O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


AFFIKS SINONIMLAR- SINONIM QO'SHIMCHALAR


Download 0.61 Mb.
bet49/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

AFFIKS SINONIMLAR- SINONIM QO'SHIMCHALAR:
1. SO'Z YASOVCHI QO'SHIMCHALAR DOIRASIDA:
-//, -dor, -mand, ba-, bo-, ser- (sifSt yasovchi qo'shimchalar bo'lib, asosdagi narsaga egalik ma’nosini bildiradi): shirali, shirador. sershira: badavlat. davlatmand. davlatji; boxabar. xabardor.
-siz, be-, no- (sifat va ravish yasovchi qo'shimchalar bo'lib, asosdagi narsaga ega emaslik ma'nosini bildiradi): noumid, umidsiz. beumid: betinim. tinimsiz.
-chi, -kash, -shunos, -kor (shaxs oti yasovchi qo'shimcha): tilchi. tilshunos: g'allakor. g'allachi. aravakash. aravachi.
2.SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR DOIRASIDA:
-(i)sh, -lar (aniq nisbatning III shaxs ko'plik shakli va birgalik nisbatning III shaxs birlik shakli): o'qishdi, o'qidilar.
-(i)sh, -(i)mtir, -roq (sifatning ozaytirma daraja shaklini hosil qiluvchi qo'shimchalar): ko'kish. ko'kimtir. ko'kroa.
-ni, -ga, -da, -dan, -ning (kelishik qo'shimchalari): uzumni yemoq, uzumdan yemoq; otni minmoq, otga minmoq; dashtni kezmoq, dashtda kezmoq; kelganiga xursand, kelaanidan xursand; aizlarnina biri, qizlardan biri.


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
1 -mashq. Quyidagi so'zlaming sinonimlarini topib, ular ishtirokida gapiar tuzib yozing. Ozod, rost, soqchi, mashaqqat, g'amgin, tanti, ittifoq, ayovsiz, asil, va'dalashmoq, vaqt, dang'illama, yorug', istamoq, ixlosmand.
2-mashq. Uyga topshiriq. Shukur Qurbonning «Ay, ona tii!» she'rini yozing va yod oling. So'ngra she’rda ishlatilgan bandalari, on, xiyonat, kuchli, yarog', aynimadi, hasadgo'y kabi so'zlaming sinonimik qatorlarini ham yozing.
AY, ONA TIL!
Seni xudo bergan menga, mening xalqimga,
Bandalari yo'qotolmas, tortib ololmas.
Seni xato baholagan - kulgi har kimga,
Senga ola qarabdi kim ko'r bo'lmay qolmas.
Senda davlat maqomi ne, yaralganing on Xalq maqomin olgansan-ku, qutlug', poyidor.
Shuhratparast zotmidingki, har turfa nishon Ko'kragingga ilib olsang qator va qator.
Balli! Hanuz xiyonatning yuzlari qora,
Balli! Hanuz sadoqatdan gurkiraydi qalb.
Ohanglaring dunyodagi eng kuchli yarog',
Shu yarog‘-la axir asrab-avaylanar xalq.
Chegaralar yo'qdir senga, sarhadlar osha Sen tufayli aynimadi qancha bag'irdosh.
O'zbekligim, ay ona til, dilingda yashar,
Til ostiga joylanganday qimmatbaho tosh.
Ne tong, asos - mohiyatni belgilar azal,
Ne tong, eski yozuv o'xshar ko'hna ildizga.
Novdalari yuraklarda, ruhda mukammal,
Shox barglari, g'unchalari yetgan yulduzga.
Senga faqat hasadgo'ylar qilar yovqarash,
Seni manfur bosqinchilar yoqtirmas faqat.
Ay ona til, o'zing uchun o'zing ham kurash,
Ay ona til, g'animlarga aylama shafqat.
«Nun» ko'zlaring kattaroq och, «dol»laring yoy qil,
«Alif»laring o'q qilib ot ular ko'ksiga.
Ma’nolaring namoyon et, yovlarni loy qil,
Yetmish olam mo'jizasin ko'rsat ko'zimga (Sh.Qurbon).
3-mashq. Matnni o'qing. Uning tarkibidagi lug'aviy sinonimlarni topib, ularni alo­hida ko'chirib yozing.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling