O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
O‘zbek TILI LEKSIKASINING TARIXIY QATLAMLARI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
O‘zbek TILI LEKSIKASINING TARIXIY QATLAMLARI
O'zbek tili leksikasi tarkibida umumturkiy so'zlar bilan bir qatorda fors-tojik tilidan, arab tilidan, rus tilidan va boshqa tillardan o'zlashgan so'zlar mavjud. Bu esa xalqning tarixi bilan bog'liq bo'lib, turli istilolar, urushlar natijasida, qo'shni xalqlar bilan iqtisodiy- ijtimoiy aloqalar natijasida, fan-texnika yutuqlari natijasida tilda o'zlashma so'zlar paydo bo'ladi. UMUMTURKIY SO'ZLAR turkiy xalqlar uchun umumiy bo'lgan so'zlardir. Bunday so'zlar turkiy xalqlaming xarakteriga mos holda bir bo'g'inli va ochiq bo'g'indan iborat bo'lgan ko'p bo'g'inli so'zlami o'z ichiga oladi. Olmoshlar: men, sen, u, barcha, siz kabi; sonlar: bir, ikki, uch, besh, o‘n, yuz kabi; sifatlar: yaxshi, yomon, oq, qora, qizil, sariq, ko'k kabi; bir va ikki bo'g'inli fe’llar: kul, kel, bor, uxla, yot, tur kabi; turli tushunchalarni bildiruvchi otlar: tog‘, tosh, bola, ish, kishi, ko'klam, kun kabi; inson a’zolari nomlari: bosh, ko'z, bel, til kabilar umumturkiy so'zlar hisoblanadi. Tush, ish, bor, kel, uch, qush, bugun, bog'ich, qalin, burun, ochko'z, bo'yinbog', bog'lash, iturug', ayg'oqchi, bola, data, ertaga, to'ng'ich, kunbotar, miskar, tuz, baldoq, oltov, to'ng'iz so'zlari ham umumturkiy so'zlardir. FORS-TOJIK TILIDAN O'ZLASHGAN SO'ZLAR, asosan, kasb- hunarga doir so'zlar va turmush uchun zarur bo'lgan tushunchalarni anglatuvchi so'zlardir. Shuningdek, so'z oxirida qator undoshli so'zlaming mavjudligi ham so'zning fors-tojik tilidan o'zlashganligini bildiradi. Masalan, anor, barg, bog', poytaxt, korxona, qog'oz, baxt, xo'roz, farzand, ro'mol, bahor, dehqon, parda, chiroq, zinapoya, ro'za, dazmol, ruxsat, donishmand, dono, kamtar, navro'z, dushanba, yakshanba, dastro'mol, dasturxon, kaft, kift, nay, dutor, duradgor, paxtakor, serhosii, bulbul, ohu, pashsha, bel, aft, diydor, anjir, daraxt, jo'xori, sabzavot, juvoz, kulol, yog‘, go'sht, osh, non, javob, xo'randa, kamina, atlas, chopon, xona, panjara, anjom, chirog', bemor, betob, nevara, yor, do'st, oshna, ohista, tez, zamin, falak, ombor, saroy, ohang, kuy, donish, arzon, baho, shahzoda, shoh, jang, sardor, xudo, pir, mehmon, mezbon, baland, past, ovoz,gap kabi. O`zbek tilida Tojik tilida So`ri- chorpoya O`t- olov To`n- chopon Cho`ntak- kissa Sop- dasta Novvos- buqa Muqova- jild Quyosh- oftob Ko`k- osmon Tojik tilidan so'z o'tishi natijasida qo'shma va juft so'zlar ham paydo bo'lgan: bosh (pana), qon (xo'r), qo'sh (nay), shirin (so'z), yalang (bosh), qahr-g'azab, to'y-tomosha, sog'-salomat, achchiq-chuchuk. Hozirgi o'zbek tilida tojikcha so'zlar bilan birga ulaming o'zbekcha sinonimlari ham teng qo'llanmoqda. Masalan, buloq (o'zbekcha) - chashma (tojikcha), yaproq (o'zbekcha) - barg (tojikcha), butoq (o'zbekcha) - shox (tojikcha), manglay (o'zbekcha) - peshona (tojikcha), oltin (o'zbekcha) - tilla (tojikcha). Tojik tilidan o'zbek tiliga nafaqat ot turkumiga mansub, balki sifat, ravish turkumiga mansub so'zlar ham o'zlashgan: astoydil, ozoda, otashin, baland, jangovar, dono, kamtar, puxta, shirin kabi. Shuningdek, tojik tilidan hech, chunki, yoki, garchi kabi bog'lovchi va yuklamalar, ba-, be-, bo-, no-, ham-, -kash, -parvar, ser-, -xo'r, xush- kabi qo'shimchalar ham o'zlashgan. Tojik tilidan o'zlashgan so'zlar oxirida sht, st, xt, ft, nd kabi qator undoshlar qatnashadi: go'sht, g'isht, do'st, rost, shikast, past, kaft, daraxt kabi. ARAB TILIDAN O'ZLASHGAN SO'ZLAR, asosan, fan, maorif, dav- latchilik, din, huquq, adabiyotshunoslikka 'doir. Ot turkumiga mansub so'zlar: davlat, vazir, ilm, ta’limot, nazariya, asar, g'azal, shoir, adib, masal, rasm, madaniyat, me’mor, tijorat, sanoat, askar, g'alaba, muallif, xabar, ta’lim, harf, dars, kitob, asbob, tarjimon, oiloh, qibla, arvoh, inson, odam, oila, ayol, avlod, marosim, tavallud, asab, qalb, a’zo, shifo, tabib, vatan, imorat, mahalla, havo, nur, asr, saraton, vaqt, zamon, janub, sharq, dunyo, maymun, rayhon, halvo, qand, marjon, sadaf, soat, sandiq, qulf, sado, jumla, nutq, suhbat, talaffuz, ariza, talaba va boshqalar. Sifat turkumiga mansub so'zlar: azamat, ajoyib, odil, afzal, zolim, takabbur, ahmoq, baxil, johii, munis, nodir, mohir', muloyim, sof, halol, mudhish, mag'rur, makkor, za’faron, zilol va boshqalar. Abstrakt tushuncha otlari: muammo, muborak, adolat, farosat, aql, fikr, dalil, mazmun, xabar, ilhom, insof, vaziyat, sadoqat, istiqbol, ishq, mavhum, murod, murakkab, mushtarak, nomus, saodat, taajjub, tasavvur, fazilat, farog'at, fahm, xotima va boshqalar. Ravish turkumiga mansub so'zlar: avval, doim, doimo, asio, axir, zaru- rat, ittifoqo va boshqalar. Bog'iovchilar: lekin, ammo, va, balki, biroq, hatto va boshqalar. Modal so'zlar: albatta, haqiqatan, ehtimol, balki va boshqalar. -iy, -viy kabi sifat yasovchi qo'shimchalar va -an ravish yasovchi qo'shim- cha qo'shib yasalgan so'zlar ham arabcha so'zlar hisoblanadi. Arab tilidan o'zlashgan so'zlar quyidagi belgilarga ega: 1) so'z tarkibida unlilar qo'shaloq va qator keladi: muomala, rais, soat, inshoot, tabiiy, qoida, rioya, mutolaa, mudofaa kabi; 2) arab tilidan o'zlashgan so'zlarda cho'ziq unlidan keyin yozuvda tutuq belgisi qo'llanadi: ma’no, da’vo, ta’na, e’lon, ta’lim, san’at, jur’at, sur’at, qal’a. RUS TILI VA RUS TILI ORQALI BOSHQA TILLARDAN O'ZLASHGAN SO'ZLAR, asosan, tilimizda XIX asrdan, chor Rossiyasi istilosidan keyin paydo bo'ldi. Stol, stul, ruchka, pero, pechka, parta asli ruscha so'zlardir. Rus tilidan olingan so'zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos so'zlar ham bor: buxgalter, soldat, ofitser (nemischa), vergul, palto, triko (fransuzcha), klub, tramvay, futbol, boks (inglizcha), tomat, limon, silos, marmelad (ispancha) va boshqalar. Hozirgi o'zbek tilida ishlatilayotgan manti, lag'mon, shiypon so'zlari xitoycha so'zlar hisoblanadi. O'zbek tilidan ham boshqa xalqlaming tillariga so'zlar o'tib, ularning lug'atini boyitgan: kishmish, o'rik, anjir, sandiq, uzum, xirmon, ketmon, g‘o‘zapoya kabi so'zlar rus tilida ham ishlatiladi. Qora tosh so'z bhikmasidan ruscha karandash so'zi hosil bo'lgan: q tovushi Ac ga, f esa d tovushiga almashgan; kara va dash bo'g'inlari orasida n tovushi orttirilib, karandash so'zi kelib chiqqan. Demak, tillaming Iug'ati so'zlaming bir tildan ikkinchi tilga o'tishi hisobiga ham boyib boradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling