O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


Download 0.61 Mb.
bet81/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

E s I a t m a: uch, yetti, to'qqiz, qirq kabi sonlar sehrli sonlar sifatida ham talqin qilinadi.
Sonlar harflar bilan ham, raqamlar bilan ham yoziladi: sakson, besh, yigirma, 100, 46, XI kabi. Raqamning ikki xilidan foydalaniladi:
1.Arab raqami. Asosan, hisob ishlarida, kun va yilni ko'rsatishda ishlatiladi: 10 + 6 = 16; 21-mart, 2016-yil kabi.
2.Rim raqami. Ko'proq asr, oy, hukumat anjumanlari, ilmiy tadqiqotlarda bob va fasllarni belgilashda ishlatiladi: XXI asr, LX bob, Oliy Kengashning II ple- numi kabi.
Rim raqamlari:
vi-1; VI - 6; XV -15; LX - 60; CC - 200; DCC - 700;
- 2; V[|r 7; XX - 20; LXX - 70; CCC - 300; DCCC - 800;
ill - 3; VIII - 8; XXX - 30; LXXX - 80; CD - 400; CM - 900;
- 4; IX - 9; XL - 40; XC - 90; D - 500; M -1000;
- 5; X -10; L - 50; C -100; DC - 600; MM - 2000.
Masalan, 1987 so'zini yozmoqchi bo'lsak, u quyidagicha yoziladi: MCMLXXXVII.
SONLARNING SINTAKTIK VAZIFASI
Sonlar quyidagi sintaktik vazifalarni bajaradi:
1.Otga bog'lansa sifatlovchi-aniqlovchi:
To'tiniso hovlini sotib, ikki yetimni (otga bog'landi) o'z qishlog'i Rafqonga olib ketdi. Bekatda o'ntacha odam (otga bog'landi) avtobus kutib turishardi.
2.Fe’lga bog'lansa daraja-miqdor holi:
Yetti o'lchab (fe’lga bog'landi), bir kes (fe’lga bog'landi). Bolalar davrani ikki aylandi (fe’lga bog'landi), qo‘l berib ko'rishishdi. Ular yana besh qadam bosishgach (fe’lga bog'landi) o‘ra labiga kelishdi.
Gapning oxirida kelsa ot kesim:
Bu yorug1 dunyoda Vatan bittadir. Sinfimiz sakkizinchi. O'nning yarmi - besh.
SONLARNING OTLASHISHI
Son bog'langan ot tushib qolsa, sonlar otlashadi. Masalan, Birni kessang, o'nni ek
Bir daraxtni kessang, o'n daraxtni ek. Oyning o'n beshi yorug' bo'lsa, o'n beshi qorong'i - Oyning o'n besh kuni yorug' bo'lsa, o'n besh kuni qorong'i.
mashq. Matndagi otlashgan sonlarni toping.
Tayog'i yo'g'on birni urar, so'zi yo'g'on mingni urar. 2. To'qqizida bo'lmagan aql to'qsonida ham bo'lmas. 3. Oltovlon ola bo'lsa, og'zidagin oldirar, to'rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini undirar. 4. To'rtovlon ancha suhbatlashdi, keyin ikkitasi uy ichida qoldi, yana ikkitasi esa otiga minib yo'lga ravona bo'ldi. 5. Mingta shirin nasihatdan bitta o'rnak yaxshi. 6. Birni bersang otangga, mingni olasan bolangdan. 7. Beshovining ham fikri biryerdan chiqdi. 8. Ikki yomon qo'shilsa, keng dunyoga sig'maydi.
MIQDOR SON VA UNING TURLARI
Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlaming miqdori yoki tartibini bildira­di. Shunga ko'ra, ular ikki guruhga bo'linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar.
Miqdor sonlar qanday miqdomi bildirishiga ko'ra sanoq, dona, chama, taqsim, jam­lovchi, kasr sonlarga bo'linadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling