O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


USTOZLARNI HURMATLASH BAYONIDA


Download 0.61 Mb.
bet50/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

USTOZLARNI HURMATLASH BAYONIDA
Har bir inson uchun o'z muallimini va ustozini e’zozlash, hurmat va ehtiromini ado qilish shartdir. Negaki bu zotlar har qanday insonning ruhini tarbiyalaydi, ma’naviy boylik bilan to'ldiradi, har qanday ruhiy va maishiy kamchilik hamda illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan xoli va ozod qiladi.
Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ulaming qalblariga joylaydi.
Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haq-huquqlaring nimadan iborat ekanini tushuntirib beradi, yaramas, yomon ishlardan qaytaradi va eng yaxshi ishlar va fazi­latlar sari yo'l ko'rsatadi. Ular sening yuksakliging va kamolga yetishingni o'ylashib, hamisha jon kuydirishadi, el ichida o'ylab, butun kuch va imkoniyatjaringni ishga solishadi.
Muallim va ustozning vaqtlari qimmatli ekanligini bilib, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Bordi-yu biror narsani tushunmay qolsang, odob va muloyimlik bilan qayta so'rashing zarur. Muallim va ustozing nima so'rasalar, kulib turib, odob va ikrom bilan chiroyli so'zlami saralab javob ber. Ilm maskanidan tashqarida yoki ko'cha-ko'yda ular­ni ko'rib qolsang ta’zim bajo qil, qo'lingni ko'ksingga qo'yib salom ber (Abduqodir Nuriy al-Barzanjiy).
4-mashq. Nuqtalar o'rniga quyida berilgan ma’nodosh so'zlardan mosini qo'yib ko'chiring.
1. Egilganga egilgin boshing yerga tekkuncha, kekkayganga kek- kaygin boshing ...ka yetguncha (osmon, ko% samo). 2. ... o'zadi, egri to'zadi (to'g'ri, vijdonli, insofli). 3, Do'st achitib gapiradi,... kuldirib (yov, g'anim, dushman). 4.... avlod orzusi (yetuk, barkamol, raso). 5.... do'st ayrilmas (o'lchovli, sanoqli, hisobli). 6. ...ga ayyor (muhayyo, shay, tayyor).
5-mashq. Mashqni o'qing. Bir umumiy ma’noni ifodalovchi so'zlami toping. Ulaming ma’nosini izohlang.
1.Yuzi nam, yaltiroq o'tloqning betida yuk mashinalarining behisob izlari ko'rinib turardi. 2. Uning quvnoq chehrasi suv betida qizga yanada yoqimli ko'rindi. (I. Rahim)3.Basharasiga tushgan qamchi zarbidan yerga yiqildi. (Mirmuhsin)
6-mashq. So'zlaming ma’nodoshlarini toping va ko'chirib yozing.
Bahs, sovg'a, tanqis, g'alaba, gunoh, hadya, ayb, munozara, pinhon, tortiq, kam- chil, jinoyat, tortishuv, armug'on, taqchil, zafar, tuhfa, maxfiy.
7-mashq. Ko'chiring. Ma’nodosh so'zlami aniqlab, ma’nosidagi farqini tushuntiring.
Dalamizda salqin shabboda esdi. Ulug' Madhiyaning yangroq ohangini olib ketdi tungi sho'x sabo. Yel keltirar mayin bir ohang. Yana olib ketar nariga. Saharlab turaman, qutlayman tongni, bo'ynimga osilar subh shamoli. (Mirmuhsin)
8-mashq. Berilgan ma’nodosh so'zlar qatoridagi qaysi so'z ijobiy, qaysi so'z salbiy ma’noni ifbdalayotganini, qaysinisi betaraf ekanligini aniqlang. Bu so'zlar ishtirokida gapiar tuzing.
Yuz, bashara, chehra. 2. Tirjaydi, kuldi, jilmaydi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling