulosa. Nodira asarlarining tarbiyaviy ahamiyati.
Xuilas, insho rejasini tuzishda o'zbek tilining imlo qoidalariga rioya qilgan holda ish tutishni tavsiya etamiz. O'rni kelganda shuni ham alohida ta'kidlashni istardikki, ayrim ro'znoma va oynomalarimiz, xususan, «Yosh kuch», «Mushtum», «Guliston» jurnallarining tahririyati, «o`zbekiston adabiyoti va san’ati» haftanomasining jamoasi, «Turkiston» gazetasidagi xodimlar, shuningdek, nashriyotlardagi mutaxassislar davr talabidan kelib chiqqan holda ko'plab ruscha-baynalmilal so'zlami etimologik (grafik) tamoyilda emas, fonetik tamoyilga ko'ra ular qanday aytilsa, yozuvda shunday shaklda bermoqdalar. Masalan, sex, aprel, sirk, oktabr singari. Bundan tashqari, nomlaming atamalarning ishlatilishida xilma-xilliklar juda ko'payib ketdi. Sunday paytlarda o'quvchilarda qaysinisi to'g'ri: «Klassik adabiyotmi, mumtoz adabiyot?*, «Samolyot deb yozsak to'g'ri bo'ladimi yoki tayyora?», «lnternatsional o'miga baynalmilalni qo'llasak tog‘rimi?» degan qator savollaming paydo bo'lishi tabiiy.
Bu o'rinda tilimiz uchun qayg'urayotgan, uning obro'si uchun jon kuydirayotgan hamyurtlarimizning til borasidagi har qanday xatti-harakatlarini qo'llab-quvvatlasak arziydi, lekin ular tomonidan tavsiya qilinayotgan holatlar hali mutaxassislar tomonidan imlo qoidalariga muvofiq ravishda qonunlashtirib berilganicha yo'q. Shuning uchun o'quvchilar o‘z insholarida hozirgi imlo qoidalarimizdan chetga chiqqan misollarga murojaat etadigan bo'lsalar, buni alohida raqam bilan belgilab, so'ng varaqning pastiga izohlab ketishlarini, ya’ni ongli ravishda o'sha so'z yoki iboradan foydalanganliklari haqida belgi qo'yib yozishlarini so'rardik. Shundagina tekshiruvchi tomonidan bunday so'zlar xato hisoblanmasligi mumkin, aks holda, ikki o'rtada kelishmovchiliklar chiqishi mumkin.
INSHOGA EPIGRAF TAN LASH
Odatda, insho yozayotgan o'quvchi o'zining keng mulohazaga, teran fikrga, aniq bir dunyoqarashga egaligini anglatish uchun mavzuga har tomonlama mos keladigan, unga ohangdosh tarzda jaranglovchi hikmatli so'z hamda gaplardan, maqol va matallardan muqaddima (kirish) so'zi sifatida ustalik bilan foydalanadi.
Epigrafning qo'yilishi ixtiyoriy, lekin qo'yilayotgan epigraf mavzuga g'oyaviy nuqtayi nazardan to'la-to'kis ravishda mos'kelmog'i lozim. Yaxshi topib yozilgan epigraflaming o'ziyoq o'quvchining qanday dunyoqarashga egaligidan, uning bilim va malakalari o'lchovidan yaqqol dalolat berib turadi.
Epigraflar uchun, yuqorida aytib o'tganimizdek, xalq maqollaridan, matal va hikmatli so'zlardan, buyuk kishilaming fikriaridan, shuningdek, badiiy asarlardan olingan sitata (parcha)lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Olingan epigraflarda aniqlik va qisqalik, lo'ndalik bo'lmog'i darkor. Yarim yoki bir sahifalik epigraflar inshoning mazmuniga salbiy ta’sir ko'rsatishi tabiiy.
Keltirilgan epigraflar imlo qoidalariga mos ravishda varaqning yarmidan oxiriga qarab yoziladi. Aksariyat holatlarda ular qo'shtirnoqqa olinmaydi, biroq undan so'ng epigraf olingan manba yoki muallifning ism-familiyasi, albatta, ko'rsatilishi shart. Masalan: «Avaz O'tar ijodida ozodlik, ilm-fan va madaniyatning targ'ib qilinishi» degan mavzu uchun quyidagicha fikrni epigraf sifatida tanlash mumkin: Ilm baxt keltiradi (xalq maqoli)
INSHONING ASOSIY MATNI USTIDA ISHLASH
Inshodagi «Asosiy qism» ishning butun mazmunini, g'oyaviy uyg'unliklarini va yo'nalishlarini, o'quvchilarning dunyoqarashini, fikrlash doirasini o'zida yaqqol ifodalab turuvchi bo'lim sanaladi.
Odatda, inshoning «Kirish» qismida yozuvchining hayoti va ijodi bo'yicha umumiy, qisqa va aniq gaplarni bitish maqsadga muvofiq, shuningdek, bu qismda ma’lum bir asarning yaratilish tarixi yoki g'oyaviy yo'nalishlari haqida ham yozilishi mumkin.
Asosiy matnda esa o’quvchining ma'lum bir insho mavzusi yuzasidan mulohazalari, fikrlari o’z aksini topmog'i darkor bo'ladi, shuning uchun insho yozayotgan shaxslarga o'zlari uchun aniq bo'lmagan, mavhum mavzular bo'yicha yozma ish yozish tavsiya etilmaydi. Shunisi qiziqki, aksariyat o'quvchilarimiz adabiyotimiz tarixida muhim o'rin tutgan mashhur asarlarni o'qimasdan turib ham ulardagi timsollar yoki asarning mazmuni haqida insho yozishga kirishaveradilar. Natijada ular asami yaxshi bilmaganliklari uchun ko'plab chalkashliklarga, noaniqliklarga yo'l qo'yadilar. Bunday salbiy holatlarga duch kelmaslik uchun o'quvchilar, birinchi navbatda, darsliklardagi materiallardan yaxshi xabardor bo'lishlari lozim. Shundagina inshoning asosiy qismida mavzu yuzasidan o'zlarida hosil qilingan bilim va ko'nikmalami hech qiynalmasdan, batafsil bayon eta oladilar.
Yozuvchining ijodi bo'yicha fikr va mulohazalar bildirilayotganda, timsollarga tavsif berilayotganda shoshma-shosharlik bilan ish tutish, chala fikrlarni bayon etish yaramaydi. Aytilayotgan fikrlar she’riy va nasriy parchalar bilan asoslangan taqdirdagina insho mazmuni risoladagidek bo'lishi mumkin.
Har bir so'zni o'z o'mida qo’llash, og'zaki so'zlashuv uslubiga va shevaga xos so'zlardan qochish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish inshoning qimmatini oshiradi.
Yozilayotgan har bir gapda o'quvchining ijodkorligi, mustaqil fikrlashi barq urib turmog'i kerak.
Inshoning «Xulosa» qismida esa o'quvchining insho mavzusi bo'yicha umumiy xulosalari, mazmunning hozirgi davr bilan bog’liq jihatlari, asarning tarbiyaviy ahamiyati, timsollarning zamondoshlarimiz uchun namunaviy tomonlari haqida fikr yuritiladi.
Xuilas, insho yozish o'quvchidan, birinchi navbatda, bilim va malaka, e'tibor, mustaqil fikriash hamda ijodkorlikni talab qiladi.
Namuna
Namuna uchun berilayotgan mazkur inshoni ideal insho deb qabul qilmaslik lozim.
Yaxshi so’z - jon ozig’i
Reja:
So'zlashish madaniyati haqida.
Yaxshi gap bilan ilon ham inidan chiqadi.
Yomon so'z kishiga kulfat keltiradi, yaxshi so’z - baxt.
Tilingni asragin, tishing sinmasin (xalq maqoli)
Inson yer yuzidagi eng oliy darajada taraqqiy etgan mavjudot sanaladi. Insonga tabiat tomonidan ato etilgan sifatlar, imkoniyatlar juda ko'p, behisob. Ana shunday imkoniyatlardan biri bu - uning tilidir.
Til aloqa-aralashuvning eng muhim va betimsol vositasi sifatida insonlar hayotida beqiyos amaliy ahamiyatga ega. Odamlar ana shu til vositasida bir-birlari bilan suh- batlashadilar, fikr berib, fikr oladilar. Ming afsuski, hamma ham o'zi uchun berilgan bu cheksiz imkoniyatdan - tildan o'rinll foydalana olmaydi. Hayotimizda xushmuomala, shirinso'z odamlar bilan birgalikda so'zlashish madaniyatidan yiroq, dag'al va qo'pol so'zli kimsalar ham tez-tez uchrab turadi. Odamning ular bilan suhbat- lashishdan yuragi bezillaydi, chunki bu toifadagi kishilar o'rinsiz gap-so'zlari bilan suhbatdoshining diliga ozor yetkazadi. Shu o'rinda xalqimiz tomonidan aytilgan «Tig‘ yarasi bitadi, ammo til yarasi bitmaydi» degan maqolda olam-olam ma'no yotganligiga ishonasan kishi.
Hazrati Alisher Navoiy qalamiga mansub «Yaxshi so'z - jon ozig‘i» degan ibratli gapda ham buyuk hikmat yotganligini his qilishimiz mumkin.
Har bir inson so'zlash va tinglash madaniyatiga ega bo'lmog'i lozim. Zero, shirin- suxan va xushmuomala insonlami hamma hurmat qiladi. Ular bilan bir marta suhbat qurgan odamning ruhi yengil tortadi.
Yaxshi so'zlash degani o'zining gaplarini maqol-u matallar, she'riy parchalar bilan bezab gapirish degani emas, balki ko'ngliga kelgan gaplarni o'rinli va foydali tarzda, yumshoqlik hamda bosiqlik bilan so'zlash deganidir.
Har narsaga jahli chiqaveradigan, og'zidan bodi kirib, shodi chiqadigan, o'zini tuta bilmaydigan odamlarni hech kim hurmat qilmaydi. Xalq unday odamlarni kinoya bilan «biroz fe’li torroq», «yengilroq» deb ataydi. Shuning uchun ham insonlar bir-biri bilan gaplashganda xushmuomala bo'lmog'i darkor.
Tili zahar, hamisha atrofdagilaming diliga ozor yetkazadigan kimsalaming hayotda qoqilishi tabiiy bir holdir.
Hayotning bir qonuniyatiga qoyil qolish kerak. Shirinzabon, yuksak muomala madaniyatiga ega bo'lgan shaxslarning xarakterida insof va diyonat, poklik va adolat tuyg'ulari kuchli bo'ladi. Ulaming tilidan bol tomib turishi bejiz emas. « Yaxshi gap bilan ilon ham inidan chiqadi» degan maqolning tagida ma’no ko'p. Buning aksi o'laroq, doi­mo zaharxandalik bilan so'zlaydigan, tili achchiq kimsalaming zolim va mansabparast, johil bo'lishlarida ham hayotiy bir mantiq borga o'xshaydi.
O'rni kelganda shuni ham alohida ta'kidlab o'tmog'imiz kerakki, har bir inson o'zining ona tilida aniq va sof, talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda gapirmog'i lozim. Har ikki so'zining birida «chao», «privet», «koroche govorya» degan xorijiy so'zlami qo'shib gapiradigan shaxslar o'zlarini o'ta madaniyatli deb hisoblasalar ham, aslida, ular g'irt madaniyatsiz, muomala odobidan yiroq kimsalardir. Ularga ergashish bizni to'g'ri yo'ldan adashtirishi mumkin. Bugungi davr talabi, o'zbek tiliga davlat tili ma- qomining berilganligi ham bizdan xuddi shu narsani taqozo qilmoqda.
Xalqimizning «Yaxshi topib gapiradi, yomon - qopib» degan maqolida jon bor. Yaxshi so'z insonlarga baxt keltiradi. Barcha kulfatlaming boshi kishining yomon tilidir. Xalqimiz o'rtasida obro'-e’tibor topgan, shuhrat qozongan kishilaming barchasi bun­day yuksak nomga o'zlarining so'zi, ishi bilan erishganlar. Shunday ekan, bizning har birimiz tilimizdan chiqayotgan har qanday so'zga nisbatan diqqat-e’tibor bilan yondash- mog'imiz lozim. Qachon va qayerda, kimga, qaysi gapni qay yo'sinda ayta bilishga odatlanish odob-axloqning o'ziga xos me’yoridan darak berib turadi.
Bizning kelajagimiz, istiqlol g‘alabajarini saqlab qolmog'imiz, mustaqil O'zbekistoni- mizning shon-shuhratini qaytadan butun dunyoga yoyishimiz uchun yurtimizga xushfe’l va suxandon, xushmuomala, madaniyatli insonlar kerak bo'ladi. Bunga esa insonlar o'zining shirin so'zi orqali erishishi mumkin. Har qanday holatda ham avval o'ylab turib keyin so'zlashga o'rganaylik.
INSHONI BAHOLASH METODLARI
Yozilgan insholarni baholashda Respublika ta’lim markazi tomonidan tavsiya etilgan yo'riqnomadan foydalaniladi.
: Jnsho mavzusi to'la-to'kis ravishda, hech qanday imloviy xatolarsiz, izchillik asosida, yetarlicha faktlar yordamida ochilgan bo'lsa, ishga ijodiy yondashish, mustaqil fikriash yaqqol sezilib tursa, bunday insholarga «a’lo» baho qo'yiladi. Mazmuni o'ta yaxshi bo'lgan, 1 ta imloviy va 1 ta ishoraviy xatolikka yo'l qo'yilgan insholarga ham «a'lo» baho qo'yish mumkin.
Mavzusi to'liq ochib berilgan, aniqlik hamda izchillik seziladigan, ijodkorlik ustun, imloviy xatolarning nisbati ishoraviy xatolarga qaraganda ozroq, umumiy miqdori 6 tagacha bo'lgan insholarga «yaxshi» baho qo'yish tavsiya etiladi.
Insho mavzusi oxirigacha ochib berilgan bo'lsa, lekin unda ayrim chalkashliklar, noaniqliklar uchrab tursa, ko'pi bilan 4 ta imloviy, 4 ta uslubiy, 2 ta ishoraviy -jami 10 ta xatosi bo'lgan (imloviy, uslubiy, ishoraviy xatoliklaming nisbati o'zgarishi mumkin, biroq umumiy ko'rsatkich qat'iy qoladi) ishlarga «qoniqarli» baho qo'yiladi.
O'quvchi tomonidan mavzu yetarlicha yoritilmagan, qo'pol xatolarga yo'l qo'yilgan bo'lsa, fikrlashda noaniqliklar sezilib tursa, jumlalar bir-biri bilan bog'lanmasa, ijodkOrlik sezilmasa, xatolarning soni yuqoridagi nisbatlardan ortiq bo'lsa, bunday ishlarga «qoniqarsiz» baho qo'yiladi.
Shuningdek, o'quv yurtlarining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yozilgan insholar sinov tariqasida «qoniqarlf» yoki «qoniqarsiz» deb baholanishi mumkin.
TILSHUNOS OLIMLAR HAQIDA G'ULOMOV AYUB GtULOMOVICH (1914 - 1984)
A.G‘.G'ulomov o'zbek ilmiy tilshunosligining aspschisidir, U 1914-yili Toshkent shahrida tug'ilgan.
A.G‘.G‘ulomov «O‘zbek tilida aniqlovchilar* (1940), «O‘zbek tilida kelishiklar* (1940), «o`zbek tilida ko'plik kategoriyasi» (1944), «o`zbek tilida urg‘u» (1947), «Sodda gap sintaksisi* (1948), «Sodda gap* (1955), «O‘zbek tilida tarixiy so'z yasalishi muammolari* (1955), «Fe’l» (1957) kabr qator asarlari bilan o'zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishi uchun xizmat qildi. •'1
O'rta maktablarning V, VI, IX sinflari uchun uning rahbarligida yozilgan «0na tili» darsligi yigirma yilga yaqin yosh avlodga til ta’limini singdirishga xizmat qildi.
Respublikamizning barcha ona tili va adabiyot muallimlari A.G'ulomov tomonidan oliy o'quv yurtlarining o'zbek filologiyasi fakultetlari uchun yozilgan «Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis» kitobidan o'zbek tili sintaksisining sir-asrorlarini o'rganganlar.
NE’MATOV HAMID G'ULOMOVICH
1941-yili tavallud topgan. Filologiya fanlari doktori, professor.
O'zbek till tarixi, leksikologiyasi, morfologiyasi bo'yicha qator asarlar muallifi. Ular orasida «Qadimgi tarixiy yodgorliklaming funksional morfologiyasi*, professor Ravshan Rasulov bilan hamkorlikda yozgan «O‘zbek tilining sistemaviy leksikologiyasi asoslari* kitoblari alohida ajralib turadi. H.Ne’matov o'rta umumiy ta’limda «Ona tili* fanini takomillashtirish bo'yicha ham barakali xizmat qildi. U o'rta maktablarning V - IX sinflari uchun «amaliyotdan nazariyaga* tamoyiliga asoslangan yangi tipdagi «Ona tili* darsligining yaratilishiga bosh-qosh bo'ldi.
ALIBEK RUSTAMOV (1931)
Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1968), O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Alibek Rustamov (1995) o'zbek tili tarixi, tilning badiiy- estetik vazifasi, tilshunoslikning umumiy masalalari bo'yicha bir qancha asarlar yaratdi. Xususan, «Navoiyning badiiy mahorati* (1979), «Qofiya nima?* (1975), «Mahmud Zamaxshariy* (1971), akademik G'anijon Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Alisher Navoiy asarlarining grammatik xususiyatlari* asarlari alohida qimmatga ega.
Akademik Alibek Rustamov oliy o'quv yurtlarida filologiya ta’limini yuksaltirish sohasida tinimsiz mehnat qilmoqda. Jumladan, G'anijon Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Qadimgi turkiy til* (1982) o'quv qo'llanmasi qadimgi turkiy manbalami o'qish va ulami tahlil etish bo'yicha talabalarning doimiy hamrohiga aylanib qoldi.
IRISTOY QO'CHQORTOYEV (1936 - 2000)
Filologiya fanlari doktori (1978), professor (1981), O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (2000) Iristoy Qo'chqortoyev o'zbek tilining leksikologiyasi, uslubiyati, tilning umumiy-nazariy masalalari bilan bog'liq bir qator asarlaming muallifi. Ular orasida «Ferdinand de Sossyuming lingvistik konsepsiyasi* (1.976), «So‘z ma’nosi va uning valentligi* (1977) kabi kitoblari tilshunoslikning nazariy muammolarini yoritishda katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Shuningdek, u oliy maktablarda til bilimini o'qitishni takomillashtirish' bo'yicha ham ulkan ishlarni amalga oshirdi. Xususan, oliy o'quv yurtlarining o'zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun yozilgan «Badiiy nutq stilistikasi* (1975), «Turkiy filologiyaga kirish* (1976), «Tilshunoslikka kirish* (1976), «Umumiy tilshunoslik*, «Lingvistik ta’limot tarixi* (1980) kabi o'quv qo'llanmalari tilshunoslik nazariyasi va turkiyshunoslikni yuqori pog'onaga ko'tarishda katta ahamiyatga ega bo'ldi.
ERNST BEGMATOV (1936)
Filologiya fanlari doktori, professor Ernst Begmatov o'zbek nutq madaniyati, leksikologiyasi muammolarini hal qilishda barakali faoliyat korsatib kelmoqda. Ayniqsa, uning o'zbek onomastikasining shakllanishi va rivojida katta xizmati bor. Olim bu sohada o'zining qator ilmiy ishlarini e’lon qildi. Ular ichida «Kishi nomlari imlosi* (1970), «O‘zbek ismlari imlosi* (1972), 14600 ismniiig izohini o'z ichiga olgan «O‘zbek ismlari* (1999) kitoblari alohida qimmatga ega.
SHAVKAT UBAYDULLAYEVICH RAHMATULLAYEV (1926)
Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Rahmatullayev o'zbek titi leksikologiyasi, leksikografiyasi, morfologiyasining rivoji uchun katta hissa qo'shgan olimdir. Ayniqsa, o'zbek frazeologiyasining shakllanishi va rivojlanishida uning xizmati katta. Shuningdek, o'zbek tilining izohli, etimologik, imlo lug'atlarini tuzishda barakali mehnat qilib kelmoqda. Ular orasida «o`zbek tilining qisqacha frazeologik Iug'ati* (1964); «O‘zbek tilining izohli frazeologik Iug'ati* (1978), «O‘zbek tili antonimlarining izohli Iug'ati* (1980), «O‘zbek tili omonimlarining izohli Iug'ati* (1984), «O‘zbek tilining qisqacha etimologik Iug'ati* (2000) kabi asarlari alohida ajralib turadi.
AZIM PO'LATOVICH HOJIYEV (1933)
Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1977), O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000) Azim Hojiyev o'zbek tili morfologiyasi, so'z yasalishi, leksikologiyasi va leksikografiyasi, orfografiyasi bo'yicha bir qancha asarlari bilan o'zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib hissasini qo'shdi. Ular orasida «O‘zbek tilida ko'makchi fe’llar* (1966), «To‘liqsiz fe’l» (1970), «Fe'l» (1973), «Hozirgi o'zbek tilida forma yasalishi* (1979), «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»(1980), «O‘zbek lingvistik terminlarining izohli Iug'ati* (1984), «Tilshunoslik terminlarining izohli Iug'ati* (2002) kabi asarlari alohida qimmatga ega.
A.Hojiyev o'rta va oliy maktablarda ona tilini, hozirgi o'zbek tilining nazariy muammolarini o'qitishni takomillashtirish bo'yicha ham barakali faoliyat ko'rsatmoqda. Uning tashabbusi va bevosita ishtirokida oliy o'quv yurti filologiya fakultetlari talabalari uchun «Hozirgi o'zbek adabiy tili* - 1-qism (1980) darsligi, o'rta maktablarning V-IX sinflari uchun «Ona till* dasturi (1992) va darsligi (1992 -1994) yaratildi.
AHMAD AL-FARG‘ONIY
Ahmad al-Farg'oniyning to'liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniydir.
U VIII asr oxirlarida Qubo (hozirgi Quva) shahrida dunyoga keladi. Quva shahri o'sha davrriing madaniy-ilmiy markazlaridan bo'lgan. 20 yoshgacha Quva shahrida yashab shu yerda ta’lim oladi.
Uning nomi o'sha davrlardayoq keng tarqalib, Marv shahriga taklif etiladi. Ahmad al-Farg'oniy nomi ko'p o'tmay shunchalik e’tibor qozondiki, 30 - 35 yoshlarida uni «Tinchlik shahri» deb atalgan Bag'dodga «Bilim uyi», ya’ni «Xizonat al-hikma» yoki «Bayt ul-hikmat»ga taklif etishadi. Uning ko'pchilik asarlari Ma’mun huzurida yashagan davrida yaratildi. Uning mashhur «Kitob javome’ ilm an-nujum val-harakat as-samoviya» (Astronomiya va sayyoralar harakati) kitobi ham o'sha davrda yaratildi,
Olimning asarlari XII asrdayoq Italiya, Fransiya hamda Germaniya universitetlarida o'qitila boshlandi. Bu davrda uning mashhur asarlari lotin tiliga, Ya’qub Onado'liy tomonidan ibroniy tiliga o'girildi.
Ahmad al-Farg'oniy Ovrupoda Alfraganus nomi bilan mashhur bo'ldi. Uning qo'lyozmalari dunyo bo'yicha tarqalgan. Amerikaning Prinston universiteti, Sankt- Peterburg, Qohira, Parij, Mexiko va Hindistonda olim qo'lyozmalari ro'yxatga olingan. Al-Farg'oniy kabi buyuk bobokalonlarimizning nomlarini va asarlarini tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni anglashda, o'zligimizni idrok etishda ibratli saboq bo'ladi.
SHONAZAR SHOABDURAHMONOV (1923)
Filologiya fanlari doktori (1964), professor (1967), O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1974) Shonazar Shoabdurahmonov o'zbek tili fonetikasi, o'zbek tilining badiiy-estetik vazifasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, dialektologiyasi yuzasidan qator salmoqli asarlar yaratdi. Jumladan, «O‘zbek tilida yordamchi so'zlar* (1953), «Fonetika. O'zbek tili fonetikasiga doir ba’zi masalalar» (1953), «O‘zbek tilida punktuatsiya* (1955), «O‘zbek adabiy tili va o'zbek xalq shevalari* (1962) kabi asarlari o'zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib hissa bo'lib qo'shildi.
Akademik ■ Sh.Shoabdurahmonov o'rta hamda oliy ta’limda o'zbek tili va tilshunosligini o'qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning V.Reshetov bilan hamkorlikda oliy maktablarning o'zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun chiqarilgan «O‘zbek dialektologiyasi* (1962, 1969, 1978) darsligi, shuningdek, o'rta maktablarning IX sinfi uchun hammualliflikda yozilgan «O‘zbek tili» (1977,1978, 1980,1982) hamda oliy o'quv yurtlari uchun yaratilgan «Hozirgi o'zbek adabiy tili* (1980) darsliklari alohida ahamiyatga ega.
G‘ANIJON ABDURAHMONOV (1925)
O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi G'anijon Abdurahmonov o'zining butun ongli faoliyatini o'zbek tilshunosligi ravnaqi uchun sarfladi.
1951 -yili «O‘zbek tilida sifatlar substantivatsiyasi* mavzuyida nomzodlik, 1960-yili «O‘zbek tilida qo'shma gap sintaksisi asoslari* mavzuyida doktoriik ishlarini himoya qildi.
G'anijon Abdurahmonov oliy va o'rta maktablarda til ta’limi borasida samarali mehnat qildi.
Uning oliy o'quv yurtlari filologiya fakulteti talabalari uchun yozilgan «Hozirgi o'zbek adabiy tili, II qism, Sintaksis», «O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi* (prof. Sh.Shukurov bilan hamkorlikda), «Qadimgi turkiy til» (akad. A.Rustamov bilan hamkorlikda), o'rta maktablar uchun yaratilgan «Ona tili» darsliklari hamon o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.
MAZLUMA ASQAROVA (1924)
O'zbek tilining ravnaqi uchun munosib hissa qo'shgan olimalardan biri filologiya fanlari doktori, professor Mazluma Asqarovadir. Olima turli yillarda yaratgan «Ravishdosh», «Qo'shma gap sintaksisi*, ((Hozirgi zamon o'zbek tilida qo'shma gapiar* (akad. G'.Abdurahmonov bilan hamkorlikda) kabi darsliklar hozirgi kungacha oliy o'quv yurtlari talabalari uchun asosiy manba vazifasini o'tab kelmoqda.
Prof. M.Asqarova hammualliflikda yozgan IV, V, VI, VII, VIII sinflarning «Ona tili* darsliklari to hanuz o'zining ahamiyatini yo'qotgani yo'q.
Bir so'z bilan aytganda, prof. MAsqarova respublikamiz xalq ta’limi tizimining barcha bo'g'inlarida ona tili fani o'qitilishini tubdan yaxshilash, yangi, zamonaviy kadrlami tarbiyalab yetishtirish ishlariga bosh-qosh bo'lmoqda.
«AL-JOME AS-SAHIH» TO'PLAMI HAQIDA
«AI-Jome as-Sahih» to'plamini tilga olganimizdayoq Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy xayolimizga keladi. Asar islom olamida Qur'ondan keyingi va «Kutub as-sitta* (Olti hadis to'plami)dan avvalgi manbadir. Mazkur asar haqida muallifning o'zi shunday deydi: «Hadislami to'plamga kiritishimdan avval g'usl qilib, so'ng ikki rakaat istixora namozini o'qir edim. Men bu to'plamdagi hadislarni jami olti yuz ming aralash va ikki yuz mingga sahih hadislar orasidan ajratib oldim. To'plamni yozish uchun o'n olti yil umrimni sarfladim. Toki bu Alloh bilan mening o'rtamda hujjat bo'lsin uchun* (Imom az-Zahobiy. Siyora’lom an-Nubalo. 12-jild. 391-bet).
To'plam 97 kitob (fasl) va 3405 bobdan iborat. To'plamdagi hadislarning soni esa quyidagicha:
Mutaba’at (ketma-ket davom etuvchi) hadislarning soni 344 ta.
Ta’aliq (hoshiyasida izoh bilan kel§an) hadislarning soni 1341 ta.
Takror kelmaydigan mavsula (Muhammad payg'ambarga bog'langan) hadislarning soni 2602 ta.
Takror keladiganlar soni 7397 ta.
«AI-Jome as-Sahih»ning barcha hadislari 183 tasahoba tomonidan rivoyat qilingan, ulaming 31 tasi ayollardir.
To'plamdagi eng ko'p rivoyat qilgan sahobalar alohida beshlikni tashkil qiladi. Uning turiicha nusxalari nashr qilingan. «Buloq» nomli 8 jilddan iborat nusxasi nashr etilgan. Bu sulton Abdul Hamid tasarrufi bilan besh ming nusxada chop etilgan.
ILMGA BAXSHIDA UMR
Hadis ilmida «Amir ul-mo‘minin», «lmom ul-muhaddisin» degan sharafli nomiarga sazovor bo'lgan Imom al-Buxoriy 194-hijriyda (810-yil 10-iyul) Buxoroning Xartang qishiog'ida tavaiiud topgan. 16 yoshida onasi va akasi Ahmad bilan haj safariga boradi va hadisni o'rganish maqsadida Hijozda qoladi. U Basrada bo'lganida 16 kunda 15 mingdan ziyod hadisni yod olgan, ikki marta Shorn, Misr, Jaziraga bordi, to'rt marta Basraga safar qildi. Olti yil Hijozda yashadi. Rivoyatlarga qaraganda, yuz mingga yaqin hadisni isnod bilan va yana ikki yuz ming hadisni shunchaki yod olgan.
Imom al-Buxoriy «Sahih»ni to'plagandan so'ng Buxoroga qaytadi. Naysaburda uni to'rt ming suvori chiqib katta tantana bilan kutib olgani ma’lum. U Buxoroga qaytar ekan, shaharga bir farsah qolganda bir chodir tutib dam olish uchun to'xtaydi. Shahar ahli unga peshvoz chiqdi. Samarqand ahli esa unga maktub yo'llab o'z shaharlariga taklif qilgan. Buxoriy taklifni qabul qilib yo'lga otlanadi. Samarqanddan ikki farsah masofada joylashgan ona qishlog'iga yetgach qavm-u qarindoshlari yonida to'xtaydi. Muhaddis 256-yil hijriyda fitr bayrami payshanbaga o'tar kechasi vafot etadi va o'sha yerda dafn etiladi.
HIJRIY YIL HISOBI
O'rta Osiyoda XIX asrgacha hijriy yil hisobi qo'llangan. U milodiy 622-yil 16-iyuldan boshlanadi. Bir hijriy yil 12 oy, bir oy esa Oy fazalarining takrorlanish (masalan, yangi Oy chiqishi) davriga teng va 29,30 kundan iborat. Shuning uchun toq raqamli oylar 30 kun, juft raqamli oylar 29 kun va bir hijriy yil 354 kunga teng.
AI g o r i t m: Hijriy yilni milodiyga o'tkazish uchun uni 0,97 ga ko'paytirib yaxlitlash va 622 ni qo'shish kerak. Misol: Beruniy hijriy 362-yili tug'ilgan. 362 x 0,97 = 351; 351 + 622 = 973. Demak, Beruniy tavalludi milodiy 973-yil.
AI g o r i t m: Milodiy yilni hijriyga o'tkazish uchun 621 ni ayirib, 1,03 ga ko'paytirish va yaxlitlash kerak. Misol: Alisher Navoiy tavaiiud topgan 1441-yil, 1441 - 621 = 82-0; 820x1,03 = 844,6.
Izoh: Algorjtmlar taqribiy - bir yilga farq qiladigan natija berishi mumkin.
TINISH BELGILARINING QO'LLANILISHIGA DOIR MISOLLAR
- Ikkinchiga o't, hisobni bilmaysan. - U pakana kishiga qaradi: Shunday qilsin-a?
Otasi bomdoddan kirsin, - dedi u Saltiga qarab, - men o'zim yotig'i bilan aytib ko'ray, yo'q demas, - so'ngra Zebiga yuzlandi. - Sen, qizim, uyga joy qil, o'rtog'ingni o'tqiz, dasturxon sol...
Abdulla Qahhor oddiy dehqondan tortib to akademikkacha - hammaning ko'nglini topa olardilar, odamning ko'ngliga tushadigan birgina kaliti bor, bu kalit - kamtarlik, oddiylikdir.
Abdullatif otasining ketidan quvmadi - uch kun Sherozda qolib ketdi.
Abror qizni darrov tanidi: u qo'shni mahalladagi do'konda ishlar edi.
Adabiyot biron ijtimoiy hodisaning yaxshi yoki yomon ekanligini faktlar, raqamlar bilan isbot qilib, xulosa chiqarmaydi; uning yaxshi yoki yomon ekanligini ko'rsatib, kishilarda shu hodisaga nisbatan muhabbat yoki nafrat hissini tug'diradi.
Agar ayb ishdan tiyilsang - demak, o'zingni boshqaryapsan.
Agar ayb ishdan tiyilsang - demak, o'zingni boshqaryapsan.
Ahror ovoz egasini tanidi: Hasan naychi edi.
Albatta, go'zallik ham har xil bo'ladi: kechasi qop-qora osmonda olovli iz qoldirib uchgan yulduz ham go'zal, kunduzi guldan gulga qo'nib yurgan kapalak ham go'zal.
Alisheming ishqi tushibdimi - o'rgaturmiz.
Amr qildimki, vaziriar ushbu to'rt sifatga ega bo'lgan kishilardan bo'lishi lozim: birinchisi - asillik, toza nasllilik; ikkinchisi - aql-farosatlilik, uchinchisi - sipoh-u raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo'lishlik; fo'rtinchisi - sabr- chidamlilik va tinchliksevarlik.
Arava notinch bo'ldi - qo'shquloqdagi suv chayqaladi, to'kiladi.
Asad, shu paytgacha emaklasak ham birga emakladik, yugursak ham birga yugurdik, tursak - birga turdik.
Behbudiy tomonidan qilingan ishlami sanay bersak, ulaming adog'iga yetmaymiz: u o'z hovlisida bepul maktab ochib, xalq bolalarini o'qitdi.
Beshinchi kuni hamma narsa ma'lum bo'ldi: ko'rinmas politsiyachi rolini qafasdan qochib chiqqan to'tiqush bajarayotgan ekan.
Bir joyda turganimda deyarli fikr qilolmayman; tanam hamma vaqt harakatda bo'lishi kerak, ana o'shanda aqlim ham harakatga keladi.
Bir kuni o'sha podsho shikorga chiqqan edi: men ham, yigitlar ham birga bordik.
Bir narsa kishida umid uyg'otadi: farg'onaliklar nafaqat asrimizning so'nggi yilini, balki yangi mingyillikni munosib ko'rsatkichlar bilan kutib olishga harakat qilmoqdalar.
Bir necha nafas shunday turgach, ko'zlarini ochdi: nur yo'qolibdi.
Bir necha shunday turgach, ko'zlari ochildi: nur yo'qoldi.
Bir nufuzli davraga haddan tashqari qimmatbaho yasan-tusan qilgan erkak-ayol kirib keldi: qaragan ham, qaramagan ham havaslandi.
Birdan tajriba ro'y-rost Ishonartl natijalarga olib keldi: qizdirib sovutilgan mahsulot to'q qizil rangga kirdi.
Birgalashib ovqatlansang - lazzatlanasan, birgalashib ishlasang - xursand bo'lasan.
Birlashgan o'zar- birlashmagan to'zar.
Birov sening aybingni yuzingga aytsa, so'zini qaytarma, chunki u sening uchun ko'zgudir; ko'zgu xira bo'lib qolsa, boshqa aybingni ko'rsatadimi?
Birovga ayta ko'rmang: ikkovimiz ham baloga qolamiz.
Biroz qor yog'di - sovuq bo'lmadi.
Biz yashayotgan bu yerda quyosh sokin, iliq nur sochadi; daraxt barglari orom bag'ishlab shitirtashadi.
Bizga bir narsani hal qilib ber: Saltikov katta yozuvchimi, Shedrin katta yozuvchimi?
Bizni kutasiz, ilinasiz, sog'inasiz - yurak bisotingiz, boyligingizni.
Bola ichi bo'sh chelakka o'xshaydi. Nima quysang - go'zal narsani ham, yomon narsani ham oladi.
Bor so'zni sd'z sanab tebranmasin til, ko'rib, o'ylab so'zla, keragini bil.
Bora-bora shunga odatlanib qoldim: hamma darsdan a'lochi bo'ldim.
Boshim butun: yaxshiligingizni unutmayman, o'z otam kabi yodlayman.
Boshliq keldi - ishni boshlaymiz.
Bu musobaqa sportchilarning ko'pkurashini eslatardi: kimning ballari umumiy hisobda yuqori bo'lsa, o'sha g'olib deb topilishi kerak edi.
Bugun barcha bir butun millat bo'lib uyg'onmas ekan, kelajak yo'lidagi uy-ro‘zg‘orimiz kamol topmaydi -fikrsizlik, nodonlik oyog'imizga tushov bo'laveradi.
Bugun barcha bir butun millat bo'lib uyg'onmas ekan, kelajak yo'lidagi uy-ro‘zg‘orimiz kamol topmaydi - fikrsizlik, nodonlik oyog'imizga tushov bo'laveradi.
Bunisi oq mum, harom emas: shimsa ham bo'ladi, chaynasa ham bo'ladi.
Chin so'z - mo'tabar, yaxshi so'z qisqa - muxtasar; kishining miyasida illat bo'lsa - so'zida mantiq bo'lmaydi.
Dadamlar: - Xo'sh, qalay, bu yerlar yoqdimi? Qara, hammayoq sokin. Qushlar, baliqlar—bizniki, - dedilar.
Oamingizni chiqarmasdan turing: men sizni yuragingizga bir alam bermoqchiman: agarda u yurak hech narsa kor qilmas bir ma’dandan iborat bo'lmasa, agarda jinoyatga ko'nikish orqasida har qanday hisdan mahrum bir misga aylanmagan esa, men unga achitib-achitib bir alam berayin deyman.
Darrani qoziqdan oldi, siltab ko'rdi: vazmin, mayin, lekin zahardek achchiq, nishtardek o'tkir, qilichdek keskirl
Davr qiynoqlari o'tkinchi - hali hamma narsa oldinda.
Dehqonlar yerdagi namlikdan, tog'dagi qor zaxirasidan xursand - bu yil obi hayot mo'l bo'lishidan umidvor.
Demak, gap bunday: o'ttizinchi yillar adabiyotini o'rganishni kechiktiramiz.
Do'konda edim, O'rmat yo'q, sen izvoshni qo'sh, bir yerga borib kelamiz.
Do'ppingni tizzangga qo'yib, chakkangni qashlab, bir o'ylab qarasang - bir buyuk hikmatga duch kelasan.
Do'stlardan qo'rqma - nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo'rq - ular seni o'ldirishmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ulaming jim va beparvo qarab turishlari tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo'laveradi.
Do'stlik shishaga monand, sinsa - ulay olmaysan.
Doston aytdim - kitob bo'ldi.
Dushmanlardan qo'rqma - nari borsa, ular seni o'ldirishi mumkin.
Egri ozadi - to'g'ri o'zadi.
Eh, bu yerning nimasini aytasan: xayoldagi jannatning xuddi o'zi.
Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo'lgandir: tun yarmidan og'ganda birdan uyg'onib ketasiz.
Endi senlar o'qib, oq-qorani taninglar, - deydi Xoliyor amaki. - Hozir dunyo ilmli odamlamiki.
Eng xosiyatli buloq - ilm chashmasi: undan suv ichgan sayin tashnalik yo'qolmaydi.
Erga navbat - sherga navbat.
Eshik ochildi, ko'chada pochtalyon turardi.
Esida bor: otasi bilan mana shu o'rindiqqa o'tirsa, mototsikl degani qattiq ovoz chiqarib yurib ketdi-yu, nevara qo'rqqanidan otasini mahkam quchoqlab, ko'zlarini yumib oldi.
Ey inson, har bir so'zni o'ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yo halokatga boshlaydi.
Ezgu ishni hech qachon keyinga qoldirmaslik kerak: har qanday paysalga solish bema’nilik va ko'pincha xavflidir.
Farovonlik istasang, baxtli bo'lganingda ham do'st-yor orttir - dengiz to'lib-toshsa ham daryo suviga muhtojdir.
• Farzandini dunyoga keltirgan onaning o'y-xayolida birgina orzu mujassam yashaydi
u ham bo'lsa, farzandlaming barkamol inson bo'lib yetishishidir.
Fe’l-u atvorining o'zgarmas darajada qat’iyligi - ayol tabiatiga yotdir.
G'uncha guldan ham go'zalroq, chunki uning bag'rida ikki hayot - o'z hayoti va yana gul hayoti ham bor.
Gap-so'zidan bildim - raisimiz ideologiya bilan gapirishdi.
Go'zal - go'zal emas, suygan - go'zaldir. Nega suygan go'zal - hamma gap ana shunda.
Ha, darvoqe, uni gazetaga yozmoqchi ham bo'ldik avval, lekin sadqayi gazeta ketsin senga deb yozmadik.
Ha, til bo'lsa ham, bo'lmasa ham - boshga balo.
Halimaxonni ko'rdim, sira o'zgarmabdi: hamon o'sha-o'sha.
Halimaxonni ko'rdim, sira o'zgarmabdi; hamon o'sha-o'sha.
Har bir odamning gullagan fasli bo'ladi - umrning gurkiragan davril
Har kimga ozor bera ko'rma - dunyo barchaga barobardir.
Har odamning gullagan fasli bo'ladi - umrning gurkiragan davril
Hayratga tushmasman bu holdan sira, Dunyo, bu - quvg'indi ohuday yelar.
Hazrati Navoiyda shunday gap bor: birovning oldida aytish mumkin bo'lmagan gaplarni, qilish mumkin bo'lmagan ishlami kinrisa yo'g'ida ham aytmasa, qilmasa, o'sha odam donodir.
Hazrati Navoiyda shunday gap bor: birovning oldida aytish mumkin bo'lmagan gaplarni, qilish mumkin bo'lmagan ishlami kimsa yo'g'ida ham aytmasa, qilmasa, o'sha odam donodir.
Hech o'ylaysanmi: qishloqda shuncha voqealar bo'lib o'tdi.
Hovlimizda bir tup jiyda bo'lardi - quchoq yetmas, nuqra yaproq, bobomning bobosini ko'rgan non jiyda.
Hozir qishloqda yoz, bu yerga esa bahor endigina qadam qo'ygandek edi: qiyafiklarnr qoplagan qoqigullar yulduz parchalariday yaltiraydi, qorli cho'qqilar orasidan yugurib pastga tushib kelayotgan jilg'alaming bo'yida chuchmomalar yaproq yozmoqda.
Ibrohimov yana kim so'zga chiqmoqchi ekanini so'ragan edi, hech kim qo'l ' ko'tarmadi.
Ilm bir daryo - ichi to'lmish dur-u gavhar bilan.
Ilm kelinchakka o'xshaydi: u xilvat va pinhonlikni yoqtiradi.' ■
Insondagi har bir tuhfa - ko'z, quloq, til, oyoq, yurak, aql-zako yaxshilik uchun yaratilgandir.
Ishning oqibatini, nima bo'lishini bilish - oqillikdan, ammo keladigan falokatga chora izlamay qayg'u chekib o'tirish - nodonlikdan dalolat beradi. -
Ishqilib, yo ilmli, yo hunarli bo'lish payida bo'linglar.
Jahonda nimaiki oq bo'lsa, unga ona suti timsol; nimaiki jo'shqin bo'lsa, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo'lsa, ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat, mehridaryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol.
Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir: quyosh lovullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan o'ralgani uchun, qilt etgan shabada yurmaydi.
Kamtar bo'lsang, obro' ortar; gerdaysang, ensa qotar.
Kamtarga kamol - manmanga zavol.
Kavushini to'g'rilab qo'yish kerak: qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi.
Kishi o'z si'rini besh xil kishiga aytmasligi kerak. Birinchisi - makr-u hiylali ayol, ikkinchisi - balog'atga yetmagan bola, uchinchisi - tentak, to'rtinchisi - birovga tobe kishi, beshinchisi - sinalmagan do'st.
Kulrang kiyingan odam boshqalaming o'zi haqida bilishlarini istamaydi: kulrang - sirlarni yashirish xususiyatiga ega.
Kurashda bir tabiat qonuni bor: polvon, davrada mag'lub bo'lsa, taqdirga tan berib ketmaydi.
Lekin bir shartim bor: ro'yxatni olganingizdan keyin meni jazolamaysiz.
Ma’lumki, san’at, shu jumladan, so'z san’ati - adabiyot ham kishilaming ongiga his orqali - yurak orqali ta'sir qiladi.
Mashina haydovchilariga qiyin bo'ldi: shiddat bilan chalingan hushtak shofyorlami tinimsiz to'xtashga majbur qilardi.
Mehnat kishini uch balodan saqlaydi: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan.
Mehribon kishining pand-nasihatlarini olgin - ular seni saodatga yetaklaydi.
Men bir dirham bilan barchalaringizning istaklaringizni qondiraman, chunki sizlar ko'pchiliksiz, dirham esa bitta, ammo shu bir dirham ko'p hunar ko'rsata oladi: u ajratadi va birlashtiradi ham.
Musayev soatiga qaradi: o'n bir yarim.
Na kunduz, na kecha beradi tinchlik, - Yoz, - deydi, - azizim, ma, qalam, daftar!
Nastarin gullashi bilan qizlar undan «baxt» qidirishadi: niyati amalga osharmish.
Nega kerak gapning nega, negasi, Yo shoir, yo marhum buning egasi. -
Nihoyat, mutolaa boshlandi: mulla Muhammad Zohid domla yo'l-yo'l beqasam jildli kitobni qolga oldilar.
Nihoyat, ovqatlanishga o'tirishdan avval qo'llarimizni yuvamiz; qoshiq va sanch- qilarni qayta-qayta artishdan erinmaymiz.
Nodon aytur: g'olib chiqdim, dono aytur: yo'l berdim.
Novcha teraklar ustida oyning kumush parchasi suzadi; shamol novda-nihollami tebratadi.
Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majburetadi.
O'qishlar har xil bo'ladi: birov ermak uchun o'qiydi, birov hordiq chiqarish uchun, birov o'qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, birov bo'lak mashg'uiot bo'lmaganidan vaqt o'tkazish uchun, birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga qiziqib o'qiydi.
O'ttizinchi yillarning o'rtalarida bolaligimni o'ylaganimda cha- lakam-chatti tush ko'rganday edim: dumli yulduz chiqqan edi; Babar (Bobir bo'lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o‘lma- gan edi...
O'zi shu - ovi yurganning dovi ham yurarkan!
O'zimcha hayronman: nega bu kishilar kitob o'qirkanmiz deb shuncha taraddudlanib o'tirishibdi?
Odob kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi; yoshlar u duo barakasidan umrbod bahramand bo'ladilar.
Oldiga yaqinlashding - shovqin soladi.
Ona borki, olam bor; ona borki, odam bor.
Otaga shunday o'g'il zarurki, u ikki girdob: olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa olsin.
Otam so'zimni eshitdi: yelkasi osha qaradi-da: - Ha! - deb to'ng'illab qo'ydi.
Otni tepmaydi, itni qopmaydi dema.
Ovga kirishadigan sohibchangal qushlardan: qarchig'ay, miqqiy, qirg'iy; urishadigan qushlardan: dakan xo'roz, oddiy xo'roz, amirxon xo'roz, kaklik, bedana (bu so'nggi ikkisi sayrash uchun ham boqilib, cho'pqafasda, to'rqafasda saqlanadi); sayraydiganlardan: qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar.
Ovqatlanib olishsin, yo'l og'ir.
Oyda esa butunlay boshqa manzarani ko'rish mumkin: birpasda qorong'ilik tushadi.
Oz gapirmoq hikmatga sabab; oz yemoq - sog'liqqa sabab.
Qish keldi - sovuq kunlar boshlandi.
Qiz avval qo'rqdi, otasi uning Sidiqjon bilan so'zlashib turganini emas, boqqa tushganini bilsa ham, terisiga somon tiqadi - bu xususda otasining qamchisidan qon tomar edi; keyin yangi bir olamga kirib, otasining qamchisini ham, jingil ostida pusib yotgan kurk tovuqni ham unutdi.
Qo'rqitmay o'stirdim, botir bo'ldingiz.
Qor yog'di - izlar bosildi.
Qorin to^sa, arpa ham, hoiva ham bir xil;-ikkalasi ham ortib qolaveradi. - -
Qrim urushidan keyin hammasi chappasiga o'zgardh kompaniya bankrotlik yoqasiga kelib qoldi.
Qushlarning sho'xlik bilan sayrashlari mayin, yoqimli va mungli bu ovozni bosolmaydi; daraxtlarning shitirlagan ovozi qulog'imga yozning xayrlashuv qo'shig'idek eshitilardi.
Quyoshning uyg'onishi sen ta'riflagandan ham antiqa: tong nihoyatda go'zal bo'ladi.
Rasadxona zimiston bo'lsa ham, Ali Qushchining o'tkir ko'zlari darrov ko'rdi: poygakda bir kimsa gavdasi bilan eshikni to'sib, qaqqayib turardi.
Respublikamiz hayotida muhim bir voqea yuz bersa, biz sabrsizlik bilan Abdulla Qahhor nima der. ekan deb kutardik, ustoz yozuvchi, albatta, hammani hayratga soladigan, ko'pchilikka ma’qul bo'ladigan bir gapni aytardi.
San’atkor tajang edi: tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi, bir traktorist uni savodsizlikda aybladi.
Savobdir jilg'aga soysan, deb aytsang, Yo xunuk ayolga oysan, deb aytsang.
Sekin unga yaqin bordim: bu manzara ham bizning ko'ngilga yaqin-da, qadrdon!
Sen bola, menga aql o'rgatma - bor, jo'na, turqingni ko'rmay.
Senga taalluqli bo'lgan insonlar, muhit va ishlaringdan ko'ngling to'lishidir, ammo bu dunyoning hisob-kitobi juda qattiq; bermaguningcha olalmaysan!
Senga taalluqli bo'lgan insonlar, muhit va ishlaringdan ko'ngling to'lishidir, ammo bu dunyoning hisob-kitobi juda qattiq: bermaguningcha ololmaysan!
She'r shuning uchun muqaddaski, uning Bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. Istiqlol davri bolalari g'ayratli, shijoatli; ko'zida chaqini, ko'ksida yolqini bor.
Shinel jiqqa ho'l; Bektemiming yuzidan tomchilar quyilar edi.
Shoxmaylar tantanalariga to'q-farovon joylarda qishloqning barcha ahli tayyorgarlik ko'rganr har bir xonadon turli taomlar tayyorlagan, non-u qatlama, patirlar yopilgan, bo'g'irsoq va po'ssiqlar pishirilgan.
Sirni eshitishga qobil bo'lgan ikki kishi bor: ularning birinchisi - vazir, boshqasi - kotib.
Siz o'z xalqingiz, Vataningiz, millatingizning qarog'larisiz, ammo unutmang: tanbal, daqqi, bezori kishi ma’naviy nogiron degan so'z.
Siz Sherali Jo'rayev bugun Toshkentda ijro etgan yangi qo'shiqning ikki kundan keyin Termiz shahridagi ovoz yozish nuqtalarida yangrayotganiga ajablanmaysiz, chunki bilasiz: yaxshi qo'shiq ham xushxabardek tez tarqaladi.
So'z doriga o'xshaydi - ortiqchasi zarar qiladi.
So'zingni avayla - uzayar yoshing.
Suv sovuq ekan, tishlarim zirqirab ketdi.
Taqdirin qo‘1 bilan yaratur inson, G'oyibdan kelajak baxt — bir afsona.
Ter to'kildi - dur yetishtirildi.
Tilingni avayla - omondir boshing.
Traktorist tanqid qilganiga san'atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoqda-yu, masalan, «chorzarb» qayoqda, traktorist qayoqda-yu ashulachi qayoqda!
Turkiston o'lkamiz vodiylari, sahrolari keng, tog'lari buyuk, aholisi turk-o'zbekdir.
U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, baqaloq boisa, bu xushqad, xushsurat.
Ularda o'nlab xildagi gullar: nasrin, nastarin, nargis, nilufar, savsan, rayhon, xino, zanboq guli, lola, sadbarg, ra'no, hazorg'uncha, zag'far, sumanpar; yoqimli hidi va go'zal ko'rinishi bilan gulni eslatuvchi giyohlar: sunbul, ishqi pechan; manzarali daraxtlar: sarv, ar-ar, arg'uvon, shamshod kabilar haqida ma'lumot beradi.
Uni tanib olish qiyin edi: chunki yelkalari kengaygan, qiyofasi ancha keskinlashgan, ko'zlari kirtaygan, ammo baquvvat kelgan qomati ancha keskinlashgan edi.
Usta Turdining gapi o'rinli edi: modomiki hamma «qilko‘prik»dan o'tar ekan, yo jannatga o'tib ketadi, yo do'zaxga yiqiladi.
Uyda xizmatchi ovqat qilib qo'ygan ekan, san’atkoming tomog'idan hech narsa o'tmadi - ikki piyola choy ichdi, xolos...
Uzoqda baland-past tog'lar yashnaydi, tepalar, adirlar rang-barang gullar bilan yasanadi.
Voy-bo‘, - deb yubordi u. -Yerimiz muncha chiroyli! Globusning o‘zginasi-ya!
Xalqning sabr-toqati cheksiz emas. U dengizga o'xshaydi: goh to'lib, goh ozayib turadi.
Xuddi bobom kabi jiddiyat va qunt bilan ishga kirishmoqchi bo'laman: chol o'tkir gazanlami mendan yashirib ketgan ekan.
Yalqovlik - xuddi zang: ishlab to'zganga qaraganda tezroq yemiradi.
Yanglishasiz: men ko'klarga berkingan Yer qizidan xayolimni olmaymen.
Yaxshisi shu: har kuni savob ish qilishga odatlan.
Yig'i aralash yerga tushmoqchi bo'ldimi yo qirqayotgan shoxlning qanchalik «joni» qolganini sinab ko'rmoqchi bo'ldimi joyidan qo'zg'alishini biladi - shox qasir-qusur qilib pastga ag'darildi.
Yo Ali, do'stning alomati uchdir: o'z nafsini do'stiga fido qilar; molini unga bag'ishlar; uning sirini asrab fosh etmas.
Yolg'on o'rmonga o'xshaydi: o'rmonga qanchalik kirib boraversang, undan chiqib olish ham shunchalik qiyinlashaveradi.
Yozgan xatiga qarab turib bexato aytish mumkin: bu odam sermulohaza, altif, dono, ishonuvchan, dilgir, kuyunchak, mehribon yo bo'lmasa shoshqaloq, ziqna, asabiy, qo'pol, qo'rs, dag'al, to'qimtabiat, befarosat, dali-g'uli, loqayd va hokazo.
Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi: biri asari bilan tutab, biri yashnab kiradi.
Zargar ishga kirishibdi: belgilangan muddatga uch kun vaqt qolibdiki, ishning natijasi hech ko'rinmasmish.
Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko'ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan: endi, ustiga poxol to'shalgan aravada bo'lsa ham, allaqaylarga, dala-qirlarga chiqib yayrashni tusay boshlagan edi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling