O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


KO'CHMA MA’NO VA ULARNING TURLARI


Download 0.61 Mb.
bet43/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

KO'CHMA MA’NO VA ULARNING TURLARI
So'zlar o'z ma’nosi bilan betaraf boisalar ham, ammo uslubiy ma’no ifodalashi uchun ularning ma’nosi kontekstda ko'chma ma’noga ega bo'ladi. (Sulning chiroyli bel- gisi odamga [gul yuz), o'rin-joyga (gulbog), biror harakatga (qo'li gut) ko'chiriladi, natijada gul so'zi qo'shimcha uslubiy mazmun oladi. So'zning o'z ma’nosidan ko'chi- shi, uslubiy mazmun olishi ko'proq badiiy uslub, ba’zan publitsistik uslub va o'rni bilan og'zaki so'zlashuv tilida uchraydi.
Borliqdagi narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holat nomlari ma'lum bir asosga ko'ra boshqa narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holat nomi sifatida ham qo'llaniladi. Bunday vaziyatda bitta nom bir necha narsa-hodisa, belgi-xususi- yat, harakat-holatlarning nomi sifatida xizmat qiladi. Masalan, burun so'zi «tirik organizmning yuz qismidan bo'rtib chiqqan nafas olish organi» ma’nosini ifodalaydi, shu bilan birga, burun «yerning suvlikka tomon bo'rtib chiqqan qismi» ma’nosini ham bildiradi. Predmetlar o'rtasidagi tashqi o'xshashlik (yuz qismdan bo'rtib chiqqan burun bilan yer qirg'og'iriing dengiz yoki okeanga qarab bo'rtib chiqishi o'rtasidagi o'xshashlik) birining nomini ikkinchisi o'rnida qollashga asos bo'lgan.
Ma'no ko'chishining nima asosda ro'yobga chiqishiga ko'ra metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud. Nutqimizdagi eng keng tarqalgan ma’no ko'chish usuli metaforadir.


METAFORA VA UNING USLUBIYOTI
Metafora (grekcha metaphora - ko'chirish) - biror predmet belgisining, harakat- ning o'xshash tomonini boshqasiga ko'chirish. Masalan: tandiming og'zi birikmasida og'iz so'zining ma’nosi odam yoki hayvon og'ziga tashqi o'xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik turli asosda bo'lishi mumkin:
1.Ikki predmet o'rtasidagi shakliy o'xshashlik. Masalan: odam qulog'i va qozon qulog'i;
2.Ikki predmetning qayerda joylashishi bo'yicha o'xshashlik. Masalan: itning dumi, samolyot dumi va boshqalar.
Metaforada ma’no ko'chishi quyidagicha amalga oshadi:
1.Inson a’zolarining nomi boshqa narsalarga ko'chadi. Masalan: ko'chaning boshi, Yer yuzi, kitobning beti, shishaning og'zi, choynakning bumi, dutoming qulog'i kabi.
2.Inson kiyimlari qismlarining nomi boshqa narsalarga ko'chadi. Masalan: tog'ning etagi, daryoning yoqasi, eshikning tugmasi kabi.
3.Qush, parranda, hayvon a’zolarihing nomi boshqa narsalarga ko'chadi. Masalan: Futbolchilarimiz chap qanotdan hujum uyushtirdilar, varrakning dumi osmonda chiroyli tebranardi.
4.Harakat-holat (fe’l), belgi-xususiyat (sifat)lar ham o'xshashlik belgisiga ko'ra metafora asosida ma’no ko'chishiga uchraydi. Masalan: gapni gapga ulamoq, osmon ko'z yoshini to'kdi, xazon bo'lmoq, shirin xayol, sovuq xabar kabi.
Shirin: Shirin olma (o'z ma'nosida) - shirin muomala (metafora asosida ma’no ko'chishi);
Chiroyli: chiroyli guldasta (o'z ma’nosida) - chiroyli muomala (metafora asosida ma’no ko'chishi);
Qurimoq: Ko'l quridi (o'z ma’nosida) - Iz quridi (metafora asosida ma'no ko'chishi);
Erimoq: Muz eridi (o'z ma’nosida) - Onaning ko'ngli eridi (metafora asosida ma’no ko'chishi).
Sifatlarda ma'no ko'chishi bo'lganda sifatning bir ma'no tuii boshqa ma'no turini ifodalaydi. Masalan, Voy, manavi bolaning shirinligini qarang gapida shirin maza-ta’mn bildiruvchi sifat hisoblansa-da, ushbu gapda xususiyat bildiruvchi sifat ma’nosini bildirgan. Yoki uning fe’ii tor gapidagi tor so'zi hajm bildiruv­chi sifat hisoblansa ham, gapda xususiyat bildiruvchi sifat ma’nosini bildirish uchun qo'llangan.
5.Metaforalarga juda yaqin vosita o'xshatishlar bo'lib, ular yordamida shaxs va predmetlar bir-biriga o'xshatiladi:
Adashgan it kabi, Furqat, qayon borgum bilolmasman. Ulug'bek misoli oftob.
6. Kishilarga qo'yilgan ismlar ham metafora asosida qo'yiladi: Yo'lbars, Bo'riboy, Qoplonbek, Burgutbek, Lochinoy, Gulnora, Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Oyxon, Arslon, Bobur, Gilosxon, Charos, Ozoda.
7. Qovun navlari, gullarga, qushlarga, hasharotlarga qo'yiladigan nomlarham meta­fora asosida qo'yiladi: obinovvot (mazasi o'xshaydi), kampirchopon (tashqi ko'rinishi o'xshaydi), umriboqiy (uzoq vaqt saqlanishi o'xshaydi), bo'rikalla (vazni o'xshaydi)! qovun navlari; itog'iz (guli itning og'ziga o'xshaydi), kamaygul (guli kamayga o'xshay­di), gultojixo'roz (guli xo'rozning tojiga o'xshaydi) - gul turlari; tillaqo'ngHz, toshbaqa, qizilishton - hayvon va hasharot nomlari.
Metaforaga misollar:
Bo'ston qishiog'iga oa'ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi.
1.Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
2.Ko‘z yoshi sel boldi. bo'ron o'kirdi.
3.Rahmi kelib bulutning
4.Yig'lab to'kar voshini.
Qushlar qochar, majnuntol
Ko'taradi bosh ini.
Bulutning orasidan
Quyosh kulib aaravdi.
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi (E. Vohidov).
5.Qalam ushladimmi, demak, o'yin bas,
Yavrab ocholmavdi gul dudog'ini.
Shundoq yurak yutib so‘rasha olmas
Xonamda qoldirgan qo'g'irchog'ini.
Burchak-burchakda jim tortishar burun,
Bilmam qanday 6‘y-u xayol ichida.
Tuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin
Bolalarim yurar oyoq uchida... (M. Yusuf)
6.Metafora usuli bilan qo'yilgan ismlar. Yo'lbars, Bo'riboy, Qoplonbek, Burgutbek, Lochinoy, Gulnora, Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Oyxon, Arslon, Bobur, Gilosxon, Charos, Ozoda.
7.«Palak» so'zining ma’nolari:
1) palak. Ma'lum bir urug'dan ko'karib chiqib, yer yuzalab o'sib, gullab hosil beradigan poliz o'simligining tanasini bildiradi: qovun palak, tarvuz palak, bodring palak. Masalan: «...So‘lg‘in palaklarda o'smay qolib ketgan xomaklar yiltillab qolar, goh surmaday qorayib ko'rinar edi». Bu gapda palak so'zi o'z ma’nosida qo'llanilgan;
2) palak. Polizchilar nutqida ba’zan qovun yoki handalak urug'i tushunchasida ham qo'llaniladi. Masalan: «To‘rt egat palak ekdim». Bu gapdagi palak so'zida sinekdoxa asosida ma'no ko'chgan;
palak. Xalqimiz urf-odatiga ko'ra, qizlami kuyovga uzatish uchun gul (kashta) Ipakli matolar tayyorlanadi. Masalan:
Iblisni rahbar deb qarshi oldilar,
Balki, sayladilar undan ham ortiq.
Poyiga ipakdan palak soldilar,
So'ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq. Bu gapdagi palak so'zida ma'no metafora aso­sida ko'chgan;
3) palak. «Parvoyi palak» iborasida o'z ishiga mas'uliyatsizlik, e'tiborsizlik bilan qarash, beg amlik ma'nolari tushuniladi. Masalan: «Atrofda bo'layotgan voqealarga Mo'ydinning parvoyi palak edi»;
palak. O'xshatish ma'nosida ham qo'llaniladi. «Bir palakdan har xil xamak chiqadi deganlari rost ekan-da», - dedi so'fi yonidagilarga qarab.
8.Mungli kuy yurakni tirnar edi.
9.Daryoning yoqasida bir chol baliq ovlardi.
10.Kuyov qo'lini ko'ksiga qo'yib: «...ishoning, dada, Karomatni boshimaa ko‘taraman». - dedi.
11.Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho'zib vuborilmoada.
12.Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi.
13.Navoiy ko'hna Sharqning ulug' mutafakkiri sifatida o'z asarlari bilan o'sha davr Ijtimoiy masalalarini ham ko'tarib chiqdi.
14.Go'zal bu gaplarning hammasini yuragining tubiaa iovlaaan edi. uni hech kimga oshkor ayta olmasdi.
15.Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi varalandi.
16.Havoda o'tkir ananas hidi aurkiradi.
17.Normatni bunchalik cho'kib aolaan deb o'ylamagan edim.
18.Zebining qish ichi zanalab aoloan ko'ngli endi ochila boshlaaan edi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling