O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
SO'ZLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI. SODDA VA QO'SHMA SO'ZLAR, ULARNING USLUBIYATI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
SO'ZLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI. SODDA VA QO'SHMA SO'ZLAR, ULARNING USLUBIYATI
So'zlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy so'zlarga bo'linadi. SODDA SO'ZLAR - faqat bir asosdan tashkil topgan so'zlar. Masalan: keldi, yondirishdi, yigitlarga, g'allachiiik, lalmikor, yettinchi, o'rikzor kabi. Sodda so'zlar tarkibida qo'shimcha bo'lishi ham mumkin, bo'lmasligi ham. Masalan: tosh so'zi sodda so'z, chunki bir asosdan iborat, tarkibida hech qanday qo'shimcha yo'q. Toshloq so'zi ham sodda so'z, tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha mavjud, lekin bir asosdan iborat yoki toshda so'zi ham sodda so'z, tarkibida sintaktik shakl yasovchi mavjud, bir asosdan tuzilgan. Sodda so'zlar ham tuzilishiga ko'ra tub va yasama so'zlarga bo'linadi. TUB SO'ZLAR - tarkibi asos va so'z yasovchi qo'shimchalarga bo'linmaydigan so'zlar. Masalan: tosh, temir, quyosh, gul, ixtiro, to'g'ri, tinmoq, qisilmoq, tin- dirmoq kabi. Shuni unutmaslik kerakki, tub so'zlar tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha bo'lmasligi kerak, shakl yasovchi qo'shimchalar esa tub so'z tarkibida bo'lishi mumkin. Masalan, tindirmoq so'zi tub so'z, chunki uning tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha mavjud emas, -dir, -moq qo'shimchalari esa lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalardir. Fikrlang: Dor qurilgan maydonda bolalar arqontarga osilib o'ynamoqda. Ushbu gapdagi tub so'zlami aniqlaymiz. Dor, qur - il - aan. maydon - da, bola - Isl arqon - lar- ga, os- U- ib so'zlari tub so'zlar hisoblanadi. Chunki ulaming tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha mavjud emas. Qoramtir. ko'kish. qizilroq. kitobcha. oviion. qo'zichoq. sava/a, tepkila. eza‘ila. tortaila. kulimsiramoq. beshta, o'ntacha. vuzlab. uchala kabi so'zlar ham tub so'zlar hisoblanadi. Chunki ulaming tarkibidagi qo'shimchalar shakl yasovchi qo'shimchalardir. SODDA YASAMA SO‘Z - asosga so'z yasovchi qo'shimchalar. qo'shish orqali hosil qilingan yangi so'z. Masalan: toshloq. temirchi. serquyosh. suh- batlashmoq. ixtirochi. tinim. ixtirochilik. noto‘g‘ri, to'g'rilanmoq, tinimsiz. auldor. aulchilik. qisqich kabi. Misollar: Ha, bu yerlar chiroy - li, hammayoq daraxt, buta - zor bo'lgani bilan sovi - q. Mehmon jiddiy - lash - di, nimanidir isbot - la - moqchi - day bir kes - kin gap -ir-di. Semiz—lik—ni qo'y ko'tarar deganlaridek, Omonga ba - davlat - lik yoqmas edi (misollarda so'z yasovchi qo'shimchalar ostiga chizilgan). Esda saqlang: Sodda so'zlar tub va affiksatsiya usuli bilan yasalgan so'zlardir. gul (tub so'z), gulchi (affiksatsiya usuli bilan yasalgan so'z) so'zlari sodda so'zlar hisoblanadi. Bir umumiy asosga ega bo'lgan so'zlar asosdosh so'zlar deyiladi: tashvishli, sertashvish, tashvishlanmoq. QO'SHMA SO'ZLAR ikki yoki undan ortiq so'zlardan tashkil topib, bitta so'roqqa javob bo'ladi. Otquloq, yurtboshi, tinchliksevar, xushxat, oshko'k, qo'shtirnoq, oshpichoq, qo'lqop, sadarayhon, Yangiyer, har bir, qirq uch, har vaqt, hech kim, olib chiq, borib kelmoq, shirinzabon, muzqaymoq, ishlab chiqarish, kungaboqar. Qo'shma so'zlar tilning tarixiy taraqqiyoti davomida ikki va undan ortiq so'zlaming birikuvidan tashkil topgan, lekin hozirgi o'zbek tili nuqtayi nazaridan bu birikuv o'z kuchini yo'qotib, bir so'zga aylanib qolgan bo'ladi. Shuning uchun qo'shma so'z tarkibida alohida so'z bo'lib ko'ringan qismlar (kunga - boqar, beshik - tervatar, nomoz - shorn - gul) hozirgi o'zbek tilida so'zlik xususiyatini yo'qotgan, bir so'z tarkibidagi ma’noli qism (morfema)lar sanaladi. Qo'shma so'zlar bitta so'z bo'lganidan, ulaming qismlari orasiga boshqa ma’noli qismni kiritib bo'lmaydi. Masalan, kungaboqar so'zining kunga qismidagi -ga ni boshqa kelishiklar bilan alijiashtirish imkonsiz. Shuningdek, bu qism egalik, ko'plik shakllarini ham olmaydi, Ana shu xususiyati bilan so'z birikmasidan va sodda so'zning ko'makchi fe’lli shaklidan farq qiladi. Solishtiring: uxlab chiqdi - uxlamay chiqdi; kunga qaradi - kun qaradi: Qo'shma so'zlar qismlari birikib bitta so'zning tarkibiga aylangani uchun, ular ko'pincha sodda so'zlar bilan sinonimik munosabatda bo'ladi. Masalan, o'sal qilmoq - uyaltirmoq, oq qilmoq - haydamoq, bayon qilmoq - so'zlamoq, kamchiqim -pishiq, shifobaxsh - dori, hamnafas-yaqin. Qo'shma so'zlar yozilishiga ko'ra 2 xil bo'ladi; 1. Qo'shib yoziladigan qo'shma so'zlar. 2. Ajratib yoziladigan qo'shma so'zlar. Birinchi so'zi bir, har, hech olmoshlari bo'lgan qo'shma so'zlar, qo'shma sonlar, qo'shma fe'llar doimo ajratib yoziladi. Qolgan barcha qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi. Birpas, biryo'la kabi ayrim so'zlar bundan mustasno. Qo'shma fe'l, qo'shma son va qo'shma olmoshlar har doim ajratib yoziladi; qo'shma ot, qo'shma sifat va qo'shma ravishlar ham qo'shib, ham ajratib yoziladi. JUFT VA TAKRORIY SO'ZLAR HAMDA ULARNING USLUBIYATI JUFT SO'ZLAR bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma'noli ikki o'zakning qo'shiluvidan tashkil topgan so'zlardir. Juft so'z o'zaklari chiziqcha bilan ajratib yoziladi: asta-sekin, baland-past, besh-olti, ul-bul, ota-ona kabi. Agar juft so'zlar -u, -yu yuklamalari bilan bog'lansa, birinchi so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: ota-yu ona, do'st-u dushman kabi. Juft so'zlar doimo ikki qismdan iborat bo'ladi. Ular ma’no munosabatiga ko'ra quyidagicha: I. Har ikkala qismi mustaqil qo'llana oladigan so'zlardan tuziladi. Masalan: ota-ona, o'g'il-qiz, katta-kichik, er-xotin kabi. Juft so'zlar qismlarining shakl va ma'no munosabatiga ko'ra quyidagicha bo'lishi mumkin: O'zaro ma’nodosh so'zlar (sinonimlar)dan tuziladi. Masalan: do'st-u yor, mehr-muhabbat, baxt-saodat, kuch-quvvat, aql-idrok, izm-ixtiyor, •xohish-istak kabi. O'zaro zid ma'noli so'zlar (antonimlar)dan tuziladi. Masalan: erta-kech, oldin-ketin, kecha-kunduz, issiq-sovuq, tun-u kun, yer-u osmon kabi. Uyadosh so'zlardan tuziladi. Masalan: qozon-tovoq, qovun-tarvuz, yem-xashak, el-yurt, uy-joy kabi. „ Ikkinchi qismi mustaqil qo'llanolmaydigan so'zlardan tuziladi. Masalan: xotin-xalaj, kiyim-kechak, eski-tuski, qora-qura, temir-tersak kabi. Har ikkala qismi mustaqil qo'llanolmaydigan so'zlardan tuziladi. Masalan: adi-badi, g'idi-bidi, alang-jalang, uvali-juvali, apil-tapil kabi. Bundan tashqari, juft so'z qismlari morfemik tabiatiga ko'ra ham turlicha bo'lishi mumkin. Tub so'z - tub so'z qolipidagi juft so'zlar. Masalan: yaxshi-yomon, kuch-quvvat, yosh-qari, ota-ona kabi. Tub so'z - yasama so'z qolipidagi juft so'zlar. Masalan: ho'l-quruq (quri + q), savol-so'mq (so'ra + q), ko‘rpa-lo ‘shak (to'sha + k), savdo-sotiq (sot + iq) kabi. Yasama so'z - yasama so'z qolipidagi juft so'zlar. Masalan: issiq (isi + q)-sovuq (sovi + q), achchiq (achi + q)-chuchuk (chuchi + k), esli (es + \\)-hushli (hush + li), iboli (ibo + li )-hayoli (hayo + li) kabi. Juft so'zlar .§Qsisia.so‘zlar bilan ham sinonim bo'lishi mumkin. Bunday juft so'zlarda tasviriylik, ta’kid ma'nosi kuchliroq. Masalan, qishin-vozin [juft so'z) tinmaydi jum- lasi doimo (sodda so'z) tinmaydi jumlasiga nisbatan tasviriyliroq, ta’sirchanroqdir. Ba’zi juft so'zlarda ma’no umumlashtiriladi: idish-tovoq (ro'zg'or buyumiari), qalam-daftar (o'quv quroli), ko'ylak-lozim (sarupo), nari-beri (tez) kabi. TAKRORIY SO'ZLAR bir o'zakning ikki marta takrorlanishidan hosil bo'lgan so'zlardir: bir-bir, baland-baiand, tez-tez, uncha-muncha, don-dun, choy- poy, non-pon kabi. So'z takrorida qismlar turli shaklda bo'ladi, shunga ko'ra, ular quyidagi turlarga bo'linadi: Har ikki qism bir xil shaklda: tog‘-tog‘, tez-tez, ko‘p-ko‘p kabi. Birinchi qism chiqish.kelishigida, ikkinchi qism bosh va jo'nalish kelishigida: ko'pdan ko'p, naridan beri, yildan yilga kabi. Birinchi qism bilan ikkinchi qism o'rtasida ba-, -ma qo'shimchalari qo'yiladi: yuzma-yuz, qadam-baqadam, dam-badam, eshikma-eshik kabi. Takroriy so'zlar qismlari o'rtasida -ma, ba- qo'shimchalari qo'yilganda -ma birinchi qism oxiriga, ba- esa ikkinchi qism boshiga qo'shiladi. Ikkinchi qismning birinchi tovushi fonetik o'zgarishga uchraydi: osh- . ora- chora, odam-podam kabi. Ba'zi takror so'zlar orqali yangi ma’no hosil bo'ladi: uncha-muncha (sal, oz). Ba’zilari esa so'z ma’nosini kuchaytirish, ta’kidlash, umumlashtirish uchun ishlatiladi: tez-tez (tezlikni kuchaytirish), sira-sira (ma’noni ta'kidlash) kabi. QISQARTMA SO'ZLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI Inson o'z faoliyatida doimo oz mehnat sarflab ko'proq natijaga erishishga urinadi. Bunday nutqiy faoliyat natijasida bir qancha barqaror birikmalarni qisqartirish yo'li bilan qisqartma so'zlar vujudga keladi va nutqiy ixchamlikka erishiladi. Masalan, Ichki ish- lar boshqarmasi - IIB kabi. Qisqartma so'zlar abbreviatura ham deyiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, qisqartirish yangi so'z yasash emas, chunki qisqartirish faqat so'zning shakliga oid bo'lib, ma’noga ta’sir etmaydi. Shuning uchun qisqartma so'z barqaror so'z birikmasining, to'g'rirog'i, murakkab nomning qisqartirilgan varianti (ko'rinishi)dir. Qisqartma so'zlami aytishimiz bilan uning to'liq, kengaygan ko'rinishi xotiramizga keladi. Masalan, DAN - Davlat avtomobil nazorati, DTM - Davlat test markazi, DTS - Davlat ta’lim standartlari. Qisqartirish turli yo'l bilan amalga oshiriladi. Barqaror so'z birikmasi birinchi qismining birinchi tovushlari (harflari) asosida: BMT (Birtashgan Millatlar Tashkil oti}, YOTRK • (Yosh lar teleradiokompaniyasi) kabi. Barqaror so'z birikmasi birinchi qismining birinchi bo'g'ini, qoigan qismlarining birinchi tovushlari (harflari) asosida: O'zROAK (O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi), O'zAS (O'zbekiston adabiyoti va san’ati). Barqaror so'z birikmasi birinchi va ikkinchi qismlarining birinchi bo'g'ini, qolgan qismlarining to'la ko'rinishi: O'zmashxolding. Birinchi qismning birinchi bo'g'ini, qolgan qismlaming to'la ko'rinishi: O'zmevaxolding, Uzdunrobita kabi. Mustaqillik davrida respublikamizning boshqa davlatlar bilan munosabatlari kengayishi, yangi qo'shma korxonalarning ko'payayotgani titimizni ham turli-tuman qisqartma so'zlar bilan boyitmoqda. Masalan, O'zDEU avto, O'zmashxolding, Anteks kabi. Qisqartma so'zlar, asosan, yozma nutq uslubiga xosdir. Bunday so'zlar dastlab yozma nutq uslubida vujudga keladi va nutqimizda faollashib, hamma uchun tushunarli bo'lgandan so'ng og'zaki so'zlastiuv uslubiga o'tadi, GRAMMATIKA Grammatika bo'limi tilshunoslikning eng katta bo'limi bo'lib, tilning grammatik qurilishini o'rganadi. Grammatikada so'zlaming shakli o'zgarishi, so'z birikmasini hosil qilish usullari, vositalari va gap qurilishi bilan bog'liq qonuniyatlar o'rganiladi. Lug'at tarkibidagi so'zlar yakka holda fikr ifodalamaydi. Masalan: Bolalar bog'da gul terdilar. Bu gap tarkibidagi so'zlar (bola, bog', gul, ter) ma’lum grammatik qonun- qoidalar asosida shakllantirilgandan so'nggina fikr ifodalamoqda. Demak, grammatika so'zlaming shakllanish, birikishi va ulaming fikr anglatish tarzini o'rganadi. Grammatika ikki qism: 1) morfoiogiya; 2) sintaksis bo'limlarini o'z ichiga oladi. MORFOLOGIYA VA UNING O‘RGANISH OBYEKTI Morfoiogiya so'z shakllari haqidagi ta’limotdir. Tilshunoslikning leksikologiya bo'limi ham so'z haqida bahs yuritadi, lekin bu ikki bo'lim so'zning qaysi tomoniga e'tibor qaratishi bilan bir-biridan farqlanadT. Leksikologiya leksik so'z (leksema)lami, ularning atash ma'nolarini o'rgansa, morfoiogiya so'zning grammatik ma'nolari va bu ma'nolarni ifodalovchi shakllami, ya'ni so'zning morfologik shakllarini o'rganadi. Masalan, qalam, qalamning, qalamni, qalamga, qalamdan, qalamda shakllari bir so'zning (qalam so'zining) turli shakllari hisoblanadi. Bu so'z shakllarining hammasida takrorlanayotgan qalam qismi ikkita ma'noga ega. Birinchi ma’nosi yozish, chizish uchun mo'ljallangan grafit toshga yog'och qoplama o'rnatilgan o'quv qurolini bildiradi. Bu qalam leksemasining (leksik so'zning) atash ma'nosi sanaladi. Leksik so'zning atash ma'nolari leksikologiyada o'rganiladi. Shu bilan birga, qalam so'zi daftar, kitob so'zlari singari nima? so'rog'iga javob bo'lib, predmetlik, bosh kelishiklik, birlik ma’nolariga ham ega. Bu esa qalam so'zining ikkinchi ma’nosi - grammatik ma'nosi sanaladi. Ana shu grammatik ma'nolar va ulami ifodalovchi vositalar morfoiogiya bo'limida o'rganiladi. Shunday qilib, morfoiogiya so'z turkumlari va ulaming grammatik shakllari bo'yicha bahs yuritadi. Ko'rinadiki, so'zning leksik ma’nosi bilan ulaming predmetlik, belgi, harakat singari ma’nolarini ifodalovchi umumiy grammatik ma’nolari o'rtasida uzviy aloqa mavjud. So'zlami turkumlarga ajratishda so'zlaming leksik ma'nosi ustiga qo'yilgan umumiy grammatik (predmet, belgi-xususiyat, harakat-holat kabi) ma'no asosiy tayanch nuqta bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, morfoiogiya bilan sintaksis o'rtasida ham chambarchas bog'liqlik mavjud. Morfologiyadagi har bir so'z shakli gap tarkibida ma'lum sintaktik vazifa bajaradi, ma’lum gap bo'lagi vazifasida keladi. Grammatik shakllar gap tarkibidagi bo'laklarni bir-biriga bog'lovchi yoki gap bo'lagiga qo'shimcha ma'no yuklovchi vosita vazifasini bajaradi. Shunday qilib, tilshunoslikning leksikologiya, morfoiogiya va sintaksis bo'limlari o'rtasida uzviy aloqa mavjud. GRAMMATIK MA’NO VA GRAMMATIK SHAKL So'zning borliqdagi narsa, belgi, harakat va voqea-hodisalar haqidagi tushunchalarni bildirfehi uning leksik ma'nosi hisoblanadi. Leksik ma’no so'zning lug'aviy qismi (leksema) orqali anglashiladi. So'zning biror turkumga mansubligini ko'rsatuvchi umumiy ma'no va so'zning ma'lum bir grammatik shakli ifodalaydigan ma’no grammatik ma'no deyiladi. Demak, grammatik ma’no o'z xususiyatiga ko'ra ikki turlidir: Ma’lum bir so'zturkumi uchun umumiy bo'lgan ma’no. Masalan, yomg'ir, bahor, uy, shahar, daraxt, kitob kabi so'zlar uchun umumiy bo'lgan ma'no predmetlik tushunchasini anglatishidir. Xuddi shu umumiy ma'no ularning ot turkumiga mansubligini ko'rsatadi. So'zlar asosiy leksik ma’nosidan tashqari qo'shimcha grammatik ma’noni ham ifodalaydi. Masalan: kitobim, kitobing, kitobiso'zlarida -im, -ing, -/qo'shimchalari yordamida kelishik ma’nosi; qalamni, qalamga, qalamdan so'zlarida -ni, -ga, -dan qo'shimchalari yordamida egalik ma’nosi; keldik, keldim, kelding so'zlarida -di, -k, -m, -ng qo'shimchalari yordamida zamon va shaxs-son ma'nosining ifodalanishi ham grammatik ma'no hisoblanadi. So'zning grammatik ma’nosi grammatik qo'shimchalar orqali reallashadl. Masalan: kitoblar so'zidagi aniq bir predmet va uning ko'pligi ma’nosi -lar qo'shimchasi orqali; ishlayapmiz so'zining grammatik ma’nosi (zamon va shaxs-son) -yap, -miz morfologik ko'rsatkichlar orqali ifodalangan. Grammatik ma'no asosan, ikki xil shakl orqali hosil qilinadi: 1) So'zga grammatik qo'shimchalar, ya'ni shakl yasovchi qo'shimchalami qo'shish orqali: keldi (-di qo'shimchasi orqali zamon ma'nosi), boramiz (-a qo'shimchasi orqali zamon, -miz qo'shimchasi orqali shaxs-son ma’nosi), ikkinchi (-nchi qo'shimchasi orqali tartib son ma’nosi), qushlar(-lar qo'shimchasi orqali ko'plik ma’nosi), aytma (-ma qo'shimchsi orqali bo’lishsizlik ma’nosi) kabi. 2) Yordamchi so'z turkumlari orqali: uy sari (sari ko'makchisi orqali yo'nalish ma’nosi), onam uchun (uchun ko'makchisi orqali maqsad ma’nosi), kelajak haqida (haqida ko'makchisi orqali mavzu ma'nosi) kabi. SO‘Z TURKUMLARI So'z turkumlari - so'zlaming so'rog'i va qanday umumlashgan ma’no ifodalashiga ko'ra guruhlarga bo'linishi. So'z turkumlari ma'no va vazifasiga ko'ra quyidagi gu- ruhlarga bo'linadi: 1. Mustaqil so'zlar. 2. Yordamchi so'zlar. 3. Oraliqdagi so'zlar. Mustaqil so'zlar - atash ma’noli so'zlar (masalan, predmet, belgi, miqdor, harakat- holat kabi ma'noga ega so'zlar) yoki ular o'mida qo'llanib ma’lum so'roqlarga javob bo'luvchi va gapda ma'lum gap bo'lagi vazifasida keluvchi so'zlar. Masalan: Gul - nima? Choi - kim? Chiroyli - qanday? Yuztacha - nechta? Keldi - nima qildi? Mustaqil so'zlarga fe’l, ot, sifat, son, olmosh va ravish kiradi. Yordamchi so'zlar ma’lum so'roqqa javob bermaydigan, atash ma’nosiga ega bo'lmagan, faqat grammatik ma’no ifodalovchi, lekin o'zidan oldin kelgan so'zga grammatik shakl sifatida qo'shilib u bilan bir lug'aviy urg'u ostida biriashmaydigan so'zlardir. Masalan, ammo, ham, faqat, -chi (ayt-chi), -mi (sizmi) kabi. Yordamchi so'zlarga ko'makchi, yuklama va boglovchi kiradi. Qolaversa, mustaqil so'zlarga ham, yordamchi so'zlarga ham kirmaydigan, ulaming har ikkisiga xos belgini o'zida ma’lum darajada aks ettiradigan oraliqdagi so'zlar ham bor. Bunday so'zlar undov so'zlar, modal so'zlar, taqlid so'zlami o'z ichiga oladi. OT SO'Z TURKUMI Ot - shaxs, narsa ma’nolarini, shuningdek, joy nomlarini bildirib, kim? nima? qayer? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlar. Kim? so'rog'i shaxsni bildiruvchi so'zlarga, nima? so'rog'i narsa-buyumni bildiruvchi so'zlarga, qayer? so'rog'i joy nomini bildiruvchi so'zlarga beriladi. Shunga ko`ra otlar shaxs otlari, narsa-buyum otiari, o'rin-joy otlariga bo'linadi. TURDOSH OTLAR Bir turdagi shaxs, narsa o'rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar turdosh otlar sanaladi: otal uka, o'roq, kishi, ketmon, paxtazor, choyxona kabi, Turdosh otlar kim? (lima? qayer? so'roqlariga javob bo'ladi. Shu jihatiga ko'ra, turdosh otlar shaxs otlari/larsa otlari, o'rin-joy otlari, faoliyat-jarayon otlari kabi turlarga bo'linadi. SHAXS OTLARI Shaxs otlari kim? so'rog'iga javob bo'lib, shaxslami yoshiga, yashash joyiga, mansab-unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga, nasl-nasabiga ko'ra nomlab keladi: chol, yigit, kampir, qiz - yoshiga ko'ra nomlaydi; shaharlik, qishloqlik, toshkentlik- yashash joyiga ko'ra nomlaydi; suvchi, zargar, ijodkor, kaptarvoz - kasb-koriga ko'ra nomlaydi; xola, amma, dada, pochcha, tog'a, amaki - qariridoshlik darajasiga ko'ra nomlaydi; rais, direktor - amal-mansabiga ko'ra nomlaydi; shoh, gado, shahzoda, malika - ijtimoiy holatiga ko'ra nomlaydi; xoja, sayid- nasl-nasabiga ko'ra nomlaydi. Esda saqlang: Shaxs otlari atamasi turdosh otlarga nisbatan qo'llanadi, atoqli otlarga nisbatan shaxs nomi atamasi qo'llanadi. Masalan: Bahor kunlarining birida shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi gapidagi shaxs otlari shahzoda va yigit so'zlaridir, Abusaid so'zi esa shaxs oti hisoblanmaydi, chunki u atoqli ot. SHAXS OTI YASOVCHI QO'SHIMCHALAR
SHAXS OTI YASOVCHI QO'SHIMCHALAR -chi qo'shimchasi. Bu qo'shimcha barcha so'z turkumlariga va boshqa tillardan kirgan o'zlashma so'zlarga qo'shilib quyidagi ma’nolarni bildiruvchi shaxs oti yasaydi: 1) biror kasb bilan shug'ullanuvchi shaxs otlari: ishchi, gulchi, traktorchi, tarbiyachi kabi; 2) biror fe’l-atvor, xususiyat bilan bog'liq otlar: qiziqchi, askiyachi, ayg'oqchi, lofchi kabi. -dosh qo'shimchasi. Bu qo'shimcha quyidagi ma’nodagi shaxs otlarini yasaydi: 1) yasalma anglatgan shaxs yoki predmet bilan yashash, ishlash, o'qish o'rni va davri birga bo'lgan shaxs oti: yurtdosh, sinfdosh, kursdosh, vatandosh, ovuldosh, zamondosh, tengdosh, asrdosh kabi: 2) ish-harakat, holati, xususiyati umumiy bo'lgan shaxs oti: sirdosh, safdosh, yostiqdosh, suhbatdosh kabi; 3) dunyoqarash va qarindoshlik jihatidan yaqinlik ma’nosini ifodalaydigan shaxs oti: fikrdosh, maslakdosh, dindosh, qarindosh, jondosh, qondosh kabi. Suningdek, -dosh qo'shimchasi yordamida ilmiy atamalar ham yasalgan: sifatdosh, ravishdosh, undosh, shakldosh kabi. Bu qo'shimcha bilan yasalgan ayrim so'zlar ham so'zi bilan yasalgan qo'shma otlarga sinonim bo'ladi: kasbdosh - hamkasb, fikrdosh - hamfikr kabi. -kash qo'shimchasi. “Sug'ullanuvchi”, “tortuvchi” ma’nosidagi shaxs oti hosil qiladi: aravakash, suratkash, tuyakash, paxsakash kabi. -bon qo'shimchasi. Biror narsaga qarab turuvchi, qo'riqlovchi ma’nosini bildiruvchi shaxs oti yasaydi: darvozabon, bog'bon, saroybon kabi. -boz qo'shimchasi. “Shug'ullanuvchi” ma’nosini ifodalovchi shaxs oti yasaydi: dorboz, kaptarboz, masxaraboz kabi. Bu qo'shimcha talaffuzda -voz tarzida aytilsa ham, har doim -boz yoziladi. -paz qo'shimchasi. Asosan, ovqat nomini bildiruvchi otlarga qo'shilib, asosdan anglashilgan taomni pishirish bilan shug'ullanuvchi shaxs oti yasaydi: kabobpaz, somsapaz, oshpaz, mantipaz kabi. -dor qo'shimchasi. Otlarga qo'shilib, shu ot orqali ifodalangan predmetga egalik yoki predmetning o'shanga xos, taalluqli ekanligini bildiruvchi ot yasaydi: quldor, chorvador, mansabdor, amaldor kabi. -shunos qo'shimchasi. Asos anglatgan soha bilan shug'ullanuvchi shaxs otini yasaydi: adabiyotshunos, tilshunos, teatrshunos, tuproqshunos, huquqshunos kabi. -soz qo'shimchasi. Asosdan ifodalangan predmetni tuzatish va yasash ma’nosini bildiruvchi shaxs oti hosil qiladi: soatsoz, kemasoz, mashinasoz, aravasoz kabi. -do‘z qo'shimchasi. Asos ifodalagan narsani tikuvchi hunarmand ma’nosidagi shaxs oti yasaydi: telpakdo'z, etikdo'z, mahsido'z, do'ppido'z, mo'ynado'z kabi. -xon qo'shimchasi. Asosda ifodalangan narsani o'qish bilan shug'ullanuvchi shaxs oti yasaydi: kitobxon, jumalxon, gazetxon, qissaxon kabi. -gar, -kar, -kor qo'shimchalari. Asos ifodalagan predmet bilan shug'ullanuvchi muayyan kasb-hunarni, faoliyatni puxta egallagan ma'nolaridagi shaxs otini yasaydi: zargar, miskar, kimyogar, tadbirkor, binokor, sholikor, san'atkor, ijodkor kabi. -furush qo'shimchasi. Asos ifodalagan predmetni sotish bilan shug'ullanuvchi shaxs oti yasaydi: mevafurush, chitfurush, qandfurush, qovunfurush kabi. -vchi qo'shimchasi i unlisi bilan tugagan fe’llarga qo'shilganda i unlisi u shaklida, a bilan tugagan fe’llarga qo'shilganda a unlisi o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: boshla + vchi - boshlovchi, otji + vchi - o'quvchi kabi. Undosh bilan tugagan fe’llarga -uvchi shaklida qo'shiladi: quruvchi. suzuvchi. -lik qo'shimchasi o'rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo'shilib shaxsning shulmdudga mansubligini bildiradi. Atoqli otlarga qo'shilgan -lik qo'shimchasi atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi: toshkentlik, samarqandlik. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Shaxs otlarini topib, ulaming sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o'g'li Otabek. 2. Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi. 3. Dehqonchilik sirini professorlar o'rgatgan emas bizga. Paxtakorning o'z kitobi bor. Bu kitob uning ko'kragida. 4. Shavkat eng oldin enasi bilan quchoqlashib xayr-xo'shlashibdi. mashq. Shaxs otlarini topib, ularning sintaktik vazifasini aniqlang. Kampir uning boshini silab, peshonasini yuziga bosib sekin dedi: - Qayoqlarda yurgan eding, bolaginam? Ko'zim ochiq paytlarda qayoqlarda eding, tentagim? Tolibjonning ko'zlariga yosh quyilib kelaverdi, quyilib kelaverdi. Kampir uni bag'ridan bo'shatib, hovli tomonga qichqirdi: Nima qilib turibsanlar, ayangni chaqirmaysanlarmi? Dadalaringga xabar qilmaysanlarmi? Yugur, pochchangga chop, tog'am keldi deb ayt. Bir hovli bola dupur-dupur qilib to'rt tarafga yugurib ketdi. NARSA OTLARI Nima? so'rog'iga javob bo'lib, jonliiva jonsiz narsalarning nomini bildirgan otlarga narsa otlari deyiladi. Masalan: arslon, boychechak, sho'rva, ko'ylak, do'ppi, bo'ri, qozon, palto, shim, ayiq, yalpiz, oy. Narsa otlari -gich, -g'ich, -qich, -gi, -qi, -k, -q, -oq, -indi, -ma, -don kabi qo'shimphalar bilan yasaladi. Masalan: o'roa. taroq., tuama. qira'ich. tishkovlaaich. guidon, elak, supurgi, achitgi, qurilma, qo'lvozma. auvmoa. yoqilgH, kivim. velpia'ich. to'pi am. NARSA OTI YASOVCHI QO'SHIMCHALAR
-k (-ik), -ak, -q (-iq, -uq), -oq qo'shimchalari. Quyidagi ma’nodagi narsa oti yasaydi: 1) mehnat quroli oti yasaydi: kurak, elak kabi; 2) muyayan harakat-holat otini yasaydi: chaqiriq, buyruq, so'roq; 3) muyyan harakat natijasi nomini yasaydi: tilak, yutuq, ko'rik, o'toq, bezak kabi; 4) harakat bajaruvchi predmetlar nomini yasaydi: pirpirak, vizvizak, g'ildirak kabi. -gi (-ki), -qi (-g‘i, -g‘u) qo'shimchalari. Bu qo'shimchalar fe'llarga qo'shilib, narsa oti va mavhum ot yasaydi: supurgi, chalg'i, cholg'u, yoqilg'i; kulgi, turtki, sezgi, tuyg'u kabi. Shuningdek, bu qo'shimcha orqali tepki, kuydirgi degan kasallik nomlari ham yasalgan. -m (-im, -um) qo'shimchalari. Fellarga qo'shilib quyidagi ma’nodagi otlarni yasaydi: 1) narsa-buyum oti: kiyim; 2) harakat-holat nomi: aldam, chidam; 3) natija nomi: to'plam, bosim, tuzum, bitim, bosim; 4) o'lchov birligi nomi: ho'plam, to'g'ram, tishlam, cho'qim. -gich (-kich, -qich, -g'ich) qo'shimchalari. Bu qo'shimcha ham narsa-buyum va qurol otlarini yasaydi: suzgich, ochqich, savag'ich, tutqich, ko'targich, qirg'ich kabi. -ma qo'shimchasi. Fe’llarga qo'shilib, quyidagi ma’nolardagi ot yasaydi: 1) narsa-buyum nomi: tugma, gazlama, qo'lyozma; 2) ovqat nomlari: qovurma, qatlama, dimlama, suzma, qiyma; 3) natija nomi: yo'qlama; yuklama; 4) o'rin-joy nomi: tortma, bostirma. Bu qo'shimcha yordamida ayrim atamalar ham hosil qilingan: terlama, tenglama, bo'g'ma, ayirma. -indi qo'shimchasi. Fe’llardan ot yasaydi: yuvindi, chiqindi, yig'indi. -qin (-g'in, -qun) qo'shimchalari. Fe’llardan ot yasaydi: to'sqin, bosqin, qirg'in, uchqun. -don qo'shimchasi, Asos ifodalagan predmetni saqlash va qo'yish uchun ishlatiladigan narsa oti yasaydi: siyohdon, qalamdon, tuzdon, kuldon kabi. , Modda oti + narsa oti qolipli so'z birikmalaricla narsa oti -i, -si egaljk qo'shimchalarini olmaydi va bunday so'z birikmalaridagi aniqlovchi ot narsaning nimadan yasalganini, hosil qilinganini atab keladi: po'lat keskich, cho'yan pech, mis qozon, temir arra kabi. So'z birikmasi modda otidan keyin kelgan ot shu moddadan yasalgan narsani ifodalamasa, bu ot -i, -si egalik qo'shimchasini qabul qiladi: po'lat keskich - po'latdan yasalgan keskich, po'lat keskichi - po'latni kesishga mo'ljallangan keskich. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Narsa otlarini topib, ulaming tub va yasama ekanligini aniqlang. 1. Mundoq razm solib qarasam, ko'pchilikning qo'lida kosov, bolta, o'roq. 2. Mashinada kichkina sovutgich ham bor edi. 3. Oqqirov kasalligi g'o'za barglariga uya quradi, tuproqda, o'simlik chirindilari orasida qishlaydi. Bahorda yana ekinlami kasallantiradi. 4. Direktor o'sha terilar uchun xalq xo'jaligi yutuqlari ko'rgazmasining oltin medalini oldi. 5. Eshikni ochishim bilan, dadam qo'lidagi gazetasini, oyim supurgini tashlab menga qaradi. mashq. Narsa otlarini topib, ularning tub va yasama ekanligini aniqlang. 1. Kissasida yarimta o'chirg'ich bilan kecha ochgan qalami bor ekan. 2. Bu uchrashuv «Qizingiz yozdi» she’riy to'plami bosilguncha bo'lib o'tgan edi. 3. Qovurma antiqa bo'lgan ekan, ochig'ini aytsam, bunaqa shirin go'shtni umrimda yemagan edim. 4. G'ildiraklarning bir qiyomda taraqlab, tebranishidan ko'zim ilinibdi. 5. Suzma va qatiqning inson salomatligi uchun foydasi ko'p. O‘RIN-JOY OTLAR! Qayer? so'roglga javob bo'lib, o'rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlar o'rin-joy otlari sanaladi. Bunday otlar o'rin-joy ma'nosi bilan birga narsalik ma'nosini ham anglatadi, shuning uchun qayer? so'rog'i bilan birga nima? so'rog'ini olishi ham mumkin. O'RIN-JOY OTI YASOVCHI QO'SHIMCHALAR
-zor: gulzor, mevazor. -loq: o'tloq, qumloq. -iston: qabriston, guliston. -goh: saylgoh, o'yingoh. -ma: tortma, bostirma. Shahar, qishloq, guzar, mahalla, turn an, viloyat, ko'cha, gulzor. olmazor. saylgoh sharq, g'arb, qabriston. oshxona. toshloo. bostirma kabilar o'rin-joy otlari hisoblanadi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR 1 -mashq. O'rin-joy otlarini topib, ulaming tub va yasama ekanligini aniqlang. 1. Har qalay o'zi tug'ilib o'sgan qishloq. Bolaligini eslatadigan guvala devoriar bilan qurshalgan ko'chalar, suvga cho'milgan jimjit soylar, olisda sadafdek chaqnab turgan cho'qqilar, yam-yashil o'tloqlar ko'ngliga taskin berar-ku! 2. Darvozadan chiqib, katta yo'ldan biroz yurilgach chap tomondagi tolzor ko'chaga burilishdi. 3. O'ktam Komila orqasidan yurib olchazor orqali keng, tekis, bahavo maydonga chiqdi. 4. Cho'pon otaning katta hovlisi, otlar bog'langan bostirmasi, sigirlar boqiiadigan molxonasi va qo'ylar turadigan ikkita katta qo'rasi bor edi. mashq. Narsa va o'rin-joy otlarini topib, ulaming tub va yasama ekanligini aniqlang. 1. Qutidor do'koniga jo'nagandan keyin Oftoboyim To'ybekani mehmonxonaga buyurdi va o'zi xamir qilishga o'tirdi. 2. U shosha-pisha kiyinib endi tashqariga chiqayotgan ham ediki, eshik ohista taqillab, ostonada Mehriniso ko'rindi. 3. Biz ko'chib kelgan hovli katta edi. Qator qilib solingan ikki uy, birayvon. 4. Bu yerlarni qo'riqxonaga aylantirar emish, shuning uchun uy hayvonlarini boqish mumkin emas ekan. FAOLIYAT-JARAYON OTLARI Shaxs va narsalaming faoliyat-jarayonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon otlari deyiladi. Faoliyat-jarayon otlari -lik, -chilik, -garchilik, -(i)k, -(i)m, -(i)q qo'shimchalari yordamida yasaladi: ezmalik, g'allachilik. serobaarchilik. koYtk, terim. unum. chorvachilik. chop'm, loygarchilik. Faoliyat-jarayon oti yasovchi qo'shimchalar
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR -mashq. Faoliyat-jarayon otlarini topib, ulaming tub va yasama ekanligini aniqlang. 1. O'rindiqning bir chekkasida o'tirgan ayol unga mehribonlik bilan tikilib turardi. 2. Dadam kunduzi g'o'zani chopiq qilib juda charchagan ekan, sira uyg'onmadi. 3. Yoshlikdagi gunohlari uchun yangamdan kechirim so'ramoqchilar. 4. Ta’tilda o'qituvchi opamiz sayohatga olib boradigan bo'ldi. 5. Bog'chada maza edi. Kuni kecha xayrlashuv tantanasi bo'ldi. 6. Shofyorlik kursini bitirib, konda ishlay boshladim. mashq. Faoliyat-jarayon otlarini topib, ulaming tub va yasama ekanligini aniqlang. 1. Bilim kishining ko'nglini yoritadi, unga ro'shnolik beradi. 2. Yoshlik qaytib kel- maydi. 3. Bu dunyoda uning qo'lidan kelmaydigan ish yo'q: duradgorlig-u suvoqchilik, chilangariig-u ustachilik - hammasini eplaydi. 4. Ancha ovoragarchilik bilan bir mashina paxta olib qaytdik. 5. Huriniso ipakchilik zvenosining boshlig'i bo'lgan^kan. 6. Shomurod asli yilqichining bolasi, dehqonchilikni xushlamaydi. 7. Yolqin akam traktor terimidan bo'shagandan keyin hovlining kamchiliklarini tuzatadi. ANIQ VA MAVHUM OTLAR Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo'lgan narsalami bildirgan otlarga aniq otlar deyiladi: kitob, mashina, uy, eshik, ruchka, daraxt, bola kabi Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo'lmagan tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan otlarga mavhum otlar deyiladi: dev, xayoi, aqi, o‘y, go'zallikkabi. Aniq otlar birlik va ko'plik shaklida qo'llana oladi, ammo mavhum otlar ko'plik shaklida qo'llanganda ko'plik ma’nosi emas, balki ta'kidlash, kuchaytirish ma’nolari ifodalanadi. MAVHUM OT YASOVCHI QO'SHIMCHALAR
-lik qo'shimchasi. Bu qo'shimchalar quyidagi ma'nolardagi ot yasaydi: 1) sifatlarga qo'shilib, belgi-xususiyat ifodalovchi mavhum ot yasaydi: mardlik, go'zallik, yaxshilik, ezgulik; 2) otlarga qo'shilib, holat ifodalovchi mavhum ot yasaydi: yigitlik; dushmanlik; kasb-hunar bilan bog'liq mavhum ot yasaydi: zargarlik, binokorlik, tuproqshunoslik, pichoqchilik; 4) ravishga qo'shilib, harakatning mavhum miqdorini bildiruvchi ot yasaydi: ko'plik, tezlik; 5) songa qo'shilib, uning mavhum miqdorini bildiruvchi ot yasaydi: birlik, o'nlik, beshlik. -liq qo'shimchasi. Turli so'zturkumlaridan mavhum ot yasaydi: ayriliq, borliq, otaliq, bo'shliq kabi. -chilik murakkab qo'shimcha. Ot, sifat, ravish va modal so'zlardan kasb-hunar va holatni bildiruvchi mavhum ot yasaydi: soddachilik, qudachilik, oshnachilik, kamchilik, ozchilik, yo'qchlik, qo'shnichilik, xursandchilik kabi. -garchilik murakkab qo'shimcha. Holat yoki kasb-hunarga doir mavhum ot hosil qiladi: ovoragarchilik, yog'ingarchilik, loygarchilik, isrofgarchilik, odamgarchilik kabi. -ch (-inch) qo'shimchasi. Fe’llarga qo'shilib, holat oti, mavhum tushuncha, belgi oti yasaydi: sevinch„ishonch, o'tinch, quvonch, qo'rqinch kabi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Mavhum otlami toping. Ulami tub va yasama otlarga ajrating. 1. Hasad - yurakning zanglashi, qaysarlik mag'lubiyat sababchisidir. 2. Oyog'ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa boshingizga falokat keltiradi. 3. Yalqovlik muhtojlik eshigidir. 4. Narsa deb odamlar e’tiboridan qolish yomon. 5. Hayo qalbning haqiqiy ko'zgusidir. mashq. Mavhum otlarni toping. Ularni tub va yasama otlarga ajrating. 1. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat, ham dadillik baxsh etgandek bo'ldi. 2. Qirlaming g‘ir-g‘ir shamoli, o'pkalarga moydek tuyulgan totli havosi hammamizning ruhiyatimizni ko'tarib yubordi. 3. Osmon hadsiz, ufqlar, qiriar jimirlaydi zarrin yog'duda. Osmon kabi tiniq tuyg'ular mavj uradi bu yosh ko'nglimda. mashq. Mavhum otlarni toping. Ulami tub va yasama otlarga ajrating. 1. Vujudimda hokimlik qilayotgan o'sha tuyg'ular o'mini shafqat, odamiylik, ham- dardlik egallab oldi. 2. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat, dadillik baxsh etgandek bo'ldi. 3. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga chorlaydi. 4. Mardlik - insonning husni. mashq. Mavhum otlarni quyidagi guruhlarga ajrating va davom ettiring. Belgi-xususiyat bo'yicha: yaxshilik, go'zallik, ezgulik...Harakat-holat bo'yicha: chopiq, terim, ko'rik...Voqea-hodisa bo'yicha: urush, yurush, inqilob... ATOQLI OTLAR VA ULARNING IMLOSI Atoqli otlar - biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo'yilgan nomlar. Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko'ra shaxs nomlari va joy nomlariga bo'linadi. ANTROPONIMLAR VA ULARNING IMLOSI Kishilaming ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusini bildiruvchi otlar shaxs nomlari (antroponimlar) sanaladi. Familiyalar shaxs ismidan so'ng otasining ismini qoldirish (Usmon Nosir), otasining ismiga -ov(a), ~(y)ev{a) qo'shimchasini qo'shish (Erkin Vohidov) bilan ifodalanadi. Shaxs nomlari turdosh otlar asosida (Malika, Nilufar, Nargiza, Lola, Oltinoy, Sadoqat, Muhabbat, Shuhrat, Qudrat kabi), sifatlar asosida (Muqaddas, Ozoda, Go'zal, Jasur, Botir kabi), sonlar asosida (Oltmishvoy, Yetmishvoy kabi), fe’llar asosida (Sotiboldi, Tursunoy, Berdiali, O'lmas, Ko'paysin kabi) paydo bo'ladi. Shaxs nomlariga qo'shiladigan erkalash va hurmat kabi ma’nolami bildiruvchi qo'shimchalar qo'shib yoziladi (ulaming ko'pchiligi leksik ma'no bildiruvchi so'zlar bo'lsa ham, hozirgi kunda qo'shimcha maqomiga ega): Salimaxon. Azimjon, Jasurtek, Boltavov. Abduialil. Valizoda. Karimbov. Tursungul, Kumushbibi. Gulchehrabonu. Alixo'ja kabi. Podshoh ma’nosini bildiruvchi shoh so'zi ismlardan keyin kelsa unga qo'shib; ismlardan oldin kelsa undan ajratib, kichik harf bilan yoziladi: shoh Ismoil, shoh Ja- hon, Boburshoh, Nfbarshoh kabi. Shaxs nomlari tarkibida keluvchi arabcha ibn, binni; o'zbekcha o‘g‘li, qizi so'zlari ajratib, kichik harf bilan yoziladi: Abu Ali ibn Sino, Alisher Abdusattor o‘g‘li, Nargiza Qurbonali qizi, Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat kabi. Atoqli otlar ham turdosh otlarga o'tishi mumkin. Bunday holat ixtiro va kashfiyotlar natijasida sodir bo'ladi: rentgen nuri (shu numi kashf qilgan olim nomi bilan ataladi), amper(tok kuchini o'lchovchi fizik kattalik bo'lib, uni ixtiro qilgan olim nomi bilan nom- lanadi), tursunoychi (ilk bor mashinada paxta terib nom qozongan ayolning izdosh- lariga nisbatan ishlatiladi) kabi. Shaxs nomlari tilshunosligimizda Ernst Begmatov tomonidan o'rganilgan. Olimning «Kishi nomlari imlosi» (1970), «O‘zbek ismlari imlosi» (1972), 14600 ismning izohini o'z ichiga olgan «O‘zbek ismlari» (1999) kitoblari alohida qimmatga ega. JOY NOMLARI VA ULARNING IMLOSI Joy nomlari ma’lum bir geografik hududga atab qo'yilgan nomlardir. Mamlakat, o'lka nomlari qo'shma so‘z shaklida bo'lganda tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi: Amerika Qo'shma Shtatlari, Buyuk Britaniya Qirolligi, Birlashgan Arab Amirliklari, Uzoq Sharq, Yaqin Sharq, O'rta Osiyo, Janubiy Korea, O'rta Chirchiq, O'zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi kabi. Tarkibida bo'yi, orti, oldi so'zlari ishtirok etgan joy nomlari qo'shib yoziladi. Masalan: Orolbo'yi, Kavkazorti, Uraloldi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Berilgan so'zlaming imlosiga e’tibor bering. 1.Jiydakapa do'ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. 2. Zahro «Tuproqqo‘rg'on» darvozasiga yetib borganda vaqt tushga yaqinlashib qolgan, kun iliq, havoda o'rik gullari chirpirar edi. 3. Balandmachitdan o'tib Beshyog'ochga chiqamiz. 4. Xatirchiga borish uchun poyezddan Zirabuloq bekatida tushiladi. 5. Qani endi Yaypanga borsak, Qudashga borsak, Buvaydaga borsak, Oqqo'rg'onga borsak, seni ham olib boraman. mashq. Berilgan so'zlaming imlosiga e'tibor bering. U vaqtda Toshkent ikkita shahardan iborat bo'lib, birini Eski shahar, ikkinchisini Yangi shahar deyishardi. Ikkalasi o'z davrining o'zgacha ikki dunyosi hisoblanib, ulaming muayyan chegarasi ham bor. Ko'p sirlaming guvohi bo'lgan sirii Anhor chegara edi. Uning o'ng qirg'og'i Qo'qon xoni qurgan O'rda choyxonasidan boshlansa, chap qirg'og'i Eski shaharga qaratilgan Tuproqqo'rg'on harbiy qal’asidan boshlanardi. TASHKILOT, KORXONA, MUASSASA NOMLARI Xalqaro tashkilot va oliy davlat tashkilotlari va oliy mansablarning nomlari tarkibidagi har bir so'z bosh harf bilan yoziladi: Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Vaziriar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan yoziladi: Oliy xo'jalik sudi, Quvasoy sement zavodi, Madaniyat va sport ishlari vaziriigi, Toshkent agrar universiteti. Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilarga berilgan shartli nomlar qo'shtimoq ichida bosh harf bilan (birikmali holatlarda faqat birinchi so'zi) yoziladi: «Turkiston» saroyi, «Qo‘shchinor» mas’uliyati cheklangan ishlab chiqarish biriashmasi, «Lazzat» oshxonasi, «Damas» avtomashinasi. Agar yuqorida keltirilganlarning shartli nomlaridan so'ng nomli, nomidagi so'zlari ishlatilsa, ular qo'shtirnoqsiz yoziladi. Masalan: Turkiston nomli saroy, Qo'shchinor nomidagi mas'uli- yati cheklangan ishlab chiqarish biriashmasi, Lazzat nomli oshxona, Damas nomli avtomashina. Korxona, mahsulotlar, inshootlar, jamoa xo'jaliklari, nashriyotlar, mahal- lalar va shu kabilaming nomlari kishilaming ism-familiyasi bilan atalsa ham, qo'shtirnoqsiz yoziladi. Masalan, qiyoslang: «G‘uncha» kinoteatri so'zida joy nomi shartli nom bilan atalgani uchun qo'shtimoqqa olindi, Navoiy kinoteatri so'zida joy nomi kishilaming ism-familiyasi bilan atalgani uchun qo'shtirnoqsiz yozildi. mashq. Berilgan so'zlaming imlosiga e'tibor bering. Sog'liqni saqlash vaziriigi, Biriashgan Millatlar Tashkiloti, O'zbekiston Respublikasi Vaziriar Mahkamasi, O'zbekiston Oliy Majlisi, O'zbekiston Milliy universiteti, Toshkent traktor zavodi. mashq. Berilgan so'zlaming imlosiga e'tibor bering. «Bahor» konsert zali, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi, Oliy xo'jalik sudi, Buxoro viloyati hokimligi, «Damas» avtomashinasi, «o`qituvchi» nashriyoti, «Umid» firmasi, «lstiqbol» fermer xo'jaligi, «Malika» ishlab chiqarish biriashmasi, «Nuroniy» jamg'armasi, Samarqand chinni zavodi, Quvasoy sement zavodi, «Turkiston» saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Guliston davlat universiteti. mashq. Berilgan so'zlaming imlosiga e'tibor bering. Madaniyat va sport ishlari vaziriigi, O'zbekiston Respublikasi Vaziriar Mahkamasi, «Qo‘shchinor» mas’uliyati cheklangan ishlab chiqarish biriashmasi, Bulung'ur tuman hokimligi, Urganch davlat universiteti, «Lazzat» oshxonasi, «Afrosiyob» mehmonxona- si, Toshkent agrar universiteti. TARIXIY SANA VA BAYRAM NOMLARI Tarixiy sana va bayramlar nomlari tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan yoziladi. 1-yanvar - Yangi yil, 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni, 21-mart - Navro'z bayrami. Agar sanalar so'z bilan yozilsa, birinchi so'zi bosh harf bilan, oyning nomi esa kichik harf bilan yoziladi: Birinchi yanvar - Yangi yil bayrami, Sakkizinchi mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni, Yigirma birinchi mart - Navro'z bayrami. SUV HAVZALARI VA INSHOOTLARI NOMLARI Suv havzalariga okean, dengiz, ko'l, daryo, soy, ariq, buloq kabilar, suv inshootlari- ga kgnal, suv omborlari, quduq kabi insonlar tomonidan bunyod etilgan inshootlar kiradi. Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan yoziladi. Masalan: Qora dengiz, Tuyabo'g'iz suv ombori, Chortoqsoy kabi. Agar ikkinchi so'zi atoqli ot bo'lsa, u ham bosh harf bilan yoziladi: Katta Farg'ona kanali, Amu-Buxoro kanali kabi. mashq. Ajratib ko'rsatilgan so'zlar orqali qaysi daryolar haqida gap ketayot- ganini aniqlang. 1. Yoz boshlanib, Yaksart bo'yidagi o'tlar qovjiray boshladi. 2.o`sha yili Eron shohi Darayavush O‘kuzdan kechib Sug'diyani bosib oldi. 3. Kir Araks daryosiga ko'prik qurishni buyurdi. 4. Bu jodudan ikki ko'zim, biri Sayhun, biri Jayhun. mashq. Savollarga javob bering. Qaysi daryo o'tmishda Jayhun, O'kuz, Oks nomlari bilan atalgan? Respublikamiz hududidagi dengiz nima deb ataladi? Toshkent shahri ichidan oqib o'tuvchi kanal nomini ayting. Qoradaryo va Norinning qo'shilishidanqaysi daryo hosil bo'ladi? OTLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI Otlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy otlarga bo'linadi. SODDA OTLAR. Faqat bir asosdan tarkib topgan otlar sodda ot hisoblanadi. Masalan: uy, yer, tosh, tuz, daraxt. Sodda otlar tub va yasama otlarga bo'linadi. Tub otlar tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha bo'lmaydigan otlardir.-Masalan: tosh, toychoq, kitobcha, bolalar, gul kabi. Yasama otlar esa tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha ishtirok etadigan otlardir. Sodda yasama otlar affiksatsiya usuli bilan yasaladi. Masalan: toshloq. achitgi ochqich. to'plam, suvoqchilik. kitobxon kabi. Sodda otlar deganda tub va affiksatsiya usuli bilan yasalgan otlar tushuniladi. 1 -mashq. Ot yasovchi qo'shimchalar bo'yicha «Bu meniki» o'yin-topshirig'ini bajaring. I guruh - qurol va narsa oti yasovchilar: tutatqi, yelpig'ich, tortma... II guruh - belgi hamda mavhum ot yasovchilar: muattarlik, ravshanlik, to'kinlik... III guruh - holat-harakat otini yasovchilar: bilim, ishonch... Quyida so'zlaming o'mi aralashtirib berilgan. So'zlardan siz o'zingizga tegishli bo'lgan qo'shimchani ajratib oling. Muattariigi, bilim, surma, cholg'u, ishonch, chiqindi, tepki, ushlagich, ravshanlik, o'rash, tuyg'u, mangu, sevinch, etik, borliq, tortma, oshnoligim, tuzum, og'u, to'kinlik, to'kinchilik, tirgak, bo'shlik, tortindi, bilim, boshim, tortiq, ezgulik, tilagim, siniq, buzuq, handaq, yotoq, intiq, taxmon, boyiik, orzu, boylam, tutatqi, insoniylik, bolaligim, yelpig'ich, boyligim. QO'SHMA OTLAR. Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan otlar qo'shma ot sanaladi. Masalan: qo'lqop, oltingugurt, beshiktebratar. Qo'shma otlar imlosi. Xona, noma, poya, ham kabi so'zlar yordamida yasalgan qo'shma otlar qo'shib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, hamsuhbat. -(a)r (inkori -mas) qo'shimchasi bilan tugaydigan qo'shma otlar qo'shib yoziladi: o'rinbosar, otboqar, cho'lquvar, qushqo'nmas, kungaboqar, beshiktebratar kabi. Takror taqlid so'zlarga qo'shimcha qo'shish bilan yasalgan otlar qo'shib yoziladi: pirpirak, sharshara, qahqaha. Narsani boshqa biror narsaga nisbatlash, o'xshatish yo'li bilan bildiruvchi qo'shma otlar qo'shib yoziladi: kamaygul, qo'ziqorin, otquloq, oybolta, o'qilon, itog'iz kabi. Narsani uning rangi, mazasi, o'zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo'shma otlar qo'shib yoziladi: olaqarg'a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi. Narsalaming biror maqsad, ish uchun mo'ljallanganini bildiruvchi qo'shma otlar qo'shib yoziladi: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqora, nosqovoq, ko'zoynak kabi. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo'shma otlar qo'shib yoziladi: tog'olcha, cho'lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi. Marosim, afsona kabiiarni bildiruvchi qo'shma otlar qo'shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog'di, urto'qmoq, ochildasturxon kabi. Qaratuvchili birikmaning bir so'zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo'shma otlar qo'shib yoziladi: mingboshi, so'zboshi, olmaqoqi kabi. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so'zi bilan ifodalangan joy nomlari qo'shib yoziladi: Yangiyo'l, To'rtko'l, Mirzaobod, Xalqobod. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo'lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O'rta Osiyo, Ko'hna Urganch, O'rta Chirchiq kabi. Rus tilidan aynan o'zlashtirilgan yoki so'zma-so'z tarjima qilish yo'li bilan hosil etilgan qo'shma otlar qo'shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, teleko'rsatuv, kinoyul- duz, teleboshlovchi, elektrarra, kinorejissyor. III. JUFT OTLAR. Ikki so'zni yonma-yon keltirishdan hosil qilingan otlarga juft otlar deyiladi. Juft otlariar doimo ikki qismdan iborat bo'ladi. Ular ma’no munosabatiga ko'ra quyidagicha: I. Har ikkala qismi mustaqil qo'llana oladigan so'zlanian tuziladi. Masalan: ota-ona, o‘g‘il-qiz, er-xotin kabi. Bunday juft otlar qismlarining shakl va ma’no munosabatiga ko'ra quyidagicha bo'lishi mumkin: O'zaro ma’nodosh so'zlar (sinonimlar)6an tuziladi. Masalan: do‘st-u yor, mehr-muhabbat, baxt-saodat, kuch-quvvat, aql-idrok, izm-ixtiyor, xohish-istak kabi. O'zaro zid ma’noli so'zlar (antonimlar)dan tuziladi. Masalan: tun-u kun, yer-u osmon, do'st-dushman kabi. Uyadosh so'zlanian tuziladi. Masalan: qozon-tovoq, qovun-tarvuz, yem-xashak, el-yurt, uy-joy kabi. O'zaro omonim so'zlardan tuziladi: yor-do'st, gul-chechak kab\. II. Ikkinchi qismi mustaqil qo'llanolmaydigan so'zlanian tuziladi. Masalan: xotin-xalaj, kiyim-kechak, temir-tersak kabi. Har ikkala qismi mustaqil qo'llanolmaydigan so'zlanian tuziladi. Masalan: adi-badi, g'idi-bidi kabi. Bundan tashqari, juft ot qismlari morfetnik tabiatiga ko'ra ham turlicha bo'lishi mumkin. Tub so'z - tub so'z qolipidagi juft otlar. Masalan: o‘g‘il-qiz, kuch-quvvat, amma-xola, ota-ona, qozon-tovoq kabi. Tub so'z - yasama so'z qolipidagi juft otlar. Masalan: savol-so'roq (so'ra + q), ko'rpa-to'shak (to'sha + k), savdo-sotiq (sot + iq) kabi. Yasama so'z - yasama so'z qolipidagi juft otlar. Masalan: to'kin-sochin- lik, tinchlik-osoyishtalik, ekin-tikin kabi. TAKRORIY OTLAR. Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o'zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlar takroriy otlar sanaladi. Masalan: tuz-puz, tovoq-povoq, tovuq-povuq. Esda saqlang: Asosni aynan takroriash yoki -ma va ba- qo'shimchalari qo'shib takroriash orqali takroriy ot hosil qilinmaydi. Bunday so'zlar ot emas, yasama ravishlar hisoblanadi. Qiyoslang: Gul (nima? - ot) ochildi - Gul-aul (qanday? - ravish) ochildi. Chelak (nima? - ot) qayerda? - Yomg'ir chelak- chelak (qay darajada? - ravish) quydi. Oldinga aadam (nima? - ot) bosdi. - Dush- manni aadam-baoadam (qay holda? - ravish) ta’qib etdi. Juft va takroriy otlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: Arpa- bug'doy osh bo'ldi, oltin-kumush tosh bo'ldi, bolam! Ana-mana de- guncha javzak o'rik, gilos, olcha, bodring, orqama-orqa handalak, qovun-tarvuz pishib, ma’murchilik boshlanib ketardi. Karnay-sumay, childirma-nog'ora sadolari yangrardi. OTLARNING LUG'AVIY SHAKLLARI. SON SHAKLLARI Otlaming birlik yoki ko'plik sonda qo'llanilishi otlarda son deyiladi. Masalan, kitob - birlikda, kitoblar—ko'plikda. Birlik sonning maxsus qo'shimchasi yo'q. Otlarda ko'plik ikki xil bo'ladi: semantik ko'plik va grammatik ko'plik. Semantik ko'plik hech qanday qo'shimchalarsiz ma'no ichida ko'plik ma’nosining mavjudligidir. Masalan, xalq, armiya, poda, jamoa, guruh, to'da, olomon, aholi kabi so'zlar. Grammatik ko'plik esa biror vosita orqali hosil qilingan ko'plikdir. Grammatik ko'plik quyidagicha hosil qilinadi: Morfologik yo'l. -lar qo'shimchasi orqali hosil qilinadi: kitoblar, gullar, uyjar, daraxtjar kabi. Sintaktik yp'l. Bunda ko'plik ma'nosi otlardan oldin birdan yuqori sanoq sonlar- ni va daraja-miqdor ravishlarini keltirish bilan hosil qilinadi: ko'p kitoblar, bir nechta kitoblar, bir talay kitoblar, beshta kitob (eslatma: agar otlaming aniqlovchisi aniq miqdomi bildirsa, otlar birlik sonda bo'ladi: beshta kitob kabi). -lar qo'shlmchasining uslubiy vazifalari Agar qo'shimcha o'z vazifasini bajarsa, bu uning morfologik vazifasi hisoblanadi. Masalan, kitoblar so'zida -lar qo'shimchasi grammatik ko'plikni ifodalamoqda. Bu esa uning o'z vazifasi, ya'ni morfologik vazifasi sanaladi. Agar qo'shimcha o'z vazifasidan boshqa vazifalarni ham bajarsa, bu uning uslubiy vazifasi hisoblanadi. Masalan, Onamlsr keldilar gapida -lar qo'shimchasi hurmat ma'nosini ifodalamoqda. Bu uning o'z vazifasi emas (yuqorida ta’kidlaganimizdek, -lar qo'shimchasining vazifasi grammatik ko'plikni hosil qilish), balki uslubiy vazifasidir. Otlaming ko'plik shakli ko'plik ma'nosidan tashqari hurmat, umumlashtirish, kuchaytirish (ko'zim - ko'zlarim, labi - lablari) ma’nolarini ham ifodalashi mumkin: 1. Hurmat ma’nosi. -lar qo'shimchasi qarindoshlik munosabatini bildiruvchi shaxs otlari (dada, ona, oyi, amma, xola, tog'a, aka, opa kabi so'zlar)ga qo'shilganda I va II shaxs egalik qo'shimchalaridan oldin kelsa grammatik ko'plikni, keyin kelsa hurmat ma’nosini ifodalaydi. Qiyoslang: Akalarim keldilar - grammatik ko'plik -1 shaxsda; Akamjar keldilar- hurmat -1 shaxsda; Akalar/ng keldilar - grammatik ko'plik - II shaxsda; Akanglar keldilar - hurmat - II shaxsda. III shaxsda esa -lar qo'shimchasining o'zi ma'nosiga qarab ko'plik yoki hurmatni bildiradi. Qiyoslang: Dadamning akajar/ keldilar. Bu yerda hurmat yoki ko'plik ma’nosi ifodalangan. O'zi qo'shiiayotgan otning ma'nosini kuchaytirish. -lar qo'shimchasi faqat birlik sonda qo'llaniladigan inson a’zolari yoki mavhum otlarga qo'shilganda ma’noni kuchay- tiradi: Sizlarga qarab zavqiarim (zavq - mavhum ot) toshib ketdi. Boshlarim (bosh inson a’zosi nomi) og'rib ketdi. Solishtiring: ko'zlarimga ishonmayman («O‘tkan kunlar»). Bu jumladagi ko'zlarimga so'zini birlik shaklga - ko'zimga shakliga almashtirib ko'ring. Ikkinchi holat bilan birinchi holat bir xil ma’noni - birlik ma’nosini (bir kishining ko'zini) ifodalasa ham, lekin bu ikki holat ta’sirchanlik, ifodalilik belgisiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisida yuqoridagi belgilar bor, ikkinchi holatda esa yo'q. Ba’zan tasviriylik, ifodalilikni kuchaytiradi: ko'z yoshini artdi - ko'z yoshlarini artdi. Umumlashtirish, jamlash ma’nosini bildirsa atoqli otlar turdosh otlarga ayla- nadi va kichik harf bilan yoziladi: O'rtangan shirinlarninq fojialari, yor vaslini biyobon- lardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari xayolimda jonlandi. -lar qo'shimchasi o'zlik olmoshiga qo'shilganda kesatish, mazax yoki hurmat ma’nosini bildiradi. O‘zlari ham kelibdilar-da - kesatish. Majlisni raisning o'zlari olib bordilar-hurmat. Donalab sanalmaydigan narsa va hodisalami bildiruvchi otlar birlik shaklda kelsa ham, aslida, jamlikni bildiradi. Masalan, Ko'chaga qum to'kilgan yoki Ariq to'la suv, ichgani tashna, bolam. Bunday so'zlar ko'plik shaklini olganda ko'pincha narsa va hodisaning xilma-xil ekanligini bildiradi. Suvlar (gazli suv, mineral suv kabi); bozordagi unlar. Do'konlarda noniar va ichimliklar sotilmoqda. Tumanimiz markazida yog'iar ishlab chiqarilmoqda. -lar qo'shimchasi atoqli otlarga qo'shilganda birgalikda ekanlik ma’nosini bildiradi: Musobaqada Olimlar (ko'p Olimlar emas, Olim va uning o'rtoqlari) g'olib bo'lishdi. Yozda Buxorolarni (ko'p Buxdrolami emas, Buxoro va uning atroflarini yoki Buxoroning turli nuqtalarini) aylanib keldim. -lar qo'shimchasi payt va masofani bildiruvchi so'zlarga qo'shilganda chama, taxmin ma’nosini bildiradi: Soat beshlarda boraman. Bodom fevralning oxirlarida gullaydi. Metrogacha ikki yuz metrlar yurasiz. OTLARNING KICHRAYTIRISH VA ERKALASH SHAKLLARI Otlaming -cha, -choq, -chak, -loq, -aloq qo'shimchalarini olgan shakli kichraytirish shakli; -gina (-kina, -qina), -jon, -xon, -oy qo'shimchalarini olgan shakli esa erkalash shakli hisoblanadi. Kitobcha. uvcha. bolaainam. do'ndiqcham, toy- choq. kelinchak. ukaion. Salimaxon. Turg'unoy, kelinchak. bo'taloq kabi. -gina achinish qo'shimchasi bo'lib, ot va sifatlarga qo'shiladi: qizqina. be- choraaina. Yuqorida sanalgan ba'zi qo'shimchalar boshqa qo'shimchalar bilan omonimlik hosil qiladi. Bunda omonimlik lug'aviy va so'z yasovchilar doirasida kuzatiladi. -cha qo'shimchasi, lug'aviy shakl yasovchi - otlaming kichraytirish va erkalash shakli: kitobcha: -cha qo'shimchasi, so'z yasovchi - sifat yasaydi: farq'onacha: -cha qo'shimchasi, so'z yasovchi - ravish yasaydi: o'zicha: -chak qo'shimchasi, lug'aviy shakl yasovchi - otlaming kichraytirish va erkalash shakli: kelinchak: -chak qo'shimchasi, so'z yasovchi - sifat yasaydi: erinchak: -chak qo'shimchasi, so'z yasovchi - ot yasaydi: burchak: -choq qo'shimchasi, lug'aviy shakl yasovchi - otlaming kichraytirish va erkalash shakli: qo'zichoa: -choq qo'shimchasi, so'z yasovchi - sifat yasaydi: maqtanchoa: -choq qo'shimchasi, so'z yasovchi - ot yasaydi: o'vinchoq: -loq qo'shimchasi, lug'aviy shakl yasovchi - otlaming kichraytirish va erkalash shakli: bo'taloq: -loq qo'shimchasi, so'z yasovchi - ot yasaydi: o'tloq: -xon qo'shimchasi, lug'aviy shakl yasovchi - otlaming hurmat va erkalash shakli: Bamoxon: -xon qo'shimchasi, so'z yasovchi - ot yasaydi: kitobxon. -gina(-kina, -qina) qo'shimchasi esa yuklama bilan omonimlik hosil qiladi. Bu qo'shimchalar bir-biridan urg'u olish-olmasligiga ko'ra ham farqlandi. -gina(-kina, -qina) qo'shimchasi otning lug`aviy shakl yasovchisi bo'lganda urg'u oladi va ot asosiga birinchi qo'shiladi: bolaginamni sog`indim (Bu yerda -gina qo'shimchasi egalik (-m) va kelishik (-ni) qo'shimchalaridan oldin qo'shilgan). -gina(-kina, -qina) qo'shimchasi yuklama bolganda urg'u olmaydi va barcha qo'shimchalardan keyin qo'shiladi: bolamfiiginasog'indim (Bu yerda -gina qo'shimchasi egalik (-m) va kelishik (-ni) qo'shimchasidan keyin qo'shilgan). ISMLAR So'zlami turkumlarga ajratish masalasi eng qadimgi davrlardan olimlar diqqatini tortib keladi. Tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan qadimgi hindlar so'zlami otlar, fe’llar, yordamchilarga ajratgandilar. Hindlaming g'oyalari bilan oziqlangan arablar so'zlami uchga: ismlar, fe’llar, yordamchilarga bo'ladilar. Hind tilshunoslari fikrlari asosida yunon olimlari, xususan, Arastu so'zlami ana shunday uchga ajratadi. Faqat keyinchalik yunonlar ismlar ichidan sifatlami, sonlami va olmoshlami chiqaradilar. G'arb tilshunosligida yunonlaming keyingi tasnifi keng tarqaldi. Rus tilshunoslari ham ana shu an'anaga amal qilib mustaqil so'zlami ot, sifat, son, olmosh, ravish va fe'lga ajratadilar. Aslida, dastlabki to'rtta soz turkumining barchasi nomlar sanaladi: narsaning nomi (ot), belgining nomi (sifat), miqdorning nomi (son), nomlar o'mida almashinib keluvchi so'zlar (olmosh). Rus tilshunoslari shuning uchun ularni bir umumiy nom ostida ism bildiruvchi so'zlar nomi bilan biriashtiradilar. Bizning ajdodlarimiz qadimdan ot, sifat, son va olmoshlarni birlashtirgan holda ismlar nomi bilan o'rganib kelganlar. Bu so'z turkumlarining deyarli hammasi egalik. kelishik va ko'olikjshakllari bilan o'zgaradi. Shuning uchun mazkur shakllar faqat otlargagina emas, balki son, olmoshlarga, shuningdek, harakat nomi, sifatdosh va taqlid so'zlarga ham daxldordlr, Egalik va kelishik shakllari ana shu so'zlami boshqa so'zlarga tobelantirib bog'lab keladi. Bu esa egalik va kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarish xususiyatiga ega so'zlami ismlar atamasi ostida biriashtirish zarurligini ko'rsatadi. Demak, ismlaraa ot. sifat. son, olmosh. taqlid so'z va fe'lning sifatdosh hamda harakat nomi shakli kiradi. Masalan, gul - ism (chunki ot), qizil - ism (chunki sifat), besh - ism (chunki son), biz - ism (chunki olmosh), taq - ism (chunki taqlid so'z), o'qish -ism (chunki harakat nomi), o'qigan - ism (chunki sifatdosh). Bugungi kunda testlarda ismlar mavzusi bilan bog'liq ko'plab savollar tushmoqda. Ularning ba'zilariga to'xtalib o'tamiz. Dumini quvnoq silkitib uchadigan Olmos varrak uning xayolini yana musaffo boialik yiilariga olib ketdi. Ushbu gapda nechta ism mavjud? Javob: 10 ta: dum - ot, quvnoq - sifat, uchadigan - sifatdosh, olmos - ot, varrak - ot, uning - olmosh, xayol - ot, musaffo - sifat, boialik - ot, yil - ot. Bobur ham bolaligi o'tgan Andijon osmonini esladi. Ushbu gapda ism asosli yasama so'zlar miqdorini toping. Javob: 2 ta: boialik = bola + lik (boialik so'zi bola so'zidan yasalgan, bola - ot - ism) va esla = es + la (esla so'zi es so'zidan yasalgan, es - ot - ism). Saida Kozimbekdan otasining sog'lig'ini so'radi. Ushbu gapdagi ismlarning sintaktik vazifasini toping. Javob: ega, to'ldiruvchi, aniqlovchi: Saida kim? - ega, Kozimbekdan - kimdan? - to'ldiruvchi, otasining - kimning? - aniqlovchi, sog'lig'ini- nimani? -Jo'ldiruvchi. Yaxshi tarbiya ko'rgan odam... xislatlari... biri shuki, bunday odam o'z faoliyati... boshqalar... birqadam oldin... o'tsa, sheriklari... yordam qo'li... uzatadi, safi... kengaytirib, yangig'alaba... ko'zlaydi. Ushbu gapda nuqtalar o'mida ishlatiiishi kerak bo'lgan qo'shimchalar tartibi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? Javob: -ning, -dan, -da, -dan, -ga, -ga, -ni, -ni, -ni Quyida berilgan gapdagi ism asoslariga qanday shakllar qo'shilib kelgan? Ra’nonina yerga qaragan ko'zi sekin Anvaraa ko'tarilib, yana yerga og'di. Javob: munosabat shakllari: chunki bu gapda ismlar (Ra’no, yer, ko'z, Anvar so‘zlari)ga egalik va kelishik qo'shimchalari qo'shilgan, ular esa munosabat shakllari hisoblanadi. ISMLARNING LUG'AVIY VA MUNOSABAT SHAKLLARI Lug'aviy shakl - ismlarning ko'plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash ma’nolami bildiruvchi qismi. Masalan: kitobcha. oviion. gullar, kattaroq. kelinchak kabi. Munosabat shakli - ismlarning egalik, kelishik, -man, -san, -dir qo'shimchalariga ega bo'lgan shakli. Munosabat shakllariga sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar kiradi. Ism asoslariga qo'shilib ulami boshqa so'zlarga bog'lab kelish va gap bo'laklarini shakllantirishga xizmat qilgani uchun egalik, kelishik, -man, -san, -dir qo'shimchalari munosabat shakllari deyiladi. Munosabat shakllaridan kelishik qo'shimchalari har doim tobe so'z tarkibida keladi, egalik va kesimlik shakllari esa hokim so'z tarkibida keladi. Masalan: kitobni o'qimoq so'z birikmasida -ni tushum kelishigini olgan so'z tobe so'z hisoblanadi. Munosabat shakllariga misollar: Jon do'stino jonidan kechsa ham, Mol do'sting molidan kechmas. Ushbu gapda 6 ta munosabat shakli qatnashgan. Qurbon cholnina gapini esh'rtib hayron qoldi. Ushbu gapda 3 ta munosabat shakli mavjud. Turlanish - ismlarning egalik qo'shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi. ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI Munosabat shakllari deganda ismlar va fe'llaming munosabat shakllari tushuniladi. Ismlarning munosabat shakllariga egalik, kelishik va kesimlik shakllari kirsa, fe’llaming munosabat shakllariga shaxs-son, zamon, mayl shakllari kiradi. Masalan, «Tumalar! Kelinglar, yelkamaa qo'ning.! Qo'llarimaa qo'ninq. boshim, ko'ksjmga... Ne tog'lardan oshgan ho'l aanotinqizTars-tars urilsinlar vuzim-ko'zimaa». O.Matjon she’ridan olingan ushbu parchada nechta.munosabat shakli bor? Ushbu parchada 16 ta munosabat shakli bor: -inglar, -m, -ga, -ing, -im, -ga, -ing, -im, -im, -ga, -dan, -ingiz, -sin, -im, -im, -ga (bunda ismlarning va fe'llaming munosabat shakllari birga olindi). ISMLARNING EGALIK SHAKLLARI Egalik qo'shimchalari ismlarga qo'shilib asos va qismdan ifodalangan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlaming uch shaxsdan biriga qarashliligini bildiradi. Birlik Ko'plik I shaxs -m (-im) -miz (-imiz) II shaxs -ng (-ing) -ngiz(-ingiz) III shaxs -i (-si) -(lar)i Masalan: kitobim, onasi, maktabina. ko'chamiz kabi. Egalik qo'shimchasi quyidagi vazifalami bajaradi: 1. Asos qismdan ifodalangan shaxs, narsalaming uch shaxsdan biriga qarashliligini biladi: Mening bog'im, cholning gapi kabi. Mashq: 1. Ena buvining xayoli allaqayoqlarga borib keldi. 2. Kimyogar ba’zi ilmlar haqida suhbatlashgandan keyin uning zehniga, ma’lumotining kengligiga taajjublan- ganini yashirmadi. 3. Oradan ikki kun o'tgandan keyin kechqurun Tesha Saidiyning hujrasiga keldi. 4. To'ra qizidan tilla oynagini olib stol ustiga qo'ydi va o'z tizzasi bilan stol o'rtasida yoyilib yotgan gazetaga qaradi. Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo'llanilgan III shaxs egalik qo'shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo'llanmaydi. Masalan: Bobuming bog‘i emas, Boburbog'i, Orolning dengizi emas, Orol dengizi, Alisher Navoiy bog'i, o'qish kitobi, Toshkent shahri, Do'stlik tumani, Jizzax viloyati, Mustaqillik bayrami. -I, -si egalik qo'shimchasi bir qator so'zlarda qaratqich kelishigidagi so’zlar bilan bog'larimaydi. Bunday so'zlarda ular yaxlitlanib qolgan. O'z vazifasini yo'qotgan. Masalan: Kechasi uxlaydi, kunduzi ishlaydi. Tuni bilan mijja qoqmadi. Kechasi bilan uxlamagan. Esda saqlang: Bunday so'zlar, asosan, paytni bildiruvchi otlar bo'lib, agar ular tarkibidagi egalik qo'shimchasi o'z vazifasini yo'qotgan esa, ular ot emas, ravish hisoblanadi. Qiyoslang: Qish kechasi uzun bo'ladi. Bu gapda kecha qishga tegishli, shuning uchun tarkibidagi -i, -si egalik qo'shimchasi o'z vazifasini bajargan hisoblanadi, kecha esa ot. Kechasi yomg'ir yog'di. Bu gapda kechasi hech narsaga tegishli emas, 4, -si egalik qo'shimchasi o'z vazifasini bajarmagan hisoblanadi, kechasi esa ravish. Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo'shimchalari harakat bajaru- vchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so'zning qo'llanishiga ko'pincha ehtiyoj bo'lmaydi: yozishim kerak. Mashq. Egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan so'zlami toping va egalik qo'shimchalari qanday ma'no ifodalashga xizmat qilayotganini aniqlang. 1.Bo'zchi bilganin to'qir, Baxshi bilganin o'qir. 2. Boqqaning ikki echki, o'shqirganing yer tebratar. 3. Mulla bilganin o'qir, Tovuq ko'rganin cho'qir. 4. Mehnat qilib topganing Qand-u asal totganing. 5: Ahyon-ahyonda polizdan qovunlarning tars-turs yorilgani eshitilyapti. 6. Hammadan ham qizig'i qaytishda bo'ldi. Dadam bizni: «Bir dengiz sayr qilinglar», - deb havorang kemaga tushirdi. Qaytayotganimizda tol novdalariga ikkitadan baliqni ildi-da, sovg'a qildi. 7. Xolida maktab kiyimini kiyganidan so'ng chindan ham bo'yi cho'zilib qolganga o'xshab ko'rindi. 8. Turnalar uzoqlashib ko'zga ko'rinmay ket- ganidan so'ng o'zicha hayron bo'ldi, «Ularning dam arqondek cho'zilib, dam g'alvirdek yoyilib uchishining sababi nimada ekan-a?» - deb o'yladi. Egalik qo'shimchali so'zlaming imlosi Egalik qo’shimchalari qo'shilganda ismlar asosida uch xil tovush o'zgarishi kuzatiladi: tovush almashishi: terak, qishloq, boialik singari ikki va ko'p bo'g'inli so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilganda asos qismning oxirgi k, q tovushi g va g' tarzida talaffuz qilinadi hamda shunday yoziladi: terak + i - teragi; qishlog + i = qishlogi; boialik + i = bolaligi kabi. Nok, chok, park singari bir bo'g'inli, idrok, ishtirok, ravnaq, huquq singari ko'p bo'g’inli so’zlarga egalik qo'shimchasi qo’shilganda asos qismda hech qanday o’zgarish bo'lmaydi: noki, choki, ishtiroki, idroki, ravnaqi, huquqim kabi; tovush tushishi: qorin, o'g'il, singil, ko'ngil, bo'g'iz, bo'yin, bag'ir, egin, o'rin, yarim, qo'yin, burun, shahar, zahar kabi ikkinchi bo'g'inida i, u, a unlisi ishtirok etgan so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilganda ikkinchi bo'g'indagi i, u, a tushib qoladi hamda shunday yoziladi. Bu so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilganda ham so'zning bo'g'inlari miqdori o'zgarmaydi. Masalan: singil + im = singlim; o'g'il + i = o'g'li; burun + ing = burning; shahgr + i — shahri kabi. Qorin va qo'yin so'zlariga III shaxs egalik qo'shimchasi qo'shilsa, tovush tushishi va omonim sozlarning hosil bo'lishi kuzatiladi:qorin + i = qorni (qomi och va qomi kura - omonim so'zlar) qo'yin + i = qo'yni (qo'yni puch yong'oqqa to'ldi va qo’yni sug'or- omonim so'zlar) tovush ortishi: obro', parvo, avzo, mavzu, mavqe kabi so'zlarga I va II shaxs egalik qo'shimchalari qo'shilsa, asosda y tovushi ortadi va shunday yoziladi: obro' + im = obro'yim; obro' + ing = obro'ying kabi. U, bu, shu, o'sha ko'rsatish olmoshlariga egalik qo'shimchalari qo'shilganida so'z asosida n tovushi ortadi va shunday yoziladi: u + im = unim bu + ingiz = buningiz kabi. Ushbu ko'rsatish olmoshlariga III shaxs birlik sondagi egalik qo'shimchasi ikki marta qo'shiladi: u + i + si = unisi, shu + i + si = shunisi Unisi, bunisi, shunisi, o'shanisi so'zlarida olmoshlar asosiga egalik qo'shimchasining -i shakli va -si shakli ketma-ket qo'shilgan, asosda n tovushi ortgan. Esda saqiang: yarim, singil kabi so'zlarga ham III shaxs egalik qo'shimchasi ikki, marta qo'shiladi: yarim + i + si = yarmisi singil + i + si = singlisi EGALIK QO‘SHIMCHALARINING USLUBIYATI Egalik qo'shimchalarining birlik va ko'plik ma’nolari asosida zidlanishi ayrim vaqtlarda buziladi. Sunday vaqtda ko'plik shakli o'zi qo'llanayotgan narsa-hodisaning birdan ortiqligini emas, balki hurmat ma'nosini bildiradi. Masalan, Onamiz dam olgani ketdilar. II shaxs egalik qo'shimchasining ko'plik shakli ko'pincha «siz»lash ma'nosida ’ qo'llaniladi. Masalan, opang («sen»siraganini bildiradi) - opangiz («siz»lashni bildiradi). Sunday hodisa III shaxs egalik qo'shimchalarining birlik va ko'plik shakliga ham 1 daxldordir. Masalan, opasi («sen»lash) - opalari («siz»lashni bildiradi). Badiiy uslubda tilimizning bunday imkoniyatidan personajlar xarakterini ochishda ij ustalik bilan foydalanadilar. Masalan, Xo'jayinning itlari (A.Qahhor). It hurmatga ' sazovor emas. Lekin xo'jayiniga laganbardorlik shunday kuchliki, lining itiga ham ana shunday munosabat bildiriladi. KELISHIK SHAKLLARI Ismlarni boshqa so'zlarga tobelantirib bog'lash uchun xizmat qiluvchi qo'shimchalar kelishik shakllari sanaladi. Kelishik shakllari doimo tobe so'zga qo'shiladi. Masalan, mashqni kitobdan daftarga ko'chirdim gapida uchta so'z kelishik shaklida kelgan, demak, ushbu gapda uchta tobe so'z mavjud. O'zbek tilida oltita kelishik bo'lib, har qaysisining o'z nomi va shakli bor. BOSH KELISHIK. Ismlarning bosh kelishik shakli maxsus qo'shimchaga ega emas. Bu shakl kim?, nima?, qayer?, so'roqlarining biriga javob bo'ladi va gapda ko'pincha ega, ot kesim, undalma vazifalarida keladi. Masalan: Toshkent - O'zbekistonning poytaxti - ega Men 7-sinf o'quvchisiman - ot kesim Toshkent, munchalar go'zalsan! - undalma Ega va undalmaning grammatik shakli qat’iy: ular har doim bosh kelishikda bo'ladi. Ega va undalmaning o'xshash jihati ham shunda, shakl jihatdan o'xshash bo'lishidir, ya'ni ega ham, undalma ham bosh kelishik shaklida bo'ladi. Farqi: ega kesimga boglanadi, undalma esa gapdagi biror bo'lak bilan sintaktik aloqaga kirish- maydi, ya'ni gapdagi hech bir bo'lakka bog'lanmaydi. QARATQICH KELISHIGI - qo'shimchasi -ning, kimning?, nimaning?, qayerning?, so'roqlaridan biriga javob bo'ladi va gapda har doim qaratqich aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan, Uning hovlisini ko'rib Saidaning o'g'zi ochilib qoldi. Ot bilan otning birikuvi, ya’ni ot + ot ko'rinishidagi birikuv qaratqich kelishigida kuzatiladi: opamning kitobi. Qaratqich - qaratqich kelishigi shaklidagi so'z. Qaralmish - qaratqich bog'lanib kelgan so'z. Masalan, maktabning hovlisi birikmasida maktabning - qaratqich, hovlisi - qaralmish. Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga tobelantirib bog'lab keladi va qaralmishda ifodalangan narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holatning qaratqich shaklidagi ismlarga qarashli ekanini bildiradi. Qaratqich kelishigi qatnashsa belgili, qatnashmasa belgisiz deb ataladi: maktab- nina bog'i - belgili, maktab bog'i - belgisiz. Qaratqich kelishigining bunday ikki xil qo'llanishi o'rtasida quyidagicha farq bor: maktabning bog'i (so'zlovchi va tinglovchiga ma’lum bo'lgan maktab) - maktab bog'i (umuman, maktab). Xususiylik, aniqlik ma'nosi ifodalanganda bu kelishik belgili ishlatiladi: uyning eshigi; umumiylik, noaniqlik ma’nosi esa belgisiz shakl orqali ifodalanadi: uy eshigi kabi. Ba’zan she'riyatda qaratqich kelishigi qisqargan holda ishlatiladi. Qisqargan shakli ham belgili hisoblanadi: Har bolam ufurgan nafasin atri She'rimnina eng go'zal, eng nafis satri. Ushbu parchada 3 ta qaratqich kelishigi qatnashgan: 1 ta belgisiz: har bolany(-ning) nafasi va 2 ta belgili: nafasin (-ning) atri, she'rimnina satri. Misollar (7-sinf, 128-mashq, 47-bet): O'zingni zakovat (-ning - belgisiz) nuri bilan yoritib ko'r. Bilimdon o'z (-ning - belgisiz) bilimi tufayli ofatlardan omon qoladi. Uquvsiz kishining (belgili) ishi yurishmaydi. Hurmat kishining (belgili) uquv-idrokidan keladi. Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganda ko'p hollarda qaratqich kelishigi tushib qoladi: maktabimiz bog'i. Lekin qaratqich va qaralmish orasida boshqa so'z qo'llanilsa, qaratqich kelishigi tiklanadi: maktabimizning chirovli bog'i. Qaratqich kelishgi atoqli otlar, olmoshlar va sifatdoshlarga qo`shilganda tushib qolmamydi. bizning shahar, Sharifaning kitobi, bilganning so ‘zi kabi. Qaratqich kelishigidan keyingi so'z har doim egalik qo'shimchasini olgan bo'ladi. Ba’zan qaratqich kelishigi chiqish kelishigi bilan sinonim bo'ladi. Masalan, meh- monlarnina biri - mehmonlardan biri kabi. Shu ma’noda quyidagi fikmi ilgari surish mumkin: egalik qo'shimchasini olgan otdan oldin har doim qaratqich kelishigidagi ot keladi; egalik qo'shimchasini olgan ismdan oldin esa qaratqich yoki chiqish kelishigidagi ism keladi. Qaratqich kelishigi jonli nutqda -ni, she'r tilida -n, -im shakllarida ifodalanishi mumkin: O'zbekiston - Vatanim manim (menjng) - she’riyatda; Ukamni oldiga kirdim - jonli nutqda. TUSHUM KELISHIGI-qo'shimchasi-ni (arxaik shakli: -g (-ig), -g' (-ig‘), kimni? nimani? qayerni? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi. Tushum kelishigi doimo -ni shaklida yoziladi. She’riy til va og'zaki nutqda -n, -di, -ti, -i shakllarida qo'llanishi mumkin: Har fasl o'z ishin qilar. Adi qulog'i-la eshit holimi Tushum kelishigi shaklini olgan so'z doimo o'timli fe’lga bog'lanadi. Tushum kelishigidagi so'z bilan o'timli fe’l yonma-yon kelganda ko'p hollarda tushum kelishigi tushib qoladi: kitob o'qidim. Tushum kelishigidagi so'z bilan o'timli fe’l orasida boshqa so'z qo'llanilsa, atoqli otlar, olmoshlar va sifatdoshlarga qo'shilganda tushum kelishigi tushib qolmaydi: kitobni bugun o'qidim. Tushum kelishigidagi so'z gapda doimo vositasiz to'ldiruvchi vazifasida keladi. Masalan, Maqtanganning uyini ko'r, kerilganning to'y ini ko'r. Esda saqlang: o'timli fe’l bilan vositali va vositasiz to'ldiruvchi bog'lana oladi; o'timsiz fe’l bilan esa faqat vositali to'ldiruvchi bog'lanadi. Eslatma. egalik qo'shimchasini olgan ismlarga bog'lanuvchi so'z qaratqich kelishigi shaklida, o'timli fe’llarga bog'lanuvchi so'z tushum kelishigi shaklida keladi. Qiyoslang: derazamning oldi, gulni hidladi, qalamning rangi, qalamni berdi. Tushum kelishigi qatnashsa belgili, qatnashmasa belgisiz hisoblanadi: savatnl to'qish - belgili, savat to'qish - belgisiz. Tushum kelishigi ham she'riyatda qisqargan shaklda qo'llaniladi: Shaftolilar gulin (-ni) to'kadi, meva bog'lab belin (-ni) bukadi. Qaratqich kelishigi bilan tushum kelishigi qo'shimchasi she’riyatda shakldosh bo'la oladi: Yer kurrasin (-ning) boshin (-ni) tang‘idik. Tushum kelishigi quyidagi kelishiklar bilan sinonim: Otni minmoq - otga minmoq; Dashtnj kezmoq - dashtda kezmoq. Ba’zan tushum kelishigi o'mida chiqish kelishigi shakli ishlatiiishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor. Tushum kelishigidagi so'z butunni, chiqish kelishigidagi so'z qismni bildiradi: uzumni yemoq - uzumdan yemoq, suvni ichmoq - suvdan ichmoq. Uzumni yedi (so'zlovchi va tinglovchiga ma’lum bo'ltjan uzum) - uzum yedi, uzumdan yedi (umuman, uzum). JO'NALISH KELISHIGI - qo'shimchasi -ga (-ka, -qa), arxaik shakli: -garu, -karu, -qaru, -g'aru. Jo'nalish kelishigi qo'shimchasi fonetik qoida asosida yoziladi. K va q undoshi bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda fonetik yozuv, g va g' undoshlari bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda morfologik yozuv qoidasi asosida yoziladi: bog'ga, bargga - morfologik yozuv; qishloqqa, tilakka - fonetik yozuv. Jo'nalish kelishigidagi ismning sintaktik vazifasi quyidagilar: o'rin-joy otlariga qo'shilib qayerga? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda o'rin hoii vazifasida keladi: U o'qish nivatida shahama (qayerga?) yo'i oldi; payt otlariga qo'shilib qachonga? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda payt holi vazifasida keladi: Majlis beshaa (qachonga?) chaqirilgan] shaxs va narsa otlariga qo'shilib kimga? nimaga? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda to'ldiruvchi vazifasida keladi: Sizaa (kimga?) o'xshagim keladi. Topshiriqni daftaraa (nimaga?) ko'chirib oldim; harakat nomi shakliga qo'shilib nima maqsadda? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda maqsad holi vazifasida keladi: Biz ilmning qaymog'in olmoaaa keldik, Baxtimizning sozini chalmoqqa keldik. O‘RIN-PAYT KELISHIGI - qo'shimchasi -da. O'rin-payt kelishigidagi ismning sintaktik vazifasi quyidagilar: o'rin-joy otlariga qo'shilib qayerda? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda o'rin holi vazifasida keladi: Dunyoda (qayerda?) o'zbek zaminiga teng keladigan zaminning o'zi yo'q; payt otlariga qo'shilib qachon? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda payt holi vazifasida keladi: Novdalarni bezab g'unchalar Tongda (qachon?) aytdi hayot otini-, shaxs va narsa otlariga qo'shilib kimga? nimaga? so'rog'iga javob bo'ladi va gapda to'ldiruvchi vazifasida keladi: Sends. (kimda ?) biron kishining haqi bo'lsa, haqini unutma; gapning oxirida kelsa of kesim vazifasini bajaradi: Adolat kuchda emas. kuch adolatdadir. CHIQISH KELISHIGI - qo'shimchasi -dan. Chiqish kelishigidagi ismning sintaktik vazifasi quyidagilar: o'rin-joy otlariga qo'shilib qayerdan? so'rog'iga javob bo'ladi va hokim qismdan ifodalangan harakatning o'mini bildiradi. Bunday otlar gapda o'rin holi vazifasida keladi: Toshkentdan (qayerdan?) ketmoq-, payt otlariga qo'shilib qachondan? so'rog'iga javob bo'ladi va hokim qismdan ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Bunday otlar gapda payt holi vazifasida keladi: tongdan (qachon?) ishni boshlamoq; shaxs va narsa otlariga qo'shilib kimdan? nimadan? so'rog'iga javob bo'ladi: temirdan (nimadan?) qattiq. Bunday otlar gapda to'ldiruvchi vazifasida keladi; chiqish kelishigidagi ismlar nima sababdan? so'rog'iga javob bo'lsa sabab holi vazifasini bajaradi: Bugun rostni qo'yib yoig'on gapirgan odam ertaga nima deganini unutganidan (nima sababdan?) rostini aytib qo'yadi va shu bilan o'zini o'zi beburd qiladi. Tipratikanni tutsangiz, tikanini hurpaytirib oiganidan (nima sababdan?), unga qo'l tekkizib bo'lmaydi. Kelishik qo'shimchalari ismlarning sintaktik vazifasini ham belgilay- di. Ba’zi kelishikiami olgan ismlarning sintaktik vazifasi qat’iy. Xususan, ega va undalmaning grammatik shakli bosh kelishik shakli hisoblan- sa, qaratqich kelishikdagi ismning vazifasi faqat qaratqich-aniqlovchi, tushum kelishigidagi ismning vazifasi esa faqat vositasiz to'ldiruvchidir. Jo'nalish, o'rih-payt va chiqish kelishiklari ham vositali to'ldiruvchi vazifasini bajara oladi, lekin ulaming to'ldiruvchi bo'lishi uchun shaxs va narsa otlariga qo'shilishi talab etiladi (ya'ni ular to'ldiruvchi bo'lishi uchun kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? so'roqlaridan biriga javob bo'lishi kerak): Jo'nalish, o'rin-payt va chiqish kelishigi qo'shimchalari ko'makchilar bilan sinonim. Qiyoslang: Uyga ketmoq - uy tomon ketmoq; Qo'lda termoq - qo'l bilan termoq; Radiodan eshitmoq - radio orqali eshitmoq. Esda saqlang: kelishiklar orqali ifodalangan grammatik ma’no aniq, ko'makchilar orqali ifodalangan grammatik ma’no mavhum: uyga ketmoq (aniq yo'nalish) - uy tomon ketmoq (mavhum yo'nalish). Esda saqlang: qaratqich, tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklari qo'shilganda ayrim ismlar fonetik yozuv qoidasi asosida yoziladi. Masalan: men + ning = mening; sen + ni = seni; u + ga = unga; bu + da = bunda; shu + dan = shundan kabi. 1-Mashq. Gaplarni o'qing, qaratqich va tushum kelishigi shakllari o'rinli qo'llan- ganmi? Har bir kelishik shaklini o'z o'miga qo'yib ko'chiring. 1. Ma’rifatchilar eljmizga ma’rifat urug'ini sochishda fidoyilik ko'rsatdilar. 2. Xalqparvar va insofli, diyonatli, boy-badavlat kishilarni moddiy yordamisiz ma’rifatchilar faoliyat ko'rsata olmas edilar. 3. Tijorat, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi bilan boyigan elimizni ishbilarmon kishilari o'z davrini millionerlaridir. 4. Muayyan bir ijtimoiy guruh yoki millatni tub manfaatlarini nazariy asoslovchi va hi- moya qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy qarashlarni butun birtizimiga mafkura deyiladi. 5. Xalqimiz Alloh taologa ibodat qilishni biladilar, yaxshi tilaklar tilaydilar. Tushuntirishni hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, tarix hamda falsafa, mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot ko'rsatmoqda. 7. Odamlarning ma’naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga tortish, har bir fuqaroning uni yoshidan qat'i nazar, shu maydonni qatnashchisiga aylantirish bizni eng samarali yo'limizdir. 8. Makoning bo'libdi tog'lar orasi, Sensan go'zallikni asli, sarasi. Ma'yus yuragingda ishqning yarasi, Sen ham oshiqmisan yoki ohujon. ISMLARNI KESIMGA XOSLOVCHI SHAKLLAR Bog'lamalar-ot kesimlami ega bilan moslashtiruvchi vositalar. Ot kesim deganda fe'ldan boshqa so'zlar (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so'z, undov so'z, modal so'z) va fe'ldagi harakat nomi shaklining kesim vazifasida kelishi tushuniladi. Gapning asosiy fikriy markazi kesim hisoblanadi. Kesim orqali shaxs-son, zamon, mayl, boiishli-bo'lishsizlik ma'nolari ifodalanadi. Bunday ma’nolami ifodalash esa faqat fellir uchun xosdir. Masalan, Dilorom kitob o'qiyapti gapida kitobning hozirgi zamonda, III shaxs, birlik tomonidan o'qilayotgani fe’l kesim - o'qiyapti orqali anglashilmoqda. Fe'lga xos bunday xususiyatlar ot kesimda mavjud emas. Aynan bog'lamalar ot kesimlarga mazkur ma'nolarni ifodalash uchun qo'shiladi. Masalan, Akam talaba bo'ldi gapida talaba bo'ldi ot kesim, bo'ldi so'zi bog'lama, u orqali otgan zamon va III shaxs birlik ma'nosi ifodalangan. Bog'lamalarga quyidagilar kiradi: man, -san, -dir qo'shimchalari; bo'lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so'zlari; ekan, emish, emas so'zlari; harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, lozim, darkor, mumkin, zarur (bu so'zlar qadimda sifat bo'lgan), shart (bu so'z qadimda ot bo'lgan) so'zlari. Misollar: Men do'stlik targ'ibotchisiman. Bu gapda ot kesim ot bilan ifodalangan va -man bog'lamasi orqali ega bilan shaxs hamda sonda moslashgan. -man, -san, -dir qo'shimchalari hozirgi zamon ma’nosini ifodalaydi. Do'st, sen eding. ko'ngiim rahbari, meni bog'la, topshir dushmanga. Ushbu gapda 1-gapning kesimi ot kesim bo'lib, olmosh bilan ifodalangan va eding bog'lamasi qatnashgan. Misollar: 1. Qorabotir yurtning erkasi, jo'ralarning serkasi edi. 2. Boy edi yegani go‘sht-u moy edi. Alp edi, lekin nozik qalb edi. 3. Bundoq ko'zimni ochib qarasam, hammayoq mevazorbog' ekan. 4. Uning gaplariga tushunish qiyin emish. 5. Topshiriqni bajarish oson emas. Eslatma: edi, ekan, emish, emas to'liqsiz fe’llari agar fe’llardan kevin kelsa (harakat nomi bundan mustasno), ular bog'lama hisoblanmaydi. Qiyoslang: Ya- qinda yosh bola edim (bog'lama) - U biznikiga kecha kelgan ef# (bog'lama emas). Bo'lmoq bog'lamasi har uchala zamon ma'nosini ham bildiradi. -a (-y) qo'shim- chali bo'lmoq bog'lamasi hozirgi va kelasi zamon ma’nosini ifodalash uchun ishlatiladi. Agar hozirgi zamon ma’nosini bildirsa, uni kesimlik qo'shimchalari (-man, -san, -dir, -siz, -miz) bilan almashtirish mumkin. Masalan: 1. Men vrach bo'laman (hozir) - Men vrachman. 2. Men vrach bo'laman (kelajakda). Toshkent O'zbekistonning poytaxti hisoblanadi. Birovni so'kish gunoh sanaladi. Har ikkala gapda ham hisoblanadi va sanaladi so'zlari bog'lama bo'lgan. Eslatma: bo'lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so'zlarijate ma^osini saqlagan bo'lsa bog'lama emas, mustaoil fe’l kesim sanaladi. Qiyoslang: Erkak kishi bir so'zli bo'ladi (bog'lama) - Kecha Toshkentda anjuman bo'ldi (bog'lama emas). Do'stlik qudratli kuch hisoblanadi (bog'lama) - Do'konda pullar har kech hisoblanadi (bog'lama emas). Bilim o'qish va takrorlashning mevasi sanaladi (bog'lama) - Matolar har kuni sanaladi (bog'lama emas). Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, lozim, darkor, mumkin, zarur, shart so'zlari bo'lganda kesimni ega bilan moslashtiruvchi shaxs- son qo'shimchalari harakat nomiga qo'shiladi: Men o'qishim kerak. Sen bilishina darkor. U kelishi shart. Eslatma: kerak, lozim, darkor, shart, mumkin, zarur so'zlari harakat nomi bilan kelmasa bog'lama emas, mustaqil ot kesim hisoblanadi. Qiyoslang: Topshiriqni o'z vaqtida bajarish zarur (bog'lama) - Insonga suv va havo kabi vijdon ham zarur (bog'lama emas). Bu kitobni o'qimog'ing darkor (bog'lama) - Darkor ilm, darkor ilm (bog'lama emas). Bugun ku- tubxonaga borish kerak (bog'lama) - Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak (bog'lama emas). SIFAT SO‘Z TURKUMI Otga bog'lanib, uning belgisini bildiradigan va qanday?, qanaqa?, so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlar sifat deyiladi:. chiroyli, baland, devoriy, kuzgi. Ma’lum belgi bir necha so'zlar orqali ifodalanishi ham mumkin. Masalan, katta, ulug', ulkan, buyuk, gigant; chiroyli, go'zal, xushro'y, bejirim va b. Bunday so'zlar muayyan bir umumiy ma'no asosida birlashsalar ham, lekin ular bir-biridan ma’lum farqlanishga ham ega. Bunday farqlanish ulaming boshqa so'zlar bilan bog'lanishida, ma’lum . uslubga xoslanishida aniq namoyon bo'ladi. Masalan, odam so'zi katta, buyuk, ul- kan, ulug‘ sifatlarini qabul qila oladi, lekin gigant sifati odam bilan bog'lana olmaydi. - Chunki u qurilishlarda binolaming shakl-belgisini ifodalashga xoslangan. Shuningdek, ulug', buyuk so'zlari shakl belgisidan tashqari xususiyat belgisini ham ifodalaydi. Bunday vaqtda ular bilan ma’nodosh bo'lib keladi. Ulkan, gigant so'zlarida esa bunday ma’no yo'qligi uchun ular bilan ma'nodoshlikni hosil qila olmaydi. Shuning uchun ham sifatlarning ma’nodoshlarini bilish va o'z o'mida qo'llay bilishi so'zlovchining nutqiy mahoratini ko'rsatadi. SIFATLARNING OTLASHISHI Sifat bog'lanib kelgan ot ba'zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma'nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat otlashib, eaalik. kelishik. ko'plik qo'shimchalari bilan o'zgarish xususiyatiga ega bo'ladi va ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi. Masalan (otlashgan sifatlarning tagiga chizilgan): Yaxshidan (yaxshi kishidan) bog' qoladi, vomondan (yomon kishidan) - dog'. Ila'orlaroa mukofotlar topshirildi. Endi senlar o'qib oo-oorani taninglar. Dono. aallilar hech qachon yo'ldan adashmaydi. Yoshroalari olovga yaqinroq, keksalari esa olovdan uzoqroq o'tirar edi. Yomon bilan yo'ldosh bo'lsang, Yomondan burun o'lasan. Yaxshi bilan sirdosh bo'lsang, Yaxshilik bilan unasan. Dono - durdan a’lo. Baxilnino qo'lida oy bo'lsa, olamni yoritmas. Kattaaa katta bo'l, kichikka kichik. Hunarli o'lmas, hunarsiz kun ko'rmas. Achchiani achchiq kesar. Baxil bovaa borauncha. Karamli tog'ga borar. Nomardoa yalinma, Bir baloga chalinma. Aqlsiz do'stga kular, Aqlli do'stini suyar. Noinsofoa erk bersang, elni talar. Sifat va sifatdoshlar anialanmishsiz 'qo'llansa otlashgan hisoblanadi. Masalan, Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin gapidagi yaxshi kishilar birikmasida yaxshi - sifat, aniqlovchi; kishilar - ot, aniqlanmish bo'lib, kishilar so'zi, ya’ni ariiqlan- mish tushib qolgan va yaxshi so'zi, ya’ni sifat otning tarkibida kelishi kerak bo'lgan -lar qo'shimchasini olgan va otlashgan. Demak, aniqlanmishsiz qo'llangan sifat deganda. otlashgan sifat tushuniladi. SIFATLARNING SINTAKTIK VAZIFASI Sifatlar quyidagi sintaktik vazifalami bajaradi: Otga bog'lansa, sifatlovchi-an iq lovch i: Oyko'l qishlog'ida na ko'l bor, na kattaroq ariq. Yozgi harakat - kuzgi barakat. Yoqimli do'st suhbati olis yo'lni yaqin qiladi. Fe’lga bog'lansa', ravish holi: Oftob balandroq ko‘tarildi-yu, bulutlar tarqab, tog'larda ham havo ochilib ketdi. Cho'qqilar avvalgidan ham oqroq va silliqroq ko'rmadi. Oqlangan maktab binosi oydinda ko'kishroq ko'rinadi. Gapning oxirida kelsa _nt kpsim- Nomus jondan ham qimmatliroq. Tumshug'i bilan ikki ko'zi qop-qora. Barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipsimon, bandi kalta. Bilib oling: otlashmagan sifatlarning sintaktik vazifasi ulaming qaysi so'z turkumiga bog'lanayotganiga qarab aniqlanadi. Masalan: Yaxshi bola yaxshi o'qiydigapida bola so'ziga bog'langan sifat otga bog'langani uchun sifatlovchi-aniqlovchi hisoblansa, o'qiydi so'ziga bog'langan sifat fe’lga bog'langani uchun ravish holi hisoblanadi. Esda saqlang: otlashmagan sifatlar gapda sifatlovchi-aniqlovchi, ravish holi va_ot kesim vazifalarini bajaradi. Otlashgan sifatlar esa ega, vositali va vositasiz to'ldiruvchi, flaratqich-aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Topshiriq: berilgan gaplardagi sifatlarning sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Bo'yi mendan kattarog‘-u, o'zi sap-sariq. 2. Tog' etaklarida ko'm-ko'k maysalar uzra nafis gullar, turli xushbo'y giyohlarning hidlari anqiydi. 3. Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. 4. Bolalar chiroyli va ozoda kiyinishgan. Nasiba she’rni baland va ravon o'qidi. 6. Toshbag'ir odamdan yaxshilik kutma. 7. Otlar balandlik, tepalikka intilib, oyoqlarini g'urur bilan chiroyli tashlaydi, boshlarini ko'rkam tutadi. SIFATLARNING MA’NO GURUHLARI Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1) xususiyat sifatlari; 2) rang-tus sifatlari; 3) maza-ta’m sifatlari; 4) hajm-o'lchov sifatlari; 5) hid sifatlari; 6) makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar. Shaxs va narsalaming turli xususiyat-holatlarini bildirgan sifatlar xususiyat sifatlari, hajmi, vazni, o'lchovi va shaklini bildirgan sifatlar hajm-o‘lchov sifatlari, o'rin va vaqtga nisbatan belgilarini bildirgan sifatlar makon-zamon sifatlari deyiladi. Xususiyat bildiruvchi sifatlarga misollar: xursand, quvnoq, g'amgin, sho'x, kamtar, notanish, yangi, eski, chopag'on, odobli, xushfe’l, aqlli, duduq, tiyrak, dono. Hajm-o'lchov bildiruvchi sifatlarga misollar: katta, behisob, uzun, qisqa, keng, baland, bahaybat, zabardast, cho'ziq, tor. Makon-zamon bildiruvchi sifatlarga misollar: yozgi, bulturgi, qishki, kechki, kuzgi, qadimgi. Narsalaming rang-tusini bildirgan sifatlar rang-tus sifatlari, maza-ta'mni bildirgan sifatlar maza-ta’m sifatlari, hidini bildirgan sifatlar hid sifatlaii deyiladi. Bilib oling: Agar sifatlar ko'chma ma'noda ishlatilsa, sifatning bir ma'no turi boshqa ma’no turini ifodalaydi. Masalan: Voy, manavi bolaning shirinligini qarang gapida maza-ta'mni bildiruvchi sifat (shirin) xususiyat bildirishga xizmat qilgan. Yoki Salim aka bag'ri keng inson gapida hajm-o'lchov bildiruvchi sifat (keng) xususiyat bildirgan. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Sifatlami topib, ulaming ma’no guruhlami aniqlang. 1. Qiz bo'lgan voqeani boshdan oyoq aytib berdi. Ishonmay desalar, oldilarida bir talay xushbo'y, ko'm-ko'k bo'tako'z gullar turibdi. Ulardan mart oyining isi kelardi. Baxting ochilib, o'n ikki oyning hammasi birvarakayiga uchrashibsan-u, guldan bo'lak hech narsa so'ramabsan-da. Men... bittasidan oppoq qo'ziqorin, yana bittasidan barra bodring so'ragan bo'lardim. 2. Bir kuni ninachilaming nafarmon, yashil, zangori, mallatuslarini uyga keltirib otamga maqtandim. mashq. Quyidagi matnni o'qing, sifatlami toping, ulami izohlang. Temur baland qadli, uzun bo'yli, tik qomatli, go'yo u qadimiy pahlavonlar avlodidan bo'lib, keng peshanali, katta boshli, g'oyatda kuchli va salobatli, ajoyib boialik, rangi oq-u qizil yuzlik, lekin dog'siz, bug'doyrang emas, qo'l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo'g'on, poychalari semiz, qaddi-qomati kamoliga yetgan, sersoqol, o'ng oyoq-qo'li cho'loq va shol, ikki ko'zi bamisoli ikki sham bo'lsa-da, shodligi bilinmas, yo'g'on ovozli edi. U o'limdan qo'rqmas, yoshi saksonga yetgan bo'lsa-da, iztirobsiz, vazmin, badani to'la va pishiq, xuddi zich (qalin) tosh misoli qattiq edi. U hazil-mazax va yolg'onni yoqtirmas, o'yin-kulgi-yu ko'ngilxushlikka maylsiz, garchi (so'zda) o'ziga ozor yetadigan biror narsa bo'lsa hamki, sadoqat unga yoqar edi. Temur tamg'asining naqshi «rosti rasti» bo'lib, bu «haqgo‘y bo'lsang najottoparsan» demakdir. ASLIY VA NISBIY SIFATLAR Belgini to'g'ridan to'g'ri ifodalaydigan va uni darajalab ko'rsatish imkoniga ega bo'lgan, -roq qo'shimchasini erkin qabul qila oladigan sifatlarga asliy sifatlar deyiladi: go'zal, chiroyli, shirin, oq, aqlli, yuzaki. Belgini to'g'ridan to'g'ri emas, balki Boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi: qishki, ko'chma, derazali, devoriy soyaki, chillaki, do'ppiii, paxtali. Asliy sifatlami aniqlashda sifatlarga daraja ko'rsatuvchi -roq qo'shimchasini qo'shib ko'rish mumkin: keng - keriarod. uzun - uzunroq. shirin — shirinroa kabi. Demak, bu sifatlar asliy sifatlafhisoblanadi. Devoriy - devorivroa deb bo'lmaydi, do'ppili - do'ppiliroq deb bo'lmaydi. Shuning uchun bu sifatlar nisbiy sifatlardir. Asliy sifatlar belgini darajalab ko'rsata oladi: sariq, sariqroq, sap-sariq, ko'k, ko'kish, ko‘m-ko‘k kabi. Nisbiy sifatlar esa belgini darajalab ko'rsata olmaydi: mevali daraxt (me- valiroq daraxt, juda mevali daraxt deb bo'lmaydi), kechki taom (kechkiroq taom, juda kechki taom deb bo'lmaydi). Asliy sifatlar fe’lga bog'lana oladi: yaxshi o'qimoq, to'g'ri gapirmoq, oson tushunmoq kabi. Nisbiy sifatlar esa fe’lga bog'lana olmaydi. Faqat -iy, -viy qo'shimchalari bilan yasalgan ayrim nisbiy sifatlargina fe’llarga bog'lanadi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQ mashq. Gaplarni ko'chiring. Asliy va nisbiy sifatlarning tagiga chizing, ularni izohlang. 1. Hovlimizda ko'cha eshikdan kiraverishda kichkina, g'ishtin uycha bor. 2. Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo'lgan buyuk shaxs edi. 3. Uning jussasi kichkina bo'lsa ham yuzlari jiddiy, boqishlari oikir, ovozi esa jarangdor. 4. Yonbag'iriarda rango-rang tovlanib, xushbo'y atrini taratayotgan gullarga nazar tashlayman. 5. U oltmishlarga borib qolgan bo'lsa-da, yoshlardek ikki beti qip-qizil, serg'ayrat va tavakkalchi odam edi. SIFAT DARAJALARI Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari, ana shunday ma’no ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari deyiladi. Sifatning quyidagi to'rt xil darajasi mavjud: 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja. Eslatma: litsey darsligida sifat darajalari 3 ta deb ko'rsatiladi. Buning sababi qiyosiy daraja ko'rsatkichi -roq belgining me’yordan ozligini ko'rsatish xususiyatiga ega ekan- ligidadir. Shu sababli litsey darsligida qiyosiy daraja berilmagan, -roq qo'shimchasi esa ozaytirma darajaga qo'shib yuborilgan. ODDIY DARAJA. Belgining. odatdagi me’yorda ekanini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja deyiladi: qizil, oq, shirin, toza. OZAYTIRMA DARAJA. Belgining me’yordan kam ekanini bildiruvchi shakli sifatning ozaytirma daraja shakli hisoblanadi. Ozaytirma daraja quyidagicha hosil qilinadi: -roq qo'shimchasi yordamida hosil qilinadi: qoraroq. vaxshiroq. shirinroq kabi. sifatning oddiy daraja shakli oldiga sal, biroz, picha, xiyla, nim so'zlarini qo'shish orqali hosil qilinadi: sal, shirin, xiyla kichik, nimpushti, nimqorong'i. rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlardan -(i)mtir, -(i)sh qo'shimchalari yordamida ham ozaytirma daraja shakli yasaladi: ko'kimtir. oqish. ko'kish. qoramtir kabi. Qora so'ziga faqat -mtir qo'shimchasi qo'shiladi, 7(i)mtir, ,-(i)sh qo'shimchalari oq, ko'k, sariq, qizil so'zlariga qo'shiladi. Sariq va qizil so'zlariga -(i)mtir, -(i)sh qo'shimchalari qo'shilganda, tovush tushishi va almashishi kuzatiladi: sariq + ish = sarg'ish, qizil + ish = qizg'ish, sariq + imtir = sarg'imtir. -roq qo'shimchasini -(i)mtir, -(i)sh qo'shimchalari bilan sinonim holda qo'llash mumkin: ko'kjsh - ko'krog, qoramtir - qoraroq kabi. Shuningdek, -roq qo'shimchasi biroz, sal, ba’zan nim, och so'zlari bilan ham sinonim bo'lib keladi. Shuning uchun ko'pincha birining o'mida ikkinchisini qo'llash mumkin bo'ladi. Masalan, qizilroq - sal qizil, biroz qizil, och qizil kabi. Esda saqlang: sifat darajalarini hosil qiladigan -roq, -(i)sh, -(i)mtir qo'shimchalari vazifasiga ko'ra lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar hisoblanadi. ORTTIRMA DARAJA. Belgining me'yordan ortiq ekanini bildirgan sifat shakli orttirma daraja deyiladi. Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi yo'llar bilan hosil qilinadi: oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, g'oyat, juda, nihoyatda, bag'oyat, biram, benihoya, tim, liq, to‘q, jiqqa so'zlari keltiriladi: juda qizil,, g'oyat shirin, oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo'g'ini tovush o'zgarishi bilan takrorlana- di: bus-butun, kap-katta, to'ppa-to'g'ri, qip-qizil, ko'm-ko'k, yam-yashil; sifatning tarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho'zish orqali hosil qilinadi: issiq issiq, achchiq - axhchiq, uzun - u:zun, chiroyli - chiroyli. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Orttirma darajadagi sifatlami topib, ularning sintaktik vazifasini' aniqlang. 1. Hamma yoq top-toza. 2. Yomg'irda cho'milgan ko'z ilg'amas ulkan bog', qizil qum sepilgan xiyobonlar, hilol va yulduz shaklidagi gulzorlar yanada so'limroq ko'rinardi. 3. Dunyoda eng orzumand xalq o'zbek bo'lsa ajabmas. 4. Onamnig ismi Enaxon, nihoyatda ko'ngilchan, zahmatkash ayol. mashq. Orttirma darajadagi sifatlami topib, ularning sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Qirg'ovullar O'rta Osiyodagi eng chiroyli qushlardan biridir. 2. Olimlarning aniqlashicha, eng olis yulduzgacha bo'lgan masofa 160 ming yorug'lik yiliga teng ekan. Dunyoda eng bebaho, ammo benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu ona mehii 4. Insonning hayot yo'li g'oyat murakkab va ko'p qirralidir. 5. Salqin, juda mazali buloq suvini ichganingiz sari ichgingiz kelaveradi. mashq. Orttirma darajadagi sifatlami topib, ulaming sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Ish juda nozik, g'oyatda qo'rqinchli edi. 2. Hovli ham, uy ham bo'm-bo'sh, ham- mayoq suv quygandek jimjit edi. 3. Bog' juda katta, bir gektarcha keladi. 4. To'rda o'tir- gan oppoq soqolli, kulcha yuzi qip-qizil, o'tkir ko'zli bir chol tomog'ini qirib gap boshladi. O'ng tomonda, jar boshida pastakkina kichkina bir uydan shovqin eshitiladi. 6. Qor tip-tiniq shudring tomchisiga aylandi. mashq. Sifatlami topib, ulaming qaysi darajada ekanligini va sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Bo'yi mendan kattarog‘-u, o'zi sap-sariq. 2. Aftidan, ovozim ham hozirgidan jarangdorroq edi, shekilli, ko'pgina yig'inlarda she'r o'qish menga topshirilar edi. 3. Bilmadim... Oqshommi go'zalroq, tongmi?!. Bir-biridan go'zal, bir-biridan fusunkor. 4. Tilimiz dag'alroq, lekin juda boy, rangli, ohori to'kilmagan ertak, doston va qo'shiq ko'p. Uning nazarida, bundan suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shavqliroq ish yo'q edi. mashq. Sifatlami topib, ulaming qaysi darajada ekanligini va sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Bizning Shahlo, o'zi kichkina bo'lsa ham, ancha ziyrak qiz. 2. Xoltoy yaxshi bola chiqdi. Hatto uning qo'ni-qo'shnilari ham bunga tan berishadi. 3. Atrofdagi go'zal va ajoyib gullar o'sar edi. 4. Baxtiyorning shalpangquloq, jajji kuchukchasi bor. 5. Chuqur va xayolchan ko'zlarida sirli va sehrli bir holat aks etadi. mashq. Sifatlami topib, ularning qaysi darajada ekanligini va sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Agar birorta kichikroq baliq suv yuziga suzib chiqsa, mushuk bir hamla bilan ushlab olar edi. 2. Dunyoda do'stlikdan afzalroq, yoqimliroq narsa yo'q. 3. Go'zallikdan ezgulik yaxshiroqdir. 4. Dunyoda johillikdan dahshatliroq narsa yo'q. 5. Insonning aqli mushtidan ko'ra kuchliroqdir. 6. Nomus jondan ham qimmatliroq. mashq. Sifatlami topib, ularning qaysi darajada ekanligini va sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Gulzorga to'kilgan bulturgi xazon ilma-teshik bo'lib, jigarrang tus olgan. 2. Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi. 3. Maxsum kichkinagina, ozg'in, siyrak soqoli-yu qop-qora yuzidan yoshini chamalab bo'lmaydigan bir odam edi. Shunda ulg'aydi bo'yi, Ko'ring bo'ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko'z, Sarg'ish soch-u oppoq yuz. mashq. Sifatlami topib, ularning qaysi darajada ekanligini va sintaktik vazifasini aniqlang. U duduq, xiylagina duduq bo'lishiga qaramay, sho'x, xushchaqchaq, yaxshigina askiya ham qilar ekan. 2. Xira yorug' ichkariga to'kiladi, gugurtcho'p alanga olib Olim Qodirovning kulcha, oqish yuzlarini, quyuqkipriklari va bezovta chaqnayotgan ko'zlarini birzum yoritib, asta-asta pasayib o'chadi. 3. Kalishlarni kiyib olaman. - Sag'al katta-ku! deyman sevinganimdan entikib. 4. Qoramtir osmon asta-sekin yorisha boshladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling