O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
VAZIFADOSHLIK VA UNING USLUBIYATI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
VAZIFADOSHLIK VA UNING USLUBIYATI
Ko'chalarni chiroqlar yop-yorug‘qilib turibdi. Chiroq piligini pasaytirdi. Yuqoridagi ikki gapda qo'llanilgan chiroq so'zining ma'nosiga e’tibor bersangiz, u bir xil vazifa bajaruvchi ikkita bir-biriga o'xshamaydigan narsalarni ifodalayotganiga guvoh bo'lasiz. Birinchisida «elektr toki orqali yorituvchi noksimon (lampochka) yoki tayoqs|mon asbob»ni, ikkinchisida esa «kerosinga pilik solish vositasi bilan yorituvchi, asos va shisha qismlardan tashkil topgan asbob»ni bildiradi. Bu asboblar shakliga ko'ra bir-biriga o'xshamaydi, makon va zamonda ulaming aloqadorligi ham yo'q, lekin har ikkisi yoritish vazifasini bajaradi. Ana shu vazifaviy birxillikka ko'ra ilgari yog'ga pilik tek- kizish orqali yoritiladigan shishasiz, ochiq asbob nomi keyinchalik asos qismga shisha o'rnatilgari yoritgich asbobni, keyinroq esa elektr tokidan foydalanishga o'tilgandan so'ng lampochkalarnl ham ifodalash uchun qo'llaniladi. Natijada chiroq so'zi bir-biriga o`xshamaydigan xilma-xil yorituvchi vositalarga nisbatan qo'llanila boshlandi. Yoki siyoh so'zini olaylik. Siyoh so'zi tojik tilida qora ma'nosini bildirib, qadimda “yozish uchun mo'ljallangan qora rangdagl suyuqlik" ma'nosini ifodalagan. Keyinchalik yozish uchun mo'ljallangan har xil rangdagi suyuqlik uchun siyoh atamasi qo'llana boshladi, qizil siyoh, ko'k siyoh, qora siyoh deya yuritila boshlandi. Narsa va hodisalar o'rtasidagi vazifaviy birxillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik asosida ma’no ko'chishi deyiladi. Vazifadoshlikka misollar: 1.Ko'chamizda chiroa porladi.(chiroqlar uchun umumiy bo'lgan yoritish vazifasining birxilligi asosida) 2.Mashinaning eshiaini ochib do'stini chiqardi. (eshiklar uchun umumiy bo'lgan kirish vazifasining birxilligi asosida) 3.Stolning ovoa'i qiyshayib qolibdi. (inson oyog'i va stol oyog'i uchun bir xil bo'lgan tayanch vazifasi asosida) 4.Derazaning singan ko'zioa plyonka qoplangan edi. (inson ko'zi bilan derazaning ko'zi uchun bir xil bo'lgan yorug'lik o'tkazish vazifasi asosida) 5.Samolyotning aanoti pishiq metalldan ishlangan. (qushning qanoti bilan samolyotning qanoti uchun bir xil bo'lgan muvozanatni saqlash vazifasi asosida) 6.Devoming ham qulog'i bor, aylanay. (inson qulog'i bilan devor qulog'i uchun bir xil bo'lgan tovush o'tkazish vazifasi asosida) 7.Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so'zlami bilish, ularning ilgari qanday shakldagi narsalarni ifodalaganini anglash tilimiz imkoniyatlarining naqadar boyligini his qilishimizga yordam beradi. KINOYA - so'z ma'nosini aks ma’noda qo'llash. Yozuvda kinoyani ifodalash uchun so'z qo'shtirnoqqa olinadi. «Matematik» slnfdoshimning bir nozi algebrani «suv qilib ichmoqqa» yo'lladi. Bizni «homiy»lardan himoya qilg'il degan sharq xalqida piching-duo bor. TAG MA’NO. Ifodalanayotgan gapning ko'chma - tag ma’nosi ham bo'ladi. Masalan: Xotin: Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo'lmasmidi?! Er. Afsuski, yaqin qarindoshlar orasida nikoh ma’n qilingan. BILIB OUNG. So'z ma’nosini ko'chirishda shu so'zga xos qanday belgi faolla- shayotgani muhim. Shu sababli bir so'z turli ma'no ko'chish turlariga mahsub bo'lishi mumkin. Masalan, quloq so'zining ma’nosi metafora, sinekdoxa, vazifadoshlik asosida ko'chadi: tandirning qulog'i - o'xshashlik asosida ma’no ko'chishi (metafora), eshitgan quloq nima deydi - qism orqali butunni ifodalash asosida ma’no ko'chishi (sinekdoxa), devorning ham qulog'i bor -tovush o'tkazish vazifasining o'xshashligi (vazifadoshlik). Yoki oyoq so'zida ma'no metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik asosida ko'chadi: KitobnT boshdan ovoq o'qjb chiqdim - metafora, kasalning ovoa'iaa (oyoq tomoniga) o'tirdi - metonimiya, mahallamizda begona ovoalar paydo bo'ldi - sinekdoxa; stolning ovoa'i qiyshayib qoldi - vazifadoshlik. Ko'z so'zida metafora, sinekdoxa, vazifadoshlik asosida ma’no ko'chadi: Eski buloqning jsslzj ochildi (shakliy o'xshashlik - metafora), Qaro ko'zum. kel-u mardumlig' emdi fan qilg'il (qism orqali butunning ifodalanishi - sinekdoxa), Derazaning ko'zi sinibdi (yorug'likni o'tkazish vazifasining birxilligi - vazifadoshlik); bosh so'zida metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik asosida ma’no ko'chadi: Ko'chaning boshida kutaman (joylashish o'mining o'xshashligi - metafora), Hajringda qaro boshim oqardi (bosh orqali uning bir qismi bo'lgan soch ma'nosining ifodalanishi - sinekdoxa); eshik so'zida sinekdoxa va vazifadoshlik asosida ma'no ko'chadi: Endi u eshikka sira bormayman (eshik orqali butun bir uy ma'nosining ifodalanishi - sinekdoxa), Mashinaning eshiaini ochdi (kirish, chiqish vazifasining birxilligi - vazifadoshlik); qa- not so'zida metafora va vazifadoshlik asosida ma'no ko'chadi: Raqiblar o'ng aanotdan hujum qilishdi (metafora), Samolyotning aanoti pishiq metalldan ishlangan (vazifadoshlik). Miltiqning o‘qi, zambarakning o'qi birikmalarida o'q so'zida vazifadoshlik asosida nom ko'chgan (yaralash vazifasining birxilligi) bo'lsa, aravaning o‘qi birik- masida o'q so'zida o'xshashlik asosida, ma’no ko'chishning metafora usulida nom ko'chgan. Hattoki bir usulda ma'no ko'chganda ham, shu so'zga xos qaysi belgining faollashgani muhim. Masalan, daraxtning ko'zi, buloqning ko'zi, ishning ko'zi birikmalarida metafora asosida ma'no ko'chgan. Lekin daraxtning ko'zi birikmasida ko'zning qabariqlik belgisi, buloqning ko'zi birikmasida shakliy o'xshashlik belgisi, ishning ko'zi birikmasida aniqlik belgisi faollashgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling