Darak, so'roq, buyruq hamda istak gapiar egali va egasiz, yig'iq va yoyiq, sodda va qo'shma gap shaklida bo'lishi mumkin.
Darak gapiar darak, xabar ma'nosini bildiruvchi gaplardir.
Sizga ma'lum biror axborotni boshqalarga yetkazmoqchi bo'lsangiz, darhol shu maqsadingizga muvofiq keladigan gap shaklini (qolipini) tanlaysiz. Bunday gaplarning xarakterli xususiyati:
kesimi tasdiq yoki inkor shaklida turgan aniqlik maylidagi fe'llar bilan, ba'zan tasdiq yoki inkor shaklidagi otlar bilan ifodalanadi;
yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo'lgan voqea-hodisani tasdiq yoki inkor qilish yo'li bilan ifodalaydi;
darak ohangi bilan talaffuz qilinadi;
darak ohangi gap oxiriga qarab pasayib boradi;
gap bo'laklari to'g'ri tartibda joylashadi.
Kesimi aniqlik maylidagi fe’llardan, tasdiq yoki inkor ma’nosini bildiruvchi otlardan ifodalanib, biror voqea-hodisa haqida xabar bildiruvchi gaplarga darak gapiar deyiladi.
Masalan, Ana bu - bizning bog'imiz.
Yozuvda darak gapiar oxiriga nuqta qo'yiladi. Ba’zan darak gaplardagi gap bo'lakla- rining me'yordagi tartibi o'zgarishi mumkin. Masalan:
Urug'chilik instituti shahar markazidan xiyla chetda joylashgan;
Shahar markazidan urug'chilik instituti xiyla chetda joylashgan;
Xiyla chetda joylashgan urug'chilik instituti shahar markazidan uzoqda edi.
Darak gaplardagi bunday uch xil gap bo'laklarining tartibi gapning umumiy maz-
munini bir xil ifodalasa ham, lekin uslubiy xoslanganlik va gap bo'laklaridan birining ahamiyatlilik darajasini ifodalashga ko'ra o'zaro farqlanadi: a va b gapiar kitobiy uslubga; c gap esa so'zlashuv uslubiga xoslangan; c gapda institutning qayerda joylashgan- iga alohida e'tibor berilgan.
Darak gapiar ma'lum axborotni tasdiq va inkor yo'li bilan ifodalaydi. Kesimi bo'lishsiz fe’llardan, yo'q, emas so'zlarini olgan sifatdosh va otlardan ifodalangan gapiar da- rak-inkor gapiar sanaladi.
Esda saqlang: Ba’zan gapning inkor shakli orqali tasdiq ma’nosi ifodalanadi. Bunday vaqtda ikkita inkor shakli qo'llanilib gapga tasdiq ma’nosini beradi. Masalan, o'qimay qo'ymayman. Inkor shakli orqali ifodalangan tasdiq ma'nosi tasdiq shakli orqali ifodalangan tasdiq ma'nosidan kuchliroq bo'ladi.
Darak gapiar orqali tasdiq, inkor, xabar, orzu-umid, maslahat, taajjub, tashvish, gina, kinoya ma’nolari ifodalanadi. Masalan: Ba’zan ayollaming o'ziga befarqligini ko'rib hayron qolasan kishi - tashvish. Ayollaming tibbiy madaniyatini oshirish to'g'risida ham o'ylamog'imiz zarur - maslahat.
SO‘ROQ GAPLAR VA UIARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |