O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
SO'ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- OMONIMLAR VA ULARNING NUTQDAGIAHAMIYATI
SO'ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI
So'zlar shakl va ma'no munosabatiga ko'ra to'rt turga bo'linadi: 1.Omonimlar - shakldosh so'zlar. 2.Sinonimlar - ma’nodosh so'zlar. 3.Antonimlar- zid ma’noli so'zlar. 4.Paronimlar. OMONIMLAR VA ULARNING NUTQDAGIAHAMIYATI Aytilishi va yozilishi bir xil bo'lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so'zlarga shakldosh so'zlar deyiladi. Shakldosh so'zlar (omonimlar) bir qarashda ko'p ma’noli so'zlarga o'xshab ketadi. Ularni bir-biridan farqlash kerak. Ko'p ma’noli so'zlar bir so'zni o'z va ko'chma ma’nolarda qo'llashdan hosil bo'ladi. Shakldosh so'zlar esa shakli o'xshash ikki va undan ortiq so'zlardir. Masalan: tut, yut, oq, yot, et, uch kabi so'zlar shakldosh so'zlar hisoblanadi. Yoz I - xat yozmoq, yoz II - dasturxonni yozmoq, yoz III - yoz fasli. Bu yerda qo'llangan yoz so'zlari bir xil shaklga ega bo'lgan uchta so'z, deb izohlanadi, chunki ular o'rtasida hech qanday ma’noviy bog'liqlik yo'q, shu sababli ular shakldosh so'zlar hisoblanadi. Ro'za tutmoq, baliq tutmoq, suvni tutmoq, parda tutmoq birikmalaridagi tutmoq so'zi bir so'zning turli ma’nolari, deya izohlanadi, chunki ularni ushlamoq ma’nosi umumlashtirib turibdi, ular ko'p ma’noli so'z hisoblanadi. Ko'p ma'noli so'zlaming ma’nolari o'rtasida bog'liqlik, umumiylik bo'ladi, shakldosh so'zlaming ma'nolari o'rtasida esa hech qanday umumiylik, yaqinlik yo'q. Demak, so'zlaming shakldosh yoki ko'p ma'noli so'z ekanligini aniqlash uchun birinchi navbatda ular orasidagi ma’noviy bog'liqlik va umumiylik bor-yo'qligiga e’tibor beriladi. Qiyoslang 1. Yoz pallasi dalada yoyilib o'tirish maroqli. 2. Yo'lchi tarvuzning bir pallasini kesdi. 3. U tarozining pallasiaa qarab ish ko'radigan kishi. Ushbu gaplarda qatnashgan palla so'zini izohlashimiz uchun ular orasidagi ma’noviy yaqinlikni tek- shiramiz. Yoz pallasi - yoz payti degan ma’noni bildiradi. Tarozining pallasi bilan tarvuzning pallasida shakily o'xshashlik mavjud. Tarozining pallasi birikmasidagi palla so'zi o'z ma’nosida, tarvuzning pallasi birikmasidagi palla so'zi shakliy o'xshashlik asosida ma’no ko'chishiga uchragan. Demak, 2- va 3-gaplarda qo'llangan palla so'zi o'zaro ko'p ma’noli yagona so'z, ya'ni bir so'zning turli ma’nolari; 1-gapda qo'llangan palla so'zi esa ularga nisbatan shakldosh so'z. Ba’zi omonimlar ko'p ma’noli so'zlar ma’nolari o'rtasidagi bog'liqlikning uzilishi nati- jasida ham paydo bo'lgan. Bunday omonimlar bir paytlar ko'p ma’noli so'zlar bo'lgan, keyinchalik ma’nolari o'rtasidagi bog'liqlik uzilib, ma’nolari bir-biridan uzoqlashgan va hozirda omonimlarga aylangan. Masalan, dam (dam I - hordiq, dam II - nafas, dam III - bosqon ma’nolarida ulami nafas tushunchasi umumlashtirib turgan), gap (gap I - og'zaki nutq birligi va gap II - ziyofat ma’nolarida ulami gaplashish tushunchasi4 birlashtirib turgan, ya’ni oldingi gap - ziyofatlarda faqat suhbatlashib o'tirilgan bo'lsa, hozirda dasturxondagi hashamdorlik birinchi o'ringa chiqib qolgan) omonimlari shular jumlasidandir. Shakldoshlik bir yoki bir necha turkum doirasida uchrashi mumkin. Agar shakldosh so'zlar bitta so'z turkumi doirasida uchrasa, ularga grammatik qo'shimchalar qo'shilsa ham, shakldoshlik munosabati saqlanadi. Masalan: (lug'atlarda omonimlar rim raqamlari orqali beriladi) Suz I - suvda suzmoq - fe’l, Suz II - oshni suzmoq - fe’l, Suz III - sigir suzmoq - fe’l. Ushbu so'zlarga grammatik ko'rsatkichlar qo'shilsa ham, ular shakldosh hisoblanaveradi: Suvda suzibdi. oshni suzibdi. sigir suzibdi misollaridagi suzibdi so'zlari shakldoshdir. Bir turkum doirasidagi shakldoshlik ko'proq fe'l va ot turkumida uchraydi. Yozmoq I - xat yozmoq - fe’l, Yozmoq II - dasturxon yozmoq - fe'l. Chopmoq I - yugurmoq - fe’l, Chopmoq II - yer chopmoq - fe’l. Qovoq I - poliz ekini - ot, Qovoq II - inson a'zosi - ot. Sir I - davlat siri - ot, Sir IJ - idishning siri - ot. Son I - sanoq - ot, Son II - inson a’zosi - ot. Palata I - kasalxonadagi palata, Palata II - parlamentdagl palata. Nota I - musiqa yozuvi, Nota II - shartnoma, bitim. Savdo I - mol ayirboshlash, savdo-sotiq, Savdo II - turmushda uchraydigan g'am-tashvishlar, mashaqqat va kulfatlar. Rasta I - bozordagi rasta, Rasta II - balog'atga yetgan davr. Sandal I - xonaning bir chekkasiga qurilgan chuqurcha, unga qo'yiladigan pastak kursi va ustiga yopiladigan ko'rpa, tancha, Sandal II - tag charmi yupqa, poshnasiz yengil oyoq kiyimi. G'oz I - parranda, G'oz II - kuch, kaloriya: g'ozi yo'q ovqat - kuchi yo'q ovqat. Shira I - ho'l meva va poliz ekinlari pishib yetiiishi bilan ular tarkibida hosil bo'ladi- gan shirin suyuqlik, sharbat, Shira II - o'simlik shirasini so'rib oziqlanadigan mayda tekinxo'r hasharot. Jo'ra I - oshna, og'ayni, Jo'ra II - bir kiyimli ikki bo'lakdan iborat ipakli mato. Rux I - kishining yuzi, ruxsori, Rux II - shaxmat taxtasidagi sipoh, to'ra. Daviat I - mamlakat, Davlat II - mol-dunyo, boylik. Nor I - bir o'rkachli erkak tuya, Nor II - badandagi tug'ma qizg'ish dog', Nor III - anor, Nor IV - eskirgan: o't, olov. Hadis I - Muhammad (a.s.)ning so'zlari, Hadis II - kuch sinashish, biror ishni uddalay olish, ep. Havo I - yer sharini qamragan, asosan, azot va kisloroddan iborat modda, Havo II - kibr, kaiondimog'lik, Havo III - kuy, ohang. Pay I - tana mushaklarini suyakka biriktirib turuvchi mustahkam, elastik to'qima, Pay II - biror ishni amalga oshirish yo'lidagi astoydil harakat, urinish, qasd, Pay III - sherikchilik asosidagi ishga qo'shilgan hissa, ulush. Rasm I - surat, Rasm II - urf, odat. Kadr I - harbiy qismning doimiy sostavi; korxona va muassasalardagi tajribali xodimlar, Kadr II - kinoplyonka yoki fotoplyonkaga alohida-alohida tushirilgan surat. Mushak I - muskul, Mushak II - rang-barang yonuvchi modda bilan to'ldirilgan, yoqiiganda osmonga ko'tariladigan snaryad, Mushak III - sabzining yo'g'on va uchi to'mtoq turi. Chang 1-g‘ubor, Chang II - musiqa asbobl. Pilla I - ipak qurti g'umbakka aylanish davrida o'z ustiga o'rab hosil qilgan ipakli qobiq, Pilla II - tish og'rig'i yoki shamollash natijasida milkda hosil bo'lgan pufak shish. Karam I - poliz ekini, Karam II - muruvvat, himmat kabilar. Agar shakldosh so'zlar bir necha turkum doirasida uchrasa, ularga grammatik qo'shimchalar qo'shilsa, shakldoshlik saqlanmaydi. Ko'pincha ot va fe'llar doirasida shakldoshlik uchraydi: Yoz I - fasl - pt: yozda ta’tilga chiqamiz. Yoz II - xat yozmoq - fe’l: Salima xatni yozib pochta qutisiga tashladi, Ushbu gaplardagi yozda va yozib so'zlari shakldosh bo'lolmaydi. Tur, tut, toy, to'y, shim, soch, tush, qil, et so'zlari ot va fe'llar doirasida omoninlikni hosil qiladi. Masalan, tut I - meva, ot; tut II - fe’l kabi. Sug'ur I - mixni sug'ur, fe’l, Sug'ur II - kemiruvchi hayvon, ot. Chaqmoq I - to'rtburchak shaklida ishlab chiqarilgan qandning har bir bo'lagi, ot, Chaqmoq II - atmosferaviy elektr zaryadi, yashin, ot, Chaqmoq III - o't oldirish, yoqish asbobi, zajigalka, ot, Chaqmoq IV - pista, bodom, yong'oq kabilarni tishlab yokinrib yormoq, fe’l. Chars I - muz, chinni, shish idishlar singanda eshitiladigan tovushga taqlid so'z, Chars II - betgachopar, sifat. Bas I - bo'ldi, yetar, to'xtat, undov so'z, Bas II - bas (bahs) boylamoq, ot, Bas III - erkaklarning past, yo'g'on ovozi, ot. Band I - bir narsaning ushlanadigan qismi, chelakning bandi, ot, Band II - qaror, qonun, shartnoma kabilarning raqam yoki harf bilan bo'lib ko'rsatil- gan kichik bir qismi, modda, paragraf, ot, Band III - bog'lam, tugun, to'siq, g'ov, Band IV - ishg'ol etilgan, bo'sh emas kabilar. Ba'zan shakldoshlik uchta so'z turkumi doirasida ham uchraydi. Masalan: Tom I - suv tomdi, fe’l, Tom II - tom ma’no, sifat, Tom III - uyning tomi, ot. Tik I - ko'ylak tikmoq, fe'l, Tik II - tik turmoq, ravish, Tik III - mato, ot. Terma I - mevani terma, fe’l, Terma H - terma komanda, sifat, Terma III - terma (xalq og'zaki ijodida uchraydigan baxshilar tomonidan aytlladlgan Janr), ot. Uch I - osmonda uchmoq, fe’l, Uch II - uchta kltob, son, Uch III - pichoqning uchi, ot. To'p I - koptok, ot. To'p II - to'da, ot. To'p III - yumshoq narsaning yerga urilishidan chiqadigan kuchsiz tovushi haqida, taqlid so'z. Chog' I - xursand, shod: sen bilan vaqtim chog' o'tadi. Chog' II - vaqt, davr, payt, kez, on. Chog' III - o'lchovi, o'lchami mo'ljaldan kichik, kichkina: jussasi chog' bo'lsa ham, chayirgina ekan. Chog' IV - chog' bo'lib turmoq - tayyor, shay bo'lib turmoq. Chog' V- kuch-quvvat, qurb: chog'im kelmadi. Chuv I - otni haydash, oldinga undash uchun ishlatiladigan undov so'z. Chuv II - arava o'qining g'idirakni tutib turadigan qulog'i, chuv cho'p. Chuv III - qimorda to'rt oshiqning yutqiziq holati. Ort I - orqa tomon: mashinaning ortidan jo'nadi. Ort II - biror transport vositasi ustiga tartib bilan joylamoq: mashinaga ortmoq. Ort III - miqdori yana ham ko'paymoq: aholisi ortib bormoqda. Test: Qaysi qatorda grammatik qo'shimcha qo'shilganda ham shakldoshlik munosabati- ni saqlaydigan omonimlar berilgan? 1) sin 2) ko'k; 3) bog'; 4) soch; 5) tush; 6) rasm; 7) suz. Ushbu testni yechishda biz yuqoridagi qoidani, ya'ni bir turkumga mansub omonimlarning grammatik qo'shimchalar qo'shilganda ham shakldoshlik munosabatini saqlay bilishini esga olamiz. Bunday omonimlarga sir (idishning siri - ot, odamning siri - ot), bog' (bog' - mevazor - ot, ko'katning bog'i - ot), rasm (rasm - odat - ot, rasm - surat - ot), suz (suvda suzmoq - fe’l, oshni suzmoq - fe’l, sigir suzmoq - fe’l) omonimlari kiradi. Demak, testning javobi: 1,3,6,7 Omonimlar lug'aviy (leksik) va affiks omonimlarga bo'linadi. Lug'aviy omonimlar shakldosh so'zlardir. Masalan, ot - hayvon, ot - ism, ot irg'it kabi. Affiks omonimlar esa shakli bir xil, vazifasi har xil bo'lgan qo'shim- chalardir. Masalan, -ma qo'shimchasi fe’lning bo'lishsiz shaklini (kelma), ot (tortma) hamda sifat (qaynatma) yasashda ishlatiladi. Omonimlarga misollar: 1.Mashinaga hojat yo'q. Ana, ko'chada tramvay, trolleybuslar bor- Bor, toshingni ter. 2.Tushga qolmay yukimiz aravaga ortildi. Ahad mirzo bo'sh kelmay uning yo'lini to'sdi: - Tush pastqa! 3.Osh totig'i-tuz. Shakldosh so'zlar ishtirokida gap tuz. Lug'aviy omonimlar nutq jarayonida so'z o'yini uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, zakiylik san’atida ulardan o'rinli foydalanish askiyachilaming mahorati sanaladi. Masalan, Abdulhay maxsum Navbahor payrovi bo'yicha askiyasi: «lkkovlaring ham o'ta dangasasizlar. Yakshanba kuni olma bog'ga kirib daraxtlarni oqlaymiz desam: «Bizni ish kam joyga yetaklang», - deysizlar». Bu o‘rinda ish kam «uzum ko'taradigan moslama» va «ish kam» ma’nolarini bildirish uchun qo'llangan. O'zbek tilida leksik omonimlar juda ko'p ishlatilgani sababli ular maxsus she’riy janr -tuyuqqa ham asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan: Bunim yo'q, unim yo'q, Uyimda unim yo'q. Ishimda unum yo'q, Aytishga unim yo'q. Badiiy adabiyotda omonimlami qo'llash orqali tajnis (jinos) va iyhom san’atlari yuzaga chiqadi. Qaro ko'zum, kel-u mardumlia' emdi fan qilg'il, Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il. Ushbu parchada tajnis qo'llangan. Tajnis she’rda omonim so'zlami qo'llash san’atidir. Ushbu baytda mardum so'zlari omonim so'zlar hisoblanadi: mardum I - odam, mardumlig' - odamgarchilik; mardum II - ko'z qorachig'i. Labing bag'rimni qon qildi, bag'irdin qon ravon qildi, Nega holim yamon qildi, men andin bir so'rorim bor. Ushbu parchada iyhom qo'llangan. Iyhom she’rda bitta omonim so'zdan foydalanish san’ati bo'lib, omonim so'zlaming ma’nosiga qarab she’ming ma’nosi ham o'zgaradi. Ushbu baytda so'rorim so'zini ikki xil ma’noda qo'llash mumkin: so'rash va so'rish ma’nosida. Natijada she’ming ma’nosida ham o'zgarish ro'y beradi: 1) labing bag'rimni qon qildi, nega ahvolimni yomon qildi, buni undan so'rashim kerak; 2) labing bag'rimni qon qildi, negadir ahvolimni yomon qildi, men undan so'rishim kerak. Bilib oling ayrim so'zlar ham shakldoshlik, ham ko'p ma’nolilik xususiyatiga ega. Masalan: 1.Boboqul otaning zanai eshitilmaydigan bo'ldi. 2.Uning basharasi tok zanaidav bujmayib ketdi. 3.Temir zanai uning havoda oksidlanjshi natijasida paydo bo'ladi. 4.Davlat arboblari astoydil harakat qilsalar, hayotning zanaini oltinga aylantirish mumkin deyishadi. Ushbu gaplaming 1-, 2-,3-sida shakldosh so'zlar berilgan bo'lsa,va 4-gaplarda zang so'zining turli ma’nolari aks etgan. Yuz, quloq, bel, og'iz, burun, gul, tuz, chang, palla kabi so'zlar ham shakldoshlik, ham ko'p ma’nolilik xususiyatiga ega. Masalan: 1) Yuzida tabassum ko'rindi. Yuz marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi. 3. Yer vuzinina to'rtdan uch qismi suvlikdan iboratdir. Ushbu parchadagi 1- va 3-gaplarda yuz so'zining turli ma’nolari qo'llangan bo'lib, ular ko'p ma'noli so'z hisoblanadi; 2-gapdagi yuz so'zi esa ularga nisbatan shakldosh so'z. Demak, yuz so'zi ham shakldoshlik, ham ko'p ma'nolilik xususiyatiga ega. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling