O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


SINONIMLAR VA ULARNING USLUBIY XOSSALARI


Download 0.61 Mb.
bet48/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

SINONIMLAR VA ULARNING USLUBIY XOSSALARI

Ma'nodosh so'zlar (sinonimlar) bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki yoki undan ortiq so'zlardir. Ma’nodosh so'zlar bir ma’noni xilma-xil so'zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda, so'z sehrini namoyish etishda, nutqni bezash- da, ta'sirchanligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Masalan: Basharasiaa tushgan qamchi zarbidan yerga yiqildi. Uning quvnoq chehrasi suv betida qizga yanada yoqimli ko'rindi. O'zaro sinonimik munosabat- da bo'lgan so'z va qo'shimchalar sinonimlar uyasi yoki sinonimlar qatori deyiladi. So'z maqomidagi sinonimlar lug'aviy (leksik) sinonimlar, qo'shimcha maqomidagi sinonimlar esa affiks sinonimlar sanaladi.


Ma’nodosh so'zlar bir umumiy ma’noni ifodalasa ham, lekin ulaming ma’no dara- jasi, ijobiy yoki salbiy bahoga egaligi, ma'lum uslubga xoslanishi bilan farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo'kirmoq so'zlari so'zlash umumiy ma’nosi bilan bir xil bo'lsa ham, ular ovozning baland-pastlig iga ko'ra farqlana- di. Shuningdek, to'ng'illamoq, ming‘irlamoq, vaysamoq, javramoq so'zlari ham so'zlash umumiy ma’nosi orqali yuqoridagi so'zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi. Irod etmoq, bayon etmoq singari so'zlar kitobiy uslubga xoslanishi bilan farqlanadi.
Yoki oraz, uzor, ruxsor, chehra, yuz, bet, aft, bashara, turq singari sinonimlar inson bosh qismining old tomoni ma’nosini ifodalaydi. Lekin oraz, uzor, ruxsor, chehra so'zlarida ijobiy baho, oraz, uzor, ruxsor so'zlarida badiiy uslubga xoslanish belgisi mavjud, bet, aft, bashara, nusxa, turq so'zlarida salbiy baho munosabati mavjud va bu salbiy baho ularda darajalanib, kuchayib boradi (betga nis- batan aftda salbiy baho kuchliroq, turqda esa hammasidan kuchliroqdir, Demak, bu beshta so'zda salbiy baho kuchayib boradi).
Har qanday uslubiy xoslanish va so'zlovchining bahosidan xoli bo'lgan sinonimlar qatori a’zosi dominanta (uslubiy xoslanish va baho bildirishga ko'ra neytral) hisoblana­di. Demak, yuqoridagi sinonimlar qatorida yuz dominanta sanaladi.
Sinonimlar belgi, predmet, shaxs, voqeaning bir necha nomlar bilan aytilishidir. Sinonimlar til boyligi bo'lib, avvalo, shaxs va predmetlarning eng nozik ma’no bo'yoqlarini ifodalash uchun xizrtiat qiladi. Masalan: Gulshanda gullarni tebratar sabo, Adashgan yo'lchiday daydib yurar yel. Ikkinchidan, sinonimlar gapdagi takrorga yo'l qo'ymaydi. O'rinsiz takror nutqqa putur yetkazadi. Sinonimlar badiiy uslub vosltasi bo'lib, adabiy tilni boyitish manbalaridandir. Ona tili imkoniyatlarimizdan (bet - yuz) va boshqa tillardan so'zlar olish yo'li bilan sinonimik qatorlar kengayaveradi: dastur (reja), nasim (yel), botir(mard, jasur, qahramon), ota (padar), o'qituvchi (muallim), kishi (inson, bashar), bitik (kitob), et (go'sht), el (yurt, vatan, diyor), chiroy (husn), chiroyli (go'zal, ajoyib), katta (buyuk), tug'ilmoq (tavallud topmoq).
Sinonimlar nutqni ravon va ta’sirli qiladi:
Erur bas chu husn-u malohat senga,
Yasanmoq, bezanmoq ne hojat senga.
Shu qadar chiroyli, shu qadar go‘zal\
Minglab gulistondan afzaldir bu joy.
Minglab gulistonga, minglab chamanga
Bahuzur ko'rk bo'M undagi chiroy.
Ma’noni kuchaytirish va ta’kidlash uchun sinonimlar birin-ketin qo'llanadi: Yig'latdi meni demaki, siqtatdi meni. Falakdan, osmondan, ko'kdan oshgay faxr etib boshim. Ajoyib husndor, go'zal fasl bu! Sadoqatli, qadrdon, oshno-yu do'st-u yorim bor.
Lug'aviy sinonimlar ma'nosiga ko'ra ikki xil bo'ladi: 1) to'liq sinonimlar; 2) ma’noviy sinonimlar. To'liq sinonimlar ma’nosida va ishlatilishida bir-biridan farq qilmaydi, masalan, tilshunoslik va lingvistika atamalari aynan bir tushunchani anglatadi, ularning biri o'mida ikkinchisini ishlatish mumkin. To'liq sinonimlar boshqa tillardan so'z olinishi natijasida hosil bo'ladi: respublika - jumhuriyat, doston - poema, kosmos - fazo kabi.
Ma’noviy sinonimlarda sinonimik qatordagi so'zlar bir-biridan nozik ma’nosi bilan farq qiladi. Masalan, nam, ho'l, shalabbo sinonimlari ho'llik darajasi; tiqil- latdi, taqillatdi, dukillatdi, gursillatdi sinonimlari taqillatish darajasi har xilligini ifodalaydi.
Sinonimik qatordagi so'zlar ifodalaydigan tushuncha doirasi o'zaro farqli bo'lishi mumkin. Masalan, yordamlashmoq, ko'maklashmoq, yordam qilmoq, qa- rashmoq, boqishmoq so'zlari “yordam ko'rsatmoq”, “ko'mak bermoq” ma’nosi bi­lan bir sinonimik qatomi tashkil etadi. Bu sinonimik qatordagi yordamlashmoq so'zi ifodalaydigan tushuncha juda keng. Bu so'z jismoniy harakat (xizmat) bilan yordam ko'rsatish, moddiy yordam ko'rsatish, fikr-mulohaza bilan va boshqa turdagi yordam ko'rsatish ma’nolarini ifodalay oladi: ko'tarishga yordamlashmoq, tirikchilikka yordamlashmoq, imtihonga yordamlashmoq kabilar. Ko'maklashmoq, qarashmoq so'zlari esa asosan jismoniy harakat bilan, ba’zi hollardagina boshqa yo'llar bilan yor- dam ko'rsatish uchun qo'llaniladi. Boqishmoq fe’li esa faqat jismoniy harakat bilan yordam ko'rsatish ma'nosini ifodalaydi.
Sinonimlik hodisasi faqat bir turkum doirasigina uchraydi. Masalan, sifat sinonimlar: gavdali, jussali, barvasta, norg'ul, barzangi; fe’l sinonimlar: gangimoq, dovdiramoq, esankiramoq, kalovlanmoq, talmovsiramoq.
Sinonimlaming qo'llanishiga ko'ra ayrim ko'rinishlari bor.
Uslubiy sinonimlar ma’lum bir uslubda qo'llanib, boshqa uslubda qo'llanmasligi bilan bir-biridan farq qiladi, masalan, keldi, tashrif buyurdi uslubiy sinonimlaridan tashrif buyurdi so'zi kitobiy uslubdagina ishlatiladi; ko'klam, bahor; oftob, quyosh sinonimlaridan ko'klam, oftob so'zlari o'mida ilmiy uslubda ko'proq bahor, quyosh so'zlari ishlatiladi. Uslublami yaratishda, belgilashda o'rinli qo'llangan uslubiy sinonimlaming ma’lum ahamiyati bor.
Nutqda frazeologik sinonimlar ham qo'llanadi. Bunda bir frazeologik birlik boshqa bir frazeologik birlikka sinonim bo'ladi: masalan, qo'lni yuvib qo'ltiqqa urish —hafsalasi pir bo'lish; kayfi uchib ketdi - yuragi yorilayozdi kabi. Frazeologik biriiklar so'zlar bilan sinonim bo'ladi: masalan, esi chiqib ketdi - qo'rqdi, yog' tushsa yalaguday top-toza, lom-mim demadi - gapirmadi, indamadi kabi.
Lug'aviy va frazeologik sinonimlardan tashqari grammatik sinonimlar ham mavjud. Grammatik sinonimlar morfologik sinonimlar va sintaktik sinonimlardan iborat. Hozir- gi zamonni hosil qiluvchi -yapti, -yotir, -moqda qo'shimchalari yoki o'qishdi va o'qidilar ie'VVari tarkibidagi -sh va -lar qo'shimchalari morfologik sinonimlardir. Kuz shamoli, kuzgi shamol; ishni boshlash, ishga kirishish; kitobni o'qish, kitobdan o'qish kabi so'z birikmalari; xat yozdim, xat yozildi kabi gapiar sintaktik sinonimlar hisoblanadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling