O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
1-mashq. Berilgan so'zlar ishtirokida gapiar tuzing. Omonim yoki polisemantik so'z ekanligini aniqlang. Do'st, yosh, yuz, nafis, mol, oyoq, bel, tut, yengil, gul, sher, sana, uch, o'ch, quloq... N a m u n a: 1. Olti narsa rohatda yashashga yordam beradi, shulardan biri haqiqiy do'sting bo'lmoqligidir. 2. Bugungi kechamizga shoir Do'st Hamdam ham tashrif buyur-, gan. 3. Do'st!!! Yana bir juft qo'shiq bo'lsin! Davom ettiring: Omonim so'zlar: do'st, yosh, yuz... Polisemantik so'zlar: yosh, yuz, nafis... Ham omonimlik, ham polisemantiklik xususiyatiga ega so'zlar: yosh, yuz, gul, quloq... 2-mashq. Ko'chiring. Lug'aviy omonimlarni toping, ma’nosini izohlang. 1. Kamina 80 yoshni qoralayapman, mustaqil davlat O'zbekistonning ardoqli farzan- diman. 2. Men otam haqida roman qoralayapman. 3. Hammang o'z aravangni tort. 4. Odinaxon dasturxon ustiga tort tortdi. 5.31-avgust sanasi hech qachon, hech kimning yodidan ko'tariimaydi. 6. Keltiriigan mollarni birma-bir sana. 7. Yuzta nomarddan bitta mard yaxshidir. Yuz terisini toza saqlamoq uni har xil mikroblardan xoli qiladi. 3-mashq. Gaplarni O‘qing, shakldosh so'zlami topib ularga izoh bering. 1. Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. Yaxshilarning etagini tut, adashmaysan. .2. Yoz - o'tmoqda soz. Dutor - eng yaxshi soz.3.Arg'amchiga qil quvvat. Nomusni yoshlikdan ehtiyot qil. 4. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etmoq. Filmdagi eng yaxshi chiqqan kadrlarni ko'rsatmoq. 4-mashq. Yoq, karam, kuy, qo‘y, ot, kul, mushak, oy, bog‘, taxt, et, chang so'zlari ishtirokida gapiar tuzib, ularning matndagi ma'nolarini izohlang. 5-mashq. Gaplarni daftaringizga ko'chirib yozing, shakldosh so'zlarga izoh bering. Topgan gul keltirar, topmagan bir bog' piyoz. Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ko'plab bog'lar barpo qilindi. Ozodlik - biz uchun eng katta davlat. Eli boy davlat kuchli va qudratli bo'lur. Ertalab atrofni qalin tuman qopladi. Bizning tumanimizda bir qancha sport inshootlari qurildi. 5-mashq. Gaplarni o'qing. Shakldosh so'zlami toping. Ma’nosini tushuntiring. 1. Sen ham pastroqqa tush endi. 2. Tushimda alahsiganman, shekilli. (M. Mahmudov) 3. Chang-to'zon mashina oynasiga urilib, yo'lni ko'rsatmay qo'yar edi. 4. Bas- takor changda qandaydir kuy chalar edi. 6-mashq. Ajratib ko'rsatilgan so'zlaming shakldoshlarini toping. 1.Belni aldab-aldab ishga solmasak bo'lmas. (S. Ahmad) 2. Qing'ir ish qirq yildan keyin ham fosh bo'laveradi. 3. Go‘ro‘g‘li ech qoldi, enasiga qarab bir so'z dedi. (Dos- tondan) 4. Idoraga uch, senga ham pul katta. (Sh. Toshmatov) 7-mashq. Quyida berilgan shakldosh so'zlaming ma’nosidagi farqni tushuntiring. Namuna: gullar-gullar. Bahorda har xil gullar ochiigan. Hammadan oldin bodom daraxti gullar. olma - olma ko'zlar-ko'zlar bog'lar-bog'lar 8-mashq. Avval shakldosh so'zlar qo'llangan gapiar juftligini, keyin ko'p ma’noli so'zlar ishtirok etgan gapiar juftligini ko'chiring. 1.Hech bo'lmaganidan ko'ra kech bo'lgani yaxshi. (Maqol) Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. (Ertakdan) 2. Maktabda «O‘tkir zehnlilar» musobaqasi bo'lib o'tdi. O'tkir boltasi bo‘lsa-yu, shart bir daraxtni kesib yelkaga olibjo'nasa. (Oybek) 3. Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib, eng yorug' yulduzdan seni so'rayman. (Cho'lpon) Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling