O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


Download 0.61 Mb.
bet58/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

MAQOLLAR
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar maqollar sanaladi.
Masalan: Shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi.
Bolta tushguncha, to'nka dam oladi.
Mevali daraxtning shoxi egik.
Buzoqning yugurgani somonxonagacha.
Maqollar xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud bo'ladi.
So'zlovchi bunday birikmalami yaxlit holda nutqiga olib kiradi. Maqollar fikmi ta’sirchan, bo'yoqdor qilib ifodalovchi qudratli vositadir. Nutqda maqollardan o'rinli foy­dalanish so'zlovchining mahorati hisoblanadi.


MATALLAR
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, to‘g‘ri ma’noda qo'llaniladigan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar matallar hisoblanadi.
Masalan: Yaxshidan bog'qoladi, yomondan dog'.
Qimirlagan qir oshar.
O'zga yurtda shoh bo'lguncha o'z yurtingda gado bo'l.
Bodom po'sti bilan, odam do'sti bilan.
Matallar ham xuddi maqollar singari xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy tajribasining ixcham shaklda ifoda topishidir. Maqol bilan matalning farqi shundaki, matallar to‘g‘ri ma’noda qo'llaniladi.


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
mashq. O'zbek maqollarining izohli lug'atidan bir necha maqollarni izohi bilan o'qing, ayrimlarini yozing. So'ngra ulami izohlang.
Namuna: Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi.
Bu maqolni to'g'ridan to'g'ri shu ma’noda ham, majozan «Ozgina, kichkina kamchilikni, xavf-xatarni nazar-pisand qilmay yurma, shundan senga katta ziyon- zaxmat yetishi mumkin, ehtiyot bo‘l» degan ma'noda ham qo'llaydilar. «Yolg‘iz baloga Indamasarig ko‘payadi» degan maqol ham borki; u keyingi aytilgan ma’noda ishlatiladi.
mashq. Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmedovning «Hikmatnoma» («O‘zbek maqollarining izohli lug‘atl») kitobidan olingan quyidagi izohni o'qing. Siz ham matallarga misollar keltirib, ulaming variantlarini topib izohlang.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling