O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


ANTONIMLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI


Download 0.61 Mb.
bet51/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

ANTONIMLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Biz o'zimizni qurshab turgan olamni sezgi a'zolarimizning bosh miyamlzga bergan axboroti yordamida bilib olamiz. Billsh jarayonida narsa va hodisalarni, harakat-holatlar- ni, belgi va xususiyatlami bir-biriga zidlash, ulaming o'zaro o'xshash va farqli tomonlari- ni aniqlash katta ahamiyatga ega. Bizning butun faoliyatimiz zidlashlarga asoslangan desak yanglishmaymiz. Jaloliddin Rumiyning ta’kidlashicha, har qanday «ashyo»ning qimmati ziddi bilan ayon bo'ladi, ziddi bo'lmagan narsani ta’rif etish imkoniyatdan tash- qaridadir.
Zid ma’noli so'zlar (antonimlar) qarama-qarshi ma’noli so'z va qo'shimchalardir. So'z maqomidagi antonimlar lug'aviy (leksik) antonimlar, qo'shimcha maqomidagi antonimlar esa affiks antonimlar deyiladi.
Zid ma’noli so'zlar doimo ikki qarama-qarshi a'zodan iborat bo'ladi. Birini aytsak, ikkin­chisi xayolimizga keladi. Masalan, achchiq deyishimiz bilan shirin esimizga keladi.
Zid ma’noli so'zlar birgalikda qo'llanib yangi so'z hosil qilishi mumkin. Masalan: yosh-u qari - bari, achchiq-chuchuk - ovqat turi, uzoq-yaqindan - hamma yoqdan kabi.
inson faoliyatidagi eng muhim siyosiy, axloqiy, fanniy qarashlar umum- lashmasini aynan ifodalashga qulay usul sanaladi.
Antonimlar ko'proq badiiy uslubda qo'llanilib, qarama-qarshi tushuncha (tazod, antiteza, kontrast) uslubini yaratish uchun xizmat qiladi: Meni kim ko'rsa farq et- mas xazon birla bahorimdan. Ushbu baytda xazon - kuz so'zi bahor so'zi bilan antonim bo'lib, tazod (qarshilantirish) san'atini yuzaga chiqargan. Badiiy adabiyotda antonim bo'lgan so'zlami yonma-yon keltirish orqali ma’noni kuchaytirishga erishadi- lar. Juda ko'p asarlar nomini tanlashda ijodkorlar antonimlardan unumli foydalanishadi. “Eng qayg'uli shodlik" (Shodlik ham qayg'uli bo'ladimi? Ispan shoiri Lorkaning she’riy to'plami), “O'lik jonlar” (O'likda jon bo'ladimi? Rus adibi Gogolning pyesasi), Tirilgan murda” (Murda tirilishi mumkinmi? G'.G'ulomning qissasi) kabi asarlarni bunga misol qilish mumkin.
Antonimlik hodisasi ham faqat bir turkum doirasida uchraydi. Sifat antonimlar: yax­shi - yomon; ot antonimlar: tun - kun; fe’l antonimlar: kulmoq - yig'lamoq; ravish an­tonimlar: tez- sekin kabi.
Ma’no jihatidan antonimlar o'zaro bog'lanishli bo'ladi: birini aytish bilan shuning ziddi ko'z oldiga keladi, birining ma’nosi antonimiga qarshi qo'yilganda aniq gavdala- nadi: qalin - yupqa kabi. Oddiy inkoming o'zi hali antonimlik emas. Masalan, ayt: aytma, aytar- aytmas kabilar biri ikkinchisining inkori, lekin ularni o'zaro antonym deb bo'lmaydi. Asli bular - ikki leksema emas, balki bir leksemaning ikki (bo'lishli va bo'lishsiz) shakli. Antonimik munosabat esa ikki leksema orasida voqe bo'ladi, bunda inkor etish yangini nomlash orqali yuz beradi. Masalan, shirin - achchiq leksema- lari biri ikkinchisini o'zi anglatadigan ma’nosi bilan, yangini nomlash bilan inkor etadi. Demak, antonimik munosabat hosil etuvchi leksemalar biri ikkinchisini yangini nomlash orqali inkor etishi, leksik ma’nolar biri ikkinchisining ziddi bo'lishi lozim. Masalan, dono va ahmoq, birva ming, yiqil va tur leksemalari o'zaro antonim emas, chunki bular yuqoridagi shartlarga javob bermaydi. Dono leksemasiga nodon leksemasi, ahmoq leksemasiga aqlli leksemasi antonim. Tur leksemasining bosh (to'g'ri) ma’nosiga yot leksemasining bosh (to'g'ri) ma’nosi antonim, lekin yiqil leksemasiga antonim yo'q.
Antonimlar ko'proq sifat turkumida kuzatilib, olmosh, son va modal so'zlarda deyarli uchramaydi.
Ko'p ma’noli leksemalarda esa har bir leksik ma’no o'z antonimiga ega bo'lishi mumkin. Masalan, tirik leksemasining bir ma’nosiga o'lik leksemasining bir ma’no­si (tirik tabiat - o'lik tabiat), tirik leksemasining boshqa bir ma’nosiga lanj leksemasining bir ma'nosi (tirik osh - lanj osh) antonim. Demak, so'z ko'p ma’noli so'z bo'lsa, uning turli ma’nolari boshqa-boshqa so'zlar bilan antonimlik va sinonimlik mu- nosabatida bo'ladi, Masalan, fez so'zi yaqin so'zi bilan ko'chma ma’noda qo'llangan- da sinonim bo'la oladi: tez kunlarda - yaqin kunlarda; tez so'zi ko'chma ma’noda qo'llanganda og'ir so'zi bilan antonim bo'la oladi: jahli tez-og‘ir, bosiq.
Antonimlarga misollar:

  1. Kattaga hurmat, kichikka izzat.

  2. Yaxshilik nur keltirar, vomonlik z ulmat.

  3. Yomonni tanqid qil, vaxshiaa taqlid qil.

  4. Ko'p bilgan oz so'zlar, oz so'zlasa ham, soz so'zlar.

  5. Mard o'zar, nomard to'zar.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling