O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


METONIMIYA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI


Download 0.61 Mb.
bet44/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

METONIMIYA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Metonimiya (grekcha metanymia - qayta nomlash) - narsa va hodisalar o'rtasida makon hamda zamondagi o'zaro aloqadorlik asosida binning nomi ik- kinchisiga ko'chishidir. Turmushda har doim ikkita narsa birgaiikda qo'llansa, ular orasida aloqadorlik vujudga keladi. Natijada ulardan birining nomi aytilsa, ikkinchisi tushuniladi. Navoiyni qo'lga oldim deganda shoir bilan uning asarlari o'rtasidagi aloqadorlik mavjud bo'lgani sababli Navoiy emas, uning asarini qo'lga olish tushunila­di. Samovarda osh yedik deganda esa choy ichiladigan joy bilan choy qaynatiladigan buyum o'rtasidagi aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko'chgan. Metonimiyada har doim ikki predmetdan biri aytilib, ikkinchisi tushuniladi, shuning uchun ikkinchi predmet- ning nomi tushirilgan bo‘lsa-da, u birinchi predmetning nomi orqali anglashiladi. Masalan:
Zal oyoqqa turdi - zalda via'ilaanlar oyoqqa turdi.
Auditoriya kuldi - auditoriyada o'tiraanlar kuldi.
19 ga kirdim -19 yoshga kirdim.
Chilonzorda yashayman - Chilonzor tumanida yashayman.
«Paxtakor»da tushaman - «Paxtakor» bekatida tushaman.
Zebi kashtasiga berildi - Zebi kashta tikishaa berildi.
Metonimiyaga misollar:
1.Osmon fonarini ham yoqdi shu onda. (fonar deganda oy nazarda tutilgan)
2.«Rossiya»ga qanday borsam bo'ladi? (Bekatdagi yo'lovchining murojaati. Bu gapda “Rossiya” mehmonxonasi nazarda tutilgan)
3.Ichak-chavog'im tugadi, endi kalla sotaman. (Qassobning gapidan. Bu gapda qassob ichak-chavoq mahsulotim tugadi, endi kalla mahsulotini sotaman, deyishi kerak edi)
4.Mabodo «Besh bolali viaitcha» kelmadimi? (Kitobxonning sotuvchiga bergan savolidan. Bu gapda “Besh bolali yigit&ha" nomli X.To‘xtaboyev qalamiga mansub ro­man nazarda tutilgan)
5.Navbatim sumka ko'targan «jinsi»dan keyin. (Xaridoming javobi. Bu gapda “jinsi” kiygan ayol nazarda tutilgan)
6.Navoivni kechadan beri ko'tarib yuribman. (O'quvchining nutqidan. Bu gapda Navoiyning kitobi nazarda tutilgan)
7.Alisher Navoiyni so'nggi yo'lga kuzatishga butun Hirot yig'ilgan edi. (Bu gapda Hirot deganda Hirotda yashaydigan kishiiar nazarda tutilgan)
8.Boqi Soqiyevich tumbadan piyola va 95 chov oldi. (Bu gapda 95-choy, nazarda tutilgan)
9.Salim kirib kasafhing ovoa'iaa o'lirdl. (Bu gapda yog'iga deganda oyoq tomoni nazarda tutilgan)
10.Maktab bolalari uchun «G'uncha» yaxshi. (Bu gapda “G'uncha” jumali nazarda tutilgan)
11.Saida o'ninchini bu yil bitirdi. (Bu gapda o'ninchi deganda o‘n yillik majburiy ta’lim tizimi nazarda tutilgan)
12.«E, sizlar hukumat emasmi?» - dedi chol. (Bu gapda hukumat deganda huku- matda xizmat qiladigan odamlar nazarda tutilgan)
13.Urush ko'pchilikning vostia'ini quritdi. (Bu gapda yostiq deganda inson umri nazarda tutilgan)
14.Majlis qaror qiladi. (Majlis orqali majlisda qatnashuvchi insonlar nazarda tutil­gan)
15.Tong otar chog‘ida juda sog'inib Bedil o'qir edim. (Bedil orqali Bedil asarlari nazarda tutilgan)
16.Lermontovni tashlamadim hech. (Lermontov orqali uning she’riyati, asarlari nazarda tutilgan)
17.Alisher Navoiy o'z aalami bilan butun dunyoni zabt etdi. (qalam orqali uning ijodi nazarda tutilgan)
18.“Bunvodkor” “So‘a‘divona"ni qabul qilib, o‘z maydonida g‘alabaga erishdi. (Bu gapda futbol jamoalari nazarda tutilgan)
«Oltin vodiy» poyezdi, olmaning afrosiyobi navi, «Paxtakor» futbol komandasi, amarfuzin malhami, Hojimatov damlamasi, Sarimsoqovning yarimmaydoni, rentgen apparati, «Chorsu» mehmonxonasi, «Ford» avtomobili, «Toshkent» qahvaxonasi, “Damas" avtomashinasi, “Nestle” suti, “Coca-kola” ichimligi, “Dinay” sharbati, “lm- kon-shou” dasturi kabi so'z birikmalarida hokim so'z tushirilsa, metonimiya asosida ma’no ko'chishi kuzatiladi. Qiyoslang: «Oltin vodiv» oovezd/da keldim - «Oltin vodi- v»da keldim; Sizda Hoiimatov damlamasi bormi? - Sizda Hoiimatov bormi? Bugun rentaen apparatiaa tushdim. - Bugun rentaenoa tushdim; Amarfuzin malhamidan kuniga uch marta surasiz. - Amarfuzindan kuniga uch marta surasiz kabi.
Mashhur qiziqchi Hojiboy Tojiboyev ham nutqimizda tez-tez qo'llaniladigan ko'ch­ma ma’nodagi gaplarimizni o'zimizga aytib, odamlarni kuldirgan. Masalan, Oshda ko'rinmadingiz? Nima men sizga guruchmanmi oshda ko'rinib, deydi qiziqchi. Aslida, osh mahal ko'rinmadingiz, deyish kerak edi. Yoki sho'rvaga o'tirmaysizmP Qaynoq sho'rvaga qanday o'tiraman, deydi qiziqchi. Aslida, sho'rva ichish uchun o'tirmaysizmi, deyish kerak edi.
Hojiboy Tojiboyevning «o`zbekning gapi qiziq» ruknidagi bunday ichakuzdi hango- malarini ko'p eshitgansiz va huzur qilib kulgansiz, lekin bu hangomalardan nima uchun kulishimiz sababini bilasizmi? Hojiboy Tojiboyevning mahorati shundaki, u so'zning to'g'ri va ko'chma ma’nolarini anglagan holda ko'chma ma’nolarda qo'llangan so'zlaming to'g'ri ma’nosini izohlab, undan odamlarni kuldira oldi.
Yuqorida keltirilgan gaplar tarkibida kulgi qo'zg'atish uchun asos bo'lgan so'zlaming barchasi ko'chma ma’noning bir turi - metonimiyaga asoslangan.

SINEKDOXA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI


Sinekdoxa (grekcha synecdoche - birgalikda anglash) - shaxs yoki pred- metning nomi o'rnida biror a'zo, bo'lak orqali o'sha tushunchani berish, ya’ni bo'lak orqali butunni yoki butun orqali bo'lakni ifodalashni bildiradi.
-Farzandi bormi?
-Timoqqa zor.
Yuqoridagi dialogda tinglovchi so'zlovchining savoliga «Yo‘q!» deb javob berishi ham mumkin edi, lekin u «timoqqa zon iborasini ishlatishni ma’qul ko'rdi. Bu bilan suhbat mavzusiga aylangan shaxsning farzandi yo'qligini bayon qilish bilangina cheklanib qolmas- dan, uning farzand ko'rishga tashnaligini ham alohida ta'kidlab ko'rsatdi.
Nima uchun farzand yoki bola o'miga tirnoq so'zi ishlatilyapti? Timoq - bolaning kichkinagina a’zosi. Shu a’zoga ham zorligi, tashna ekanini bildirish bilan bolaga zorligi bo'rttirib ko'rsatilyapti.
Bu o'rinda butun bir narsa, ya’ni bola uning qismi - tirnog'i orqali ifodalanyapti. Bunday ma’no ko'chish usuli sinekdoxa hisoblanadi. Sinekdoxada qism orqali butun ifodalanganda butunning eng muhim qismi tilga olinadi. Masalan, Kechgacha tuz totmadi gapida tuz orqali ovqat nazarda tutiladi. Tuz ovqatning eng asosiy qismi bo'lgani uchun, ya'ni tuzsiz ovqatning mohiyati yo'qolgani bois, tuz orqali butun ifoda- lanmoqda. Yoki Eshitgan quloq nima deydi gapida insonning bir qismi, ya’ni eshitish a’zosi bo'lgan quloq orqali butun ifodalanmoqda.
Sinekdoxaga misollar:
1.Besh go] barobar emas. (qo'l - butun a’zo nomi orqali uning bir qismi bo'lgan barmoq nazarda tutilgan)
2. O'n golii - o'n hunar. (qo'l - butun a'zo nomi orqali uning bir qismi bo'lgan barmoq nazarda tutilgan)
3.Olma archayotib qo'lini kesib oldi. (qo'l - butun a'zo nomi orqali uning bir qismi bo'lgan barmoq nazarda tutilgan)
4.Dunyoda o'zimizdan keyin qoladigan tuvoa'imiz... faqat shu Otabekdir. (tuyoq - qism orqali butun bir inson nazarda tutilgan)
5.Olma guli gul emas, taqsam chakkamda turmas. (chakka - butun a'zo nomi orqali uning bir qismi bo'lgan gul taqiladigan qismi - quloqning orqasi nazarda tutilgan)
6.Yig'ilishga mo'vlovni chaqirib keling. (mo'ylov - qism orqali butun bir inson nazarda tutilgan)
7.G'ildirakni yurgizdim. (mashinaning bir qismi bo'lgan g'ildirak orqali butun bir mashina nazarda tutilgan)
8.Cho'loqqa achinish bilan qaradi. (qism orqali butun bir inson ko'zda tutilgan)
9.Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men sajda qilurman eama qoshima. (egma qosh deganda qism orqali butun bir inson nazarda tutilgan)
10.Mumtozshe’riyatda oy yuz, qorako'z, oq bilak, sarv qad, egma qosh kabi atamalar yor timsolini ifodalash uchun ishlatiladi va ular ham sinekdoxaga misol bola oladi.
11.Qandavdir ao'llar uni amal kursisiga o'tqizdi. (insonni qo'llashi mumkin bo'lgan eng muhim bir qism orqali inson ko'zda tutilgan)
12.Hozirgi yoshlarimizning baxtiga yomon ktfz tegmasin. (yomon nazar qilishi mumkin bo'lgan a'zo - ko'z orqali butun bir inson nazarda tutilgan)
13.Kechgacha tuz totmadi. (taomning eng muhim qismi orqali butun nazarda tutilgan)
14.Eshitgan auloa nima deydi? (insonning eshitish qobiliyatiga ega a’zosi orqali butun bir inson nazarda tutilgan)
15.Bizning eshjkka ham kiring, aylanay. (uyning kirish uchun mo'ljallangan eng muhim qismi bo'lgan eshik orqali butun bir uy nazarda tutilgan)
16.Besh oq'izni qanday boqaman? (ovqat yeyish uchun mo'ljallangan qism - og'iz orqali butun bir inson nazarda tutilgan)
17.Uyda meni ikkita aorako'z kutib turibdi. (kutish a’zosi hisoblangan qism - ko'z orqali butun bir inson nazarda tutilgan)
18.Mahallamizda begona ovoqlar paydo bo'ldi. (yurish qobiliyatiga ega bo'lgan qism - oyoq orqali butun bir inson nazarda tutilgan)
19.Guruhimizni birlashtirish uchun bir bosh kerak bo'lib qoldi. (boshqarish qobiliyatiga ega bo'lgan qism - bosh orqali butun bir inson ko'zda tutilgan)
20.Bitta tuyoq bilan beshta bolani boqdim. (tuyoq orqali butun bir sigir nazarda tutilgan)
21.Hajringda qaro boshim oqardi. (oqarish xususiyatiga ega bo'lgan qism - soch orqali butun bir bosh nazarda tutilgan)
22.Beshala qo'linani og'zingga tiqma. (butun a’zo - qo'l orqali uning bir qismi bo'lgan beshta barmoq nazarda tutilgan)
Sinekdoxa nutqimizning ta'sirchanligini oshirishda, ifodali, jozibali bo'lishida katta ahamiyatga ega.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling