O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO'ZLAR


Download 0.61 Mb.
bet41/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO'ZLAR
Leksik ma’nolar, avvalo, bosh (o'z) ma’no va ko'chma (hosila) ma’no deb farq qilinadi.
So'zlaming nutq jarayoniga bog'liq bo'lmagan atash ma’nosi o'z ma’no sanaladi. Bosh (o'z) ma’no boshqa bir leksik ma'noning yuzaga kelishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. So'zning o'z ma’nosi, asl tub ma’nosi denotativ ma’no deyiladi. So'zning nutqda boshqa so'zlarga bog'lanib hosil qiladigan yondosh ma’nosi ko'chma ma’no hisoblanadi. So'zning ko'chma ma’nosi konnotativ ma’no deyiladi. Ko'chma ma'no bosh ma’noning taraqqiyoti bilan yuzaga keladi. Masalan, ochiq leksema- sining bosh ma’nosi - “berkitilmagan” (yopiq leksemasining antonimi): ochiq eshik, kitobni ochiq qoldir kabi. Quyidagi ma’nolar shu bosh ma'nodan taraqqiy etib chiqqan ko'chma ma’nolar: 2) ochiq gapir (“tushunarli qilib”, “aniq”, “yashirmay”), 3) ochiq odam (“xushmuomala"), 4) ochiq bo'g'in (“unli tovush bilan tugaydigan”).
Yoki odamning qulog'i - o'z ma’nosida, qozonning qulog'i - ko'chma ma'noda.
So'zlar nutq jarayonidan ajratilgancla uning o'z (bosh) ma’nosi anglashiladi. Masalan: 1 Shohida mehmonlarga yengil ta’zim qildi. 2. Radiodan yengil kuy taraidi. 3. U qo'lidan yengil yaralangan edi. 4. Yo'lchi yen­gil eshikchani ochib kirdi. Ushbu gaplarda yengil so'zi to'rtta ma’noda ishlatilgan. 1-, 2-, 3-gaplarda ko'chma ma'nolarda, 4-gapda esa o'z ma’nosida. Buni biz so'zlami nutqdan ajratib ko'rish orqali aniqlaymiz: yengil ta’zim - ta’zim yengil bo'lishi mum- kinmi? Demak, bu gapda yengil so'zi ko'chma’ma’noda qo'llangan. Yengil kuy - kuy yengil bo'lishi mumkinmj? Bu gapda ham yengil so'zi ko'chma ma’noda ishlatilgan. Topshiriqni mana shti tarzda davom ettirish orcfali so'zlaming o'z yoki ko'chma ma’noda ishlatilayotgani aniqlanadi.
O'z va ko'chma ma’no birikib ko'p ma’noli so'zni hosil qiladi. Tilimizdagi so'zlaming juda katta qismi ko'p ma’nolidir, chunki kishilaro'zining kundalik hayotida yangi paydo bo'lgan tushunchalarning har biri uchun alohida-alohida so'zlar qo'llayveradigan bo'lsa, so'zlaming soni o'ta ko'payib ketib, ularni xotirada saqlash mumkin bo'imay qolardi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashib, u sekin-asta yaroqsiz holga kelib qolardi.
Shuning uchun har qaysi tilda sanoqli til birliklarining turli xil kombinatsiyalaridan cheksiz tushuncha va fikrlarni ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo'lgan so'zlarga yangi-yangi ma’nolar yuklanadi. Natijada ko'p ma’noli so'zlar maydonga keladi. Masalan, tosh so'zi dastlab «qattiq», «sovuq jism» ma’nosida qo'llangan. Keyinchalik «qattiqlik» ma’nosini faollashtirib, tosh bag'ir, bag'ri tosh birikmalarida bag'irning sifatlovchisi vazifasida ko'chma ma’noda qo'llanila boshlangan. Yoki ko'z so'zi dastlab faqat «tirik organizmning qabariq shakl- ga ega ko'rish a’zosi» ma’nosida qo'llangan bo'lsa, keyinchalik «qabariqlik» ma’nosi­ni faollashtirish asosida «daraxtning ko‘zi», «yorug‘lik bilan ta’minlash» ma’nosini faollashtirish orqali «derazaning ko‘zi» ma’nolarida qo'llanila boshlandi.
So'zlar bir ma’noli va ko'p ma’noli so'zlarga bo'linadi. So'zlaming bir ma’no anglatishiga monosesiya deyiladi. O‘n, Toshkent, Mirzacho'l singari aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo'llanilgan so'zlar bir ma’noli so'zlary oki monosemiya (grekcha mono - bir, semia - ma’no) sanaladi. Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma’noda qo'llanuvchi so'zlarga ko'p ma’noli so'zlar yoki polisemiya (grekcha poli - ko'p, semia - ma’no) deyiladi. Masalan: Yer yuzining to'rtdan bir qismi quruqlikdir. Bu yerda yerso'zining o'z, bosh ma’nosi qo'llanilgan. Daraxt biryerda ko 'karadi gapida yer so'zi joy ma'nosida ishlatilgan.
Ko'p ma’noli so'zlaming asosiy xususiyati shuki, so'z qanchalik ko'p ma'noli bo'lma- sin, leksik ma’nolar o'rtasida ma'lum munosabat, bog'lanish bo'ladi. Buni joy so'zining ma’nolari misolida ko'rishimiz mumkin: Joy 1. Aravalar joyidan qo'zg'alishdi. “Shaxs yoki narsa-predmet ishg'ol qilgan, egallagan, band qilgan yuza, sath, makon” ma’nosida. Joy 2. Nizomjon qurilish bo'layotgan joyda mashinalarning gurul- lashini eshitgan edi. - “Voqea yoki hodisa sodir bo'ladigan, ish-harakat bajariladigan yuza, sath, punkt” ma'nosida. Joy 3. Yunusobod degan joydan kelyapman. - “Qan- daydir ism bilan ataladigan geografik maydon, yuza, sath, hudud” ma’nosida. Joy 4. Boylar, boyvachchalar anoyi emas, unga o'z mehmonxonalaridan joy berib. - “Yashash uchun mo'ljallangan yuza, makon” ma'nosida. Joy 5. Cho'lda yigirma sotix joyga o'zim ekin ekdim. - “Ekin ekiladigan yuza, sath, maydon” ma’nosida. Joy 6. Kifoyatxon joy soldi va boshini ko'rpaga burkab oldi. - “Yotish uchun mo'ijallab biror sathga, yuzaga to'shalgan ko'rpa, yostiq, to'shak va shu kabilar” ma’nosida. Bu misollar asosida joy so'zining 6 ta ma’nosi uchun bog'liq bo'lgan ma'no sath, yuza, makon ma’nosidir.
Ko'p ma’noli so'zlarda ma’no qanchalik ko'p bo'lsa ham, lekin u bir so'z hisoblanaveradi. Shuning uchun ko'p, ma’noli so'zlardan biri to'g'ri ma'no (yoki o'z ma’no), qolganlari esa ko'chma ma’no bo'ladi.
Bir ma’noli so'zlar tilimizda kam sonni tashkil qiladi va ilmiy, kasb-hunarga doir atamalarni, shuningdek, yangi paydo bo'lgan so'zlami o'z ichiga oladi. Yangi so'zlar (neologizmlar) ham davr o'tishi bilan qo'shimcha ma'nolarni anglatadi va ko'p ma'noli so'zlarga aylanadi. Masalan, uyali aloqa yangi paydo bo'lganda vip so'zi faqat kirish va chiqish qo'ng'iroqlari bepul bo'lgan paket ma’nosida ishlatilgan. Hozirgi kunda esa bu so'z ko'p ma'noli so'zga aylanib, vip zal, vaqtim vip kabi tushunchalar- ni ham anglatmoqda.
Ko'p ma’noli so'zlaming ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida o'rinli foydalanish nutqning ta'sirchan, ifodali bo'lishiga yordam beradi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling